Return to Video

Sukunat Xavfi

  • 0:00 - 0:03
    Fan doctori Martin Luter King Jr.
  • 0:03 - 0:07
    1968 yilgi nutqida Fuqoro Huquqlari
    Harakati haqida firk yuritar ekan,
  • 0:07 - 0:09
    shunday deydi, "Eng so'ngida
  • 0:09 - 0:12
    yodimizda qoladigani
    dushmanlarimizning so'zlari emas
  • 0:12 - 0:15
    balki do'stlarimizning sukunatidir."
  • 0:15 - 0:18
    Muallim sifatida
    men bu fikrni o'zimga tadbiq etdim.
  • 0:18 - 0:20
    Har kungi hayotimizda, atrofimizda
  • 0:20 - 0:21
    biz sukunatning oqibatlariga shohidmiz.
  • 0:21 - 0:24
    Ular bizga diskriminatsiya,
  • 0:24 - 0:28
    vahshiylik, qatliom
    va urush ko'rinishida namoyon bo'ladi.
  • 0:28 - 0:30
    Sinfimda men o'quvchilarimni
  • 0:30 - 0:34
    o'z hayotlarida she'riyat orqali sukunatni
    kashf etishga chorlayman.
  • 0:34 - 0:36
    Birgalikda biz sukunat
    bo'shlig'ini to'ldiramiz,
  • 0:36 - 0:39
    uni tanib bilib, unga nom beramiz,
  • 0:39 - 0:42
    sukut uyat manbai bo'lishi
    shart emasligini tushunishga intilamiz.
  • 0:42 - 0:45
    O'quvchim o'z kechinmasini
    bo'lisha oladigan tinch sinf muhit
  • 0:45 - 0:51
    yaratish uchun doskada
    4 asosiy tamoyillarni yozdim.
  • 0:51 - 0:53
    Bular sinfimning oldida
  • 0:53 - 0:55
    va yil boshida har bir o'quvchi
    ularni imzolaydi,
  • 0:55 - 1:02
    tanqidiy nazar bilan o'qi, tushunib yoz,
    aniq gapir, o'z haqiqatingni so'zla.
  • 1:02 - 1:06
    So'nggi fikr meni juda ko'p o'yga soladi -
    o'z haqiqatingni so'zla.
  • 1:07 - 1:08
    Va men shuni tushundimki,
  • 1:08 - 1:10
    o'quvchilarimdan qo'rqmay
    gapirishni so'rar ekanman,
  • 1:10 - 1:13
    unda o'zim ham
    o'z haqiqatimni so'zlashim kerak
  • 1:13 - 1:16
    hamda, haqchil bo'lolmagan damlarim
    haqida ularga ochiq aytishim kerak.
  • 1:17 - 1:23
    Men ularga, Nyu Orleansda Katolik oilasida
    uyg'ayar ekanman, ro'za paytida
  • 1:23 - 1:27
    inson uchun eng mazmunli narsa bu
    nimadandir voz kechish,
  • 1:27 - 1:30
    nimadandir qurbon bo'lish
    deb uqtirilgan edi.
  • 1:30 - 1:33
    Bu, Xudo muqaddas degan
    tushungizni isbotidir.
  • 1:33 - 1:36
    Men gazli ichimliklar, McDonald's,
    fri-kartoshkani, o'pishish,
  • 1:36 - 1:38
    va boshqa narsalardan voz kechdim.
  • 1:38 - 1:42
    Lekin bir yili, gapirishdan ham
    voz kechdim.
  • 1:42 - 1:46
    O'z ovozim menga eng qadrli bo'lgani uchun
    uni qurbon keltirishim kerak deb o'yladim.
  • 1:46 - 1:51
    Ammo, undan allaqchon voz kechganimni
    tushunmagandim.
  • 1:51 - 1:57
    Hayotimda odamlarga o'zimning
    gapim o'rniga ular istagan gapni aytdim,
  • 1:57 - 2:01
    o'zimga, men boshqaning vijdoni emasman,
    o'z hayot yo'limni topishim kerak derdim,
  • 2:01 - 2:07
    ba'zida hech narsa demasdim,
    sukutimni bilmaslik bilan oqlardim,
  • 2:07 - 2:11
    sukunat rizo alomati ekanligini bilmasdim.
  • 2:11 - 2:14
    Kristian gey bo'lgani uchun
    do'pposlanganda indamadim,
  • 2:14 - 2:17
    hech narsani ko'rmaganday
    boshimni egib ketaverardim.
  • 2:17 - 2:19
    Jovonimni bir necha hafta ocholmadim.
  • 2:19 - 2:22
    Undagi qulf tilimga so'lingan
    qulfni eslatardi.
  • 2:22 - 2:26
    Ko'chadagi uysiz odam menga qaraganda
    e'tibor ham bermagandim.
  • 2:26 - 2:31
    Unga olma berishdan ko'ra,
    Apple telefonim bilan band edim.
  • 2:31 - 2:34
    Maktabga mablag' yig'ish kechasida
    bir ayol shunday dedi,
  • 2:34 - 2:38
    "Siz bilan fahrlanaman, bu qasshoq, aqlsiz
    bolalarni o'qitish qiyin bo'lsa kerak."
  • 2:38 - 2:41
    Indamadim, chunki bizga o'quvchining
    hurmatidan ko'ra, pul muhimroq edi.
  • 2:41 - 2:46
    Biz boshqaning gapiga quloq solishga
    juda ko'p vaqt ajratamiz,
  • 2:46 - 2:50
    u aytmayotgan narsaga e'tibor bermaymiz.
  • 2:51 - 2:53
    Sukunat qo'rquvning qo'ldig'idir.
  • 2:53 - 2:55
    U - kamchiliklaringiz tufayli,
  • 2:55 - 2:58
    tilingizni tiyishga majburlaydi.
  • 2:58 - 3:02
    U - o'pkangizda xavf sezib,
    ko'kragizdan chekinuvchi havo.
  • 3:02 - 3:06
    Sukunat - Ruandadagi qatliom.
    Sukunat - Katrina to'foni.
  • 3:06 - 3:08
    U - kafan etmaganda
    quloqqa chalinadigan sado.
  • 3:08 - 3:10
    U - qopqon yopilgandan song
    eshitiluvchi ovoz.
  • 3:10 - 3:13
    U kuydiradi. U kishan.
    U imkoniyat. U og'riqdir.
  • 3:13 - 3:17
    Kurashlaringiz sizni tanlaganda
    o'ylagani fursat yo'q.
  • 3:17 - 3:20
    Sukunat ikkilanishimdan foydalanishiga
    yo'l qo'ymayman.
  • 3:20 - 3:25
    Kristianga shersan, mardlik va zakovat
    ma'badisan, deyman.
  • 3:25 - 3:27
    O'sha uysiz odamdan ismini so'rayman,
  • 3:27 - 3:28
    kuni haqida qiziqaman,
  • 3:28 - 3:31
    chunki ba'zan
    odamzot inson bo'lishni hohlaydi.
  • 3:31 - 3:33
    U ayolga esa, o'quvchilarim
    shunchalik zukkoki
  • 3:33 - 3:35
    hatto Toroning transendentalizmini
    tushunishadi,
  • 3:35 - 3:37
    "Wire" seryalining
    bir qismini ko'rdim deb
  • 3:37 - 3:40
    bolalarni bilaman deb oylamang, deyman.
  • 3:40 - 3:43
    Bu yil nimadandir voz kechish o'rniga
  • 3:44 - 3:47
    har kunimni tilim ostida mikrofon
  • 3:48 - 3:51
    qo'yilgan kabi yashayman,
    qo'rquvim ostida minbar bor kabi.
  • 3:52 - 3:58
    Chunki, sizda ovoz bor ekan,
    jamoa minbariga hech xojat yo'q!
  • 3:58 - 3:59
    Rahmat.
  • 3:59 - 4:05
    (Qarsaklar)
Title:
Sukunat Xavfi
Speaker:
Klint Smit
Description:

"Biz boshqalarning gaplariga quloq solishga shunchalik ko'p vaqt ajratamizki, ular aytmayotgan narsalarga uncha e'tibor bermaymiz," deydi slem uslubida ijod qiluvchi shoir va muallim - Klint Smit. Uning qisqa, ammo yurakdan chiqqan qudrali nutqi, bilimsizlik va adolatsizlikka qarshi gapirish uchun jasorat topish haqidadir.

more » « less
Video Language:
English
Team:
closed TED
Project:
TEDTalks
Duration:
04:22
Amaranta Heredia Jaén approved Uzbek subtitles for The danger of silence
Madina Juarez accepted Uzbek subtitles for The danger of silence
Madina Juarez edited Uzbek subtitles for The danger of silence
Madina Juarez edited Uzbek subtitles for The danger of silence
Madina Juarez edited Uzbek subtitles for The danger of silence
Madina Juarez edited Uzbek subtitles for The danger of silence
Madina Juarez edited Uzbek subtitles for The danger of silence
Madina Juarez edited Uzbek subtitles for The danger of silence
Show all

Uzbek subtitles

Revisions