Return to Video

Qanday qilib jonli badiiy asar yozish mumkin? - Nalo Hopkinson

  • 0:07 - 0:11
    Biz badiiy adabiyotni ko'p sabablarga
    ko'ra o'qiymiz.
  • 0:11 - 0:13
    Maroqlik uchun,
  • 0:13 - 0:15
    sababchini topish uchun,
  • 0:15 - 0:18
    yangi, g'alati dunyolarga sayohat
    qilish uchun,
  • 0:18 - 0:19
    qo'rquv uchun,
  • 0:19 - 0:20
    kulish uchun,
  • 0:20 - 0:21
    yig'lash uchun,
  • 0:21 - 0:22
    o'ylash uchun,
  • 0:22 - 0:23
    his qilish uchun,
  • 0:23 - 0:28
    jarayonga shunday berilib ketamizki,
    ba'zan reallikni ham unutib qo'yamiz.
  • 0:28 - 0:31
    Xo'sh, uni yozishga kelsak-chi?
  • 0:31 - 0:34
    O'quvchilaringizni hikoyalaringizga
    qanday jalb etasiz?
  • 0:34 - 0:36
    Juda qiziq syujetlar bilanmi? Balki.
  • 0:36 - 0:39
    Jozibador obrazlar bilanmi? Ehtimol.
  • 0:39 - 0:43
    Chiroyli ta'riflar bilan? Bo'lishi mumkin.
  • 0:43 - 0:48
    "Billining oyoqlari lapshadek kabi,
    sochlarining uchi zaharli ignachadek edi.
  • 0:48 - 0:53
    Uning tili gubkaga, va ko'zlari esa ichi
    tozalovchi suyuqlik idishlaridek edi."
  • 0:53 - 0:58
    Bu ta'riflar sizga Billini aniqlikda
    tasavvur qilishingizga yordam bera oldimi?
  • 0:58 - 1:01
    Biz aniq bilamizki Billining oyoqlari
    lapsha emas.
  • 1:01 - 1:04
    Billi uchun bu oyoqlar pishgan lapshadek
    ingichka edi.
  • 1:04 - 1:07
    Bu qiyosiy o'xshatish, metafora.
  • 1:07 - 1:10
    Xo'sh, nega biz shunday oddiy yozib qo'ya
    qolmaymiz?
  • 1:10 - 1:13
    "Billi o'zini kuchsiz va yomon
    xis qilyapti"
  • 1:13 - 1:18
    Ikkinchi ta'rif birinchisidek jonli
    emasdek
  • 1:18 - 1:21
    Badiiy adabiyotning asosiy maqsadi shuki,
  • 1:21 - 1:26
    sizni bir zumga bo'lsa-da shu asarning
    olamidadek his qildirish.
  • 1:26 - 1:28
    Badiiy adabiyot hissiyotlarimizga
    ta'sir qilib,
  • 1:28 - 1:31
    bizga ma'lum bir qahramonning
  • 1:31 - 1:34
    nima his qilayotganini tasavvur qilishga
    yordam beradi.
  • 1:34 - 1:37
    Sahna va tasvir his-
    tuyg'ularimizni aniq ifoda etadi.
  • 1:37 - 1:42
    Biz qahramonlarning o'zaro munosabatini
    va muhitni ko'ra olamiz va eshitamiz.
  • 1:42 - 1:43
    Lekin prozada,
  • 1:43 - 1:48
    biz ramziy timsollar haiqdagi
    tasavvurgagina ega bo'lamiz.
  • 1:48 - 1:52
    Agar siz voqeani taktil bo'lmagan til
    bilan, ya'ni tasvirlashlarsiz yozsangiz,
  • 1:52 - 1:54
    hikoya kuchsiz bo'lib qolishi mumkin.
  • 1:54 - 1:58
    Bu holda o'quvchingiz asaringizdan ko'p
    narsa ola olmaydi.
  • 1:58 - 2:00
    U Billi nimani xis qilayotganini
    tushunishi
  • 2:00 - 2:04
    mumkin, lekin Billining xissiyotlarini
    o'zida xis qila olmaydi.
  • 2:04 - 2:07
    U bu holda asarni ichiga sho'ng'imasdan
    o'qishi mumkin,
  • 2:07 - 2:13
    Billini yetarlicha tasavvur qila olmasligi
    mumkin.
  • 2:13 - 2:16
    Badiiy adabiyot bizning his tuyg'ularimiz
    bilan o'ynaydi:
  • 2:16 - 2:17
    ta'm,
  • 2:17 - 2:18
    hid bilish,
  • 2:18 - 2:19
    tegish,
  • 2:19 - 2:20
    eshitish,
  • 2:20 - 2:21
    ko'rish,
  • 2:21 - 2:23
    va harakat tuyg'usi.
  • 2:23 - 2:29
    U shuningdek bizning abstrakt va murakkab
    fikrlay olishimiz bilan ham o'ynaydi.
  • 2:29 - 2:31
    Quyidagi gaplarga e'tibor qiling.
  • 2:31 - 2:33
    "Olamda sharpa-jimjitlik hukmron edi.
  • 2:33 - 2:38
    Yelkandagi va sathdagi suvning shitirlagan
    tovushini aytmaganda."
  • 2:38 - 2:41
    "Jimjitlik" va "shitirlagan" so'zlari
  • 2:41 - 2:43
    eshitish qobiliyatimizni uyg'otadi.
  • 2:43 - 2:47
    E'tibor qiling, Bakell oddiy so'zlarni
    ishlatmayapti.
  • 2:47 - 2:53
    U tanlagan har bir so'z tovushlarning
    sifatini ifodalab kelmoqda.
  • 2:53 - 2:56
    Yana u rassom kabi
  • 2:56 - 2:59
    har bir so'zga bo'yoq berib,
  • 2:59 - 3:04
    shu orqali ta'sirni kuchaytirmoqda:
  • 3:04 - 3:08
    "kema korpusiga urilayotgan shitirlagan
    suv tovushi".
  • 3:08 - 3:11
    Bizga "sharpa" va "jimjitlik" so'zlari
    orqali
  • 3:11 - 3:15
    mavhum bog'lanishni keltirib bermoqda.
  • 3:15 - 3:17
    "Sharpadek tovushsiz" emas,
  • 3:17 - 3:19
    bu o'quvchi bilan voqelik o'rtasida
  • 3:19 - 3:21
    qandaydir qatlam hosil qilishi mumkin edi.
  • 3:21 - 3:26
    Bakell nimani nazarda tutayotganini aniq
    izohlash uchun
  • 3:26 - 3:29
    "sharpa-jimjitlik" metaforasini o'ylab
    topadi.
  • 3:29 - 3:32
    Yozuvchilar doim bir xillikdan qochishga,
  • 3:32 - 3:36
    ko'p ishlatiladigan tasviriy bo'yoqlardan
    foydalanmaslikka
  • 3:36 - 3:38
    harakat qilishadi.
  • 3:38 - 3:39
    Lekin
  • 3:39 - 3:42
    "Sevgi... sohilda boshlangan edi.
  • 3:42 - 3:47
    U Jeykob Annetni olcharangli libosda
    ko'rgan kuni boshlangan edi"
  • 3:47 - 3:50
    kabi qatorlarni o'qigach, o'quvchi
  • 3:50 - 3:53
    olcharangli libosni tasavvur qilishga
    tushadi.
  • 3:53 - 3:57
    Kutilmaganda, ular sohil bo'yida sevishib
    qolishadi.
  • 3:57 - 4:01
    Ular voqeani tasavvurlarni ishga solgan
    holda boshdan kechirishni,
  • 4:01 - 4:04
    orada muallifni ham xayolga keltirgan
    holda,
  • 4:04 - 4:08
    tuyg'ular olamiga sho'ng'ishni
    boshlashadi.
  • 4:08 - 4:11
    Shuning uchun yozayotganingizda yaxshi
    so'zlar tanlang, uning
  • 4:11 - 4:16
    eshitilishi, ko'rinishi, ta'mi, hidi va
    bildirayotgan harakatiga e'tibor qarating.
  • 4:16 - 4:21
    Keyin voqelikdagi elementlar orasida
    konnotatsiyalar yarating,
  • 4:21 - 4:25
    o'quvchilaringizni tasavvurini yondiring.
Title:
Qanday qilib jonli badiiy asar yozish mumkin? - Nalo Hopkinson
Description:

To'liq darsni tomosha qiling: http://ed.ted.com/lessons/how-to-write-fiction-that-comes-alive-nalo-hopkinson

Badiiy adabiyotning asosiy maqsadi - siz shu asarning dunyosida yashayotganligingizning vaqtinchalik illyuziyasini yaratish. Lekin yozuvchi sifatida siz qanday qilib o'quvchilaringizni hikoyangizga jalb etasiz? Nalo Hopkins badiiy adabiyotingizni jonlantirish, bunda tilni samarali ishlatish borasida o'z maslahatlari bilan ulashadi.

Dars: Nalo Hopkinson.
Animatsiya: Enjoyanimation.

more » « less
Video Language:
English
Team:
closed TED
Project:
TED-Ed
Duration:
04:42

Uzbek subtitles

Revisions