"Kimlardir buyuk bo'lib tug'iladi, kimlardir buyuklikka erishadi, boshqalarga esa bu taqdim etiladi" — Uilyam Shekspir Yoki bu uning so'zlarimasmi? Ba'zilar Shekspir asarlarni o'zi ozganligi borasida shubhalanishadi. Ba'zilar hattoki uning yashaganligiga shubha bilan qilishadi. Ularning fikricha, Shekspir bu boshqa bir yozuvchining tahallusi, yoki bir guruh yozuvchilardir. Bu nomga kandidatlar orasida esa ko'plab mashhur dramaturglar, siyosatchilar va bir necha ayollar bor. Buyuk ingliz yozuvchisi o'z asarlariga o'xshab o'ylab topilgan bo'lishi mumkinmi? Ko'pchilik shekspirchilar bu teoriyalarni inkor etadi, tarixiy va biografik ma'lumotlarga asoslangan holda. Lekin shekspircha parchalarni rostan ham boshqa yozuvchilar yozgan-yozmaganligini aniqlashning boshqa bir yo'li ham bor. Lingvistika bu til haqidagi fan, bizga qanday muloqot qilishimiz, yozishimiz haqida ko'p ma'lumot berishi mumkin. Sintaksis, grammatika, semantika va leksika yordamida. XIX asr oxirida polyak faylasufi Vinsenti Lyutoslavskiy stilometriya deb nomlanadigan mashhur metodni ishlab chiqadi, va uni adabiyotda mualliflik huquqi bo'yicha muammolarni hal qilish uchun qo'llaydi. Stilometriyaning asl mazmuni nimada? Uning g'oyasi shundaki, har bir muallifni o'z uslubi, ajralib turadigan jihati bor va ularni bitta muallifning alohida asarlarida ham kuzatish mumkin. Masalan, gapning o'rtacha uzunligi, davomiyligi, so'zlar joylashuvi va hattoki aniq bir so'zlarning ishlatilish chastotasi. Misol uchun, "sen" olmoshini olsak, va uni markaz, o'q deb tasavvur qilsak. Shekspirning har bir asarini bu o'qning ishlatilish chastotasidan kelib chiqqan holda belgilab chiqish mumkin. Statistikada bunday o'qlarning yig'ilishi bizga dispersiya deb ataluvchi ehtimolli ma'lumotlar diapazonini beradi. Lekin bu xali hammasi emas. Jarayon juda chuqur analizni taqazo etadi. Bunday guruhlashtirish metodi ya'ni asosiy qismlarni analiz qilish yordamida biz oddiy qismlar bilan birikadigan katta hajmdagi ma'lumotlarni birlashitirishimiz mumkin, bularning barchasi esa Shekspirning ishlarida dispersiyani tashkil etadi. Biz kandidatlarimiz asarlarini tekshirishimiz mumkin. Yuqoridagi komponentlar bo'yicha, masalan, agar Frensis Bekonning ko'pchilik asarlari shekspircha dispersiyaga yaqin kelsa, bu Frensis Bekon va Uilyam Shekspir aslida bitta inson deyish uchun asosli bo'lar edi. Natijalar nimani ko'rsatdi? Tadqiqot olib borgan stilometristlar, aniqlashdiki, Shekspir boshqa bir inson emas. Daho — daholigicha qoldi. Kandidatlarning uslubi Shekspirning maxsus stiliga yaqin ham kelgani yo'q. Undan tashqari, statistiklar shuni aniqlashdiki, birga qilingan ishlar ham bo'lgan. Masalan, yaqinda bitta tadqiqot shuni ko'rsatdiki, Shekspir dramaturg Kristofer Marlo bilan birga ishlagan, aniqrog'i, "Genrix VI" pyesasining I-II qismlarida. Shekspir shaxsi esa stilometriya hal qila oladigan ko'pchilik savollardan bittasidir. U asarning qachon yozilgan ekanligini aniqlay oladi. Yoki soxta yoki soxta emasligini, plagiat bo'lgan bo'lmaganligini, hozir siz qabul qilgan e-mail muhimlik darajasini yoki spam emasligini aniqlay oladi. Shekspirning abadiy poeziyasi faqat sonlar va statistikaga bog'liq bo'lib qoladimi? Unchalik emas. Stilometrik analiz shuni ko'rsatishi mumkinki, Shekspir asarlarini aynan nima nodir asar qiladi, lekin u tuyg'u va hissiyotlarning go'zalligini yoki ular nega bizga ta'sir etishi faktini o'rnatib bera olmaydi. U buni uddalay olmaydi.