Siz do'stingizga qiziq bir hikoyani
so'zlab berasiz,
va kulminatsiyasiga yetib keldingiz,
shu joyida u sizning gapingizni bo'ladi:
"osmonga chiqayotib" emas,
"ko'tarilayotib".
Hech kimga yoqmaydi bu holat.
Xa, gapni bo'lish qo'pol, albatta.
Do'stingiz nohaqmi?
Gapingizda xato yo'qmidi?
Gap nima haqida ketayotganini shundoq ham
tushunayotgan ekan, nega unday qildi?
Lingvistika nuqtai nazaridan,
grammatika — so'zlarni biror gap yoki
so'z birikmasiga joylashtirishga
yordam beruvchi qoidalar va tuzilmalar
yig'indisi,
yozma nutqda ham, og'zakida nutqda ham.
Bu tuzilmalar har tilda har xil.
Ingliz tilida odatda ega birinchi keladi,
uning ketidan kesim,
undan keyin to'ldiruvchi.
Yapon tilida va ko'plab boshqa tillarda
esa so'z tartibi quyidagicha:
ega, to'ldiruvchi, kesim.
Ba'zi olimlar barcha tillar uchun umumiy
modellarni topishga harakat qilishdi,
biroq, ot va fe'llar mavjudligi kabi ba'zi
oddiy narsalardan tashqari
boshqa lingvistik universalliklar topa
olishmadi.
Til ishlashi uchun aniq modellar
kerak bo'lgani, ularni chuqur
o'rganishda ikki xil usul tarafdorlari
o'rtasida bahslarga sabab bo'ldi:
preskriptivizm va deskriptivizm
tarafdorlari.
Oddiy qilib aytganda:
preskriptivistlar hisoblashicha, tilda
ma'lum bir qoidalar bo'lishi kerak,
deskriptivistlar esa qoidalardan
og'ish va farqlanishlarni
tilning muhim bir qismi
sifatida ko'rishadi.
Ko'p vaqtlar davomida tillar faqat og'zaki
shaklda mavjud bo'lgan,
lekin vaqt sayin yozma shaklga zarurat
paydo bo'la boshladi.
Muloqotni kengaytirish va insonlar
o'rtasida o'zaro tushunshni
kafolatlash uchun yozma nutq normalari
shakllana boshladi.
Ko'pchilik tillarda bu standart shakl
aslida og'zaki shaklning
variantlaridan biridan kelib chiqqan
bo'lganligiga qaramay
yagona to'g'ri shakl deb hisoblana
boshlandi.
Tilni tozalash tarafdorlari o'sha paytda
ishlab chiqilgan grammatika orqali
ushbu normalarni keng yoya boshladi.
Grammatik qoidalar kelgusida og'zaki
nutqda ham qo'llanila boshlandi.
Yangi normalardan farqli og'zaki nutq
normalari xato deb hisoblana boshlandi,
yoki past tabaqa belgisi sifatida
qabul qilingan.
Bolalikdan noto'g'ri gapirishni
o'rganganlarga ham
bu standart normani o'zlashtirishga
undashgan.
Lekin keyinchalik,
lingvistlar tushunishdiki, nutq aslida
yozuvda farq qilishi, va uning o'zining
alohida norma va modellari bo'lishi kerak.
Ko'pchilik gapirishni erta o'rganishgani
sabab, qanday o'rganganini eslay olmaydi.
Bizning og'zaki nutq layoqatimiz ongosti
odatlari tufayli shakllanadi,
qoidalarni o'rganish bilan emas.
Og'zaki nutqda asosiy e'tibor kayfiyat va
intonatsiyaga qaratilganidek,
uning tuzilishi ham juda moslashuvchan
va so'zlovchi bilan tinglovchi
ehtiyojlariga moslashadi.
Masalan bu holatni murakkab, tinglovchi
uchun tushunish qiyin bo'lgan gaplarda,
qiyin talaffuz qilinadigan iboralarda yoki
nutqni tezlashtirish uchun ayrim tovushlar
tushishida ko'rish mumkin.
Ushbu lingvistik yondashuv, bu hodisalarni
tushunishga va ifodalashga harakat qiladi
va tilga hech qanday qoidalarni bog'lab
qo'ymaydi. Bu deskriptivizm deb nom olgan.
Til qanday ishlashini ifodalashdan
farqli holda,
bu yo'l insonlarning tilni qanday
ishlatishini va
foydalanish davomida undagi yuzaga
kelayotgan yangiliklarni ifodaydi.
Preskriptivizm va deskriptivizm
maktablari o'rtasidagi bahslar
xali ham davom
etayotgan bo'lsa-da,
ular bir-birini inkor etmaydi.
Preskriptivizmning foydasi shundaki,
u ma'lum bir vaqt ichida
qanday umumiy qoidalar mavjud ekanligi
haqida xabar beradi.
Bu nafaqat rasmiy nutqlar uchun muhim,
balki chet tillarida muloqotni yanada
osonlashtirish yoki jamiyatning
turli qatlamidagi insonlar muloqoti
uchun ham.
Deskriptivizm, boshqa tomondan,
bizga ongimiz qanday ishlashi haqida va
dunyoqarashimiz ongostimizda qanday
shakllanishi haqida ma'lumot beradi.
Nihoyat, grammatika — eng maqbul
til odatlari yig'indisi,
va u doim katta omma tomonidan
muhokama qilinadi,
va doim ko'rib chiqiladi.
Umumiy tilga o'xshab,
grammatika — o'ziga xos va murakkab
material, va u dunyoning har xil
chekkasidagi tinglovchilar va
so'zlovchilar, yozuvchilar va
o'quvchilar,
preskriptivist va deskriptivist
olimlar nutqlaridan kelib chiqqan.