Qayg'u — insoniyat tajribasining bir qismi, lekin asrlar davomida uning asli nima ekani haqda va uni nimadir qilsa bo'ladimi degan bahslar bo'lgan. Oddiy so'z bilan aytganda, qayg'uni insonning qiyin vaziyatlardagi tabiiy reaksiyasi deb qabul qilishgan. Siz do'stingiz ketayotganida yoki itingiz o'layotganida qayg'uga tushasiz. Do'stingiz: "Men qayg'udaman" deganida odatda siz: "Nima bo'ldi?" deb so'raysiz. Lekin sizning qayg'u sababi tashqarida deb bilgan tahminingiz aslida yangi g'oyadir. Qadimgi Yunonistonda qayg'uga boshqacha yondashishgan. Ular buning sababi tananing ichidagi qora suyuqlikda yashiringan deb bilishgan. Ularning gumorik tizimiga ko'ra, inson tanasi va ruhini to'rt xil suyuqlik boshqaradi va ular gumoralar deb ataladi. Ularning balansi to'g'ridan-to'g'ri inson sog'lig'iga va temperamentiga ta'sir qiladi deb hisoblangan. Melanxoliya so'zi aslida "melaina kole" - qayg'uning sababchisi hisoblanadigan qora suyuqlikni, gumorani anglatadi. Ovqatlanish tartibini o'zgartirib, tibbiy tajribalar bilan siz gumoralarni balansga keltira olasiz. Hozirda inson tanasini boshqaruvchi tizimlar haqida ko'p narsa ma'lum bo'lishiga qaramay, yunonlarning qayg'u haqidagi fikrlari zamonaviy qarashlar bilan bog'lanadi. Lekin bizga ma'lum bo'lgan qayg'u haqidagi emas, klinik depressiya haqidagi fikrlar. Shifokorlar fikricha, ba'zi tushunarsiz, davomiy emotsional holatlar biroz bo'lsa-da miyaning kimyosi, tuzilishi va miyadagi turli xil moddalarning bir-biri bilan balansiga bog'liq. Yunonlar sistemasida bo'lgani kabi, moddalar balansining o'zgarishi bizning reaksiyalarimizni o'zgartirib yubora oladi. Shuningdek, azaldan qayg'uning mazmunini farqlashga urinishadi va bu kabi bahslarda ham doim qayg'u nafaqat hayotimiz- ning qochib qutilib bo'lmas bir qismi, balki eng zarur qismlaridan biri hamdir deb fikr yuritiladi. Agar siz melanxoliyani his qilmagan bo'lsangiz, siz inson bo'lish qanaqaligini anglatuvchi qismini o'tkazib yuborgansiz. Ko'plab mutafakkirlar melanxoliya donishmandlik uchun muhim degan. 1577-yilda tug'ilgan Robert Byorton butun umrini qayg'uning sababi va tajribasini o'rganish bilan o'tkazgan. O'zining "Melanxoliya anatomiyasi" asarida: "Donishmandlikni nima oshirsa, u qayg'uni ham oshiradi" degan. XIX asr romantik shoirlari ishonishganki, melanxoliya bizga boshqa murakkab hislarni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Masalan, go'zallik va rohat. Kuzda barglarini yo'qotayotgan daraxtlar qayg'usini tushunish - bahor ranglarini, hayot siklini tushunishdir. Lekin donolik va emotsional intellekt talablar iyerarxiyasida juda balandda. Qayg'u asosli, sezilarli ma'no anglatadimi? U evolyutsion darajada bo'lishi mumkinmi? Olimlar hisoblashicha, yig'lash va izolyatsiya hissi oldinlari ajdodlarimizga sotsial aloqalarda yordam bergan va ularga kerakli yordamni olish uchun hizmat qilgan. Qayg'uga jaholat yoki zo'rlovning aksi sifatida qaralgan, azob chekishni anglatgan va boshqalarni azoblanayotgan insonga yaqinlashtirgan. Bu nafaqat inson, balki jamiyatning ham gullab-yashnashiga olib kelgan. Qayg'u birdamlikni keltirib chiqargan, bu esa yashab qolish uchun muhimdir. Lekin ko'pchilikni o'zimiz bilan bir xil aziyat chekayotgan insonning qayg'usi qiziqtiradi. Shoira Emili Dikinson yozgan: "Men qayg'uni ko'rganimda, Uni ko'z bilan o'lchayman, Hajmi xuddi menikidekmi? Yoki unda osonrog'imi?" XX asrda, Artur Kleynman kabi kabi antropologlar insonlar og'riq haqda nima deyishlari borasida ma'lumotlar yig'ishgan va emotsiyalar o'zi aslida universal emasligini, madaniyat, til va nutq faktorlari ham aslida rol o'ynashi mumkinligini isbotlamoqchi bo'lishgan. "Singan yurak" haqida gapirayotib, azob-uqubatlarni his qilish tajribamizning bir qismi bo'lib qoladi, va turli madaniyatlarda "singan yurak" deyilganda biroz boshqacharoq tajriba anglanilishi mumkin. Zamondoshlarimiz qayg'uning subyektivligi va universalligi o'rtasidagi qarama- qarshiliklarga qiziqishmaydi, uning o'rniga ulardan qutilish uchun texnologiyalardan foydalanishadi. Devid Pirsning aytishicha, gen injeneriyasi va boshqa zamonaviy ilmlar nafaqat emotsional va jismoniy og'riqlarni o'zgartira oladi, balki butun dunyo ekosistemasini qaytadan ishlab chiqishi kerak. Yovvoyi tabiatdagi jonzotlar qiynalmasligi uchun. U o'zining loyihasini "jannat injeneriyasi" deb ataydi. Biroq qayg'usiz dunyoda bitta muammo bor. G'orlarda yashagan ajdodlarimiz va sevimli shoirlarimiz bunday dunyoni xohlashmagan bo'lardi. Aslida, qayg'u haqda gapirar ekanmiz, bilamizki, uni barcha zamonlarda, juda ko'pchilik insonlar his qilishgan, minglab yillar davomida u bilan kurashishning eng yaxshi yo'li — uni shakllantirish, uni izohlashga harakat qilish. Emili Dikinson so'zlari bilan aytganda: "Umid — ruhimizni isituvchi, qanotli mo'jiza. Va uning so'zsiz hirgoyisini hech ham to'xtatib bo'lmaydi!".