Return to Video

Laura Trice biz hammamiz rahmat aytishimiz kerakligini tavsiya qiladi

  • 0:00 - 0:04
    Salom. Men sizlarga maqtov, fahrlanish
  • 0:04 - 0:07
    va rahmat aytishning muhimligi haqida gapirmoqchiman.
  • 0:07 - 0:09
    Shu jumladan, buni mahsus va samimiy ayting.
  • 0:09 - 0:11
    Bunga qiziqishim uyg'onganligining sababi
  • 0:11 - 0:14
    yillar o'tib, ulg'ayganim sari yaqin yaqin yillarda
  • 0:14 - 0:15
    men o'zimda shu narsani sezdim:
  • 0:15 - 0:17
    kimgadir rahmat aytgim kelardi,
  • 0:17 - 0:18
    kimlarnidir maqtagim kelardi,
  • 0:18 - 0:20
    ularning menga bo'lgan maqtovini chuqur anglagim kelardi
  • 0:20 - 0:22
    va bu fikrimdan to'xtab qolar edim.
  • 0:22 - 0:25
    Nima uchun?, deb o'zimdan so'radim.
  • 0:25 - 0:27
    Men uyalardim, o'zimni hijolatda his qilardim.
  • 0:27 - 0:29
    So'ngra, menda shunday savol paydo bo'ldi:
  • 0:29 - 0:31
    Shunday holatda bo'ladigan faqatgina menmi?
  • 0:31 - 0:32
    Shu boisdan, men bu borada izlanishga qaror qildim.
  • 0:32 - 0:35
    Men profilaktika klinikasida ishlaganimdan juda omadliman,
  • 0:35 - 0:38
    chunki betinim hayot va o'lim bilan yuzlashayotgan insonlarni ko'ra oldim.
  • 0:38 - 0:42
    Ba'zan, shunday sodda narsalar bo'ladi, ya'ni kimningdir asosiy jarohati shundaki
  • 0:42 - 0:47
    otasi o'g'li bilan faxrlanishini hech ham aytmasdan vafot etgan.
  • 0:47 - 0:49
    Lekin, keyinchalik o'g'li oila a'zolari va do'stlaridan shuni eshitadiki,
  • 0:49 - 0:52
    otasi boshqalarga u bilan qanday faxrlanishini aytgan,
  • 0:52 - 0:53
    ammo o'g'liga hech ham unday demagan.
  • 0:53 - 0:56
    Buning sababi, u kishi o'g'lining bu gapni eshitishi muhimligini anglamagandi.
  • 0:56 - 1:00
    Mening savolim: Nima uchun biz o'zimizga kerak narsalarni so'ramaymiz?
  • 1:00 - 1:02
    Uylanganiga 25 yil bo'lgan bir kishini bilaman,
  • 1:02 - 1:04
    u ayolidan shunday gapni eshitishni orzu qilib yuradi:
  • 1:04 - 1:07
    "Uyga non olib keluvchi bo'lganingiz uchun rahmat, shu sababli men farzandlarim bilan uyda bo'la olaman,"
  • 1:07 - 1:08
    lekin u kishi bu gapni so'ramasdi.
  • 1:08 - 1:10
    Bu borada mohir bir ayolni bilan.
  • 1:10 - 1:12
    Haftasiga bir marta turmush o'rtogi bilan uchrashib, unga aytadi,
  • 1:12 - 1:16
    "Mening uyda bajargan va farzandlarim uchun bajargan hamma narsalar uchun menga rahmat aytishingizni xohlayman."
  • 1:16 - 1:19
    U esa aytadi, "Bu juda ham zo'r, juda zo'r."
  • 1:19 - 1:21
    Maqtov rostdan ham samimiy bo'lishi kerak,
  • 1:21 - 1:23
    ammo u ayol o'sha ish uchun mas'uliyatni o'ziga oladi.
  • 1:23 - 1:26
    Mening bog'cha paytimdan beri bo'lgan do'stim, April
  • 1:26 - 1:29
    farzandlari o'z vazifalarini bajarganligi uchun ularga rahmat aytadi.
  • 1:29 - 1:31
    U shunday dedi, "Shu ishlarni bajarish farzandlarimning vazifalari bo'lishidan qat'iy nazar, nima uchun ularga rahmat demaslgim kerak?"
  • 1:31 - 1:33
    Hullas, savol shu: Nimaga men bunga to'sqinlik qilayotgan edim?
  • 1:33 - 1:34
    Nimaga boshqa odamlar bunga to'sqinlik qilayotgan edi?
  • 1:34 - 1:37
    Nimaga men shunday deb ayta olaman, " men bifshteksning o'rtachasini olaman,
  • 1:37 - 1:40
    oltinchi o'lchamdagi oyoq kiyim kerak," lekin bunday deb aytmayman.
  • 1:40 - 1:42
    "Shunday desam, siz meni maqtaysizmi?"
  • 1:42 - 1:46
    Chunki men sizga o'zim haqimda muhim ma'lumot beryapman.
  • 1:46 - 1:48
    Sizga qaysi jihatdan ojizligimni aytyapman.
  • 1:48 - 1:50
    Menga yordamingiz kerak bo'lganida sizga aytyapman.
  • 1:50 - 1:53
    Shu bilan birga men sizga, ichki mulkimga,
  • 1:53 - 1:55
    dushmanimday munosabatda bo'lyapman.
  • 1:55 - 1:57
    Chunki ana o'sha ma'lumot bilan nima qila olasiz?
  • 1:57 - 1:59
    Menga befarq bo'lishingiz mumkin.
  • 1:59 - 2:00
    U ma'lumotni noto'g'ri maqsadda ishlatishingiz mumkin.
  • 2:00 - 2:02
    Yoki mening hojatimni bajarishingiz mumkin.
  • 2:02 - 2:04
    Va men velosipedimni velosiped do'koniga olib bordim-- buni men yaxshi ko'raman -
  • 2:04 - 2:07
    huddi shu velosipedim, ular esa "g'ildiraklarini sozlash" degan narsalarni bajarar edi.
  • 2:07 - 2:09
    Shu bir yigit aytdi, "Bilasizmi, g'ildiraklarni sozlasangiz,
  • 2:09 - 2:10
    velosiped ancha yaxshi bo'ladi."
  • 2:10 - 2:12
    Men ayni o'sha velosipedimni qaytib oldim
  • 2:12 - 2:15
    va men ikki yarim yildan beri ishlatayotgan velosiped g'ildiraklaridan
  • 2:15 - 2:18
    hamma mayda o'ralashgan arqonu iplarni olib tashladi va velosipedim yangidek bo'ldib qoldi.
  • 2:18 - 2:20
    Endi, men hammanglarga murakkab vazifa bermoqchiman.
  • 2:20 - 2:22
    "G'ildiraginlarni sozlashingizni" xohlayman:
  • 2:22 - 2:25
    eshitishingizni istagan maqtovda samimiy bo'lib.
  • 2:25 - 2:27
    Nimani eshitishni xohlaysiz? Uyga borib, ayolingizga ayting,
  • 2:27 - 2:29
    undan so'rang, unga nima kerak?
  • 2:29 - 2:31
    Uyingizga borib, turmush o'rtog'ingizga ayting -- unga nima kerak?
  • 2:31 - 2:34
    Uyga borib, shu kabi savollarni so'rang va atrofingizdagilarga yordam bering.
  • 2:34 - 2:35
    Bu juda sodda.
  • 2:35 - 2:37
    Nima uchun biz bu haqida o'ylashimiz kerak?
  • 2:37 - 2:38
    Biz dunyo tinchligi haqida gapiramiz.
  • 2:38 - 2:41
    Turli madaniyatlar va turli tillar bilan biz qanday qilib dunyo tinchligiga erisha olamiz?
  • 2:41 - 2:45
    O'ylashimcha, bu har bir uydan, umumiy boshpanadan boshlanadi.
  • 2:45 - 2:47
    Ho'sh, bu narsani o'zimizning orqa hovlimizdan boshlaylik.
  • 2:47 - 2:49
    Siz tomoshabinlar ajoyib turmush o'rtoq, ajoyib ona,
  • 2:49 - 2:51
    do'st, qiz va o'g'il bo'lganinglar uchun
  • 2:51 - 2:53
    hammangizga rahmat aytaman.
  • 2:53 - 2:54
    Ehtimol, kimdir sizga bu gapni hech qachon aytmagandir,
  • 2:54 - 2:56
    lekin sizlar juda ajoyib ishlarni bajardinglar.
  • 2:56 - 2:59
    Mana shu yerda bo'lganinglar uchun va g'oyalaringiz bilan
  • 2:59 - 3:02
    dunyoni o'zgartirganinglar uchun sizlarga rahmat.
  • 3:02 - 3:04
    Rahmat.
  • 3:04 - 3:11
    (Qarsaklar)
Title:
Laura Trice biz hammamiz rahmat aytishimiz kerakligini tavsiya qiladi
Speaker:
Laura Trice
Description:

Qisqagina 3 daqiqali nutqda, Doktor Laura Trice sirli "rahmat" so'zining kuchiga e'tibor berib gapiradi - do'stlikni mustahkamlash uchun, aloqani tiklash uchun va o'zga inson o'zining siz uchun qanday ahamiyatli ekanligini anglashi uchun. Amalda bir qo'llab ko'ring.

more » « less
Video Language:
English
Team:
closed TED
Project:
TEDTalks
Duration:
03:11
Gulnoza Yakubova added a translation

Uzbek subtitles

Revisions