Yuzingizga qo'lingizni tekkizing. Qani sinab ko'ringchi. Nimani his qilyapsiz? Yumshoqmi? Mayinmi? Siz o'zingizni his qilyapsiz, shunday emasmi? Aslida esa unday emas. Siz barmoqlarizda va yuzlaringizda yashaydigan minglab mikroskopik mavjudodlarni his qilyapsiz. Siz bugun havo orqali kelgan mayda zamburug' moddalarni his qilyapsiz. Ular bizning allergiyamizni qo'zg'aydi va chrindi hidiga ega. Siz bizning terimizda yashaydigan 100 milliardlab bakteriya hujayralarini his qilyapsiz. Ular terimizdagi yo'g'lardan oziqlanib yog' o'rnini qoplamoqda va tana hidini ishlab chiqarmoqda. Ehtimol, siz kecha hojatxonaga kirgan paytingizdagi fekaliya bakteriyasini ushlamoqdasiz, yoki kecha sizga sepilgan suv quvurlarida yashaydigan bakteriyalarni his qilyapsiz. Uzr. (Kulgu) Balkim siz yuzimizda yashaydigan ikki xil parazitlarga mikroskopik salom berayotgandirsiz. Ular kechasi bilan yuzimiz bo'ylab aylanib chiqadi va burnimiz uchida yotadi. (Kulgu) Ularni ko'plari hozir o'zlarini ichlarini sizning teshiklaringiz bo'shatyapdi. (Kulgu) Endi barmoqlarizga qarang. Qanday his qilyapsiz? Rasvo? Yuvib tashlash uchun sovun kerakmi? Siz hozir shunday his qilyapsiz lekin kelajakda siz bunday his qilmaysiz. Ohirgi 100 yil davomida bizga yaqin turgan mikroskopik olam bilan hammamiz raqobatdosh munosabatda bo'ldik. Agar uyingizda parazit yoki rakovinangizda bakteriyalar bor desam, bunga inson yaratgan yechim bor, ya'ni bunday mavjudodlarni yo'q qiladigan vosita. Hozirgi kunda biz ko'plab mikroskopik mavjudodlarni yo'q qilishga kurashamiz. Ammo bu bilan biz yer yuzidagi eng zo'r texnologiya manbaini inkor qilmoqdamiz. Ohirgi 100 yil davomida, insoniyat bakteriya muammolar yechimini kuzatdi, lekin kelasi bir asrda bakteriyalarning insoniyat muammosi yechimi kuzatiladi. Men olimman va izlanuvchi olimlar bilan Shimoliy Karolina va Kolorado universitetlarida bizga eng yaqin hamda yashirin va no'malum atrof-muhitda mavjud bo'lgan; bizning yotog'imiz ostida, bizning bog'imizda yoki bizning kindigimizda mavjud mikroskopik hayotni fosh qilish ustida ishlayman. Men bu sohada ishlaganimni sababi biz bizga yaqin bo'lgan mikroskopik hayot haqida juda ham kam bilamiz. Bir necha yil muqaddam hech qaysi olim bizga yaxshi tanish bo'lgan xonadonimizda qanday parazit yoki mikroorganizm turishini aytolmasdi. Shuning uchun men va boshqa jamoalar paxta o'ralgan gurgurt cho'plari, pinsetlar va mikroskopik mavjudotlarni fosh qilishda foydalaniladigan DNK metodlari bilan qurollanganmiz. Bu sohada biz o'rgimchakdan tortib suvarak va patda yashovchi kichik burgagacha bo'lgan parazitlarning 600dan ortiq turini aniqladik. Bundan tashqari biz bizning chang bosgan yumshoq o'yinchoqlarimizda va kiyim javonimiz hamda dushxonamizda yashaydigan 100 000 ortiq parazit va bakteriyalarni aniqladik. Biz yanada chuqurroq kirdik va har bitta parazitning tanasi ichida yashaydigan mikroorganizmlarni o'rgandik. Har bitta parazidda, masalan, arida, biz hali kashf qilinmagan yuzlab tirik mavjudodlarni kuzatishimiz mumkin. Mana biologik kosmos qayerda! Siz kurib turgan mavjudodlarning ko'pini nomi yo'q hali. Atrofimizdagi olamning ko'p qismi hali no'malum. Men birinchi marta yangi kashf qilingan mavjudotni nomlashga to'g'ri kelganini eslayman. Bu qog'oz arida yashovchi parazit edi. U yumshoq va mayin edi, va men uni "mukur nidikola" deb atadim, lotin tilida birovning inida yashovchi deganini bildiradi. Bu uning dinozavr ichida katta bo'layotganligining rasmi, chunki hammaning fikricha dinozavrlar juda ham zo'r. Men magistratura bosqichida o'qiyotgan paytimda men yangi mavjudodlar hayoti haqida topganimda juda ham hayajonda edim. Men dadamni oldiga bordim va "Dada. men mavjudodlarning yangi turlarini topdim" dedim. U kulib, "Bu yahshi. Men o'ylaymanki sen ularga davo ham topding" dedi. (Kulgu) "Buni davolash." Hozir dadam meni eng katta muxlisim, shuning uchun u mening yangi hayot shaklini o'ldirishni xohlagan payti men uni farzand va olim sifatida uyaltirib qo'yganimni anglab yetdim. Labaratoriyalarda hamda odamlarning bog'ida ishlab yurgan va mikroskopik mavjudodlarning katalogini tuzgan paytlarimda, men unda mening asl ishim nimadan iboratligini aytmaganman. Maqsad atrofimizdagi mikroskopik hayotni o'ldirish uchun texnologiya topishdan iborat emas. Mening maqsadim bizni asrash uchun mikroskopik hayotdan texnologiya topish. Bizning xonadonimizda mavjud mikroskopik hayotning 100 000 yangi turlari mavjud. Bu degani 100 000 ta insoniyat muammolarining yechimi manbaidir. Men shunday kichik, bitta hujayraga ega bo'lgan mavjudot kuchli narsa qila olishi mumkinligiga ishonish qiyinligini bilaman, lekin ular qila oladi. Bu mavjudotlar o'z atrof muhitini kimyoviy arsenalga aylantira oladigan mikroskopik alkimyogardir. Bu ular har qanday muhitda yashay oladi degani va atrofidagi istalgan narsadan ozuqa sifatida foydalana oladi. Bu ularning zaharli moddadan to plastik chiqindigacha bo'lgan har qanday narsani iste'mol qila oladi va ular yog' va quvvat batareykasi kabi chiqindi mahsulotlarini ishlab chiqara oladi. Ular hatto asl tillaning kichik bo'laklariniyam ishlab chiqara oladi. Ular iste'molga yaroqsiz mahsulotni yaroqli mahsulotga, alkogolni shakarga aylantira oladi. Ular shokoladga ta'm berish va tuproqqa kuch berish qudratiga ega. Men sizlarga aytamanki, kelasi 100 yil davomida ushbu mikroskopik mavjudotlarning bizning ko'p muammolarimizni hal etishini kuzatishimiz mumkin. Bizda muammolar ko'p. Bizda har kunlik badbo'y kiyim va yoqimsiz taom bor. Shu bilan birga ulkan muammolarimiz bor: kassaliklar, atrof muhit ifloslanishi va urushlar. Shuning uchun mening vazifam nafaqat atrofimizdagi mikroskopik hayotni katalog qilishdan iborat balkim bizga aynan nima yordam bera olishini aniqlashdir. Sizlarga bir misol aytaman. Biz zararkunanda va uyimizda uchraydigan ko'plab arilardan boshladik. Arining ichida hali to'liq o'rganilmagan noyob qobiliyatga ega bo'lgan pivo tayyorlay oladigan mikro- organizmlardan boshladik. Bunday xususiyatga sayyoramizda faqatgina bir necha mavjudodlar ega. To'g'risini aytganda, bozorda olgan har qanday pivongiz faqatgina uchta mikroorganizm turlari orqali tayyorlangan. Lekin bizning mavjudodlarimiz asal va tortning ta'mini beradigan ajoyib pivo tayyorlay oladi. Arining qornida yashovchi mikroorganizm turlari sayyoramizdagi boshqa har qanday mikroorganizmdan yaxshiroq nordon pivo tayyorlay oladi. Hozirgi kunda to'rtta mikroorganizm turi pivo tayyorlay oladi. Zararkunandaning pivo tayyorlashini eshitib endi kelajakdagi pivoni ta'tib ko'rish haqida o'ylab ko'ring. Ikkinchi misol sifatida shuni aytamanki, odamlarning bog'ida loy qazib olish uchun izlanuvchi olimlar bilan ishladim. Biz u yerda yangi antibiotiklar tayyorlay oladigan mikro- organizmlarni kashf qildik. Bunday antibiotiklar dunyoning eng yomon superparazitlarini o'ldira oladi. Bu kashf qilingan ajoyib narsa edi, lekin bir sir bor: ohirgi 60 yil davomida bozordagi antibiotiklarning ko'plari shunga o'xshash tuproq bakteriyasidan kelgan. Har kuni siz va men, xonada o'tirgan va sayyoramizdagi har bir odam huddi shunga o'xshash bakteriyalar yordamida saqlanadi. Siz loyni eshitib endi dori darmon haqida o'ylab ko'ring. Ehtimol eng yahshi misol, afsuski birinchi bor sigir gungidan topilganligi uchun shunday atalgan hovuzda yashaydigan mikroorganizmlarni o'rganayotgan hamkasblarimdan chiqadi. Bu faqatgina sichqonga yedirilganda travma dan keyingi stress buzilishi vaksinasini o'rnini bosadi va boshqa hech qanday muzokaraga munosib hususiyati mavjud emas. Bu qo'rquvga qarshi vaksinadir. Hovuz paraziti haqida eshitdingiz endi umid qiling. Bundan tashqari ko'plab mikrobik misollar mavjud, lekin bugun barini gapirishga vaqt yetmaydi. Men sizga faqatgina uchta mikroorganizmdan kelgan yechimlar haqida gapirdim. Tasavvur qilib ko'ring, sizning chang bosgan yumshoq o'yinchog'ingizdagi 100 000 mavjudot nima qila oladi. Kelajakda ular sizni jozibaliroq yoki aqlliroq qilishi mumkin, yo balkim ko'proq yashashingizga yordam berar. Yana birbor barmoqlaringizga qarang. Barcha noma'lum bo'lgan mikroskopik mavjudotlar haqida bir o'ylab ko'ring. Kelajakda ular nima qilishi, yaratishi, kimningdir hayotini saqlab qolish qobiliyatiga ega bo'lishi haqida bir o'ylang. Barmoqlaringizni qanday his qilyapsiz endi? Biroz qudratliroqmi? Buning sababi siz kelajakni his qilyapsiz. Rahmat (qarsaklar)