Return to Video

Berlin Devori qurilishi va qulashi - Konrad H. Jaraush

  • 0:00 - 0:02
    "Bu devor keltirgan dahshatlarni ham,
    uni qulatgan
  • 0:02 - 0:05
    ozodlikka bo'lgan muhabbatni ham unutmang.
  • 0:05 - 0:07
    – Berlin devoridagi grafitning
    noma'lum muallifi.
  • 0:07 - 0:11
    1961-yil 13-avgust kuni erta tongda
  • 0:11 - 0:15
    Sharqiy Germaniya quruvchilari
    harbiylar va politsiya hamrohligida
  • 0:15 - 0:20
    ko'chalarni buzib,
    Berlin va uning atroflariga
  • 0:20 - 0:21
    to'siqlar o’rnata boshladi.
  • 0:21 - 0:26
    Shu kecha tarixdagi eng mashhur
    bo’linish chiziqlaridan biri –
  • 0:26 - 0:28
    Berlin devori qurilishi boshlandi.
  • 0:28 - 0:31
    Devor qurilishi keyingi
    o'n yillikda davom etib,
  • 0:31 - 0:32
    ko’chalarni bo’lib tashladi,
  • 0:32 - 0:34
    oilalarni bir-biridan ayirdi va
  • 0:34 - 0:37
    nafaqat Germaniyani, balki
    butun dunyoni ikkiga ajratib yubordi.
  • 0:37 - 0:39
    Qanday bunday vaziyatga
    tushib qolganimizni
  • 0:39 - 0:41
    tushunish uchun II Jahon Urushini
    eslash lozim.
  • 0:41 - 0:43
    AQSH, Buyuk Britaniya
    hamda Fransiya
  • 0:43 - 0:47
    Gitlerga ittifoqchi mamlakatlarga qarshi
    kurashda Sovet Ittifoqi bilan birlashdi.
  • 0:47 - 0:49
    Fashist Germaniyasini
    mag'lub
  • 0:49 - 0:53
    qilgach, g'olib davlatlar mamlakatning
    turli qismlarini egallab oldi.
  • 0:53 - 0:55
    Bo'linish vaqtinchalik
    davom etishi kerak edi,
  • 0:55 - 0:58
    ammo sobiq ittifoqchilar urushdan keyingi
  • 0:58 - 1:01
    Yevropa masalasida
    o’zaro kelisha olmadilar.
  • 1:01 - 1:04
    G'arb mamlakatlari erkin bozor
    iqtisodiyotini ilgari surgan paytda,
  • 1:04 - 1:08
    Sovet Ittifoqi o'ziga qaram bo'lgan
    kommunistik davlatlar qatorida zaiflashib
  • 1:08 - 1:10
    qolgan Germaniyani ham
    qo’ldan chiqarmaslikka intildi.
  • 1:10 - 1:12
    Munosabatlar yomonlashgach,
  • 1:12 - 1:15
    g'arbda Germaniya Federativ Respublikasi
    (GFR) tuzildi,
  • 1:15 - 1:20
    SSSR esa sharqda Germaniya Demokratik
    Respublikasi (GDR) ni tashkil etdi.
  • 1:20 - 1:24
    Sovet mamlakatlari G'arb bilan savdo-sotiq
    hamda harakat erkinligini cheklab
  • 1:24 - 1:27
    qo'ydilar va shu tariqa deyarli
    o'tib bo'lmaydigan chegara tuzildi.
  • 1:27 - 1:30
    U “temir parda” nomi bilan tanildi.
  • 1:30 - 1:35
    Germaniyaning sobiq poytaxti Berlinda
    vaziyat ancha murakkab edi.
  • 1:35 - 1:39
    Shahar butunlay GDR hududida joylashgan
    bo'lsa ham, urushdan keyingi bitim
  • 1:39 - 1:43
    ittifoqdoshlarga mamlakatni birgalikda
    boshqarish huquqini berdi.
  • 1:43 - 1:47
    Shunday qilib, Amerika, Britaniya va
    Fransiya Berlinning g'arbiy tumanlarida
  • 1:47 - 1:49
    demokratik bo’linmalarga asos soldilar.
  • 1:49 - 1:53
    GDR aholisiga mamlakatdan chiqib ketish
    rasman taqiqlangan bo'lsa-da,
  • 1:53 - 1:56
    Berlinda piyoda, metro, tramvay
    yoki avtobus bilan
  • 1:56 - 1:58
    to'g'ridan-to'g'ri g'arbiy qismga borish,
  • 1:58 - 1:59
    undan keyin esa GFR ga kirish
  • 1:59 - 2:03
    yoki mamlakat tashqarisiga
    chiqish mumkin edi.
  • 2:03 - 2:07
    Bu ochiq chegara GDR rahbariyatiga
    muammo tug'dirdi.
  • 2:07 - 2:11
    Ular Gitlerga nisbatan kommunistcha
    qarshilik ko’rsatishlarini da’vo qilib,
  • 2:11 - 2:15
    G'arbiy Germaniyani fashistik rejim
    davomchilari sifatida qoraladilar.
  • 2:15 - 2:19
    AQSh va uning ittifoqchilari GFR ni
    qayta tiklashga mablag’ ajratar ekan,
  • 2:19 - 2:23
    SSSR GDR resurslarini tovon sifatida
    o’zlashtira boshladi, natijada
  • 2:23 - 2:27
    mamlakatning rejalashtirilgan iqtisodiyoti
    o’z raqobatbardoshligini yo’qotdi.
  • 2:27 - 2:31
    GDR dagi hayot Shtazi – maxfiy politsiya
    tomonidan nazorat qilinib,
  • 2:31 - 2:35
    ular “quloqlari” va xabarchilari orqali
    fuqarolar orasida
  • 2:35 - 2:38
    xoinlik harakatlarini aniqlashga kirishdi.
  • 2:38 - 2:41
    Sharqda bepul ta'lim va
    sog'liqni saqlash xizmati
  • 2:41 - 2:43
    joriy etilgan bo'lsa,
    G'arbda yuqori maosh,
  • 2:43 - 2:45
    keng turdagi iste’mol tovarlari
  • 2:45 - 2:47
    va shaxsiy erkinlik ta’minlangan edi.
  • 2:47 - 2:53
    1961-yilga kelib, 3,5 million kishi,
    bu GDR aholisining qariyb 20 foiziga teng,
  • 2:53 - 2:56
    shu jumladan ko'plab yosh mutaxassislar
    mamlakatni tark etdi.
  • 2:56 - 2:58
    Keyingi yo'qotishlarni
    oldini olish
  • 2:58 - 3:03
    uchun GDR chegarani yopishga qaror qildi.
    Shu tariqa Berlin devori paydo bo'ldi.
  • 3:03 - 3:05
    Berlin orqali 43 km va
  • 3:05 - 3:08
    Sharqiy Germaniya bo'ylab
    112 km ga cho'zilgan
  • 3:08 - 3:12
    dastlabki to'siq tikonli sim
    va to'r panjaradan iborat edi.
  • 3:12 - 3:15
    Ayrim berlinliklar simdan sakrab yoki
  • 3:15 - 3:17
    derazadan oshib o’tib qochishdi,
  • 3:17 - 3:20
    ammo devor kengaygani sari
    bu ish qiyinlashib bordi.
  • 3:20 - 3:27
    1965-yilga kelib 106 kmlik, balandligi
    3,6 m bo’lgan beton to'siqlar paydo bo'ldi
  • 3:27 - 3:31
    va oshib o’tishga yo’l qo’ymaslik uchun
    ustiga silliq trubalar o'rnatildi.
  • 3:31 - 3:34
    Kelgusi yillarda devor tikanli to'siqlar,
  • 3:34 - 3:35
    qo'riqchi itlar va
  • 3:35 - 3:37
    hatto minalar bilan mustahkamlanib,
  • 3:37 - 3:41
    ularga 302 ta soqchi va
    20 ta bunkerlar qo'shildi.
  • 3:41 - 3:46
    Devor ortida 100m maydonni ajratib turuv-
    chi to’siq – "o'lim chizig'i" bor edi.
  • 3:46 - 3:50
    U yerdagi barcha binolar vayron qilinib,
    chegarani kesib o'tishga jur'at etgan
  • 3:50 - 3:54
    har qanday kishini otib tashlash
    buyurilgan yuzlab soqchilar uchun
  • 3:54 - 3:57
    kuzatuv joyi qum bilan qoplangan edi.
  • 3:57 - 4:03
    Ammo 1961-1989-yillar oralig'ida
    besh mingga yaqin odam
  • 4:03 - 4:06
    Sharqiy Germaniyadan
    qochib qutulishga muvaffaq bo'ldi.
  • 4:06 - 4:10
    Ulardan ba'zilari diplomatlar yoki
    sportchilar bo'lgan,
  • 4:10 - 4:14
    ammo boshqa qochqinlar tunnel qazib,
  • 4:14 - 4:15
    kanal bo'ylab suzib, sharlarda
  • 4:15 - 4:17
    uchib yoki hatto o'g'irlangan tankda
  • 4:17 - 4:21
    devorni buzib o'tgan oddiy fuqarolar edi.
  • 4:21 - 4:22
    Ammo xavf-xatar katta edi.
  • 4:22 - 4:26
    Kamida 138 kishi
    qochishga urinib halok bo'ldi.
  • 4:26 - 4:31
    Ayrim qochqinlar yordam berishga ojiz
    bo'lgan GFR aholisi oldida otib tashlandi.
  • 4:31 - 4:36
    Devor ishchi kuchini saqlab qolish hisobi-
    ga GDR iqtisodiyotini barqarorlashtirdi,
  • 4:36 - 4:38
    ammo butun dunyoda kommunistik repressiya
  • 4:38 - 4:42
    timsoliga aylanib,
    o'z obro'siga putur yetkazdi.
  • 4:42 - 4:44
    G'arb bilan yaqinlashish siyosatini
    bir qismi
  • 4:44 - 4:49
    bo'lgan 1972-yilgi GDR va GFR o'rtasidagi
    shartnoma Sharqiy Germaniyani rasman
  • 4:49 - 4:54
    tan oldi, G'arbiy Germaniya esa GDR bilan
    birlashishdan umidini uzmadi.
  • 4:54 - 4:57
    GDR tuzumi asta-sekin qarindoshlar
    tashrifiga ruxsat bergan bo'lsa-da,
  • 4:57 - 5:01
    rasmiylar holdan toydiradigan
    byurokratiya va katta boj to'lovi orqali
  • 5:01 - 5:05
    fuqarolarni ushbu huquqdan
    foydalanmaslikka rag'batlantirdi.
  • 5:05 - 5:08
    Ammo shunga qaramay, hukumat
    arizalar bilan to'lib toshgandi.
  • 5:08 - 5:10
    80-yillarning oxiriga kelib, boshqa
  • 5:10 - 5:13
    Sharqiy blok tuzumlarining
    liberallashishi harakat erkinligi
  • 5:13 - 5:17
    va demokratiyani talab qilgan
    ommaviy namoyishlarga sabab bo'ldi.
  • 5:17 - 5:20
    1989 yil 9-noyabr kechasi
    GDR chiqish ruxsatnomalarini
  • 5:20 - 5:25
    berish tartibini soddalashtirib,
    vaziyatni yumshatishga harakat qildi.
  • 5:25 - 5:29
    Ammo bu xabardan so'ng
    minglab sharqiy berlinliklar
  • 5:29 - 5:31
    Berlin devorining
    chegara postlariga chiqishdi
  • 5:31 - 5:35
    va hayratga tushgan soqchilarni
    darhol eshikni ochishga majbur qilishdi.
  • 5:35 - 5:38
    Quvonchga to'lgan olomon
    G'arbiy Berlinga yopirilib
  • 5:38 - 5:41
    kirdi, ikkala tomondagi kishilar ham
    devor ustida raqsga tushishdi.
  • 5:41 - 5:45
    Boshqalar esa qo'liga tushgan narsa bilan
    devorni buza boshladi.
  • 5:45 - 5:48
    Chegarachilar dastlab tartibni saqlashga
    harakat qilishgan
  • 5:48 - 5:53
    bo'lsa-da, tez orada bo'linish davri
    nihoyasiga yetgani ma'lum bo'ldi.
  • 5:53 - 5:58
    Qirq yildan so'ng, 1990-yil oktabrida
    Germaniya qayta birlashdi.
  • 5:58 - 6:01
    Ko'p o'tmay Sovet Ittifoqi ham quladi.
  • 6:01 - 6:04
    Hozirda devorning ayrim qismlari
    erkinlikni cheklash
  • 6:04 - 6:07
    uchun o'rnatilgan har qanday
    to'siqni yo'q qilish mumkinligi
  • 6:07 - 6:10
    haqida eslatma sifatida saqlanib qolgan.
Title:
Berlin Devori qurilishi va qulashi - Konrad H. Jaraush
Speaker:
Konrad H. Jaraush
Description:

To'liq darsni ko'rish: https://ed.ted.com/lessons/the-rise-and-fall-of-the-berlin-wall-konrad-h-jarausch

1961-yil 13-avgustda quruvchilar Berlin ko'chalarini buzib, to'siqlar o'rnata boshladi. Shu kecha tarixdagi eng mashhur bo’linish chiziqlaridan biri – Berlin devori qurilishi boshlandi. Devor qurilishi keyingi o'n yillikda davom etib, ko’chalarni bo’lib tashladi, oilalarni bir-biridan ayirdi va nafaqat Germaniyani, balki butun dunyoni ikkiga ajratib yubordi. Konrad H. Jaraush Berlin devori tarixi haqida batafsil ma'lumot beradi.

Konrad H. Jaraush darsi, Remus & Kiki animatsiyasi.

more » « less
Video Language:
English
Team:
closed TED
Project:
TED-Ed
Duration:
06:26

Uzbek subtitles

Revisions