Bunga ishonish qiyindir, ammo aynan hozir
sayyoramiz bo'ylab 300 million
ayollarda bir xil narsa boshdan o'tayapti:
hayz.
Har oygi mestrual sikli
hayz bilan yakunlanishi
dunyodagi barcha ayollarning
hayotidagi muntazam hodisadir.
Lekin nima sababdan bu sikl
barchaga taaluqlidir?
Avvalombor,
nima sababdan u sikl bu tarzida kechadi?
Hayzlar ikki kundan yetti kungacha
davom etib,
har 28 kunda namoyon bo'ladi.
Bu tuzum muntazam ravishda
qaytalanib,
ayol hayoti davomida taxminan 450 marta
takrorlanadi.
Sahna ortida esa organizmning
ichki faoliyatlarini
yuritadigan bir necha
gormonal tizimlar mavjud bo'lib,
ular 28 kun davomida hayzning boshlanishi
va to'xtashini boshqaradilar.
Bu ichki apparat ikki tuxumdondan
iborat bo'lib,
follikular deb atalgan minglab
haltachalar bilan to'ldirilgan,
va ularning har birida bitta oosit,
urug'lanmagan tuxum, joylashgan.
Balog'atlikda tuxumdonlarda 400 mingdan
ortiq tuxum hujayralari bo'ladi,
ammo har oy faqat bittasi chiqariladi,
va natijada homiladorlik yoki
hayz sodir bo'ladi.
Demak, sikl shunday yo'l bilan
namoyon bo'ladi.
Balog'atlikdan boshlanib har oy
gormon ishlab chiqaruvchi
bosh miyadagi gipofiz bezi
qonga ikki moddalarni
ishlab chiqarishni boshlaydi:
follitropin hamda lutropin gormonlarini.
Ular tuxumdondanlarga yetgach
ichki tuxum hujayralarini
o'sishi va yetilishiga chorlaydi.
Follikular esa javoban estrogen
ishlab chiqarishni boshlaydi.
Tuxum hujayralari o'sadi,
va estrogen miqdori yuqoriga ko'tarilib
follitropinni ishlab
chiqarilishini to'xtatadi,
va gipofiz ko'proq lutropin
ishlab chiqarishiga undaydi.
Bu holat oqibatidan tuxumdonlar biridan
eng yetuk bo'lgan tuxum hujayrasi
follikuldan otilib chiqib tuxumdon
devori orqali o'tib tashqariga chiqadi.
Bu ovulyatsiya deb ataladi
va bu ko'pinca hayz boshlanishidan
10-16 kun oldin sodir bo'ladi.
Jajji oosit fallopiy trubkasi
bo'ylab harakat qiladi.
Homiladorlik faqatgina tuxum hujayrasi
sperma hujayrasi bilan keyingi
24 soat davomida urug'lansagina
sodir bo'ladi.
Aks holda, tuxum sarguzashti
nihoyasiga yetib,
bu oyda homilador bo'lish
oynasi yopiladi.
Bu orada esa, endi bo'sh bo'lgan follikul
progesteron ishlab chiqarishni boshlaydi,
bu gormon bachadon ichki qatlami
qon va oziqlar bilan
to'ldirilishiga signal beradi,
urug'langan tuxum u yerga yetgach
o'rnashib o'sishiga tayyorgarlik maqsadida.
Agar tuxum o'rnashmasa
bir necha kun o'tgach, organizmdagi
progesteron va estrogen miqdori pasayadi,
ya'ni, bachadon qatlami to'lishishi to'htab
degeneratsiyadan o'tgach,
tushishi bilan yakunlanadi.
Qon va to'qima badandan chiqib
hayz yaratadi.
Bachadon foydalanilmagan moddadan to'liq
tozalanishiga bir haftagacha vaqt ketadi,
undan so'ng yangi sikl
qaytadan boshlanadi.
Tez orada, tuxumdonlar qaytadan
estrogen ajratishni boshlaydi,
va bachadon qatlami
urug'langan tuxumga
tayorlanish maqsadida qalinlashadi,
aks holda qatlam yemirilb tushadi.
Gormonlar ushbu faoliyatlarni
boshqaradilar,
bu jarayon ideal midqorda aylanib,
aniq vaqtda yetkazilish bilan bajariladi.
Bu sikl qaytariladi,
har bir kun va har bir hafta
homiladorlik yoki hayz oldidan
bosqichdek namoyon bo'ladi.
Bu sikl muntazam soat kabi
ishlaganga o'xshada,
ba'zan o'zgarishlar bo'lishi mumkin.
Axir, ayol kishi va uning organizmi
noyobdir.
Hayz oyning turli vaqtida sodir bo'ladi,
ovulyatsiya siklning turli paytida
bo'lib o'tadi,
hamda ba'zi sikllar boshqalarga nisbatan
ko'proq vaqt davom etadi.
Hayz ayol hayotining qay paytida
bo'shlanib tugashi ham
har bir ayol uchun har hil.
Boshqa so'z bilan aytganda,
hayzdagi tafovutlar tabiiy hodisa.
Bu har oylik jarayon va undagi
o'zgarishlar haqida bilimga ega bo'lish
ayol uchun kuch-qudrat manbaidir,
o'z tana faoliyatini tushunib
ma'suliyatli ish ko'rishiga dastgohdir.
Bu yo'l bilan ular bu kichik siklni
katta hayot sikliga omil qilib
qo'shishlari mumkin.