1 00:00:01,000 --> 00:00:03,209 Men oxirgi ikki yilimni insonlar qanday 2 00:00:03,233 --> 00:00:05,574 o'z orzulariga erishishini tushunishga urindim. 3 00:00:05,598 --> 00:00:07,575 Biz orzularimiz va fazoda qoldirmoqchi 4 00:00:07,599 --> 00:00:10,108 bo‘lgan izimiz haqida o'ylar ekanmiz, 5 00:00:10,132 --> 00:00:13,653 orzularimiz va amalga oshmagan ishlar orasida 6 00:00:13,677 --> 00:00:17,299 qanchalik katta tafovut borligini ko‘rib hayratda qolamiz. 7 00:00:17,323 --> 00:00:18,491 (Kulgu) 8 00:00:18,515 --> 00:00:20,297 Shunday qilib bugun huzuringizda 9 00:00:20,321 --> 00:00:24,104 orzular sari intilmaslikning 5 yo‘li haqida so‘zlamoqchiman. 10 00:00:25,223 --> 00:00:29,525 Birinchisi: Bir kechada muvaffaqiyatga erishishga ishoning. 11 00:00:29,549 --> 00:00:31,261 Shunaqa hikoyani bilasiz-ku, a? 12 00:00:31,285 --> 00:00:35,680 Texnika dahosi bo‘lgan yigit mobil ilova yasab, darrov katta pulga sotadi. 13 00:00:36,765 --> 00:00:40,624 Hikoya rostdek tuyular, ammo garov o‘ynaymanki, uni to‘lig‘icha eshitmaganmiz. 14 00:00:40,648 --> 00:00:42,701 Agar izlanishda davom etsak, u bola 15 00:00:42,725 --> 00:00:44,821 avval 30 ta ilovani yasaganini, shu mavzuda 16 00:00:44,845 --> 00:00:47,695 magistraturani, PhD dasturini bitirganini bilib olamiz. 17 00:00:47,719 --> 00:00:51,101 U 20 yillab shu masala ustida ishlagan. 18 00:00:51,822 --> 00:00:53,143 Bu chindan ham qiziq. 19 00:00:53,167 --> 00:00:58,772 O‘zimning Braziliyadagi hikoyamni ham odamlar bir kechadagi muvaffaqiyat deb hisoblaydi. 20 00:00:58,796 --> 00:01:01,028 Men soddaroq oiladanman va oxirgi muddatga 21 00:01:01,052 --> 00:01:04,523 ikki hafta qolganida Massachussets Texnologiya Institutiga 22 00:01:04,547 --> 00:01:06,795 hujjat topshirishni boshlaganman. 23 00:01:06,819 --> 00:01:08,851 va buni qarabsizki!.. Meni qabul qilishdi. 24 00:01:09,732 --> 00:01:12,535 Odamlar buni bir kechadagi muvaffaqiyat deb o'ylashlari 25 00:01:12,559 --> 00:01:15,915 mumkin, lekin bu ish shungacha bo‘lgan 17 yilimda 26 00:01:15,955 --> 00:01:18,926 hayotim va ta'limga jiddiy qaraganim uchungina amalga oshdi. 27 00:01:19,150 --> 00:01:22,593 Sizning bir kechadagi muvaffaqiyatingiz har doim 28 00:01:22,617 --> 00:01:26,014 o‘sha lahzagacha hayotda qilgan ishlaringiz natijasidir. 29 00:01:26,712 --> 00:01:30,441 Ikkinchisi: So‘roqlaringizga boshqa odamlarda javoblar borligiga ishoning. 30 00:01:30,465 --> 00:01:32,795 Hamisha odamlar yordam qilgisi keladi, to‘g‘rimi? 31 00:01:32,819 --> 00:01:36,164 Turli odamlar: oilangiz, do‘stlaringiz, biznes hamkorlaringiz, 32 00:01:36,188 --> 00:01:39,407 hammaning qaysi yo‘lni tanlashingiz kerakligi haqda o‘z fikri bor: 33 00:01:39,431 --> 00:01:41,673 "Men seni bunday qilishingni maslahat beraman". 34 00:01:41,697 --> 00:01:43,467 Lekin unga kirganingizda 35 00:01:43,491 --> 00:01:46,220 tanlashingiz kerak bo‘lgan boshqa yo‘laklar chiqadi 36 00:01:46,244 --> 00:01:48,923 va o‘sha qarorlarni o‘zingiz qabul qilishingiz zarur. 37 00:01:49,420 --> 00:01:52,642 Sizning hayotingiz uchun hech kimda ideal javoblar yo‘q. 38 00:01:53,301 --> 00:01:55,858 Va siz qaror qabul qilishda davom etishingiz kerak. 39 00:01:55,882 --> 00:01:58,663 Quvurlarning oxiri ko‘rinmaydi, siz esa boshingizni urib 40 00:01:58,687 --> 00:02:00,547 olasiz, bu esa jarayonning bir qismi. 41 00:02:01,806 --> 00:02:04,909 Uchinchisi, eng nozik, ham eng muhimi: 42 00:02:06,004 --> 00:02:08,681 O‘sishingiz kafolatlanganda harakatdan to‘xtang. 43 00:02:08,705 --> 00:02:10,732 Demak, hayotingiz zo‘r ketyapti, 44 00:02:10,756 --> 00:02:13,067 birgalikda zo‘r jamoa yig‘gansiz 45 00:02:13,091 --> 00:02:16,057 daromadingiz oshib bormoqda, hammasi o‘z joyida 46 00:02:16,057 --> 00:02:17,732 harakatdan to‘xtash vaqti keldi. 47 00:02:18,398 --> 00:02:19,999 Birinchi kitobimni chiqarganimda 48 00:02:20,023 --> 00:02:23,172 uni butun Braziliya bo‘ylab tarqatish uchun jon-jahdim bilan 49 00:02:23,196 --> 00:02:25,592 ishlaganman. Shunda uni 3 milliondan oshiq odam 50 00:02:25,616 --> 00:02:28,308 yuklab olgan, 50 mingdan ziyod odam qog‘ozli versiyasini 51 00:02:28,332 --> 00:02:31,807 xarid qilgan. Davomini yozganimda ba'zi natijalar kafolatlangan edi. 52 00:02:32,600 --> 00:02:35,687 Kamroq ishlasam ham sotuvlar yaxshi bo‘lardi. 53 00:02:36,204 --> 00:02:38,114 Ammo "yaxshi" degani aslida yetarlimas. 54 00:02:38,138 --> 00:02:40,424 Bir cho‘qqiga qarab ko‘tarilib borarkansiz, 55 00:02:40,448 --> 00:02:43,832 har qachongidan ko‘proq zahmat chekishingiz va 56 00:02:44,546 --> 00:02:46,238 boshqa cho‘qqiga chiqishingiz kerak 57 00:02:46,262 --> 00:02:48,462 Balki biroz uringanimda bir-ikki yuz ming odam 58 00:02:48,486 --> 00:02:50,062 uni o‘qirdi va bu zo‘r natija. 59 00:02:50,435 --> 00:02:52,231 Lekin ko‘proq harakat qilsam, 60 00:02:52,255 --> 00:02:54,753 raqamlarni millionlarga chiqarishim mumkin. 61 00:02:55,383 --> 00:02:58,290 Shu sabab, yangi kitobim bilan Braziliyaning har bir shtatiga 62 00:02:58,290 --> 00:03:01,025 borishga qaror qildim, balandroq cho‘qqini ko‘rganda esa 63 00:03:01,049 --> 00:03:02,769 harakatdan to‘xtashga vaqt qolmaydi. 64 00:03:03,238 --> 00:03:06,457 To‘rtinchi, muhim maslahat: 65 00:03:06,481 --> 00:03:08,985 Ayb boshqa birovda ekaniga ishoning. 66 00:03:09,961 --> 00:03:12,133 Hamisha odamlar: "Zo‘r g‘oyam bor edi, hech 67 00:03:12,157 --> 00:03:16,122 bir investor uni tushuna olmadi", "Mana zo‘r mahsulot yaratdim, 68 00:03:16,146 --> 00:03:17,900 lekin bozorning ahvoli yomon edi, 69 00:03:17,924 --> 00:03:21,810 sotuvlar yaxshi bo‘lib ketmadi" yoki "Yaxshi ishchilar topolmayapman, jamoam 70 00:03:21,834 --> 00:03:25,650 kutganimdan ancha yomon" deganiga guvoh bo‘laman. 71 00:03:26,683 --> 00:03:28,192 Orzularingiz bormi, 72 00:03:28,216 --> 00:03:30,753 ularni amalga oshirish sizning zimmangizda. 73 00:03:31,663 --> 00:03:34,196 Ha, iqtidorli ishchi topish qiyin bo‘lishi mumkin. 74 00:03:34,220 --> 00:03:36,297 Ha, bozor yomon bo‘lishi mumkin. 75 00:03:36,321 --> 00:03:38,451 Lekin hech kim g‘oyangizga pul tikmagan yoki 76 00:03:38,475 --> 00:03:40,344 mahsulotingizni hech kim sotib olmagan 77 00:03:40,368 --> 00:03:43,356 bo'lsa, albatta bunda o‘zingizning qandaydir aybingiz bor. 78 00:03:43,380 --> 00:03:45,381 (Kulishadi) 79 00:03:45,405 --> 00:03:46,592 Albatta. 80 00:03:47,052 --> 00:03:49,926 Orzularingizni shartta olib, ro‘yobga chiqarishingiz zarur. 81 00:03:49,950 --> 00:03:52,512 Hech kim maqsadlariga bitta o‘zi erishmagan. 82 00:03:53,162 --> 00:03:57,486 Biroq ularni ro‘yobga chiqarmasangiz, bu hech kimning emas, aynan sizning aybingizdir. 83 00:03:57,486 --> 00:03:59,881 Orzularingiz uchun o‘zingiz javobgar bo‘ling. 84 00:04:01,019 --> 00:04:05,250 Yana bir oxirgi maslahat va bunisi ham haqiqatda muhim: 85 00:04:06,046 --> 00:04:10,868 Orzularning o‘zigina ahamiyatli ekaniga ishoning. 86 00:04:10,892 --> 00:04:14,102 Bir kuni bir reklama ko‘rdim-da, unda bir talay do‘stlar 87 00:04:14,126 --> 00:04:17,094 tog‘ga chiqishayotgan edi. Tog‘ juda baland bo‘lib, rosa 88 00:04:17,118 --> 00:04:18,360 g'ayrat to'kishayotgandi. 89 00:04:18,384 --> 00:04:21,378 Ularning terlayotgani va qiynalayotganini ko‘rish mumkin edi. 90 00:04:21,402 --> 00:04:24,754 Ular tepaga ko'tarilishdi va oxir-oqibat ular cho‘qqiga ham yetishdi. 91 00:04:24,778 --> 00:04:26,845 Albatta, ular buni nishonlamoqchi edi. 92 00:04:26,869 --> 00:04:30,404 Demak, "Ha, biz buni uddaladik, biz tog‘ning eng tepasidamiz!" deyishdi. 93 00:04:30,874 --> 00:04:33,484 Ikki soniya o‘tib, biri boshqasiga qaradi va dedi: 94 00:04:33,508 --> 00:04:35,422 "Mayli, ketdik pastga tushamiz." 95 00:04:35,446 --> 00:04:36,706 (Kulishadi) 96 00:04:36,730 --> 00:04:39,624 Yashash degani hech qachon maqsadlarning o‘zi emas. 97 00:04:39,624 --> 00:04:40,986 Hayot misli sarguzashtdir. 98 00:04:41,940 --> 00:04:44,277 Ha, maqsadlarning o‘zidan baxra olish kerak, 99 00:04:44,301 --> 00:04:47,122 lekin odamlar o‘ylashadiki, sizning orzularingiz bor va 100 00:04:47,146 --> 00:04:49,761 qachondir o‘sha orzulardan biriga yetishganingizda 101 00:04:49,785 --> 00:04:52,978 mo‘jizali davr keladi va atrof baxtga to‘la bo‘ladi. 102 00:04:53,851 --> 00:04:57,248 Lekin orzuning ushalishi bir lahzalik tuyg‘u, 103 00:04:57,272 --> 00:04:58,629 hayot esa unday emas. 104 00:04:59,211 --> 00:05:02,497 Barcha orzularga chinakamiga erishishning yagona yo‘li 105 00:05:02,521 --> 00:05:05,800 bosib o‘tilajak so‘qmoqdagi har bir qadamdan to‘liq zavqlanishdir. 106 00:05:06,451 --> 00:05:07,614 Bu eng zo‘r yo‘li. 107 00:05:07,638 --> 00:05:10,014 Bosib o‘tadiganimiz esa oddiy qadamlardan iborat. 108 00:05:10,038 --> 00:05:11,968 Ba'zi qadamlar o‘z o‘rniga tashlanadi. 109 00:05:11,992 --> 00:05:13,561 Ba'zida og‘ishib ketasiz. 110 00:05:14,228 --> 00:05:18,825 Agar to‘g‘ri odimlasangiz, quvoning, chunki ko‘plar quvonish uchun ancha kutadi. 111 00:05:18,849 --> 00:05:21,972 Og‘ishib ketadigan bo‘lsangiz, undan saboq chiqarishga urining. 112 00:05:21,996 --> 00:05:27,422 Agar har bir qadam saboq yoki quvonish uchun sabab bo‘lsa, bosib 113 00:05:27,446 --> 00:05:29,494 o‘tadigan yo‘lingizdan albatta zavq olasiz. 114 00:05:30,071 --> 00:05:31,773 Demak, besh masalahat: 115 00:05:31,797 --> 00:05:34,207 Bir kechada zafar quchishga ishoning, 116 00:05:34,231 --> 00:05:36,633 savollaringizga boshqalarda javob borligiga, 117 00:05:36,657 --> 00:05:39,659 o‘sish kafolatlanganda harakatdan to‘xtash kerak ekanligiga, 118 00:05:39,683 --> 00:05:42,005 ayb doimo birovda ekanligiga ishoning 119 00:05:42,029 --> 00:05:45,334 va maqsadlarning o‘zigina muhimligiga ishoning. 120 00:05:45,358 --> 00:05:48,362 Ishonavering, shularni qilasizu, orzularingiz vayron bo‘ladi. 121 00:05:48,386 --> 00:05:49,593 (Kulishadi) 122 00:05:49,617 --> 00:05:50,790 (Olqishlar) 123 00:05:50,814 --> 00:05:51,989 Rahmat. 124 00:05:52,695 --> 00:05:53,892 Rahmat. 125 00:05:53,916 --> 00:05:57,992 (Olqishlar)