Return to Video

Biz keyingi epidemiyaga tayyor emasmiz

  • 0:06 - 0:07
    Bolalik davrimizda biz hammasidan ham
  • 0:07 - 0:11
    yadroviy urush boshlanishidan
    qo'rqar edik.
  • 0:12 - 0:15
    Shu sabab hammaning yerto'lasida
    suv va konservalar
  • 0:15 - 0:18
    to'ldirilgan bochkalar bo'lar edi.
  • 0:18 - 0:20
    Yadroviy urush boshlangan taqdirda
  • 0:20 - 0:25
    pastga tushib, o'sha yerda o'tirib,
    bochkadagi zahiradan oziqlanishimiz uchun.
  • 0:26 - 0:30
    Hozirgi kunda eng katta global falokat
  • 0:30 - 0:32
    bunday ko'rinishda emas.
  • 0:32 - 0:35
    Endilikda uning ko'rinishi bunday.
  • 0:36 - 0:42
    Yaqin o'nyilliklarda agar nimadir
    10 million insonni o'ldirishga qodir
  • 0:42 - 0:45
    bo'lsa, katta ehtimol bilan u yuqori
    yuqumlilikka ega virusdir,
  • 0:45 - 0:48
    urush emas.
  • 0:48 - 0:52
    Raketalar emas, mikroblar.
  • 0:52 - 0:54
    Qisman buning asosiy sababi
  • 0:54 - 0:58
    bizning hozirda yadroviy qurollarga
    juda katta pullar sarflayotganimizdir.
  • 0:58 - 1:03
    Shu bilan birga epidemiyalar oldini olish
    uchun esa juda kam pul ajratmoqdamiz.
  • 1:04 - 1:07
    Biz keyingi epidemiya tarqalishiga
    tayyor emasmiz.
  • 1:08 - 1:10
    Masalan, Ebola virusini olsak.
  • 1:10 - 1:14
    Aminmanki, hammangiz bu haqda
    gazetalarda o'qigansiz -
  • 1:14 - 1:15
    u juda ko'p muammolar olib keldi.
  • 1:15 - 1:19
    Men uni poliomelitning yo'qolishini
    analiz qilishda qo'llanilgan usullar
  • 1:19 - 1:24
    yordamida diqqat bilan kuzatib bordim.
  • 1:24 - 1:26
    Bunday bir holatda,
  • 1:26 - 1:30
    muammo - tizimning
    yaxshi ishlamasligida emas,
  • 1:30 - 1:34
    bunday tizimning o'zi mavjud
    emasligida edi.
  • 1:35 - 1:39
    Tizimda eng oddiy va kerakli
    qismlar yo'q edi.
  • 1:39 - 1:44
    Bizda kasallik tarqalgan joyga borib uni
    o'rganishga va uning tarqalish darajasini
  • 1:44 - 1:48
    aniqlashga tayyor turgan
    epidemiologlar yo'q edi.
  • 1:48 - 1:50
    Kasallik holatlari haqida ma'lumotlar
    faqat qog'ozda edi.
  • 1:50 - 1:53
    Hisobotlarni onlayn tarzda juda
    katta kechikishlar
  • 1:53 - 1:55
    va ko'plab xatoliklari bilan joylashardi.
  • 1:55 - 1:58
    Bizda ishga shay turgan
    tibbiy jamoa yo'q edi.
  • 1:58 - 2:00
    Bizda mutahassislarni tayyorlaydigan
    metodlar yo'q edi.
  • 2:00 - 2:06
    "Cheksiz Shifokorlar" volontyorlarni
    boshqarish vazifasini yaxshi uddalashdi.
  • 2:06 - 2:09
    Shunday bo'lsa-da, zarar ko'rayotgan
    hududlarga minglab ishchi
  • 2:09 - 2:12
    kuchi yuborish kerak bo'lgan bir vaqtda
    juda sekin harakat qildik.
  • 2:12 - 2:19
    Katta epidemiya esa bizdan yuz minglab
    ishchilarni talab qiladi.
  • 2:21 - 2:25
    Zarar ko'rgan hududlarda davolash jarayonini boshqaradigan inson yo'q edi.
  • 2:25 - 2:27
    Tashxisga ham hech kim qaramayotgan,
  • 2:27 - 2:30
    qanday davolashni hech kim
    tushunmayotgan edi.
  • 2:30 - 2:34
    Masalan, sog'ayganlardan qon olib,
    uni qayta ishlab,
  • 2:34 - 2:39
    plazmasini kasallarga virusdan himoya
    sifatida quyishimiz mumkin edi.
  • 2:39 - 2:42
    Biroq bu metod biror marta
    ham qo'llanilmadi.
  • 2:42 - 2:44
    Ko'p ishlar qilinishi mumkin edi.
  • 2:44 - 2:47
    Aslida bu global masshatbdagi
    muvaffaqiyatsizlik edi.
  • 2:48 - 2:54
    JSST epidemiyani kuzatish uchun moliyalash
    tirilgan, lekin yuqoridagilar uchun emas.
  • 2:55 - 2:58
    Filmlarda odatda hammasi boshqacha.
  • 2:58 - 3:03
    Yordamga bir guruh kelishgan
    epidemiologlar yuboriladi,
  • 3:03 - 3:08
    ular yetib kelishadi, hammani qutqarishadi
    — lekin bu bor-yog'i Gollivud.
  • 3:10 - 3:14
    Agar biz keragicha tayyorgarlik ko'rmasak,
    keyingi epidemiya Ebolaga
  • 3:14 - 3:18
    qaraganda biz uchun sezilarli darajada
    halokatli bo'lishi mumkin.
  • 3:19 - 3:24
    Keling bu yilgi Ebolaning tarqalishi
    haqida ma'lumotlarni ko'rib chiqamiz.
  • 3:24 - 3:27
    Deyarli 10 000 ta inson halok bo'ldi,
  • 3:27 - 3:32
    deyarli hammasi —
    G'arbiy Afrikaning uchta davlatidan.
  • 3:32 - 3:34
    Uning bundan ortiq
    tarqalmaganiga uchta sabab bor.
  • 3:34 - 3:39
    Birinchisi, tibbiy xodimlarning qahramonona ish olib borganlari edi.
  • 3:39 - 3:42
    Ular kasallarni topishdi, virusning keng
    tarqalishini oldini olishdi.
  • 3:42 - 3:45
    Ikkinchisi, bu virusning alohida
    tabiati edi.
  • 3:45 - 3:48
    Ebola havo orqali tarqalmaydi.
  • 3:48 - 3:50
    Kasallanganlarning ahvoli shunchalik
  • 3:50 - 3:53
    yomonlashrdiki, ular yotoqdan
    tura olishmas edi.
  • 3:54 - 3:58
    Uchinchisi, kasallik ko'plab shahar
    hududlariga yetib bormadi.
  • 3:58 - 4:00
    Bu shunchaki omad edi.
  • 4:00 - 4:02
    Agar Ebola ko'plab shaharlar
    hududlariga yetib
  • 4:02 - 4:06
    borganida, kasallanganlarning soni
    judayam yuqori bo'lar edi.
  • 4:06 - 4:09
    Keyingi bor bizga omad kulib
    boqmasligi mumkin.
  • 4:09 - 4:15
    Keyingi virus shunday bo'lishi mumkinki,
    kasallanganlarda samolyot orqali sayohat
  • 4:15 - 4:18
    qilishga yoki bozorlarga borishga
    kuch bo'lishi mumkin. Virus Ebolaga
  • 4:18 - 4:21
    o'xshash tabiatga ega bo'lishi
    ham mumkin, yoki bioterroristlar
  • 4:21 - 4:23
    tomonidan yaratilishi mumkin.
  • 4:23 - 4:27
    Demak, vaziyatni ming marta xavfliroq
    tus oldirishi mumkin bo'lgan narsalar bor.
  • 4:27 - 4:33
    Keling, virusning havo orqali yuqishi
    mumkin bo'lgan modelini ko'rib chiqaylik.
  • 4:33 - 4:37
    Bunaqasi 1918-yil ispancha
    grippda bo'lgan.
  • 4:38 - 4:40
    Vaziyat quyidagicha rivojlanishi mumkin:
  • 4:40 - 4:44
    infeksiya sayyora bo'ylab juda-juda
    tez tarqalishi mumkin.
  • 4:44 - 4:49
    Ko'rayotganingizdek, ispankadan
    30 millionta inson halok bo'lgan.
  • 4:49 - 4:50
    Bu jiddiy muammo.
    Biz bunga
  • 4:50 - 4:52
    bee'tibor bo'lmasligimiz kerak.
  • 4:52 - 4:57
    Lekin bizning haqiqatdan ham samarador
    tizim yaratishga kuchimiz yetadi.
  • 4:57 - 5:02
    Bizning qo'limizda barcha ilm-fan
    va texnologiya yutuqlari bor. Bizda
  • 5:02 - 5:03
    mobil telefonlar bor.
  • 5:03 - 5:06
    Ularning yordamida biz ma'lumot olamiz
    va jamiyatga tarqatamiz.
  • 5:06 - 5:10
    Bizda aholining harakatlanishini kuzatish
    uchun sputnik xaritalari bor.
  • 5:10 - 5:13
    Bizda biologik yutuqlar bor,
    ular yordamida
  • 5:13 - 5:16
    biz qisqa vaqt ichida patogenni
    o'rganishimiz va u bilan kurashish
  • 5:16 - 5:21
    uchun mos keladigan dori va vaksinalar
    ishlab chiqishimiz mumkin bo'ladi.
  • 5:21 - 5:23
    Ya'ni bizda imkoniyatlar bor,
  • 5:23 - 5:28
    lekin ushbu vositalarni global sog'liqni
    saqlash tizimiga kiritishimiz kerak.
  • 5:28 - 5:30
    Biz tayyor turishimiz kerak.
  • 5:30 - 5:32
    Eng yaxshi saboqlarni, o'ylaymanki,
    urushga
  • 5:32 - 5:35
    tayyorgarlik ko'rish
    tajribasidan olish mumkin.
  • 5:35 - 5:39
    Askarlar doimiy ravishda urushga
    shay turishadi.
  • 5:39 - 5:42
    Bizda sonlarni keskin oshirish mumkin
    bo'lgan harbiy zahiralar bor.
  • 5:42 - 5:46
    NATO juda tez harakatlana oladigan
    mobil bo'linmasiga ega.
  • 5:46 - 5:49
    NATO harbiy tayyorgarlikni tekshirish
    uchun ko'plab sinovlar o'tkazadi.
  • 5:49 - 5:52
    Yoqilg'i, logistika va radioto'lqinlari
  • 5:52 - 5:54
    haqidagi bilimlari tekshiriladi.
  • 5:54 - 5:57
    Shuning ular doimiy harbiy
    tayyorgarlikka ega.
  • 5:57 - 6:01
    Epidemiyaga qarshi kurashish uchun
    ham bizga shunga o'xshash tizim kerak.
  • 6:01 - 6:03
    Birinchi navbatda nimalar muhim?
  • 6:03 - 6:09
    Birinchidan, kambag'al davlatlarda kuchli
    sog'liqni saqlash tizimini yaratish kerak.
  • 6:09 - 6:12
    Onalar xavfsiz tug'a olishi va
    go'daklar barcha
  • 6:12 - 6:13
    vaksinalarni ola olishi uchun.
  • 6:13 - 6:18
    Bu davlatlar birinchi bo'lib epidemiya
    bilan yuzma-yuz kelishadi.
  • 6:18 - 6:20
    Bizga tibbiy xodimlar zahirasi kerak:
  • 6:20 - 6:23
    doim yordam berishga tayyor mahsus
  • 6:23 - 6:26
    bilimga va tayyorgarlikka ega insonlar.
  • 6:26 - 6:30
    Va biz harbiylarning tez harakatlana olish
    va logistikani bilish, xavfsiz zonalarni
  • 6:30 - 6:34
    yarata olish imkoniyatlaridan foydalangan
    holda, tibbiy hodimlar va harbiylar
  • 6:34 - 6:36
    kuchini birlashtirishimiz kerak.
  • 6:36 - 6:39
    Tayyorgarlik mashg'ulotlari
    o'tkazish kerak —
  • 6:39 - 6:44
    harbiy mashg'ulotlar emas, bakteriologik;
    zaif tomonlarni aniqlab olish uchun.
  • 6:44 - 6:47
    AQSHda oxirgi marta bakteriologik
    mashg'ulotlar 2001-yilda
  • 6:47 - 6:50
    o'tkazilgan, va hattoki u yerda ham
    hammasi joyida emas edi.
  • 6:50 - 6:55
    Hozircha hisob 1:0, mikroblar foydasiga.
  • 6:55 - 7:02
    Va nihoyat, bizga vaksinatsiya va
    diagnostika yo'nalishida ko'plab ilmiy-
  • 7:02 - 7:05
    tadqiqot ishlari kerak. Bunda katta
    yutuqlar bor, masalan, adeno bilan
  • 7:05 - 7:09
    bog'liq virus bizga juda tez yordam
    berishi mumkin.
  • 7:09 - 7:13
    Menda bunga ketishi mumkin bo'lgan
    mablag' haqida aniq bir raqamlar
  • 7:13 - 7:17
    yo'q, lekin, aminmanki, potensialni olib
    qarasak, bu raqamlar juda ham kamtarona.
  • 7:17 - 7:22
    Jahon bankining hisob-kitobiga ko'ra,
    global gripp epidemiyasi global boylikning
  • 7:22 - 7:25
    3 trillion dollarga zarar ko'rishiga va
    millionlab insonlarning
  • 7:25 - 7:29
    hayotdan ko'z yumishiga olib keladi.
  • 7:29 - 7:32
    Bu kabi investitsiyalar nafaqat
    epidemiyaga qarshi
  • 7:32 - 7:35
    kurashishda katta foyda keltiradi,
  • 7:35 - 7:37
    Tez yordamning rivojlanishi,
    ilmiy tadqiqotlar,
  • 7:37 - 7:40
    bularning barchasi jahon sog'liqni
    saqlash tizimini yanada
  • 7:40 - 7:44
    adolatli va dunyoni yanada
    xavfsizroq qiladi.
  • 7:44 - 7:47
    O'ylaymanki, asosiy e'tiborimizni aynan
    shunga qaratishimiz kerak.
  • 7:48 - 7:49
    Vahima qilishning hojati yo'q.
  • 7:49 - 7:53
    Makaronlar bilan zahiralanishga va
    yerto'lada yashirinishga ham ehtiyoj yo'q.
  • 7:53 - 7:57
    Lekin biz tayyorlanishimiz kerak,
    chunki vaqt biz tomonda emas.
  • 7:57 - 8:04
    Aslini olganda, Ebola insoniyatga
    yaxshigina saboq berdi:
  • 8:04 - 8:09
    u bizga ogohlantirish qo'ng'irog'i
    bo'lib hizmat qildi.
  • 8:09 - 8:15
    Agar biz hozirdan boshlasak, keyingi
    epidemiyaga tayyor bo'lishimiz mumkin.
  • 8:15 - 8:17
    Rahmat.
  • 8:17 - 8:20
    (Qarsaklar)
Title:
Biz keyingi epidemiyaga tayyor emasmiz
Speaker:
Bill Geyts
Description:

2014-yilda dunyo minglab shijoatkor tibbiy hodimlar, va to'g'risini tan olganda, mo'jiza tufayli Ebola virusi epidemiyasidan qutilib qoldi. Orqaga qarasak, tushinamizki, biz buni bundan ham yaxshiroq uddalashimiz mumkin edi. Va Bill Geytsning ta'kidlashicha hozir barcha yaxshi g'oyalar va kuchlarni jamlashning, har qanday vaziyatni oldindn rejalashtirib qo'yishning, tibbiy hodimlar tayyorlashning ayni vaqti. Aytganidek: "Vahima qilishning keragi yo'q, shunchaki tayyor bo'lish kerak".

more » « less
Video Language:
English
Team:
closed TED
Project:
TEDTalks
Duration:
08:32

Uzbek subtitles

Revisions