Return to Video

Nega siz Vivaldining "To'rt mavsum"ini tinglashingiz kerak?

  • 0:11 - 0:14
    Yengil, yorqin va quvnoq.
  • 0:14 - 0:18
    XVIII asr boshining eng tanish
    navolaridan biri.
  • 0:18 - 0:21
    Uni sanoqsiz filmlar va reklama
    roliklarida eshitish mumkin.
  • 0:21 - 0:25
    ammo bu qanday musiqa,
    va nega u shunday yangraydi?
  • 0:25 - 0:27
    Bu italyan bastakori Antonio Vivaldi
    qalamiga mansub
  • 0:27 - 0:31
    "To'rt mavsum" dan
    "Bahor" konsertining kirish qismi.
  • 0:31 - 0:35
    "To'rt fasl" ko'proq eshituvchiga o'zgacha
    zavq bag'ishlagani tufayli mashhur.
  • 0:35 - 0:37
    Ammo yanada diqqatga sazovor
  • 0:37 - 0:40
    haqiqat shundaki,
    ularning aytib beradigan hikoyalari bor.
  • 0:40 - 0:43
    "To'rt mavsum" ning 1725 yil
    Amsterdamda nashr etilgan partiturasiga
  • 0:43 - 0:45
    she'rlar hamrohlik qilgan
  • 0:45 - 0:48
    va ular Vivaldining ayni faslga
    xos qaysi holatni
  • 0:48 - 0:51
    tasvirlashini maqsad qilganligini
    hikoya qilgan.
  • 0:51 - 0:54
    Cholg'u musiqasi uchun o'ziga xos
    mazmunli syujet yaratishda
  • 0:54 - 0:58
    Vivaldi o'z davridan
    bir necha avlod oldinda edi.
  • 0:58 - 1:01
    Agar-da kimdir musiqani eshitish bilan
    birga she'rlarni o'qiganida,
  • 1:01 - 1:04
    u she'riy sahnalar
    va musiqiy tasvir o'rtasidagi
  • 1:04 - 1:07
    ajoyib hamohanglikni payqagan bo'lardi.
  • 1:07 - 1:11
    Qushlarning bahorni quvnoq kuy bilan
    qarshilashi haqida o'qir ekanmiz,
  • 1:11 - 1:16
    ularning aynan shunday
    qilayotganini eshitamiz.
  • 1:16 - 1:21
    Ammo keyinroq to'satdan
    momaqaldiroq boshlanadi.
  • 1:21 - 1:23
    Biz nafaqat musiqiy chaqmoq va yashinni,
  • 1:23 - 1:25
    balki qushlarni ham eshitamiz -
  • 1:25 - 1:31
    ular nam tortgan,
    qo'rqqan va g'amga botgan.
  • 1:31 - 1:39
    "Yoz" da g'urrak o'z ismini
    italyan tilida kuylaydi - "tortorella",
  • 1:39 - 1:46
    ammo bo'ron boshlanib,
    maysalar do'l ostida qoladi.
  • 1:46 - 1:54
    "Kuz" g'ayratga to'la ovchilarning
    o'ljani quvlayotganidan so'zlaydi.
  • 1:54 - 2:01
    "Qish" konsertining kirish qismida
    kimningdir tishlari sovuqdan chayqalmoqda
  • 2:01 - 2:07
    keyin u otashin olov oldida
    qo'nim topadi.
  • 2:07 - 2:09
    Keyin yana bo'ron boshlanadi.
  • 2:09 - 2:15
    Kimdir muz ustida sirpanadi va yiqiladi.
  • 2:15 - 2:18
    Qishning dastlabki haftalarida
    eski yil o'z nihoyasiga yetmoqda,
  • 2:18 - 2:23
    Vivaldi ham shu nuqtada o'zining mavsumlar
    bo'ylab sayohatiga yakun yasaydi.
  • 2:23 - 2:25
    Qariyb XIX asrning boshlariga qadar
  • 2:25 - 2:28
    bunday dasturga ega
    ifodali cholg'u musiqasi
  • 2:28 - 2:30
    ommabop emas edi.
  • 2:30 - 2:33
    O'sha paytlarda kattaroq ansambllar
    mashhur bo'lib,
  • 2:33 - 2:37
    ular yog'och va mis puflama
    va zarbli cholg'ulardan foydalanishgan.
  • 2:37 - 2:42
    Ammo Vivaldi uchun bitta skripka,
    torlar va klavesin yetarli edi.
  • 2:42 - 2:44
    Zamondoshi Baxdan farqli o'laroq,
  • 2:44 - 2:48
    Vivaldini murakkab polifonik fugalar
    qiziqtirmas edi.
  • 2:48 - 2:52
    U bizga buni avvalroq tinglaganimizni
    eslatib turuvchi va doimiy takrorlanuvchi,
  • 2:52 - 2:55
    tinglovchilar uchun oddiy
    va yengil bo'lgan
  • 2:55 - 2:58
    navolarni ko'proq afzal ko'rar edi.
  • 2:58 - 3:02
    "Bahor" ning birinchi qismi
    bahor kuyi bilan boshlanib,
  • 3:02 - 3:13
    huddi shu kuyning ozgina
    o'zgargan shakli bilan yakunlanadi.
  • 3:13 - 3:15
    Bu -tingolvchi e'tiborini
    tortishning to'g'ri yo'li edi,
  • 3:15 - 3:17
    va Vivaldi,
  • 3:17 - 3:21
    XVIII asr boshining eng zabardast
    skripkachilaridan biri,
  • 3:21 - 3:24
    ommani jalb etishning qiymatini
    yaxshi tushunar edi.
  • 3:24 - 3:28
    Bunday konsertlarda u skripka chalish
    san'atining yulduzi edi.
  • 3:28 - 3:30
    Ba'zida unga "Pieta"ning
    talabalari hamroh bo'lgan.
  • 3:30 - 3:35
    Vivaldi ushbu Venetsiyadagi qizlar maktabi
    musiqa ansambliga boshchilik qilgan.
  • 3:35 - 3:36
    Ko'pchilik talabalar
    yetim bo'lgan.
  • 3:36 - 3:41
    Musiqiy ta'lim nafaqat yosh xonimlar uchun
    mos ijtimoiy ko'nikma bo'lgan.
  • 3:41 - 3:43
    Yaxshi oila qura olmagan qizlar uchun
  • 3:43 - 3:46
    bu kelajakda mablag' manbai ham edi.
  • 3:46 - 3:48
    Hatto bastakorning o'z davrida ham,
  • 3:48 - 3:51
    Vivaldining musiqasi nafaqat zodagonlarni,
  • 3:51 - 3:54
    balki hammani
    kundalik tashvishlardan chalg'itgan.
  • 3:54 - 3:57
    300 yil o'tsa ham hech narsa o'zgarmagan
  • 3:57 - 4:00
    va hamon ham Vivaldining musiqasi
    yo'rtib yurayotgan otlardek yangraydi.
Title:
Nega siz Vivaldining "To'rt mavsum"ini tinglashingiz kerak?
Speaker:
Betsi Shvom
Description:

Yengil, yorqin va quvnoq. Antonio Vivaldining "To'rt mavsum" konserti XVIII asrning eng tanish kuylaridan biri bo'lib, uni ko'plab filmlar va reklama roliklarida eshitish mumkin. Ammo bu qanday musiqa va nega u shunday yangraydi? Betsi Shvom ushbu musiqada yashirin hikoyani ochib beradi.

more » « less
Video Language:
English
Team:
closed TED
Project:
TED-Ed
Duration:
04:20

Uzbek subtitles

Revisions