Return to Video

Chegarasiz hayot

  • 0:01 - 0:03
    Agar hayotingiz kitob,
  • 0:03 - 0:07
    siz esa uning muallifi bo’lganda,
  • 0:07 - 0:10
    hikoyangizga nimalar yozishni istardingiz?
  • 0:11 - 0:15
    Mening hayotimni butunlayga o’zgartirib
    yuborgan savol aynan shunday edi.
  • 0:15 - 0:18
    Jazirama Las Vegas sahrosida
    voyaga yetar ekanman,
  • 0:18 - 0:21
    mening birdan bir istagim erkinlik edi.
  • 0:21 - 0:25
    Dunyo bo’ylab sayohat qilishni,
  • 0:25 - 0:28
    qorli go’shada yashashni xayol suradim
  • 0:28 - 0:31
    va barcha aytgan hikoyalarim
  • 0:31 - 0:34
    tasavvurimda namoyon bo’lardi.
  • 0:34 - 0:36
    19 yoshimda,
  • 0:36 - 0:39
    kollejni tamomlaganimdan bir kun o’tib
  • 0:39 - 0:42
    qorli o’lkaga ko’chib bordim
  • 0:42 - 0:44
    va massaj terapevtlik kasbini egalladim.
  • 0:44 - 0:47
    Bu ish uchun menga qo’llarim
  • 0:47 - 0:50
    va yonimdagi massaj stoli
    yetarli edi, xolos.
  • 0:50 - 0:53
    Va har qanday ishni eplay olardim.
  • 0:53 - 0:56
    Umrimda ilk bor
  • 0:56 - 1:00
    o’zimni erkin, mustaqil
  • 1:00 - 1:05
    va hayotim o’z qo’limda
    ekanligini his qildim.
  • 1:05 - 1:10
    Bu hayotim butunlay o’zgarib
    ketgunicha davom etdi.
  • 1:10 - 1:12
    Bir kuni shamolladim deb o’ylab,
  • 1:12 - 1:15
    uyga erta bordim
  • 1:15 - 1:18
    va 24 soat o’tar-o’tmasdan
  • 1:18 - 1:20
    men kasalxonada
  • 1:20 - 1:22
    kislorod balloniga muhtoj,
  • 1:22 - 1:25
    yashab ketish ehtimolligi ikki foizdan
    kamroq bemorga aylandim.
  • 1:25 - 1:28
    Koma holatida yotganimdan
  • 1:28 - 1:30
    bir necha kunlardan so’nggina
    shifokor menga
  • 1:30 - 1:32
    emlash orqali himoyalanish mumkin bo’lgan
  • 1:32 - 1:35
    qon infeksiyasi,
  • 1:35 - 1:40
    bakteriyal meningit tashxisini qo’yishdi.
  • 1:40 - 1:42
    Keyingi ikki yarim oy davomida men
  • 1:42 - 1:46
    talog’imdan, buyraklarimdan,
  • 1:46 - 1:48
    chap qulog’im eshitish qobiliyatidan va
  • 1:48 - 1:53
    tizzamdan pastki ikkala oyoqlarimdan
    ajraldim. Ota-onam meni
  • 1:53 - 1:56
    kasalxonadan nogironlik aravachasida
    sudrab olib chiqarkan,
  • 1:56 - 1:59
    o’zimni xuddi qiyqim matolardan
    qayta tikilgan
  • 1:59 - 2:02
    qo’g’irchoq kabi his qildim.
  • 2:02 - 2:04
    Bir necha haftadan so’ng
  • 2:05 - 2:07
    yangi oyoqlarimni ilk bora ko’rmagunimcha,
  • 2:07 - 2:09
    eng yomoni yakun topdi deb o’ylagandim.
  • 2:09 - 2:14
    Boldir qismi beso’naqay metallar,
  • 2:14 - 2:18
    to’piq suyagi uchun boltlangan
    trubalardan tashkil topgan
  • 2:18 - 2:20
    va xuddi tomirlarga o’xshab
  • 2:20 - 2:24
    oyoq barmog’idan to to’piq suyagigacha
    cho’zilgan rezina yo’lli
  • 2:24 - 2:26
    sariq rangli rezina oyoq.
  • 2:26 - 2:29
    Bu yog’iga nimani kutishni bilmasdim,
  • 2:29 - 2:32
    biroq buni kutmagandim.
  • 2:32 - 2:35
    Yonimda onam
  • 2:35 - 2:41
    va yuzimizdan quyulib borayotgan
    yosh tomchilari bilan
  • 2:41 - 2:44
    bu besonaqay oyoqlarni mahkam bog’lab,
  • 2:44 - 2:47
    o’rnimdan turdim.
  • 2:47 - 2:51
    Ular shunchalar og’riqli va bir yerga
    qattiq mixlab qo’yuvchi ediki,
  • 2:51 - 2:54
    endi bu oyoqlarda
  • 2:54 - 2:57
    qanday qilib dunyoni sayohat qila olaman,
  • 2:57 - 2:58
    qanday qilib men doim
  • 2:58 - 3:00
    istagan sarguzashtlar va hikoyalarga to’la
  • 3:00 - 3:03
    hayotda yashay olishim mumkin?
  • 3:03 - 3:05
    Va qanday qilib snoubord bilan
    yana shug’ullana
  • 3:05 - 3:10
    olaman, degan savollar mening
    yagona o’ylovim edi.
  • 3:10 - 3:13
    O’sha kuni uyga kirib, yotog’imga
    sudralib bordim
  • 3:13 - 3:15
    va keyingi bir necha oylar
  • 3:15 - 3:17
    hayotim shu zaylda:
  • 3:17 - 3:22
    hushsiz, voqelikdan qochib,
  • 3:22 - 3:26
    yonimda yotgan oyoqlarim bilan kechdi.
  • 3:26 - 3:34
    Men tamoman jismoniy va
    hissiy tanazzulda edim.
  • 3:34 - 3:38
    Ammo hayotda oldinga siljish uchun
  • 3:38 - 3:43
    men eski Emini tark etishim
  • 3:43 - 3:49
    va yangisini boricha qabul qilishni
    o'rganishim kerakligini bilardim.
  • 3:49 - 3:52
    Ana shunda bundan buyon
  • 3:52 - 3:56
    besh fut baland bo’lishim shart
    emasligini anglab yetdim.
  • 3:56 - 3:59
    O’zim istagancha baland
    bo’yli bo’la olaman!
  • 3:59 - 4:05
    (Kulgu) (Qarsaklar)
    Yoki kim bilan uchrashuvga
  • 4:05 - 4:08
    chiqishimga qarab
    istaganimcha past bo’yli bo’lishim mumkin.
  • 4:08 - 4:10
    (Kulgu)
  • 4:10 - 4:13
    Va snoubord bilan yana
    shug’ullanadigan bo’lsam
  • 4:13 - 4:14
    oyoqlarim muzlab qolmaydi.
  • 4:14 - 4:16
    (Kulgu)
  • 4:16 - 4:18
    O’ylashimcha, bulardan eng zo’ri
  • 4:18 - 4:22
    chegirmadagi barcha poyabzallarni
  • 4:22 - 4:25
    oyog’im o’lchoviga moslab
    olishim mumkin. (Kulgu)
  • 4:25 - 4:27
    Shunday qildim!
  • 4:27 - 4:29
    Buning foydali jihatlari bor edi.
  • 4:29 - 4:32
    Ana shu daqiqada o’zimga
  • 4:32 - 4:35
    hayotimdagi eng muhim savolni berdim:
  • 4:35 - 4:37
    Agar hayotim kitob,
  • 4:37 - 4:40
    men esa uning muallifi bo’lganimda,
  • 4:40 - 4:43
    hikoyam qanday bo’lishini istardim?
  • 4:43 - 4:45
    Va men xayol sura boshladim.
  • 4:45 - 4:48
    Men xuddi kichkina qizaloq
    kabi xayol surdim
  • 4:48 - 4:51
    o’zimni ohista qadamlar bilan
  • 4:51 - 4:54
    yurayotganimni, sayohatim davomida
  • 4:54 - 4:56
    boshqa insonlarga yordam
    berayotganimni va yana
  • 4:56 - 4:59
    snoubord bilan shug’ullanayotganimni
    tasavvur qildim.
  • 4:59 - 5:01
    O’zimni shunchaki endi
    yoqqan qorli tog’dan
  • 5:01 - 5:03
    tushib kelishimni tasavvur qilibgina
  • 5:03 - 5:06
    qolmadim.
    Uni chindan his qildim.
  • 5:06 - 5:09
    Yuzimga urilayotgan shamolni
  • 5:09 - 5:12
    va shoshib urayotgan yuragimni
  • 5:12 - 5:17
    xuddi ayni o’sha daqiqada yuz
    berayotgandek chindan his qildim.
  • 5:17 - 5:23
    Hayotimning yangi bobi ana
    o’shanda boshlandi.
  • 5:23 - 5:27
    To’rt oy o’tib, garchi natijalar
  • 5:27 - 5:29
    ayni kutilgandek bo’lmasa
    ham snoubordga qaytdim:
  • 5:29 - 5:32
    Tizzalarim va to’piq suyaklarim egilmasdi
  • 5:32 - 5:37
    va bir gal yiqilib tushdim-u, oyoqlarim
    snoubordimda qolib ketdi,
  • 5:37 - 5:41
    o’shanda tog’ chang’isi
    trassalaridagi barcha
  • 5:41 - 5:43
    chang’ichilarni daxshatga solgan edim.
  • 5:43 - 5:47
    (Kulgu) --
  • 5:47 - 5:50
    Men pastga uchib tushdim-u,
  • 5:50 - 5:53
    tog’ tepasidan bir yerga jilmagandim.
  • 5:53 - 5:55
    Boshqalar kabi men ham
  • 5:55 - 5:59
    daxshatga tushdim, o’zimga bo’lgan
    ishonchni yo’qotdim,
  • 5:59 - 6:03
    Biroq agar o’zimga mos juft
    oyoqlarni topa olsam,
  • 6:03 - 6:05
    bu yana qo’limdan kelishini bilardim.
  • 6:05 - 6:08
    Ana o'shanda bizning chegaralarimiz
    va qiyinchiliklarimiz
  • 6:08 - 6:12
    faqatgina ikki narsani taqdim etishi
    mumkinligini bilib oldim:
  • 6:12 - 6:15
    biri yo’limizdan to’xtatadi
  • 6:15 - 6:19
    yoki boshqa biri bizni
    ijodkorlikka chorlaydi.
  • 6:19 - 6:22
    Men buni bir yil tadqiq etib,
    hanuz qanday oyoqlar
  • 6:22 - 6:23
    menga kerakligi, menga nafi
  • 6:23 - 6:25
    teguvchi biror bir resursni topa olmadim.
  • 6:25 - 6:29
    Shu sababdan ularni o’zim yaratishga
    qaror qildim. Oyoq tayyorlovchi
  • 6:29 - 6:32
    usta va men birgalikda tasodiy
    qismlarni birlashtirdik
  • 6:32 - 6:35
    va snoubord uchun mos juft
    oyoqlar yaratdik.
  • 6:35 - 6:37
    Ko’rib turganingizdek,
  • 6:37 - 6:44
    ular zanglagan boltlar, rezina,
    yog’och va izolenta.
  • 6:44 - 6:47
    Va yana, oyoq barmoqlarimdagi bo’yoqni
    o’zgartira olaman.
  • 6:47 - 6:49
    Mana shu oyoqlar
  • 6:49 - 6:53
    va 21 yoshda men olgan eng zo’r sovg’a
  • 6:53 - 6:55
    dadam bergan yangi buyrak
  • 6:55 - 6:58
    yana bir bor orzularim ortidan
    borishimga imkon berdi.
  • 6:58 - 7:00
    Snoubord bilan shug’ullana boshladim,
  • 7:00 - 7:03
    ishimga qaytdim, so’ngra o’qishlarimni
    davom ettira boshladim.
  • 7:03 - 7:07
    2005-yilda esa jismoniy rivojlanishda
    nuqsonlari bo’lgan yoshlar va kattalarni
  • 7:07 - 7:09
    harakatli sport bilan
    shug’ullanishlari uchun
  • 7:09 - 7:12
    notijorat tashkilot tashkil etlishida
    hamkorlik qildim.
  • 7:12 - 7:16
    U orqali Janubiy Afrikaga borish
    imkoniyatiga ega bo’lib,
  • 7:16 - 7:19
    maktabga borishlari uchun minglab
    bolalarning oyoqlariga
  • 7:19 - 7:21
    poyabzal kiydirishga yordamlashdim.
  • 7:21 - 7:24
    Va o’tgan fevral oyida
  • 7:24 - 7:28
    ikki karra Jahon Kubogining
    medallarini qo’lga kiritdim.
  • 7:28 - 7:33
    (Qarsaklar) --
  • 7:37 - 7:39
    Bu meni
  • 7:39 - 7:42
    dunyodagi eng qayishuvchan snouborder ayol
  • 7:42 - 7:44
    darajasiga ko'tardi.
  • 7:44 - 7:47
    Bundan o’n bir yil ilgari oyoqlarimdan
    ajralib qolganimda,
  • 7:47 - 7:50
    nimaga umid qilishni bilmasdim.
  • 7:50 - 7:52
    Biroq bugun mendan
    vaziyatingizni
  • 7:52 - 7:54
    o’zgartirarmidingiz deb so’rasangiz,
  • 7:54 - 7:57
    men yo’q deb javob berardim.
  • 7:57 - 7:59
    Chunki oyoqlarim meni cheklab qo’ymadi,
  • 7:59 - 8:02
    aksincha ular imkoniyatlarim
    doirasini kengaytirdi.
  • 8:02 - 8:05
    Ular meni o’z tasavvurimga tayanishga
  • 8:05 - 8:08
    va imkoniyatlarimga ishonishga majburladi.
  • 8:08 - 8:10
    Va shu sababdan
  • 8:10 - 8:12
    tasavvurlarimiz chegaralarni
    yengib o'tishda
  • 8:12 - 8:14
    ko’makchi bo’la olishiga ishonaman,
  • 8:14 - 8:17
    chunki tafakkurimizda biz har qanday
    ishni qila olamiz
  • 8:17 - 8:20
    va har qanday narsa qo’limizdan keladi.
  • 8:20 - 8:22
    Ana shu orzularga ishonish
  • 8:22 - 8:25
    va o’z qo’rquvlarimizga yuzma-yuz
    kelish hayotimizni
  • 8:25 - 8:28
    imkoniyatlar doiramizdan
    tashqaridagi kenglikda
  • 8:28 - 8:30
    yashashga imkon beradi.
  • 8:30 - 8:34
    Bugungi kun chegarasiz innovatsiyalar
    maydoni bo’lishiga qaramasdan,
  • 8:34 - 8:37
    shuni aytishim mumkinki,
  • 8:37 - 8:39
    shaxsiy hayotimdagi innovatsiyalarga
  • 8:39 - 8:43
    menda mavjud chegaralar tufayli erishdim.
  • 8:43 - 8:47
    Chegara bu haqiqiy yakun degani,
  • 8:47 - 8:50
    biroq ayni shu yer tasavvur
  • 8:50 - 8:53
    va hikoyaning muqaddimasi
    ekanligini bilib oldim.
  • 8:53 - 8:56
    Shunday qilib bugun sizga mulohaza
    uchun taqdim etilgan fikr
  • 8:56 - 9:00
    shundan iborat. Ehtimol, qiyinchiliklar-
    imiz va cheklangan imkoniyatlarimizga
  • 9:00 - 9:03
    salbiy va yomon narsa
    sifatida qarash o’rniga
  • 9:03 - 9:06
    ularni bizga berilgan tuhfa,
  • 9:06 - 9:12
    tasavvurimizni uyg’otishimizda
    qo’l keluvchi bebaho sovg’a
  • 9:12 - 9:17
    ko'zlangan manzildan uzoqroqqa yetishga
    ko’makchi deb qabul qilishimiz mumkin.
  • 9:17 - 9:21
    Bu chegaralarni buzib o'tish emas,
  • 9:21 - 9:24
    balki uni siljitishdir
  • 9:24 - 9:27
    va u bizni qanday ajoyibotlarga yetaklashi
  • 9:27 - 9:29
    mumkinligiga guvoh bo’lish demakdir.
  • 9:29 - 9:31
    Rahmat.
Title:
Chegarasiz hayot
Speaker:
Emi Purdi
Description:

19 yoshida Emi Purdi tizzadan pastki ikkala oyoqlaridan ajraldi. Hozirda esa u mahoratli snouborderchi (va "Yulduzlar bilan raqs” tanlovining eng faol ishtirokchisi!) Ushbu qizg'in suhbatida u bizga hayot qiyinchiliklaridan qanday qilib ruhiy quvvat olish mumkinligini namoyish etadi.

more » « less
Video Language:
English
Team:
closed TED
Project:
TEDTalks
Duration:
09:44
Nazarbek Nazarov approved Uzbek subtitles for Living beyond limits
Nazarbek Nazarov accepted Uzbek subtitles for Living beyond limits
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for Living beyond limits
Aziza Pulatova edited Uzbek subtitles for Living beyond limits
Aziza Pulatova edited Uzbek subtitles for Living beyond limits
Aziza Pulatova edited Uzbek subtitles for Living beyond limits
Aziza Pulatova edited Uzbek subtitles for Living beyond limits
Aziza Pulatova edited Uzbek subtitles for Living beyond limits
Show all

Uzbek subtitles

Revisions