Return to Video

Hayz qanday kechadi - Emma Brais

  • 0:07 - 0:10
    Bunga ishonish qiyindir, ammo aynan hozir
  • 0:10 - 0:15
    sayyoramiz bo'ylab 300 million
    ayollarda bir xil narsa boshdan o'tayapti:
  • 0:15 - 0:16
    hayz.
  • 0:16 - 0:19
    Har oygi mestrual sikli
    hayz bilan yakunlanishi
  • 0:19 - 0:23
    dunyodagi barcha ayollarning
    hayotidagi muntazam hodisadir.
  • 0:23 - 0:25
    Lekin nima sababdan bu sikl
    barchaga taaluqlidir?
  • 0:25 - 0:28
    Avvalombor,
    nima sababdan u sikl bu tarzida kechadi?
  • 0:28 - 0:32
    Hayzlar ikki kundan yetti kungacha
    davom etib,
  • 0:32 - 0:36
    har 28 kunda namoyon bo'ladi.
  • 0:36 - 0:38
    Bu tuzum muntazam ravishda
    qaytalanib,
  • 0:38 - 0:43
    ayol hayoti davomida taxminan 450 marta
    takrorlanadi.
  • 0:43 - 0:45
    Sahna ortida esa organizmning
    ichki faoliyatlarini
  • 0:45 - 0:48
    yuritadigan bir necha
    gormonal tizimlar mavjud bo'lib,
  • 0:48 - 0:53
    ular 28 kun davomida hayzning boshlanishi
    va to'xtashini boshqaradilar.
  • 0:53 - 0:55
    Bu ichki apparat ikki tuxumdondan
    iborat bo'lib,
  • 0:55 - 0:58
    follikular deb atalgan minglab
    haltachalar bilan to'ldirilgan,
  • 0:58 - 1:03
    va ularning har birida bitta oosit,
    urug'lanmagan tuxum, joylashgan.
  • 1:03 - 1:06
    Balog'atlikda tuxumdonlarda 400 mingdan
    ortiq tuxum hujayralari bo'ladi,
  • 1:06 - 1:09
    ammo har oy faqat bittasi chiqariladi,
  • 1:09 - 1:12
    va natijada homiladorlik yoki
    hayz sodir bo'ladi.
  • 1:12 - 1:15
    Demak, sikl shunday yo'l bilan
    namoyon bo'ladi.
  • 1:15 - 1:17
    Balog'atlikdan boshlanib har oy
  • 1:17 - 1:20
    gormon ishlab chiqaruvchi
    bosh miyadagi gipofiz bezi
  • 1:20 - 1:23
    qonga ikki moddalarni
    ishlab chiqarishni boshlaydi:
  • 1:23 - 1:26
    follitropin hamda lutropin gormonlarini.
  • 1:26 - 1:28
    Ular tuxumdondanlarga yetgach
  • 1:28 - 1:31
    ichki tuxum hujayralarini
    o'sishi va yetilishiga chorlaydi.
  • 1:31 - 1:34
    Follikular esa javoban estrogen
    ishlab chiqarishni boshlaydi.
  • 1:34 - 1:38
    Tuxum hujayralari o'sadi,
    va estrogen miqdori yuqoriga ko'tarilib
  • 1:38 - 1:40
    follitropinni ishlab
    chiqarilishini to'xtatadi,
  • 1:40 - 1:44
    va gipofiz ko'proq lutropin
    ishlab chiqarishiga undaydi.
  • 1:44 - 1:47
    Bu holat oqibatidan tuxumdonlar biridan
    eng yetuk bo'lgan tuxum hujayrasi
  • 1:47 - 1:51
    follikuldan otilib chiqib tuxumdon
    devori orqali o'tib tashqariga chiqadi.
  • 1:51 - 1:52
    Bu ovulyatsiya deb ataladi
  • 1:52 - 1:57
    va bu ko'pinca hayz boshlanishidan
    10-16 kun oldin sodir bo'ladi.
  • 1:57 - 2:00
    Jajji oosit fallopiy trubkasi
    bo'ylab harakat qiladi.
  • 2:00 - 2:04
    Homiladorlik faqatgina tuxum hujayrasi
    sperma hujayrasi bilan keyingi
  • 2:04 - 2:07
    24 soat davomida urug'lansagina
    sodir bo'ladi.
  • 2:07 - 2:09
    Aks holda, tuxum sarguzashti
    nihoyasiga yetib,
  • 2:09 - 2:12
    bu oyda homilador bo'lish
    oynasi yopiladi.
  • 2:12 - 2:16
    Bu orada esa, endi bo'sh bo'lgan follikul
    progesteron ishlab chiqarishni boshlaydi,
  • 2:16 - 2:18
    bu gormon bachadon ichki qatlami
  • 2:18 - 2:21
    qon va oziqlar bilan
    to'ldirilishiga signal beradi,
  • 2:21 - 2:25
    urug'langan tuxum u yerga yetgach
    o'rnashib o'sishiga tayyorgarlik maqsadida.
  • 2:25 - 2:27
    Agar tuxum o'rnashmasa
  • 2:27 - 2:31
    bir necha kun o'tgach, organizmdagi
    progesteron va estrogen miqdori pasayadi,
  • 2:31 - 2:35
    ya'ni, bachadon qatlami to'lishishi to'htab
    degeneratsiyadan o'tgach,
  • 2:35 - 2:37
    tushishi bilan yakunlanadi.
  • 2:37 - 2:41
    Qon va to'qima badandan chiqib
    hayz yaratadi.
  • 2:41 - 2:46
    Bachadon foydalanilmagan moddadan to'liq
    tozalanishiga bir haftagacha vaqt ketadi,
  • 2:46 - 2:48
    undan so'ng yangi sikl
    qaytadan boshlanadi.
  • 2:48 - 2:52
    Tez orada, tuxumdonlar qaytadan
    estrogen ajratishni boshlaydi,
  • 2:52 - 2:53
    va bachadon qatlami
  • 2:53 - 2:56
    urug'langan tuxumga
    tayorlanish maqsadida qalinlashadi,
  • 2:56 - 2:58
    aks holda qatlam yemirilb tushadi.
  • 2:58 - 3:01
    Gormonlar ushbu faoliyatlarni
    boshqaradilar,
  • 3:01 - 3:05
    bu jarayon ideal midqorda aylanib,
    aniq vaqtda yetkazilish bilan bajariladi.
  • 3:05 - 3:07
    Bu sikl qaytariladi,
  • 3:07 - 3:11
    har bir kun va har bir hafta
    homiladorlik yoki hayz oldidan
  • 3:11 - 3:13
    bosqichdek namoyon bo'ladi.
  • 3:13 - 3:16
    Bu sikl muntazam soat kabi
    ishlaganga o'xshada,
  • 3:16 - 3:18
    ba'zan o'zgarishlar bo'lishi mumkin.
  • 3:18 - 3:20
    Axir, ayol kishi va uning organizmi
    noyobdir.
  • 3:20 - 3:24
    Hayz oyning turli vaqtida sodir bo'ladi,
  • 3:24 - 3:27
    ovulyatsiya siklning turli paytida
    bo'lib o'tadi,
  • 3:27 - 3:30
    hamda ba'zi sikllar boshqalarga nisbatan
    ko'proq vaqt davom etadi.
  • 3:30 - 3:33
    Hayz ayol hayotining qay paytida
    bo'shlanib tugashi ham
  • 3:33 - 3:36
    har bir ayol uchun har hil.
  • 3:36 - 3:39
    Boshqa so'z bilan aytganda,
    hayzdagi tafovutlar tabiiy hodisa.
  • 3:39 - 3:43
    Bu har oylik jarayon va undagi
    o'zgarishlar haqida bilimga ega bo'lish
  • 3:43 - 3:45
    ayol uchun kuch-qudrat manbaidir,
  • 3:45 - 3:49
    o'z tana faoliyatini tushunib
    ma'suliyatli ish ko'rishiga dastgohdir.
  • 3:49 - 3:52
    Bu yo'l bilan ular bu kichik siklni
  • 3:52 - 3:54
    katta hayot sikliga omil qilib
    qo'shishlari mumkin.
Title:
Hayz qanday kechadi - Emma Brais
Description:

To'la darsni ko'rish uchun: http://ed.ted.com/lessons/how-menstruation-works-emma-bryce

Always #LikeAGirl kampaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan.

Ayni paytda, sayyoramiz bo'ylab uch yuz million ayollarda bir xil narsa, hayz, kechmoqda. Bu har oylik hayz sikli dunyodagi barcha ayollar hayotida sodir bo'ladigan hodisadir. Lekin nima uchun bu sikl hamma uchun universal bo'lib hisoblanadi? Avvalombor, nima sababdan u sikldir? Emma Brais hayz haqida dastlabki ma'lumotlar bilan bo'lishadi.

Dars muallifi: Emma Brais, animatsiya muallifi "Kozmonot Animation Studio"

more » « less
Video Language:
English
Team:
closed TED
Project:
TED-Ed
Duration:
04:12

Uzbek subtitles

Revisions