Return to Video

Bilingual bo'lishning miyaga qanday foydasi bor? — Mia Nakamuli

  • 0:07 - 0:12
    ¿Hablas español? Parlez-vous français?
    你会说中文吗?
  • 0:12 - 0:18
    Agar siz "si", "oui" yoki "是的" deb javob
    bergan bo'lsangiz va siz buni inglizchada
  • 0:18 - 0:23
    ko'rayotgan bo'lsangiz, siz ko'pchilik
    bilinguallar va poliglotlar qatoridasiz.
  • 0:23 - 0:26
    Siz sayohat qilish oson bo'lishi
    yoki filmlarni
  • 0:26 - 0:27
    subtitrsiz ko'ra olishdan tashqari,
  • 0:27 - 0:30
    ikki yoki undan ko'proq tilni
    bilishingiz miyangizning
  • 0:30 - 0:35
    o'zgacha ishlashi va monolingual do'stlar-
    ingizga nisbatan farq qilishini bildiradi.
  • 0:35 - 0:38
    Xo'sh, "tilni egallsh" degani aslida
    nimani anglatadi?
  • 0:38 - 0:41
    Tilni bilishni odatda ikkita belgiga
    ko'ra baholashadi: og'zaki va
  • 0:41 - 0:43
    yozma, va ikkita passiv belgilar: nutqni
  • 0:43 - 0:47
    eshitib tushunish va o'qib tushunish.
    Balansga ega bilingual
  • 0:47 - 0:50
    insonda yuqoridagi ko'rsatkichlari
  • 0:50 - 0:52
    ikki tilda ham bir xil bo'ladi.
  • 0:52 - 0:56
    Lekin dunyoda ikkita tilni teng
    bo'lmagan proporsiyalarda
  • 0:56 - 0:58
    ishlatadigan va biladigan bilinguallar
    ko'proq.
  • 0:58 - 1:02
    Tilni egallash sharoyitiga qarab
  • 1:02 - 1:05
    bilinguallarni uch turga ajratish mumkin.
  • 1:05 - 1:08
    Masalan, Gabrielladan boshlasak,
  • 1:08 - 1:12
    Uning oilasi AQSHdan Peruga ko'chganida
    u ikki yoshda edi.
  • 1:12 - 1:14
    Gabriella — haqiqiy bilingual,
  • 1:14 - 1:18
    ya'ni u bir vaqtning o'zida ikkita
    tilni o'zlashtiradi
  • 1:18 - 1:20
    Tushunchalarni bir xil
    o'zlashtirib boradi.
  • 1:20 - 1:22
    U ham ispancha,
    ham inglizcha o'rganadi,
  • 1:22 - 1:25
    dunyoni endi-endi o'rganish davomida.
  • 1:25 - 1:27
    Uning akasi esa, o'smir bo'lgani uchun
  • 1:27 - 1:29
    aralash bilingual bo'lib ulg'ayadi.
  • 1:29 - 1:31
    Ular ongida ikki xil
    tushunchalar mavjud,
  • 1:31 - 1:33
    ya'ni ingliz tilidan maktabda foydalansa,
  • 1:33 - 1:37
    uyda va o'rtoqlari bilan
    ispan tilida gaplashadi.
  • 1:37 - 1:42
    Uning ota-onalarida esa, subordinativ
    bilingvizm shakllanadi, ya'ni ular
  • 1:42 - 1:44
    chet tilini o'z ona tili orqali,
  • 1:44 - 1:46
    solishtirib o'rganishgan.
  • 1:46 - 1:50
    Barcha tipdagi bilingualla ham tilni
    egallashi mumkin.
  • 1:50 - 1:53
    Va talaffuzi, urg'ularining
    farqlanishiga qaramay,
  • 1:53 - 1:56
    tinglovchi bilinguallarni turi bo'yicha
    ajratib olishi qiyin.
  • 1:56 - 1:59
    Neyrovizualizatsiyaning so'nggi
    yutuqlari shundan iboratki,
  • 1:59 - 2:01
    til o'rganishning ayrim aspektlari
  • 2:01 - 2:06
    bilingualning miyasiga ham
    ta'sir qilar ekan.
  • 2:06 - 2:09
    Hammaga ma'lumki, mantiqiy jarayonlarda
  • 2:09 - 2:12
    miyaning chap yarimshari ko'proq
    aktiv bo'ladi.
  • 2:12 - 2:16
    O'ng yarimshar esa his-tuyg'ular yoki
    sotsial jarayonlarda
  • 2:16 - 2:20
    ko'proq aktiv holatda bo'ladi.
  • 2:20 - 2:23
    Til esa bu ikki xil jarayonga ham
    tegishli hisoblanib,
  • 2:23 - 2:26
    yarimsharlararo assimetriya
    yil sayin rivojlanishi
  • 2:26 - 2:29
    olimlarni senzitiv period gipotezasiga
    olib keldi.
  • 2:29 - 2:30
    Gipotezaga ko'ra, bolalar tillarni
  • 2:30 - 2:32
    oson o'rganishadi, ularning endi
  • 2:32 - 2:35
    rivojlanayotgan miyasi egiluvchan
    bo'lganligi til o'rganish
  • 2:35 - 2:39
    jarayonida miyaning ikkita
    yarimsharini ham harakatga keltiradi.
  • 2:39 - 2:43
    Ko'pchilik kattalarda esa
    yarimsharlararo assimetriya
  • 2:43 - 2:45
    chap yarimsharni aktivlashtiradi.
  • 2:45 - 2:48
    Agar gipoteza rost bo'lsa,
    bolalikda til o'rganish
  • 2:48 - 2:52
    sizga emotsional va sotsial tagma'nolarni
    to'liq tushunishga yordam beradi.
  • 2:52 - 2:55
    Yaqindagi tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki,
  • 2:55 - 2:57
    chet tillarini o'rgangan insonlar
    katta yoshda
  • 2:57 - 2:59
    ona tili hisoblanmagan,
  • 2:59 - 3:02
    boshqa tillarni qo'llashda his-tuyg'ularga
  • 3:02 - 3:04
    kamroq moyil bo'lib, bu tilga oqilona
  • 3:04 - 3:06
    yondashuvni namoyon etishadi.
  • 3:06 - 3:08
    Chet tilini qachon o'rganishingizni
    farqi yo'q,
  • 3:08 - 3:12
    ko'ptillilik sizning miyangiz ish
    faoliyatiga ko'p foyda beradi.
  • 3:12 - 3:14
    Ba'zilarini ko'rishimiz ham
  • 3:14 - 3:16
    mumkin, masalan, kulrang
    moddaning zichligi, unda
  • 3:16 - 3:20
    miyamizdagi neyronlarning
    va sinapslarning ko'p qismi joylashgan.
  • 3:20 - 3:22
    Undan tashqari, til o'rganish
    jarayonida miyaning alohida
  • 3:22 - 3:24
    qismlarida faollik kuzatish
  • 3:24 - 3:26
    mumkin.
    Bilinguallar butun umr
  • 3:26 - 3:28
    shug'ullanadigan intensiv til
    o'rganish mashg'ulotlari
  • 3:28 - 3:32
    alsgeymer, dimensiya kabi
    kasalliklarining kelishini o'rtacha
  • 3:32 - 3:33
    besh yilga cho'zishi mumkin.
  • 3:33 - 3:36
    Bilingvizmning kognitiv foydasi
    haqidagi g'oyalar hozirda
  • 3:36 - 3:38
    tushunarli ko'rinadi,
    lekin bu kabi g'oyalar
  • 3:38 - 3:41
    o'tmish olimlarini hayratga
    solgan bo'lardi.
  • 3:41 - 3:44
    1960-yillargacha bilinguallik bu
    noqulaylik deb hisoblangan, u bolaning
  • 3:44 - 3:46
    rivojlanishini pasaytirgan
    va tillarni
  • 3:46 - 3:48
    ajratish uchun boladan ko'p vaqt
  • 3:48 - 3:50
    oladi deb hisoblangan.
    Bunaqa qarashlar
  • 3:50 - 3:54
    o'sha vaqtlarda olib borilgan noto'g'ri
    tadqiqotlar natijasi edi. Keyinchalik
  • 3:54 - 3:56
    olib borilgan tadqiqotlar bilingual
  • 3:56 - 4:00
    talabalar nazorat ishlari yoki
    imtihonlarda masalalarni ishlashda
  • 4:00 - 4:02
    ko'proq vaqt sarflashi
    isbotlansa-da, undan
  • 4:02 - 4:04
    tashqari, bir tildan ikkinchi tilga
    o'tishda yuzaga
  • 4:04 - 4:07
    keladigan keskinlik va diqqat katta
    faollik talab qiladi,
  • 4:07 - 4:11
    miyaning dorsolateral va prefrontal
    zonasini mustahkamlaydi.
  • 4:11 - 4:14
    Miyaning bu qismi asosan,
  • 4:14 - 4:19
    tashkiliy funksiyalar, muammolarni
    yechish, vazifadan vazifaga o'tish,
  • 4:19 - 4:23
    va shuningdek, keraksiz ma'lumotlarni
    olib tashlashga hizmat qiladi.
  • 4:23 - 4:26
    Bilingvizm sizni aqlliroq qilishi
    aniq emas, lekin u sizning miyangizni
  • 4:26 - 4:28
    yanada sog'lom va murakkab qiladi
  • 4:28 - 4:31
    va uning imkoniyatlarini kengaytiradi.
  • 4:31 - 4:33
    Va garchi bolalikda sizga
    chet tillarini o'rganish
  • 4:33 - 4:36
    nasib qilmagan bo'lsa-da,
  • 4:36 - 4:38
    o'zingiz uchun "Salom" dan "Hola",
    "Bonjour"
  • 4:38 - 4:41
    yoki "您好" ga lingvistik sakrash
    qilish uchun
  • 4:41 - 4:44
    hech qachon kech emas.
  • 4:44 - 4:45
    Zero, bu miyamiz bilan bog'liq ekan,
  • 4:45 - 4:49
    hatto kichik qadam ham katta bir
    safarning boshi bo'lishi mumkin.
Title:
Bilingual bo'lishning miyaga qanday foydasi bor? — Mia Nakamuli
Speaker:
Mia Nakamuli
Description:

To'liq dars: http://ed.ted.com/lessons/how-speaking-multiple-languages-benefits-the-brain-mia-nacamulli

Ma'lumki, bir necha tillarni bilish ko'p narsalarni osonlashtirishi mumkin, masalan, sayohat qilish, filmlarni subtitrsiz ko'rish. Lekin bilingvizmning boshqa foydalari bormi? Mia Nakamuli bilingvizmning uchta turi haqda batafsil ma'lumot beradi va bir necha tillarni bilish miyangizni qanday qilib yanada sog'lom va faol qilishini tushuntiradi.

Dars: Миа Накамулли.
Multiplikatsiya: TED-Ed.

more » « less
Video Language:
English
Team:
closed TED
Project:
TED-Ed
Duration:
05:04
TED Translators admin approved Uzbek subtitles for The benefits of a bilingual brain
Azizbek Nazarov accepted Uzbek subtitles for The benefits of a bilingual brain
Azizbek Nazarov edited Uzbek subtitles for The benefits of a bilingual brain
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for The benefits of a bilingual brain
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for The benefits of a bilingual brain

Uzbek subtitles

Revisions