Yuzingizga qo'lingizni tekkizing.
Qani sinab ko'ringchi.
Nimani his qilyapsiz?
Yumshoqmi? Mayinmi?
Siz o'zingizni his qilyapsiz,
shunday emasmi?
Aslida esa unday emas.
Siz barmoqlarizda va yuzlaringizda
yashaydigan minglab mikroskopik
mavjudodlarni his qilyapsiz.
Siz bugun havo orqali kelgan mayda
zamburug' moddalarni his qilyapsiz.
Ular bizning allergiyamizni qo'zg'aydi
va chrindi hidiga ega.
Siz bizning terimizda yashaydigan
100 milliardlab bakteriya
hujayralarini his qilyapsiz.
Ular terimizdagi yo'g'lardan oziqlanib
yog' o'rnini qoplamoqda
va tana hidini ishlab chiqarmoqda.
Ehtimol, siz kecha hojatxonaga kirgan
paytingizdagi fekaliya
bakteriyasini ushlamoqdasiz,
yoki kecha sizga sepilgan suv
quvurlarida yashaydigan
bakteriyalarni his qilyapsiz.
Uzr.
(Kulgu)
Balkim siz yuzimizda yashaydigan
ikki xil parazitlarga
mikroskopik salom
berayotgandirsiz.
Ular kechasi bilan yuzimiz bo'ylab
aylanib chiqadi
va burnimiz uchida yotadi.
(Kulgu)
Ularni ko'plari hozir o'zlarini ichlarini
sizning teshiklaringiz bo'shatyapdi.
(Kulgu)
Endi barmoqlarizga qarang.
Qanday his qilyapsiz? Rasvo?
Yuvib tashlash uchun sovun kerakmi?
Siz hozir shunday his qilyapsiz
lekin kelajakda siz bunday his qilmaysiz.
Ohirgi 100 yil davomida
bizga yaqin turgan mikroskopik olam bilan
hammamiz raqobatdosh munosabatda bo'ldik.
Agar uyingizda parazit yoki
rakovinangizda
bakteriyalar bor desam,
bunga inson yaratgan yechim bor, ya'ni
bunday mavjudodlarni yo'q qiladigan
vosita.
Hozirgi kunda biz ko'plab mikroskopik
mavjudodlarni yo'q qilishga kurashamiz.
Ammo bu bilan biz yer yuzidagi eng
zo'r texnologiya manbaini
inkor qilmoqdamiz.
Ohirgi 100 yil davomida, insoniyat
bakteriya muammolar yechimini kuzatdi,
lekin kelasi bir asrda bakteriyalarning
insoniyat muammosi yechimi kuzatiladi.
Men olimman va izlanuvchi olimlar bilan
Shimoliy Karolina va Kolorado
universitetlarida
bizga eng yaqin hamda yashirin va
no'malum atrof-muhitda mavjud bo'lgan;
bizning yotog'imiz ostida, bizning
bog'imizda
yoki bizning kindigimizda mavjud
mikroskopik hayotni
fosh qilish ustida ishlayman.
Men bu sohada ishlaganimni sababi
biz bizga yaqin bo'lgan
mikroskopik hayot haqida juda
ham kam bilamiz.
Bir necha yil muqaddam hech
qaysi olim bizga yaxshi
tanish bo'lgan xonadonimizda
qanday parazit yoki
mikroorganizm turishini aytolmasdi.
Shuning uchun men va boshqa jamoalar
paxta o'ralgan gurgurt cho'plari,
pinsetlar va
mikroskopik mavjudotlarni fosh qilishda
foydalaniladigan DNK metodlari
bilan qurollanganmiz.
Bu sohada biz o'rgimchakdan
tortib suvarak va
patda yashovchi kichik burgagacha
bo'lgan parazitlarning 600dan ortiq
turini aniqladik.
Bundan tashqari biz bizning chang
bosgan yumshoq o'yinchoqlarimizda va kiyim
javonimiz hamda dushxonamizda yashaydigan
100 000 ortiq parazit va bakteriyalarni
aniqladik.
Biz yanada chuqurroq kirdik va
har bitta parazitning tanasi ichida
yashaydigan mikroorganizmlarni o'rgandik.
Har bitta parazidda, masalan, arida,
biz hali kashf qilinmagan
yuzlab tirik mavjudodlarni
kuzatishimiz mumkin.
Mana biologik kosmos qayerda!
Siz kurib turgan mavjudodlarning ko'pini
nomi yo'q hali.
Atrofimizdagi olamning ko'p qismi hali
no'malum.
Men birinchi marta yangi kashf qilingan
mavjudotni nomlashga
to'g'ri kelganini eslayman.
Bu qog'oz arida yashovchi parazit edi.
U yumshoq va mayin edi,
va men uni "mukur nidikola" deb atadim,
lotin tilida birovning inida yashovchi
deganini bildiradi.
Bu uning dinozavr ichida katta
bo'layotganligining rasmi,
chunki hammaning fikricha dinozavrlar
juda ham zo'r.
Men magistratura bosqichida
o'qiyotgan paytimda
men yangi mavjudodlar hayoti haqida
topganimda juda ham hayajonda edim.
Men dadamni oldiga bordim va
"Dada. men mavjudodlarning yangi turlarini
topdim" dedim.
U kulib,
"Bu yahshi. Men o'ylaymanki sen ularga
davo ham topding" dedi.
(Kulgu)
"Buni davolash."
Hozir dadam meni eng katta muxlisim,
shuning uchun u mening yangi hayot
shaklini o'ldirishni xohlagan payti
men uni farzand va olim sifatida
uyaltirib qo'yganimni anglab yetdim.
Labaratoriyalarda hamda odamlarning
bog'ida ishlab yurgan
va mikroskopik mavjudodlarning katalogini
tuzgan paytlarimda, men unda
mening asl ishim nimadan
iboratligini aytmaganman.
Maqsad atrofimizdagi mikroskopik hayotni
o'ldirish uchun texnologiya topishdan
iborat emas.
Mening maqsadim bizni asrash uchun
mikroskopik hayotdan texnologiya topish.
Bizning xonadonimizda mavjud mikroskopik
hayotning 100 000 yangi turlari mavjud.
Bu degani 100 000 ta insoniyat
muammolarining yechimi manbaidir.
Men shunday kichik, bitta
hujayraga ega bo'lgan mavjudot
kuchli narsa qila olishi
mumkinligiga ishonish
qiyinligini bilaman, lekin
ular qila oladi.
Bu mavjudotlar o'z atrof muhitini
kimyoviy arsenalga aylantira oladigan
mikroskopik alkimyogardir.
Bu ular har qanday muhitda yashay
oladi degani va atrofidagi
istalgan narsadan ozuqa
sifatida foydalana oladi.
Bu ularning zaharli moddadan to plastik
chiqindigacha bo'lgan har qanday narsani
iste'mol qila oladi va ular yog' va quvvat
batareykasi kabi chiqindi mahsulotlarini
ishlab chiqara oladi.
Ular hatto asl tillaning kichik
bo'laklariniyam ishlab chiqara oladi.
Ular iste'molga yaroqsiz mahsulotni
yaroqli mahsulotga, alkogolni
shakarga aylantira
oladi. Ular shokoladga ta'm berish va
tuproqqa kuch berish qudratiga ega.
Men sizlarga aytamanki,
kelasi 100 yil davomida ushbu
mikroskopik mavjudotlarning bizning
ko'p muammolarimizni hal etishini
kuzatishimiz mumkin.
Bizda muammolar ko'p.
Bizda har kunlik badbo'y kiyim va
yoqimsiz taom bor.
Shu bilan birga ulkan muammolarimiz bor:
kassaliklar, atrof muhit ifloslanishi
va urushlar.
Shuning uchun mening vazifam
nafaqat
atrofimizdagi mikroskopik hayotni katalog
qilishdan iborat
balkim bizga aynan nima yordam bera
olishini aniqlashdir.
Sizlarga bir misol aytaman.
Biz zararkunanda va
uyimizda uchraydigan ko'plab
arilardan boshladik.
Arining ichida hali to'liq o'rganilmagan
noyob qobiliyatga ega bo'lgan pivo
tayyorlay oladigan mikro-
organizmlardan boshladik.
Bunday xususiyatga sayyoramizda
faqatgina bir necha mavjudodlar ega.
To'g'risini aytganda, bozorda olgan
har qanday pivongiz
faqatgina uchta mikroorganizm turlari
orqali tayyorlangan.
Lekin bizning mavjudodlarimiz asal va
tortning ta'mini beradigan
ajoyib pivo tayyorlay oladi.
Arining qornida yashovchi mikroorganizm
turlari sayyoramizdagi
boshqa har qanday
mikroorganizmdan yaxshiroq
nordon pivo tayyorlay oladi.
Hozirgi kunda to'rtta mikroorganizm turi
pivo tayyorlay oladi.
Zararkunandaning pivo tayyorlashini
eshitib endi
kelajakdagi pivoni ta'tib
ko'rish haqida o'ylab ko'ring.
Ikkinchi misol sifatida shuni
aytamanki, odamlarning bog'ida loy qazib
olish uchun izlanuvchi
olimlar bilan ishladim. Biz u yerda yangi
antibiotiklar tayyorlay oladigan mikro-
organizmlarni kashf qildik.
Bunday antibiotiklar dunyoning eng
yomon superparazitlarini o'ldira oladi.
Bu kashf qilingan ajoyib
narsa edi, lekin bir sir bor:
ohirgi 60 yil davomida
bozordagi antibiotiklarning ko'plari
shunga o'xshash tuproq
bakteriyasidan kelgan.
Har kuni siz va men, xonada o'tirgan
va sayyoramizdagi
har bir odam
huddi shunga o'xshash bakteriyalar
yordamida saqlanadi.
Siz loyni eshitib
endi dori darmon haqida o'ylab ko'ring.
Ehtimol eng yahshi misol, afsuski
birinchi bor
sigir gungidan topilganligi
uchun shunday atalgan
hovuzda yashaydigan mikroorganizmlarni
o'rganayotgan hamkasblarimdan chiqadi.
Bu faqatgina sichqonga yedirilganda travma
dan keyingi stress buzilishi vaksinasini
o'rnini bosadi va boshqa hech qanday
muzokaraga munosib
hususiyati mavjud emas.
Bu qo'rquvga qarshi vaksinadir.
Hovuz paraziti haqida eshitdingiz
endi umid qiling.
Bundan tashqari ko'plab mikrobik
misollar mavjud,
lekin bugun barini gapirishga
vaqt yetmaydi.
Men sizga faqatgina uchta mikroorganizmdan
kelgan yechimlar haqida gapirdim.
Tasavvur qilib ko'ring, sizning chang
bosgan yumshoq o'yinchog'ingizdagi 100 000
mavjudot nima qila oladi.
Kelajakda ular sizni jozibaliroq
yoki aqlliroq
qilishi mumkin, yo balkim
ko'proq yashashingizga yordam berar.
Yana birbor barmoqlaringizga qarang.
Barcha noma'lum bo'lgan
mikroskopik mavjudotlar
haqida bir o'ylab ko'ring.
Kelajakda ular nima qilishi, yaratishi,
kimningdir
hayotini saqlab qolish
qobiliyatiga ega bo'lishi haqida
bir o'ylang.
Barmoqlaringizni qanday his
qilyapsiz
endi?
Biroz qudratliroqmi?
Buning sababi siz kelajakni his qilyapsiz.
Rahmat
(qarsaklar)