Return to Video

Richard St. Johndan muvaffaqiyatning 8 ta siri haqida

  • 0:00 - 0:03
    Haqiqtdan ham, men bu ikki soatli nutqni yuqori sinf maktab o'quvchilariga gapirganman,
  • 0:03 - 0:04
    endi esa uni qisqartirib, 3 daqiqali nutq qildim.
  • 0:04 - 0:07
    Buning hammasi 7 yil oldin, TED ga ketayotganimda, samoletda,
  • 0:07 - 0:08
    bir kunda boshlandi.
  • 0:08 - 0:09
    Mening yonimda
  • 0:09 - 0:13
    yuqori sinf maktab o'quvchisi o'tirar edi
  • 0:13 - 0:15
    va u juda kambag'al oiladan edi.
  • 0:15 - 0:18
    U hayotida biror yutuqqa erishmoqni xohlardi
  • 0:18 - 0:19
    va mendan bitta soddagina savol so'radi.
  • 0:19 - 0:21
    "Muvaffaqiyatga etaklovchi nima?" deb so'radi u.
  • 0:21 - 0:23
    Men unga yahshi javob bera olmaganim sababli,
  • 0:23 - 0:25
    o'zimni juda yomon his qildim.
  • 0:25 - 0:28
    Hullas, men samoletdan tushib, TED ga keldim.
  • 0:28 - 0:31
    Men o'yladim, ahir men muvaffaqiyatli insonlarga to'la bo'lgan xonaning o'rtasidamanku!
  • 0:31 - 0:34
    Nimaga men ulardan muvaffqiyatga erishishlari uchun nima yordam berganligini so'ramasligim va
  • 0:34 - 0:36
    Va nima uchun bu fikrlarni yosh bolalarga yetkazmasligim kerak?
  • 0:36 - 0:40
    Mana endi, yetti yilu 500 intervyulardan keyin,
  • 0:40 - 0:43
    men sizlarga muvaffaqiyatga nima sabab bo'lishini
  • 0:43 - 0:45
    va TED jamiyatining faollarini harakatga keltiradigan sabablarni aytib bermoqchiman.
  • 0:45 - 0:47
    Birinchi narsa - chanqoqlik.
  • 0:47 - 0:50
    Freeman Thomas aytgan: "Meni chanqoqligim boshqaradi."
  • 0:50 - 0:53
    TED faollari biror ishni muhabbat uchun bajaradi, pul uchun bajarmaydi.
  • 0:53 - 0:56
    Carol Coletta aytgan: "Man o'zim bajaradigan ishni boshqalar bajarishi uchun ularga pul to'lashga ham tayyorman."
  • 0:56 - 0:58
    Qiziqarlisi shuki,
  • 0:58 - 1:00
    agar siz biror ishni muhabbat bilan bajarsangiz, pul baribir keladi.
  • 1:00 - 1:04
    Ishlang! Rupert Murdoch menga aytdi, "Buning hammasi tirishqoqlik sabablidir.
  • 1:04 - 1:06
    Hech narsa osonlik bilan kelmaydi. Lekin men bajargan ishimdan juda ko'p lazzat olaman.
  • 1:06 - 1:10
    U lazzat dedimi? Rupert-a? Ha!
  • 1:10 - 1:14
    TED faollari ishlab rohatlanadilar. Ular tirishqoqlik bilan ishlaydilar.
  • 1:14 - 1:17
    Men anglashimcha ular ishga mukkasidan ketganlar emas. Ular mehnatsevarlar.
  • 1:18 - 1:24
    Yahshi! Aleks Garden aytgan: "Muvaffaqiyatli bo'lish uchun biror ishni tanlab,
  • 1:24 - 1:25
    shu ishda eng zo'r inson bo'ling."
  • 1:25 - 1:28
    Hech narsada sehr yo'q, bu mashq, mashq, mashq.
  • 1:28 - 1:31
    Va bu diqqat - e'tibor. Norman Jewison menga aytdi,
  • 1:31 - 1:34
    "Mening fikrimcha, buning hammasi diqqat-e'tiboringizni bir narsaga qaratish sabablidir "
  • 1:34 - 1:38
    Va Olg'a! David Gallo aytadi, "Olg'a harakat qiling.
  • 1:38 - 1:40
    Jismonan, aqlan, olg'a harakat qiling, olg'a, olg'a."
  • 1:40 - 1:43
    Uyalish va o'zingizga bo'lgan shubhadan chiqib ketishingiz kerak.
  • 1:43 - 1:46
    Goldie Hawn aytadi, "Men har doim o'zimga shubha bilan qarardim.
  • 1:46 - 1:48
    Men yetarli darajada biror ishni bajarishda yahshi emas edim, yetarli darajada aqlli emas edim.
  • 1:48 - 1:50
    Men biror ishni uddalay olaman deb o'ylamas edim."
  • 1:50 - 1:52
    Hozirgi paytda, har doim ham o'zini biror narsaga majburlab undash oson emas,
  • 1:52 - 1:57
    shu sababli onalar yaratilgan. (Kulgi)
  • 1:57 - 2:00
    Frank Gehry - Frank Gehry menga aytdi,
  • 2:00 - 2:01
    "Mening onam meni ishga undar edi."
  • 2:02 - 2:07
    Hizmat qiling! Shervin Nuland aytadi, "Shifokor bo'lib hizmat qilish menga imtiyoz edi"
  • 2:07 - 2:10
    Hozirgi kunda ko'p bolalar menga millioner bo'lishni xohlashlari haqida aytadi.
  • 2:10 - 2:11
    Men ularga aytadigan birinchi narsa,
  • 2:11 - 2:13
    "Ho'p, sizlar o'zinglarga hizmat qila olmaysizlar,
  • 2:13 - 2:15
    sizlar boshqalarga biror qimmatli hizmat ko'rsatishinglar kerak.
  • 2:15 - 2:18
    Chunki, shu yo'l bilan insonlar boy bo'ladilar."
  • 2:19 - 2:23
    G'oyalar. TED ishtirokchisi Bill Gates aytadi,
  • 2:23 - 2:26
    "Menda bir g'oya bor edi - birinchi micro-computer dasturlari kompaniyasini tuzish."
  • 2:26 - 2:28
    Bu juda yahshi g'oya edi deb ayta olaman,
  • 2:28 - 2:31
    G'oyalar o'ylab ijodkorlik qilish uchun hech qanday sehr yo'q,
  • 2:31 - 2:33
    u shunchaki juda oson ishlarni bajarishdir.
  • 2:33 - 2:35
    Shu jumladan, juda ko'p misollar keltiraman.
  • 2:35 - 2:37
    Qat'iyatli bo'l. Joe Kraus aytadi,
  • 2:37 - 2:40
    "Qat'iyatlilik muvaffaqiyatlarimizning birinchi o'rindagi sababidir."
  • 2:40 - 2:44
    Omadsizlikdan chiqish uchun qat'iyatli bo'lishingiz kerak. Arzimas ishlardan qat'iyatlilik bilan chiqishingiz kerak.
  • 2:44 - 2:47
    Bu albatta shuni anglatadiki, "Tanqid, rad etish, ahmoqlik va tazyiq."
  • 2:47 - 2:49
    (Kulgi)
  • 2:50 - 2:54
    Hullas, katta - bu savolga javob oddiydir:
  • 2:54 - 2:57
    4,000 dollar to'lang va TED ga keling.
  • 2:57 - 3:00
    Yoki bunda muvaffaqiyatsizlikka uchrasangiz, sakkizta ishni bajaring, va ishoning menga,
  • 3:00 - 3:04
    bular muvaffaqiyatlikka olib boradigan katta sakkizta narsalardir.
  • 3:04 - 3:06
    TED ishtirokchilari hamma intervyularingiz uchun sizlarga rahmat!
Title:
Richard St. Johndan muvaffaqiyatning 8 ta siri haqida
Speaker:
Richard St. John
Description:

Nima uchun insonlar muvaffaqiyatga erishadi? Aqlliligi sabablimi? Yoki ular shunchaki omadlimi? Hech ham unday emas. Richard St. John muvaffaqiyatning haqiqiy sirlari haqidagi bir necha yillik intervyularni unutilmas 3 daqiqali nutqida gapiradi.

more » « less
Video Language:
English
Team:
closed TED
Project:
TEDTalks
Duration:
03:13
Gulnoza Yakubova added a translation

Uzbek subtitles

Revisions