Return to Video

Qayg'uning qisqacha tarixi — Kortni Stivens

  • 0:07 - 0:10
    Qayg'u —
    insoniyat tajribasining bir qismi,
  • 0:10 - 0:13
    lekin asrlar davomida uning asli
    nima ekani haqda
  • 0:13 - 0:17
    va uni nimadir qilsa bo'ladimi degan
    bahslar bo'lgan.
  • 0:17 - 0:19
    Oddiy so'z bilan aytganda,
  • 0:19 - 0:21
    qayg'uni insonning qiyin
  • 0:21 - 0:24
    vaziyatlardagi tabiiy reaksiyasi
    deb qabul qilishgan.
  • 0:24 - 0:28
    Siz do'stingiz ketayotganida yoki itingiz
    o'layotganida qayg'uga tushasiz.
  • 0:28 - 0:30
    Do'stingiz: "Men qayg'udaman" deganida
  • 0:30 - 0:33
    odatda siz: "Nima bo'ldi?" deb so'raysiz.
  • 0:33 - 0:37
    Lekin sizning qayg'u sababi tashqarida
    deb bilgan tahminingiz
  • 0:37 - 0:39
    aslida yangi g'oyadir.
  • 0:39 - 0:42
    Qadimgi Yunonistonda qayg'uga boshqacha
    yondashishgan.
  • 0:42 - 0:46
    Ular buning sababi tananing ichidagi qora
    suyuqlikda yashiringan deb bilishgan.
  • 0:46 - 0:49
    Ularning gumorik tizimiga ko'ra,
  • 0:49 - 0:52
    inson tanasi va ruhini to'rt xil suyuqlik
    boshqaradi va ular
  • 0:52 - 0:54
    gumoralar deb ataladi.
  • 0:54 - 0:58
    Ularning balansi to'g'ridan-to'g'ri
    inson sog'lig'iga va temperamentiga ta'sir
  • 0:58 - 1:01
    qiladi deb hisoblangan.
    Melanxoliya so'zi aslida "melaina kole"
  • 1:01 - 1:03
    - qayg'uning sababchisi
    hisoblanadigan
  • 1:03 - 1:05
    qora suyuqlikni, gumorani anglatadi.
  • 1:05 - 1:08
    Ovqatlanish tartibini o'zgartirib,
    tibbiy tajribalar bilan siz
  • 1:08 - 1:11
    gumoralarni balansga keltira olasiz.
  • 1:11 - 1:13
    Hozirda inson tanasini boshqaruvchi
    tizimlar haqida
  • 1:13 - 1:15
    ko'p narsa ma'lum bo'lishiga qaramay,
  • 1:15 - 1:17
    yunonlarning qayg'u haqidagi fikrlari
  • 1:17 - 1:19
    zamonaviy qarashlar bilan bog'lanadi.
  • 1:19 - 1:21
    Lekin bizga ma'lum bo'lgan qayg'u
    haqidagi emas,
  • 1:21 - 1:24
    klinik depressiya haqidagi fikrlar.
  • 1:24 - 1:26
    Shifokorlar fikricha, ba'zi tushunarsiz,
    davomiy
  • 1:26 - 1:28
    emotsional holatlar biroz bo'lsa-da
    miyaning
  • 1:28 - 1:32
    kimyosi, tuzilishi va miyadagi
    turli xil moddalarning
  • 1:32 - 1:36
    bir-biri bilan balansiga bog'liq.
  • 1:36 - 1:37
    Yunonlar sistemasida bo'lgani
  • 1:37 - 1:40
    kabi, moddalar balansining o'zgarishi
    bizning
  • 1:40 - 1:44
    reaksiyalarimizni o'zgartirib
    yubora oladi.
  • 1:44 - 1:47
    Shuningdek, azaldan qayg'uning
    mazmunini farqlashga
  • 1:47 - 1:49
    urinishadi va bu kabi bahslarda ham doim
  • 1:49 - 1:50
    qayg'u nafaqat hayotimiz-
  • 1:50 - 1:53
    ning qochib qutilib bo'lmas bir qismi,
  • 1:53 - 1:55
    balki eng zarur qismlaridan biri
  • 1:55 - 1:56
    hamdir deb fikr yuritiladi.
    Agar siz
  • 1:56 - 1:58
    melanxoliyani his
    qilmagan bo'lsangiz,
  • 1:58 - 2:02
    siz inson bo'lish qanaqaligini anglatuvchi
    qismini o'tkazib yuborgansiz.
  • 2:02 - 2:06
    Ko'plab mutafakkirlar melanxoliya
    donishmandlik uchun muhim degan.
  • 2:06 - 2:09
    1577-yilda tug'ilgan Robert Byorton
  • 2:09 - 2:13
    butun umrini qayg'uning sababi va
    tajribasini o'rganish bilan o'tkazgan.
  • 2:13 - 2:16
    O'zining
    "Melanxoliya anatomiyasi"
  • 2:16 - 2:21
    asarida: "Donishmandlikni nima oshirsa,
    u qayg'uni ham oshiradi" degan.
  • 2:21 - 2:24
    XIX asr romantik shoirlari ishonishganki,
  • 2:24 - 2:29
    melanxoliya bizga boshqa murakkab hislarni
    yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
  • 2:29 - 2:31
    Masalan, go'zallik va rohat.
  • 2:31 - 2:35
    Kuzda barglarini yo'qotayotgan
    daraxtlar qayg'usini
  • 2:35 - 2:40
    tushunish - bahor ranglarini,
    hayot siklini tushunishdir.
  • 2:40 - 2:46
    Lekin donolik va emotsional intellekt
    talablar iyerarxiyasida juda balandda.
  • 2:46 - 2:48
    Qayg'u asosli, sezilarli ma'no
    anglatadimi?
  • 2:48 - 2:51
    U evolyutsion darajada bo'lishi mumkinmi?
  • 2:51 - 2:54
    Olimlar hisoblashicha, yig'lash va
    izolyatsiya hissi oldinlari
  • 2:54 - 2:58
    ajdodlarimizga sotsial aloqalarda
    yordam bergan va
  • 2:58 - 3:01
    ularga kerakli yordamni olish uchun
    hizmat qilgan.
  • 3:01 - 3:05
    Qayg'uga jaholat yoki zo'rlovning aksi
    sifatida qaralgan,
  • 3:05 - 3:09
    azob chekishni anglatgan va boshqalarni
    azoblanayotgan insonga yaqinlashtirgan.
  • 3:09 - 3:14
    Bu nafaqat inson, balki jamiyatning ham
    gullab-yashnashiga olib kelgan.
  • 3:14 - 3:17
    Qayg'u birdamlikni keltirib chiqargan,
  • 3:17 - 3:20
    bu esa yashab qolish uchun muhimdir.
    Lekin ko'pchilikni o'zimiz bilan bir xil
  • 3:20 - 3:24
    aziyat chekayotgan insonning
    qayg'usi qiziqtiradi.
  • 3:24 - 3:26
    Shoira Emili Dikinson yozgan:
  • 3:26 - 3:30
    "Men qayg'uni ko'rganimda,
    Uni ko'z bilan o'lchayman,
  • 3:30 - 3:35
    Hajmi xuddi menikidekmi?
    Yoki unda osonrog'imi?"
  • 3:35 - 3:37
    XX asrda, Artur Kleynman kabi
  • 3:37 - 3:40
    kabi antropologlar insonlar og'riq haqda
  • 3:40 - 3:43
    nima deyishlari borasida
  • 3:43 - 3:47
    ma'lumotlar yig'ishgan va emotsiyalar o'zi
    aslida universal emasligini,
  • 3:47 - 3:50
    madaniyat, til va nutq faktorlari ham
    aslida rol o'ynashi
  • 3:50 - 3:53
    mumkinligini isbotlamoqchi bo'lishgan.
  • 3:53 - 3:54
    "Singan yurak" haqida
  • 3:54 - 3:58
    gapirayotib, azob-uqubatlarni his qilish
    tajribamizning bir qismi bo'lib qoladi,
  • 3:58 - 4:01
    va turli madaniyatlarda "singan yurak"
    deyilganda biroz
  • 4:01 - 4:05
    boshqacharoq tajriba anglanilishi mumkin.
  • 4:05 - 4:07
    Zamondoshlarimiz qayg'uning
    subyektivligi va
  • 4:07 - 4:10
    universalligi o'rtasidagi qarama-
    qarshiliklarga qiziqishmaydi,
  • 4:10 - 4:15
    uning o'rniga ulardan qutilish uchun
    texnologiyalardan foydalanishadi.
  • 4:15 - 4:18
    Devid Pirsning aytishicha,
    gen injeneriyasi va
  • 4:18 - 4:21
    boshqa zamonaviy ilmlar nafaqat
  • 4:21 - 4:25
    emotsional va jismoniy og'riqlarni
    o'zgartira oladi, balki
  • 4:25 - 4:28
    butun dunyo ekosistemasini qaytadan
    ishlab chiqishi kerak.
  • 4:28 - 4:31
    Yovvoyi tabiatdagi jonzotlar
    qiynalmasligi uchun.
  • 4:31 - 4:34
    U o'zining loyihasini
    "jannat injeneriyasi" deb ataydi.
  • 4:34 - 4:37
    Biroq qayg'usiz dunyoda bitta muammo bor.
  • 4:37 - 4:40
    G'orlarda yashagan ajdodlarimiz va
  • 4:40 - 4:43
    sevimli shoirlarimiz bunday dunyoni
    xohlashmagan bo'lardi.
  • 4:43 - 4:45
    Aslida, qayg'u haqda gapirar ekanmiz,
  • 4:45 - 4:48
    bilamizki, uni barcha zamonlarda,
  • 4:48 - 4:50
    juda ko'pchilik insonlar
  • 4:50 - 4:51
    his qilishgan,
  • 4:51 - 4:53
    minglab yillar davomida
  • 4:53 - 4:57
    u bilan kurashishning eng yaxshi yo'li —
  • 4:57 - 4:59
    uni shakllantirish,
  • 4:59 - 5:01
    uni izohlashga harakat qilish.
  • 5:01 - 5:04
    Emili Dikinson so'zlari bilan aytganda:
  • 5:04 - 5:08
    "Umid — ruhimizni isituvchi,
    qanotli mo'jiza.
  • 5:08 - 5:13
    Va uning so'zsiz hirgoyisini
    hech ham to'xtatib bo'lmaydi!".
Title:
Qayg'uning qisqacha tarixi — Kortni Stivens
Speaker:
Kortni Stivens
Description:

To'liq darsni ko'rish: http://ed.ted.com/lessons/a-brief-history-of-melancholy-courtney-stephens

Agar siz tirik, mukammal inson bo'lsangiz, katta ehtimol bilan siz hayotingizda bir necha bor qayg'uni his qilgansiz. Lekin "qayg'u" o'zi nima va biz u bilan nimadir qila olamizmi? Kortni Stivens xaligacha oxirigacha o'rganilayotgan bu tuyg'u va uning foydasi haqida so'zlab beradi.

Dars — Kortni Stivens
Animatsiya — Sheron Kolman Grexem

more » « less
Video Language:
English
Team:
closed TED
Project:
TED-Ed
Duration:
05:29
TED Translators admin approved Uzbek subtitles for A brief history of melancholy
Nazarbek Nazarov accepted Uzbek subtitles for A brief history of melancholy
Azizbek Nazarov edited Uzbek subtitles for A brief history of melancholy
Azizbek Nazarov edited Uzbek subtitles for A brief history of melancholy
Azizbek Nazarov edited Uzbek subtitles for A brief history of melancholy
Azizbek Nazarov edited Uzbek subtitles for A brief history of melancholy
Azizbek Nazarov edited Uzbek subtitles for A brief history of melancholy
Azizbek Nazarov edited Uzbek subtitles for A brief history of melancholy
Show all

Uzbek subtitles

Revisions