Return to Video

Semizlik nima o'zi? - Mia Nakamulli

  • 0:08 - 0:13
    Tanadagi yog’ning asosiy vazifasi
    oziq-ovqat zaxiralarini saqlashdir.
  • 0:13 - 0:16
    Qadimgi davrlarda yuqori yog'
    zaxiralari hisobiga og'ir sharoitlarga
  • 0:16 - 0:20
    bardosh bera oluvchi genotiplar
    tabiiy tanlanish jarayonida omon qolgan.
  • 0:20 - 0:24
    Surunkali to'yib ovqatlanmaslik insoniyat
    tarixida odatiy hol bo'lganligi sababli
  • 0:24 - 0:27
    asta-sekin tanada yog' yig'ishga
    moyillik paydo bo'lgan.
  • 0:27 - 0:30
    Qachondan beri tanadagi yog' zaxirasi
    muammoga aylandi?
  • 0:30 - 0:34
    XVIII asrga qadar semizlikning
    salbiy oqibatlari haqida
  • 0:34 - 0:37
    tibbiy adabiyotlarda hech qanday
    ma'lumot uchramaydi.
  • 0:37 - 0:40
    Keyinchalik, texnologiya taraqqiyoti
    va sog'liqni saqlash chora-tadbirlari
  • 0:40 - 0:45
    tufayli oziq-ovqat sifati, miqdori va
    uning xilma-xilligi yaxshilandi.
  • 0:45 - 0:49
    Sifatli oziq-ovqatning mo'l-ko'lligi
    sog'lom aholining
  • 0:49 - 0:51
    iqtisodiy rivojlanishiga imkon berdi.
  • 0:51 - 0:54
    Ishlab chiqarish samaradorligi va
    bu bilan birga bo'sh vaqt miqdori
  • 0:54 - 0:56
    hamda bel aylanasi o’lchami ham oshdi.
  • 0:56 - 1:01
    XIX asrning o'rtalariga kelib,
    ortiqcha vazn yoki semizlik
  • 1:01 - 1:04
    sog'liq yomonlashganiga sabab
    sifatida ko'rsatila boshlandi.
  • 1:04 - 1:07
    Bir asr o'tgach esa uning o'limga
    olib kelishi mumkinligi aniqlandi.
  • 1:07 - 1:12
    Ortiqcha vazn va semizlik
    o'rtasidagi farq nimada?
  • 1:12 - 1:17
    TVI – tana vazni indeksi orqali
    bunga javob topish mumkin.
  • 1:17 - 1:20
    Masalan, agar kishi vazni 65 kg,
  • 1:20 - 1:23
    bo'yi 1,5 metr bo'lsa,
  • 1:23 - 1:26
    TVI taxminan 29 ni tashkil etadi.
  • 1:26 - 1:29
    Semizlik tanadagi ortiqcha
    yog'larning mavjudligi bo'lib,
  • 1:29 - 1:33
    bu odamda TVI darajasi 30 dan
    oshganda yuzaga keladi.
  • 1:33 - 1:37
    Ortiqcha vazn esa odatda
    25-29,9 atrofida bo'ladi.
  • 1:37 - 1:41
    TVI sog'lom vaznni aniqlash uchun
    foydali ko'rsatkich bo'lsa-da,
  • 1:41 - 1:44
    yog'ning haqiqiy foizini
    faqat bel aylanasi
  • 1:44 - 1:48
    va mushak massasini
  • 1:48 - 1:50
    hisobga olgan holda aniqlash mumkin.
  • 1:50 - 1:53
    Masalan, sportchilarda
    TVI darajasi doim yuqori bo'ladi.
  • 1:53 - 1:56
    Xo'sh, odam qanday qilib semiradi?
  • 1:56 - 2:00
    Semizlik ko'pincha energiya
    nomutanosibligidan kelib chiqadi.
  • 2:00 - 2:03
    Agar kaloriyadan hosil bo'lgan
    energiya miqdori
  • 2:03 - 2:07
    jismoniy faoliyatga sarflangan
    energiya miqdoridan ko'p bo'lsa,
  • 2:07 - 2:10
    organizm ortiqcha kaloriyani
    yog' shaklida saqlay boshlaydi.
  • 2:10 - 2:14
    Ko'p hollarda bu nomutanosiblik
    turli shart-sharoit va
  • 2:14 - 2:16
    inson tanlovi natijasida yuzaga keladi.
  • 2:16 - 2:21
    Kattalar jismoniy mashg'ulotlarga
    haftasiga kamida 2,5 soat,
  • 2:21 - 2:24
    bolalar esa kuniga bir soatdan
    vaqt ajratishlari kerak.
  • 2:24 - 2:28
    Ammo dunyo bo'ylab har to'rt
    kishidan bittasi va har o'nta boladan
  • 2:28 - 2:30
    sakkiztasi jismonan nofaol.
  • 2:30 - 2:33
    Kaloriyaga boy tayyor ovqatlar,
    ular hajmining ko'payishi hamda keng
  • 2:33 - 2:36
    yoyilgan marketing
    nofaol turmush tarzi
  • 2:36 - 2:38
    va ko’p ovqatlanishga olib keladi.
  • 2:38 - 2:39
    Resurslarning yetishmasligi,
  • 2:39 - 2:42
    sifatli va arzon oziq-ovqat tanqisligi
  • 2:42 - 2:47
    jamiyatning nochor qatlami uchun
    yanada katta xavf tug'diradi.
  • 2:47 - 2:49
    Ammo bizning genetik tuzilishimiz
    ham muhim rol o’ynaydi.
  • 2:49 - 2:52
    Oilalar va ajratilgan
    egizaklar bilan olib borilgan
  • 2:52 - 2:56
    izlanishlar irsiyat va vazn ortishi
    o'rtasidagi bog'liqlikni aniqladi.
  • 2:56 - 2:59
    So'nggi yillarda o'tkazilgan
    tadqiqotlar ham semizlik va hazm
  • 2:59 - 3:04
    qilish tizimining bakterial tarkibidagi
    farqlar o'rtasidagi aloqani aniqladi.
  • 3:04 - 3:09
    Muammo sabablaridan qat'iy nazar,
    semizlik global epidemiyaga aylandi.
  • 3:09 - 3:13
    U diabet,
  • 3:13 - 3:14
    yurak kasalligi, insult,
  • 3:14 - 3:15
    yuqori qon bosimi
  • 3:15 - 3:17
    va saraton kabi kasalliklarning
  • 3:17 - 3:18
    paydo bo'lish ehtimolini
  • 3:18 - 3:20
    sezilarli darajada oshiradi.
  • 3:20 - 3:24
    U rivojlangan va rivojlanayotgan
    mamlakatlarda jinsi, yoshi va ijtimoiy
  • 3:24 - 3:28
    kelib chiqishidan qat'i nazar,
    barchaga ta'sir qilishi mumkin.
  • 3:28 - 3:32
    So'nggi 20 yil ichida dunyo bo'ylab
    bolalarda semizlik darajasi 60 %ga oshdi,
  • 3:32 - 3:36
    shu bois bu o'tkir muammoni
    e'tiborsiz qoldirib bo'lmaydi.
  • 3:36 - 3:41
    Kishi semirar ekan, uning
    vazn yo'qotishi yanada qiyinlashadi.
  • 3:41 - 3:46
    Gormonal va metabolik o'zgarish sabab tana
    ko’p ovqatlanishga qarshilik qilolmaydi.
  • 3:46 - 3:51
    Semiz odam vazn yo'qotgach,
    vazni o'zgarmagan odam bilan
  • 3:51 - 3:52
    bir xil mashq bajarsa-da,
  • 3:52 - 3:55
    ozroq miqdorda kaloriya sarflaydi,
  • 3:55 - 3:59
    bu esa ortiqcha yog'dan
    qutulishni qiyinlashtiradi.
  • 3:59 - 4:00
    Vazn ortishi signal yuborish
  • 4:00 - 4:04
    yo'llarini shikastlab, ma'lumot uzatishga
    xalaqit beradi, miyaning iste'mol
  • 4:04 - 4:07
    qilingan oziq-ovqat miqdori va yog'
    zaxirasini o'lchashi qiyinlashadi.
  • 4:07 - 4:09
    Inson uzoq vaqt davomida o'z
  • 4:09 - 4:12
    xatti-harakatlarini qat'iy o'zgartirsa,
    semizlik bilan bog'liq
  • 4:12 - 4:16
    muammoni bartaraf etishi mumkinligi
    haqida ayrim dalillar mavjud.
  • 4:16 - 4:18
    Turmush tarzining doimiy o'zgarishi
  • 4:18 - 4:21
    yoki bariatrik jarrohlik orqali
    vazn yo'qotish
  • 4:21 - 4:25
    insulin faoliyatini yaxshilaydi
    va yallig'lanishni kamaytiradi.
  • 4:25 - 4:30
    Bir paytlar omon qolish uchun bizga
    ustunlik bergan narsa hozir o'zimizga
  • 4:30 - 4:33
    qarshi ishlamoqda. Dunyo aholisi
    kamharakat bo'lib, vazni ortib borar ekan,
  • 4:33 - 4:37
    faol harakat va oziq-ovqatga xushyorlik
    tana salomatligi uchun
  • 4:37 - 4:40
    zarur bo'lgan sog'lom vazn kalitidir.
  • 4:40 - 4:43
    Epidemiya turli xil ijtimoiy-iqtisodiy
    sabablarga ko'ra
  • 4:43 - 4:45
    barcha dunyo mamlakatlarida
    tarqalayotgan
  • 4:45 - 4:49
    ekan, semizlik muammosini
    yolg'iz hal etib bo'lmaydi.
  • 4:49 - 4:51
    Sayyoramiz aholisi vaznini
    yaxshilash uchun
  • 4:51 - 4:53
    dunyo bo'ylab zarur
    chora-tadbirlarni kuchaytirish zarur.
Title:
Semizlik nima o'zi? - Mia Nakamulli
Speaker:
Mia Nakamulli
Description:

To'liq darsni ko'rish: http://ed.ted.com/lessons/what-is-obesity-mia-nacamulli

Semizlik tobora kuchayib borayotgan global epidemiyaga aylandi. U diabet, yurak kasalligi, insult, yuqori qon bosimi va saraton kabi kasalliklarning paydo bo'lish ehtimolini sezilarli darajada oshiradi. Ortiqcha vazn va semizlik bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? Odam qanday qilib semiradi? Mia Nakamulli semizlik muammosini tadqiq etadi.

Mia Nakamulli ma'ruzasi, Kozmonot Animation Studio animatsiyasi.

more » « less
Video Language:
English
Team:
closed TED
Project:
TED-Ed
Duration:
05:11
Nazarbek Nazarov approved Uzbek subtitles for What is obesity?
Nazarbek Nazarov accepted Uzbek subtitles for What is obesity?
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for What is obesity?
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for What is obesity?
Arofat Akhundjanova edited Uzbek subtitles for What is obesity?
Arofat Akhundjanova edited Uzbek subtitles for What is obesity?
Arofat Akhundjanova edited Uzbek subtitles for What is obesity?

Uzbek subtitles

Revisions