Buyuk ijodkorlik. Muhtojlik vaqtlarida bizga buyuk ijodkorlik kerak.
Muhokama qilamiz. Buyuk ijodkorlik hayratlanarli, mazmunsiz, oqilona va aqlsiz kuchdir.
Buyuk ijodkorlik tolerantlikni tarqata oladi, ozodlikni g'alaba qozonadi,
ta'limni ajoyib g'oyaga aylantiradi.
(Kulgi)
Buyuk ijodkorlik proektorga muhtojlik keltirishi,
yoki mujtojlik insonlar o'ylagandek emasligini ko'rsatishi mumkin.
Buyuk ijodkorlik siyosatchilarni saylanishga loyiq
yoki partiyalarni saylanmaydigan qila oladi.
U urushni fojia yoki farsga aylantirishi mumkin.
Ijodkorlik futbolkalarimizga shiorlar qo'yadigan, odatiy g'oya paydo qiluvchi
va og'izlarimizlarga iboralar qo'yuvchidir.
U bizlarga murakkab ahloqiy labirint orqali
sodda yo'lni ko'rsatadigan yo'l topuvchidir.
Ilm-fan aqllidir, lekin buyuk ijodkorlik kam ma'lum bo'lgan,
ammo sirliroq narsadir. Hozir esa bizlarga ana o'sha sirli narsa kerak.
Bu muhtojlik payti.
Bizning iqlimimiz tez, juda ham tez o'zgaryapdi.
Buyuk ijodkorlik juda yahshi bajaradigan ishini bajarishi uchun kerakdir:
Bizni shiddatli isjodkorlik fikrlari bilan boshqacha tarzda o'ylashga e'tiborimizni jalb etishi uchun.
Ajoyib ijodkorlik g'oyalarining parchalari bilan
bizni o'zgacha harakat qilishga chaqirishdir.
Odamlarni "yashillikka" moyil bo'lishga qiziqtirish uchun ijodkorlikdan foydalanilgan
tashabbuskorlikdan bir parcha, bu tashabbuskorlikka men ham bog'langanman.
Video: Kishi: Bilasizmi, bugun men mashina haydagandan ko'ra, piyoda yuraman.
Hikoyachi: Shunday qilib, u piyoda yurdi va yura turib narsalarni ko'rdi.
Odatda u ko'rmaydigan g'ayrioddiy va ajoyib narsalarni ko'rdi.
Oyog'i qichishadigan kiyik. Uchar motosikl.
Sirli devor orqali velosipeddan ajratilgan ota va qizi.
Keyin u to'xtadi. Uning oldida yurib ketayotgan ayol edi.
Bolaligida u kishi bilan dalalarda sakrab,
uning yuragini sindirgan ayol.
Albatta, u ayolning yoshi ozgina ulg'aygandi.
Haqiqatda, u ayolning yoshi ancha ulg'aygandi.
Lekin, u kishi u ayolning qaytib kelishiga bo'lgan eski tuyg'usini sezdi.
U kishi sekingina "Ford" deb chaqirdi. Bu u ayolning ismi bo'lgani uchun.
"Gasti, boshqa so'z aytma," dedi u ayol,
bu u kishining ismi bo'lgani uchun.
"Bu yerdan tahminan 300 yard (274 metr) uzoqda, karvon yonidagi chodirni bilaman.
U yoqqa boraylik va sevgi izhor qilaylik. Chodirda."
Ford yechindi. U bir oyog'ini cho'zdi, keyin keyingi oyog'ini cho'zdi.
Gasti jasurona kirdi, va ritkim ohangda sevgi izhor qildi
shu paytda u ayol uni videoga oldi, chunki u juda havaskor pornografer edi/
Yer ikkalasi uchun harakatga keldi.
Shundan beri ular birgalikda bahtli yashashibdi.
U kishi o'sha kuni piyoda yurishni tanlagani uchun buning hammasi sodir bo'ldi.
(Qarsaklar)
Andi Hobsbom: Bizda ilm fan bor, bizda debat bor edi.
Oldimizda ahloqiy masal.
Buyuk ijodkorlik buning hammasini qo'lga kiritish,
uni sodda va o'tkir qilish uchun kerak.
Uni bog'lash uchun. Insonlarni harakat qilishni hohlashiga jalb qilish uchun.
Hullas, bu ajoyib iste'dodli TED jamiyatiga
chaqiriq, da'vatdir.
Kelinglar, iqlim o'zgarishiga qarshi ijodkor bo'laylik.
Bu ishni tezda bajaraylik. Rahmat.
(Qarsaklar)