Return to Video

Depressiya nima?

  • 0:08 - 0:11
    Depressiya dunyoda eng keng tarqalgan
    ruhiy xastalikdir.
  • 0:11 - 0:12
    Qo’shma Shtatlarda
  • 0:12 - 0:16
    10 foiziga yaqin katta yoshli aholi
    depressiya bilan kurashadi.
  • 0:16 - 0:17
    Ruhiy xastalik bo’lgani bois, uni
  • 0:17 - 0:22
    tushunish, aytaylik, tanadagi
    xolesterindan ko’ra ancha murakkab.
  • 0:22 - 0:25
    Asosiy chalkashliklardan biri depressiya
  • 0:25 - 0:28
    va tushkun kayfiyat o’rtasidagi farqdir.
  • 0:28 - 0:31
    Deyarli hamma vaqti-vaqti bilan
    tushkunlik hissini tuyadi.
  • 0:31 - 0:33
    Yomon baho olish,
  • 0:33 - 0:34
    ishdan ayrilish,
  • 0:34 - 0:35
    urushib qolish,
  • 0:35 - 0:38
    hattoki yomg’irli kun ham ma’yus hislarni
    chorlashi mumkin.
  • 0:38 - 0:40
    Ba’zida hech qanday sabab bo’lmaydi.
  • 0:40 - 0:42
    U to’satdan paydo bo’ladi.
  • 0:42 - 0:44
    Vaziyat o’zgarganidan so’ng,
  • 0:44 - 0:46
    bu ma'yus tuyg'ular g’oyib bo’ladi.
  • 0:46 - 0:48
    Klinik depressiya bundan farq qiladi.
  • 0:48 - 0:50
    U tibbiy kasallik hisoblanib,
  • 0:50 - 0:53
    istaklaringizga bo’ysunib,
    sizni shunchaki tark etmaydi.
  • 0:53 - 0:55
    U kamida ikki haftadan oshiq davom etib,
  • 0:55 - 0:59
    kishining ishlash, o’ynash va sevish
    qobiliyatiga
  • 0:59 - 1:00
    jiddiy
  • 1:00 - 1:01
    ta'sir ko'rsatadi.
  • 1:01 - 1:03
    Depressiyada turlicha
    alomatlar kuzatilishi
  • 1:03 - 1:04
    mumkin: tushkun
  • 1:04 - 1:07
    kayfiyat, odatiy
    yoqtirgan narsalariga
  • 1:07 - 1:08
    qizishning so'nishi, ishtahadagi
  • 1:08 - 1:11
    o'zgarishlar, o'zini keraksiz va
    o'ta gunohkor
  • 1:11 - 1:14
    his qilish ortiqcha yoki o'ta kam uyqu,
  • 1:14 - 1:15
    diqqatning pasayishi,
  • 1:15 - 1:17
    bezovtalik yoki harakat sustligi
  • 1:17 - 1:19
    darmonsizlanish, yoki
  • 1:19 - 1:21
    o’z joniga qasd qilishni
    beto'xtov o'ylash.
  • 1:21 - 1:23
    Psixiatrik qo’llanmalari
    bo'yicha sizda bu
  • 1:23 - 1:25
    alomatlarning kamida beshtasi mavjudligi
  • 1:25 - 1:29
    sizga depressiya tashxisini qo’yadi.
  • 1:29 - 1:31
    U faqat xulq-atvor alomatlaridangina
    iborat emas.
  • 1:31 - 1:35
    Depressiya miyaning chuqur zonasidagi
    moddalarga ta'sir etadi.
  • 1:35 - 1:37
    Bulardan dastlabkisi
  • 1:37 - 1:39
    rentgen yoki bevosita ko’z bilan ko’rish
    mumkin bo’lgan
  • 1:39 - 1:41
    o’zgarishlardir.
  • 1:41 - 1:45
    Bular jumlasiga hajmi kichikroq bo’lgan
    frontal qobiq va gippokamp kiradi.
  • 1:45 - 1:47
    Yanada kichik miqyosda
  • 1:47 - 1:49
    depressiya bir necha narsalar
    bilan aloqador:
  • 1:49 - 1:53
    neyromediatorlar oqimining normadan
    og’ishi yoki ayrimlaridan mahrumlik
  • 1:53 - 1:57
    ayniqsa serotonin, norepereferin
    va dopamin
  • 1:57 - 1:59
    sirkadian ritmning buzulishi
  • 1:59 - 2:03
    yoki REM va chuqur uyqu fazangizdagi
    muayyan o’zgarishlar
  • 2:03 - 2:05
    va gormonal buzilishlar,
  • 2:05 - 2:10
    misol uchun yuqori kortizol va tireoid
    gormonlar muvozanatining buzulishi.
  • 2:10 - 2:13
    Ammo, neyrologlar hanuzgacha
    depressiyaning paydo bo'lish
  • 2:13 - 2:15
    sabablarini to’laligicha bilmaydilar.
  • 2:15 - 2:20
    Bunga sabab genlar va muhit o’rtasidagi
    murakkab bog’lanish bo’lishi mumkin,
  • 2:20 - 2:22
    biroq bizda u qayerda va qachon
  • 2:22 - 2:26
    yuzaga kelishini oldindan aniq
    aytib beruvchi tashxis asbobi yo’q.
  • 2:26 - 2:29
    Depressiya alomatlari yaqqol
    ko’rinmasligi bois,
  • 2:29 - 2:32
    kishining ahvoli yaxshi-yu, ammo aziyat
    chekayotganini payqash qiyin.
  • 2:32 - 2:35
    Millliy ruhiy salomatlik institutiga
    ko'ra, ruhiy
  • 2:35 - 2:38
    hastalikdan aziyat chekayotgan
    o’rtacha bir kishining
  • 2:38 - 2:41
    yordam so’rab murojaat qilishi uchun
    o’n yil kerak.
  • 2:41 - 2:43
    Samarali davo-muolajalari ham yo’q emas.
  • 2:43 - 2:48
    Dorilar va terapiya miyadagi kimyoviy
    moddalarga birgalikda ta'sir etadi.
  • 2:48 - 2:51
    O’ta og’ir vaziyatlarda,
    elektrokonvulsif terapiya
  • 2:51 - 2:54
    be’morning miyasida miya neyronlarini
    qo'zg'atuvchi elektr
  • 2:54 - 2:56
    oqimni yuborish ham juda foydali.
  • 2:56 - 2:57
    Transkranial magnit
  • 2:57 - 3:00
    stimulyasiyasi usuliga o’xshash
    boshqa istiqbolli
  • 3:00 - 3:02
    muolajalar ham tadqiq etilmoqda.
  • 3:02 - 3:04
    Depressiya bilan og’rigan
    biror kimsani bilsangiz,
  • 3:04 - 3:09
    ularni ehtiyotkorlik bilan
    bu muolajalarga undang.
  • 3:09 - 3:11
    Muayyan vazifalarni o’z
    zimmangizga olishingiz,
  • 3:11 - 3:13
    atrofda joylashgan terapevtlarni izlash
  • 3:13 - 3:16
    yoki shifokor ko'rigi uchun
    savol tuzishingiz mumkin.
  • 3:16 - 3:18
    Depressiyaga chalingan inson uchun
  • 3:18 - 3:21
    bu ilk qadamlar ilojsizdek
    tuyulishi mumkin.
  • 3:21 - 3:23
    Agar o’zlarini aybdor yoki irodasiz
    his qilsalar
  • 3:23 - 3:26
    depressiya ham xuddi astma
    yoki diabet kasalligi kabi
  • 3:26 - 3:28
    tibbiy kasallik ekanligini ayting.
  • 3:28 - 3:30
    Bu ojizlik yoki shaxsiyat turi emas
  • 3:30 - 3:34
    va ular singan qo’li
    qanday tuzalgan bo’lsa,
  • 3:34 - 3:37
    shunday sog’ayib ketishni
    kutishlari befoyda.
  • 3:37 - 3:39
    Agar depressiyani o’zingiz boshdan
    kechirmagan
  • 3:39 - 3:43
    bo'lsangiz, tushkunlik kezlaringiz
    bilan solishtirishdan yiroq bo’ling
  • 3:43 - 3:47
    Ularning kechinmalarini vaqtinchalik
    g'amginlik hislari bilan solishtirish
  • 3:47 - 3:50
    o’z holati uchun gunohkor his qilishi
    mumkin.
  • 3:50 - 3:53
    Depressiya to'g'risidagi ochiq suhbat
    ham foyda beradi.
  • 3:53 - 3:57
    Tadqiqotlarga ko’ra, kimdandir suitsid
    to'g'risida so’rash aslida
  • 3:57 - 4:00
    ularning o’z joniga qasd qilish xavfini
    kamaytiradi.
  • 4:00 - 4:04
    Ruhiy hastalik to’g’risidagi ochiq suhbat
    stigmadan qutulishga yordam beradi
  • 4:04 - 4:07
    va insonlarni yordam so’rash jarayonini
    osonlashtiradi.
  • 4:07 - 4:08
    Qanchalik ko’p bemor davolanish
  • 4:08 - 4:11
    chorasini izlagani sayin, olimlar
    depressiya haqida
  • 4:11 - 4:13
    ko’proq o’rgana oladi va shifo topiladi.
Title:
Depressiya nima?
Speaker:
Helen M. Farrell
Description:

Depressiya dunyoda eng keng tarqalgan ruhiy kasallikdir; Qo’shma Shtatlarda 10 foiziga yaqin katta yoshli aholi depressiya bilan kurashadi. Ruhiy hastalik bo’lgani bois, uni tushunish, aytaylik, tanadagi xolesterindan ko’ra ancha murakkab tuyilishi mumkin. Helen M. Farrell depressiyaning alomatlari va davo choralarini izlab, undan aziyat chekayotgan do'stingizga qanday yordam bera olishingiz mumkinligi to'g'risida ba'zi maslahatlarni taqdim etadi.

more » « less
Video Language:
English
Team:
closed TED
Project:
TED-Ed
Duration:
04:29

Uzbek subtitles

Revisions