Orzularni yo‘qqa chiqarishning 5 yo‘li
-
0:01 - 0:03Men oxirgi ikki yilimni insonlar qanday
-
0:03 - 0:06o'z orzulariga erishishini tushunishga urindim.
-
0:06 - 0:08Biz orzularimiz va fazoda qoldirmoqchi
-
0:08 - 0:10bo‘lgan izimiz haqida o'ylar ekanmiz,
-
0:10 - 0:14orzularimiz va amalga oshmagan ishlar orasida
-
0:14 - 0:17qanchalik katta tafovut borligini ko‘rib hayratda qolamiz.
-
0:17 - 0:18(Kulgu)
-
0:19 - 0:20Shunday qilib bugun huzuringizda
-
0:20 - 0:24orzular sari intilmaslikning 5 yo‘li haqida so‘zlamoqchiman.
-
0:25 - 0:30Birinchisi: Bir kechada muvaffaqiyatga erishishga ishoning.
-
0:30 - 0:31Shunaqa hikoyani bilasiz-ku, a?
-
0:31 - 0:36Texnika dahosi bo‘lgan yigit mobil ilova yasab, darrov katta pulga sotadi.
-
0:37 - 0:41Hikoya rostdek tuyular, ammo garov o‘ynaymanki, uni to‘lig‘icha eshitmaganmiz.
-
0:41 - 0:43Agar izlanishda davom etsak, u bola
-
0:43 - 0:45avval 30 ta ilovani yasaganini, shu mavzuda
-
0:45 - 0:48magistraturani, PhD dasturini bitirganini bilib olamiz.
-
0:48 - 0:51U 20 yillab shu masala ustida ishlagan.
-
0:52 - 0:53Bu chindan ham qiziq.
-
0:53 - 0:59O‘zimning Braziliyadagi hikoyamni ham odamlar bir kechadagi muvaffaqiyat deb hisoblaydi.
-
0:59 - 1:01Men soddaroq oiladanman va oxirgi muddatga
-
1:01 - 1:05ikki hafta qolganida Massachussets Texnologiya Institutiga
-
1:05 - 1:07hujjat topshirishni boshlaganman.
-
1:07 - 1:09va buni qarabsizki!.. Meni qabul qilishdi.
-
1:10 - 1:13Odamlar buni bir kechadagi muvaffaqiyat deb o'ylashlari
-
1:13 - 1:16mumkin, lekin bu ish shungacha bo‘lgan 17 yilimda
-
1:16 - 1:19hayotim va ta'limga jiddiy qaraganim uchungina amalga oshdi.
-
1:19 - 1:23Sizning bir kechadagi muvaffaqiyatingiz har doim
-
1:23 - 1:26o‘sha lahzagacha hayotda qilgan ishlaringiz natijasidir.
-
1:27 - 1:30Ikkinchisi: So‘roqlaringizga boshqa odamlarda javoblar borligiga ishoning.
-
1:30 - 1:33Hamisha odamlar yordam qilgisi keladi, to‘g‘rimi?
-
1:33 - 1:36Turli odamlar: oilangiz, do‘stlaringiz, biznes hamkorlaringiz,
-
1:36 - 1:39hammaning qaysi yo‘lni tanlashingiz kerakligi haqda o‘z fikri bor:
-
1:39 - 1:42"Men seni bunday qilishingni maslahat beraman".
-
1:42 - 1:43Lekin unga kirganingizda
-
1:43 - 1:46tanlashingiz kerak bo‘lgan boshqa yo‘laklar chiqadi
-
1:46 - 1:49va o‘sha qarorlarni o‘zingiz qabul qilishingiz zarur.
-
1:49 - 1:53Sizning hayotingiz uchun hech kimda ideal javoblar yo‘q.
-
1:53 - 1:56Va siz qaror qabul qilishda davom etishingiz kerak.
-
1:56 - 1:59Quvurlarning oxiri ko‘rinmaydi, siz esa boshingizni urib
-
1:59 - 2:01olasiz, bu esa jarayonning bir qismi.
-
2:02 - 2:05Uchinchisi, eng nozik, ham eng muhimi:
-
2:06 - 2:09O‘sishingiz kafolatlanganda harakatdan to‘xtang.
-
2:09 - 2:11Demak, hayotingiz zo‘r ketyapti,
-
2:11 - 2:13birgalikda zo‘r jamoa yig‘gansiz
-
2:13 - 2:16daromadingiz oshib bormoqda, hammasi o‘z joyida
-
2:16 - 2:18harakatdan to‘xtash vaqti keldi.
-
2:18 - 2:20Birinchi kitobimni chiqarganimda
-
2:20 - 2:23uni butun Braziliya bo‘ylab tarqatish uchun jon-jahdim bilan
-
2:23 - 2:26ishlaganman. Shunda uni 3 milliondan oshiq odam
-
2:26 - 2:28yuklab olgan, 50 mingdan ziyod odam qog‘ozli versiyasini
-
2:28 - 2:32xarid qilgan. Davomini yozganimda ba'zi natijalar kafolatlangan edi.
-
2:33 - 2:36Kamroq ishlasam ham sotuvlar yaxshi bo‘lardi.
-
2:36 - 2:38Ammo "yaxshi" degani aslida yetarlimas.
-
2:38 - 2:40Bir cho‘qqiga qarab ko‘tarilib borarkansiz,
-
2:40 - 2:44har qachongidan ko‘proq zahmat chekishingiz va
-
2:45 - 2:46boshqa cho‘qqiga chiqishingiz kerak
-
2:46 - 2:48Balki biroz uringanimda bir-ikki yuz ming odam
-
2:48 - 2:50uni o‘qirdi va bu zo‘r natija.
-
2:50 - 2:52Lekin ko‘proq harakat qilsam,
-
2:52 - 2:55raqamlarni millionlarga chiqarishim mumkin.
-
2:55 - 2:58Shu sabab, yangi kitobim bilan Braziliyaning har bir shtatiga
-
2:58 - 3:01borishga qaror qildim, balandroq cho‘qqini ko‘rganda esa
-
3:01 - 3:03harakatdan to‘xtashga vaqt qolmaydi.
-
3:03 - 3:06To‘rtinchi, muhim maslahat:
-
3:06 - 3:09Ayb boshqa birovda ekaniga ishoning.
-
3:10 - 3:12Hamisha odamlar: "Zo‘r g‘oyam bor edi, hech
-
3:12 - 3:16bir investor uni tushuna olmadi", "Mana zo‘r mahsulot yaratdim,
-
3:16 - 3:18lekin bozorning ahvoli yomon edi,
-
3:18 - 3:22sotuvlar yaxshi bo‘lib ketmadi" yoki "Yaxshi ishchilar topolmayapman, jamoam
-
3:22 - 3:26kutganimdan ancha yomon" deganiga guvoh bo‘laman.
-
3:27 - 3:28Orzularingiz bormi,
-
3:28 - 3:31ularni amalga oshirish sizning zimmangizda.
-
3:32 - 3:34Ha, iqtidorli ishchi topish qiyin bo‘lishi mumkin.
-
3:34 - 3:36Ha, bozor yomon bo‘lishi mumkin.
-
3:36 - 3:38Lekin hech kim g‘oyangizga pul tikmagan yoki
-
3:38 - 3:40mahsulotingizni hech kim sotib olmagan
-
3:40 - 3:43bo'lsa, albatta bunda o‘zingizning qandaydir aybingiz bor.
-
3:43 - 3:45(Kulishadi)
-
3:45 - 3:47Albatta.
-
3:47 - 3:50Orzularingizni shartta olib, ro‘yobga chiqarishingiz zarur.
-
3:50 - 3:53Hech kim maqsadlariga bitta o‘zi erishmagan.
-
3:53 - 3:57Biroq ularni ro‘yobga chiqarmasangiz, bu hech kimning emas, aynan sizning aybingizdir.
-
3:57 - 4:00Orzularingiz uchun o‘zingiz javobgar bo‘ling.
-
4:01 - 4:05Yana bir oxirgi maslahat va bunisi ham haqiqatda muhim:
-
4:06 - 4:11Orzularning o‘zigina ahamiyatli ekaniga ishoning.
-
4:11 - 4:14Bir kuni bir reklama ko‘rdim-da, unda bir talay do‘stlar
-
4:14 - 4:17tog‘ga chiqishayotgan edi. Tog‘ juda baland bo‘lib, rosa
-
4:17 - 4:18g'ayrat to'kishayotgandi.
-
4:18 - 4:21Ularning terlayotgani va qiynalayotganini ko‘rish mumkin edi.
-
4:21 - 4:25Ular tepaga ko'tarilishdi va oxir-oqibat ular cho‘qqiga ham yetishdi.
-
4:25 - 4:27Albatta, ular buni nishonlamoqchi edi.
-
4:27 - 4:30Demak, "Ha, biz buni uddaladik, biz tog‘ning eng tepasidamiz!" deyishdi.
-
4:31 - 4:33Ikki soniya o‘tib, biri boshqasiga qaradi va dedi:
-
4:34 - 4:35"Mayli, ketdik pastga tushamiz."
-
4:35 - 4:37(Kulishadi)
-
4:37 - 4:40Yashash degani hech qachon maqsadlarning o‘zi emas.
-
4:40 - 4:41Hayot misli sarguzashtdir.
-
4:42 - 4:44Ha, maqsadlarning o‘zidan baxra olish kerak,
-
4:44 - 4:47lekin odamlar o‘ylashadiki, sizning orzularingiz bor va
-
4:47 - 4:50qachondir o‘sha orzulardan biriga yetishganingizda
-
4:50 - 4:53mo‘jizali davr keladi va atrof baxtga to‘la bo‘ladi.
-
4:54 - 4:57Lekin orzuning ushalishi bir lahzalik tuyg‘u,
-
4:57 - 4:59hayot esa unday emas.
-
4:59 - 5:02Barcha orzularga chinakamiga erishishning yagona yo‘li
-
5:03 - 5:06bosib o‘tilajak so‘qmoqdagi har bir qadamdan to‘liq zavqlanishdir.
-
5:06 - 5:08Bu eng zo‘r yo‘li.
-
5:08 - 5:10Bosib o‘tadiganimiz esa oddiy qadamlardan iborat.
-
5:10 - 5:12Ba'zi qadamlar o‘z o‘rniga tashlanadi.
-
5:12 - 5:14Ba'zida og‘ishib ketasiz.
-
5:14 - 5:19Agar to‘g‘ri odimlasangiz, quvoning, chunki ko‘plar quvonish uchun ancha kutadi.
-
5:19 - 5:22Og‘ishib ketadigan bo‘lsangiz, undan saboq chiqarishga urining.
-
5:22 - 5:27Agar har bir qadam saboq yoki quvonish uchun sabab bo‘lsa, bosib
-
5:27 - 5:29o‘tadigan yo‘lingizdan albatta zavq olasiz.
-
5:30 - 5:32Demak, besh masalahat:
-
5:32 - 5:34Bir kechada zafar quchishga ishoning,
-
5:34 - 5:37savollaringizga boshqalarda javob borligiga,
-
5:37 - 5:40o‘sish kafolatlanganda harakatdan to‘xtash kerak ekanligiga,
-
5:40 - 5:42ayb doimo birovda ekanligiga ishoning
-
5:42 - 5:45va maqsadlarning o‘zigina muhimligiga ishoning.
-
5:45 - 5:48Ishonavering, shularni qilasizu, orzularingiz vayron bo‘ladi.
-
5:48 - 5:50(Kulishadi)
-
5:50 - 5:51(Olqishlar)
-
5:51 - 5:52Rahmat.
-
5:53 - 5:54Rahmat.
-
5:54 - 5:58(Olqishlar)
- Title:
- Orzularni yo‘qqa chiqarishning 5 yo‘li
- Speaker:
- Bel Pesh
- Description:
-
Barchamiz o‘sha dunyoni o‘zgartiradigan mahsulotni ixtiro qilishni, o‘sha gullab ketadigan kompaniyani ishga tushirishni, o‘sha ko‘plab sotiladigan kitobni yozishni istaymiz. Shunday bo‘lsa ham, oramizdan ozchilikkina aslida buning uddasidan chiqadi. Braziliyalik tadbirkor Bel Pesh orzuyingizdagi ishlar hech qachon o‘z samarasini bermasligini ta'minlaydigan, ishonish oson bo‘lgan noto‘g‘ri fikrlardan beshtasiga to‘xtaladi.
- Video Language:
- English
- Team:
- closed TED
- Project:
- TEDTalks
- Duration:
- 06:11
TED Translators admin approved Uzbek subtitles for 5 ways to kill your dreams | ||
Nazarbek Nazarov accepted Uzbek subtitles for 5 ways to kill your dreams | ||
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for 5 ways to kill your dreams | ||
TED Translators admin rejected Uzbek subtitles for 5 ways to kill your dreams | ||
Nazarbek Nazarov accepted Uzbek subtitles for 5 ways to kill your dreams | ||
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for 5 ways to kill your dreams | ||
Saidaziz A'zamov edited Uzbek subtitles for 5 ways to kill your dreams |