1 00:00:03,141 --> 00:00:05,676 Men juda bir mehribon 2 00:00:06,461 --> 00:00:08,925 egizak akam bilan voyaga yetganman. 3 00:00:09,477 --> 00:00:12,549 Egizak bo'lishning bir tomoni bor, 4 00:00:12,573 --> 00:00:16,161 u sizni favoritizmni aniqlashda ekspert qiladi. 5 00:00:16,642 --> 00:00:20,809 Agar uning shirinligi menikidan zig’ircha kattaroq bo’ldimi, 6 00:00:21,723 --> 00:00:23,075 menda savollar tug’ilardi. 7 00:00:23,099 --> 00:00:25,517 Rostini aytganda, qornim to’q edi. 8 00:00:26,300 --> 00:00:28,302 (Kulgu) 9 00:00:28,873 --> 00:00:32,996 Psixolog bo'lganimda esa favoritizmning boshqa bir turiga 10 00:00:33,020 --> 00:00:34,734 guvoh bo’la boshladim; 11 00:00:34,758 --> 00:00:39,542 bu ham bo’lsa, ongimizdan ko’ra tanamizni nechog'lik ko’proq qadrlashimiz. 12 00:00:40,187 --> 00:00:46,221 Psixologiyada doktorlik himoyasi uchun oliygohga umrimning sakkiz yili ketti. 13 00:00:46,245 --> 00:00:50,499 Qanchadan qancha odamlar tashrif qog’ozimga qarab, 14 00:00:50,523 --> 00:00:54,843 “Iye, psixologmisiz, men sizni shifokor debman,” deganlari menga qorong’u, 15 00:00:56,209 --> 00:00:58,007 go'yo vizitkada shunday yozilsin. 16 00:00:58,031 --> 00:01:00,816 [Dr Gay Uinch, shunchaki psixolog (haqiqiy shifokor emas)] 17 00:01:00,840 --> 00:01:02,442 (Kulgu) 18 00:01:02,952 --> 00:01:07,336 Tanani ongdan ustun qo’yishdan iborat bunday favoritizmga -- 19 00:01:07,360 --> 00:01:08,799 har yerda duch kelaman. 20 00:01:09,718 --> 00:01:11,385 Yaqinda do’stimning xonadonida edim 21 00:01:11,409 --> 00:01:13,931 ularning besh yosh farzandi uyquga hozirlanayotgandi. 22 00:01:13,955 --> 00:01:17,560 U rakovina oldidagi kursiga chiqib olib, tishlarini yuvayotgandi, 23 00:01:17,584 --> 00:01:21,392 yiqilib tushdi-yu, oyog’ini o’zi yiqilgan kursida jarohatlab oldi. 24 00:01:21,996 --> 00:01:24,968 Bir daqiqacha yig’ladi, biroq keyin o’rnidan turib, 25 00:01:24,992 --> 00:01:28,506 jarohati uchun malhamlar solingan quttini olish ilinjida 26 00:01:28,530 --> 00:01:30,294 kursiga yana chiqdi. 27 00:01:31,050 --> 00:01:34,987 Qarang, bu bolakay poyabzal ipini arang bog’lay olsa ham, 28 00:01:35,011 --> 00:01:39,438 yallig’lanmasligi uchun jarohatni bog’lab qo’yishingiz kerakligi va kuniga 29 00:01:39,462 --> 00:01:42,798 ikki marta tishlaringiz ozodaligini saqlashingiz lozimligini biladi. 30 00:01:43,425 --> 00:01:46,345 Hammamiz qanday qilib tanamiz sog’ligini saqlash va tishlar 31 00:01:46,369 --> 00:01:48,884 gigiyenasiga amal qilishni bilamiz, to'g'rimi? 32 00:01:48,908 --> 00:01:51,697 Bularni besh yasharligimizdan buyon bilamiz. 33 00:01:52,442 --> 00:01:57,066 Ammo psixologik salomatligimizni saqlash borasida nimalarni bilamiz? 34 00:01:58,070 --> 00:01:59,248 Aytarli hech narsa. 35 00:01:59,778 --> 00:02:03,568 Hissiy gigiyena haqida farzandlarimizga nimani o’rgatamiz? 36 00:02:04,740 --> 00:02:05,945 Hech narsa. 37 00:02:06,767 --> 00:02:11,215 Qanday qilib ongimizdan ko’ra tishlarimizga g’amxo’rlik qilish uchun 38 00:02:11,595 --> 00:02:13,379 ko’proq vaqt sarflashimiz mumkin? 39 00:02:14,202 --> 00:02:19,012 Nega tanamiz salomatligi ruhiy salomatligimizdan 40 00:02:19,036 --> 00:02:20,705 ko'ra o'ta muhimroq? 41 00:02:21,393 --> 00:02:26,783 Mag’lubiyat yoki rad etilish, yolg’izlik kabi jarohatlarga, ruhiy jarohatlarimizga 42 00:02:26,807 --> 00:02:31,013 tana jarohatlarimizga qaraganchalik qaramaymiz. 43 00:02:31,037 --> 00:02:33,808 Agar e’tibor bermasak, ularning ahvoli ham tanglashishi 44 00:02:33,832 --> 00:02:36,722 va hayotimizni butkul o’zgartirib yuborishi mumkin. 45 00:02:37,285 --> 00:02:41,465 Buku mayli, bunday ruhiy yaralarni davolashda foydalanishimiz 46 00:02:41,489 --> 00:02:45,382 mumkin bo’lgan ilmiy isbotlagan usullar bo’lishiga qaramay, 47 00:02:45,803 --> 00:02:46,962 g'aflatdamiz. 48 00:02:47,374 --> 00:02:49,915 Buning zarurligi xayolimizga ham kelmaydi. 49 00:02:50,434 --> 00:02:54,491 "Tushkunlikdamisiz? Qo'ying, siqilmang; Bularning bari boshingizda," 50 00:02:55,190 --> 00:02:58,067 Oyog’i singan biror kimsaga shunday deb ko'ringchi?: 51 00:02:58,091 --> 00:03:00,677 "Shunchaki yurib keting; Buning boisi oyog’ingizda." 52 00:03:00,907 --> 00:03:02,852 (Kulgu) 53 00:03:03,249 --> 00:03:06,107 Jismoniy va ruhiy salomatlik 54 00:03:06,131 --> 00:03:09,219 o’rtasidagi bo’shliqqa yakun yasashning vaqti yetdi. 55 00:03:09,243 --> 00:03:11,362 Ularning mavqeyini xuddi egizaklarnikidek 56 00:03:12,385 --> 00:03:14,203 tenglashtirish vaqti keldi. 57 00:03:15,148 --> 00:03:18,921 Ha, aytgancha akam ham psixolog. 58 00:03:18,945 --> 00:03:21,376 Shunday ekan, u ham shifokor emas. 59 00:03:21,400 --> 00:03:23,128 (Kulgu) 60 00:03:23,708 --> 00:03:25,680 Shunday bo’lsa-da, biz birga o’qimadik. 61 00:03:25,704 --> 00:03:30,095 Aslida hayotimdagi eng og’ir narsa psixologiya yo’nalishida 62 00:03:30,119 --> 00:03:32,865 doktorlik unvoniga ega bo’lish uchun Atlantika bo’ylab 63 00:03:32,889 --> 00:03:34,776 Nyu Yorkka ko’chib kelish edi. 64 00:03:35,698 --> 00:03:38,661 Ana shunda umrimizda ilk bor bir-birimizdan yiroqda edik, 65 00:03:38,685 --> 00:03:41,970 va ayriliqdan har ikkimiz ozor chekdik. 66 00:03:42,295 --> 00:03:45,542 Ammo, u oila va do’stlar davrasida qolgan, 67 00:03:45,566 --> 00:03:47,623 men esa begona yurtda yolg’iz edim. 68 00:03:48,251 --> 00:03:49,971 Bir-birimizni juda qumsadik, lekin 69 00:03:49,995 --> 00:03:53,148 o’shanda xalqaro telefon qo’ng’iroqlari nihoyatda qimmat edi. 70 00:03:53,172 --> 00:03:57,601 va biz bor-yog'i haftada bir marta 5 daqiqa gaplashishga qurbimiz yetardi. 71 00:03:58,459 --> 00:03:59,985 Tug’ilgan kunlarimiz yaqinlashdi 72 00:04:00,009 --> 00:04:02,561 bu ilk bor bir-birimizdan yiroqda nishonlashimiz edi. 73 00:04:02,585 --> 00:04:03,914 Pulni ayamay ishlatishga, 74 00:04:03,938 --> 00:04:06,104 va bu hafta 10 daqiqa gaplashishga kelishdik. 75 00:04:06,128 --> 00:04:07,421 (Kulgu) 76 00:04:07,445 --> 00:04:11,509 Tongni uning qo’ng’irog'iga intiq xonam bo'ylab yurish bilan o'tkazdim -- 77 00:04:12,154 --> 00:04:13,311 kutaverdim ... 78 00:04:14,103 --> 00:04:15,280 kutaverdim. 79 00:04:15,817 --> 00:04:17,248 Ammo telefon jiringlamadi. 80 00:04:18,125 --> 00:04:20,143 Vaqt hisobidagi farqdan “Hoynahoy, u 81 00:04:20,167 --> 00:04:22,465 do’stlari bilan, salroq qilar” degan fikr keldi. 82 00:04:22,489 --> 00:04:23,997 U paytda mobil telefonlar yo'q. 83 00:04:24,805 --> 00:04:26,108 Lekin u qilmadi. 84 00:04:27,171 --> 00:04:31,675 10 oydan oshiq vaqt uzoqda bo’lganimdan so’ng, men uni 85 00:04:32,253 --> 00:04:35,088 sog’inganchalik sog’inmay qo’yganini anglay boshladim. 86 00:04:36,028 --> 00:04:38,531 Tongda qo’ng’iroq qilishini bilardim, 87 00:04:38,555 --> 00:04:43,070 ammo o’sha tun umrimdagi eng qayg’uli va uzoq tunlardan biri bo’ldi. 88 00:04:44,717 --> 00:04:46,586 Ertasi kuni uyg’ondim. 89 00:04:46,688 --> 00:04:48,335 Telefonga qarab, go’shakni 90 00:04:48,359 --> 00:04:51,113 kechagi tun o'zim bilan olib yurib telefonga 91 00:04:51,137 --> 00:04:52,814 ildirib qo’ymaganimni angladim. 92 00:04:54,612 --> 00:04:56,263 Karovatimdan qoqilib tushib, 93 00:04:56,287 --> 00:04:59,500 go’shakni telefonga qaytib qo’ydim va sekund o'tib, u jiringladi. 94 00:04:59,764 --> 00:05:01,424 U akam edi, 95 00:05:01,448 --> 00:05:03,116 u mendan nihoyatda qizishgandi, 96 00:05:03,140 --> 00:05:05,344 (Kulgu) 97 00:05:05,368 --> 00:05:08,618 Bu ham uning hayotidagi eng qayg’uli va uzoq tunlardan biri edi. 98 00:05:09,126 --> 00:05:11,537 O’tgan voqealarni tushuntirishga tushdim, u esa 99 00:05:11,561 --> 00:05:12,780 "Tushunmayapman. 100 00:05:12,804 --> 00:05:14,719 Agar senga qilmaganimni ko’rib tursang, 101 00:05:14,743 --> 00:05:17,559 nega go’shakni olib, menga qo’ng’iroq qilmading? 102 00:05:19,057 --> 00:05:20,237 U haq edi. 103 00:05:20,841 --> 00:05:22,354 Nega unga qo’ng’iroq qilmadim? 104 00:05:23,187 --> 00:05:24,861 o'shanda savolga javobim yo’q edi 105 00:05:25,608 --> 00:05:27,059 Biroq bugun bor, 106 00:05:27,083 --> 00:05:28,404 u ham bo’lsa soddagina: 107 00:05:29,688 --> 00:05:30,861 yolg’izlik. 108 00:05:31,948 --> 00:05:35,997 Yolg’izlik idrokimizni yanglishtiruvchi va fikrlarimiz 109 00:05:36,021 --> 00:05:39,721 shaffofligiga barham beruvchi chuqur ruhiy jarohatni yaratadi. 110 00:05:40,228 --> 00:05:45,498 U atrofimizdagi insonlar aslida unchalik qayg’urmasligiga ishontiradi. 111 00:05:46,034 --> 00:05:48,328 U insonlarga qo’shilishdan qattiq qo’rqitadi, 112 00:05:48,352 --> 00:05:52,442 chunki qalbingiz allaqachon chidamgizdan chandon og’rib turganda, 113 00:05:52,466 --> 00:05:55,519 nega o'zingizni rad javobi va qalb og’rig’iga tutqazasiz? 114 00:05:56,432 --> 00:05:59,515 O’sha damlarda men chinakam yolg’izlik og’ushida, ammo har kuni 115 00:05:59,539 --> 00:06:03,408 odamlar orasida edim, shu sababdan bu sira xayolimga kelmagan. 116 00:06:04,273 --> 00:06:07,892 Ammo yolg’izlikni har kim o’zicha talqin qiladi. 117 00:06:08,415 --> 00:06:14,179 U siz atrofdagilardan hissiy yoki jamoaviy ayro his etishingizgagina 118 00:06:14,203 --> 00:06:15,361 bog’liq. 119 00:06:15,385 --> 00:06:16,542 Men yolg’iz edim. 120 00:06:17,249 --> 00:06:22,515 Yolg’izlik borasida ko’plab tadqiqotlar mavjud va ularning bari daxshatli. 121 00:06:23,499 --> 00:06:25,599 Yolg'izlik ayanchli ahvolgagina solmaydi. 122 00:06:26,307 --> 00:06:27,457 U sizni o’ldiradi. 123 00:06:27,790 --> 00:06:28,960 Bu hazil emas. 124 00:06:28,984 --> 00:06:32,575 Surunkali yolg’izlik erta o’lim xavfi ehtimolini 125 00:06:32,599 --> 00:06:34,495 14 foizga ko’paytiradi. 126 00:06:34,902 --> 00:06:36,267 O’n to’rt foiz! 127 00:06:36,780 --> 00:06:39,595 Yolg’izlik qon bosimi va xolesterinning 128 00:06:39,619 --> 00:06:40,784 oshishiga olib keladi. 129 00:06:40,808 --> 00:06:44,533 U hatto immun tizimingiz faoliyatini susaytirib, 130 00:06:44,557 --> 00:06:48,589 barcha turdagi kasallik va xastaliklarga chalinish xatarini oshiradi. 131 00:06:48,613 --> 00:06:52,151 Darhaqiqat, olimlar surunkali yolg’izlikning 132 00:06:52,175 --> 00:06:55,831 inson salomatligi va umr ko’rish yoshiga 133 00:06:55,855 --> 00:06:58,624 xuddi tamaki chekish kabi halokatli 134 00:06:58,648 --> 00:06:59,996 ekanligini aniqlashgan. 135 00:07:00,464 --> 00:07:04,571 Tamaki quttilarida ogohlantiruvchi yozuv bor “Chekish insonni o’ldiradi.” 136 00:07:05,033 --> 00:07:06,777 Ammo yolg’izlikda yo’q. 137 00:07:07,405 --> 00:07:09,260 Va aynan shuning uchun ruhiy 138 00:07:09,284 --> 00:07:12,347 salomatligimizni eng oldinga qo’yish, hissiy-emotsional 139 00:07:12,371 --> 00:07:15,073 gigiyenaga amal qilish shunchalik muhim. 140 00:07:15,525 --> 00:07:18,358 Negaki agarda siz hatto yaralanganligingizni bilmasangiz, 141 00:07:18,382 --> 00:07:20,401 ruhiy jarohatingizni tuzata olmaysiz. 142 00:07:22,076 --> 00:07:24,920 Idrokimizni yanglishtirib, bizni chalg’itadigan 143 00:07:24,944 --> 00:07:27,833 jarohat faqatgina yolg’izlik emas. 144 00:07:28,540 --> 00:07:30,803 Bu mag’lubiyatning ham ishidir. 145 00:07:31,818 --> 00:07:34,081 Bir kuni bolalar bog’chasiga borib, 146 00:07:34,105 --> 00:07:38,592 bir xil plastik o’yinchoqlar bilan o’ynayotgan uch go’dakka ko’zim tushdi. 147 00:07:39,140 --> 00:07:43,179 Qizil tugmani sursangiz, undan yoqimtoy kuchukcha chiqib kelardi. 148 00:07:43,817 --> 00:07:48,388 Bir qizaloq siyoh rangli tugmani tortishga, so’ngra itarishga urindi, 149 00:07:48,412 --> 00:07:51,206 va undan so’ng qaytib o’tirdi va quttiga pastki labi 150 00:07:51,230 --> 00:07:53,005 titragancha qarab qoldi. 151 00:07:53,029 --> 00:07:56,080 Uning yonida o’tirgan bolakay bu jarayonga guvoh bo’lib, 152 00:07:56,104 --> 00:07:59,939 quttisiga qayrilib qaradi va unga qo’lini ham tekizmay, yig’lab yubordi. 153 00:08:01,141 --> 00:08:04,583 Bu orada boshqa bir qizaloq qizil tugmani surmagunicha xayoliga kelgan 154 00:08:04,607 --> 00:08:06,391 hamma narsani qilib ko’rdi, 155 00:08:06,415 --> 00:08:09,893 yoqimtoy kuchukcha chiqdi-yu, u quvonchdan qiqirlab kuldi. 156 00:08:10,421 --> 00:08:14,209 Xullas: uch go’dak sira farq qilmaydigan plastik o’yinchoqlar bilan, 157 00:08:14,233 --> 00:08:17,344 ammo mag’lubiyatga turlicha munosabatda. 158 00:08:17,893 --> 00:08:21,788 Birinchi ikki go'dakda qizil tugmani surish imkoniyatlari yetarlicha edi. 159 00:08:22,455 --> 00:08:25,566 Ularni bu ishni uddalashdan to'xtatgan yagona narsa, 160 00:08:25,590 --> 00:08:29,265 ularning onggi bu ishni eplay olmaslik aldoviga chuv tushirdi. 161 00:08:29,920 --> 00:08:33,624 Kattalar ham bu aldovga chuv tushadilar. 162 00:08:34,028 --> 00:08:39,181 Darhaqiqat, har gal xafagarchilik va omadsizliklarga duch kelganimizda 163 00:08:39,205 --> 00:08:43,300 eshik qoqmay bostirib keladigan his va qarashlar hammamizda bor. 164 00:08:43,324 --> 00:08:46,180 Ongingizning mag'lubiyatga munosabatidan xabardormisiz? 165 00:08:46,783 --> 00:08:48,009 Boxabar bo'lish kerak. 166 00:08:48,033 --> 00:08:52,406 Chunki ongingiz sizni biror narsada noqobilligingizga ishontirmoqchi bo'lsa 167 00:08:52,430 --> 00:08:53,939 va siz bunga ishonsangiz, 168 00:08:53,963 --> 00:08:57,237 u holda xuddi o'sha ikki go'dak kabi o'zingizni ilojsiz his eta 169 00:08:57,261 --> 00:09:00,520 boshlaysiz va osongina chekinasiz yoki butkul qo'l urmaysiz. 170 00:09:00,859 --> 00:09:03,943 Undan so'ng muvaffaqiyat qozona olmasligingizga to'la ishonasiz. 171 00:09:03,967 --> 00:09:08,561 Shu sabab ko'plab insonlar o'z imkoniyatlaridan to'la foydalana olmaydi. 172 00:09:08,951 --> 00:09:12,235 Yo'lning qaysidir bir manzilida ba'zida birgina mag'lubiyat g'alaba 173 00:09:12,259 --> 00:09:15,687 qozona olmasliklariga ishontirgan va ular bunga chuv tushishgan. 174 00:09:16,900 --> 00:09:21,160 Biror narsaga ishonsak, fikrlarimizni o'zgartirish juda qiyin kechadi. 175 00:09:21,831 --> 00:09:25,674 Akam bilan o'smirlik chog'imizda bu saboqni kech angladim. 176 00:09:26,031 --> 00:09:29,366 Militsiya mashinasi to'xtatganida, tunda og'aynilar bilan mashinada 177 00:09:29,390 --> 00:09:31,070 qorong'u yo'ldan borardik. 178 00:09:31,094 --> 00:09:34,657 O'sha atrofda o'g'irlik bo'lgan va ular gumondor shaxslarni izlayotgandi. 179 00:09:34,681 --> 00:09:38,425 Militsiya xodimi mashinaga yaqiniga kelib, fonarini haydovchiga tutdi, 180 00:09:38,839 --> 00:09:40,847 so’ng mashina oldida o'tirgan akamga 181 00:09:41,285 --> 00:09:42,451 va oxirida menga. 182 00:09:42,475 --> 00:09:44,859 Ko'zlari katta ochildi-yu, shunday dedi, 183 00:09:45,283 --> 00:09:47,124 "Yuzingizni oldin qayerda ko'rganman?" 184 00:09:47,148 --> 00:09:49,761 (Kulgu) 185 00:09:50,075 --> 00:09:51,226 Men 186 00:09:51,683 --> 00:09:53,358 "Old o'rindiqda." dedim. 187 00:09:53,382 --> 00:09:55,869 (Kulgu) 188 00:09:56,405 --> 00:09:58,525 U zig’ircha tushunmadi, ana endi u meni 189 00:09:58,549 --> 00:10:00,488 narkotik qabul qilgan deb o’yladi. 190 00:10:00,512 --> 00:10:02,072 (Kulgu) 191 00:10:02,096 --> 00:10:04,667 U meni mashinadan chiqarib olib, tintuv qildi, 192 00:10:04,691 --> 00:10:06,518 militsiya mashinasi oldiga yetaklab, 193 00:10:06,542 --> 00:10:10,042 jinoyatchilik tarixim yo’qligini tasdiqlagandan keyingina 194 00:10:10,066 --> 00:10:13,576 old o’rindiqda egizak akam borligini ko’rsata oldim. 195 00:10:14,417 --> 00:10:16,189 Ammo ketar mahalimiz ham, 196 00:10:16,213 --> 00:10:19,201 uning yuz ifodasidan men nimadandir qochib ketayotganimga 197 00:10:19,225 --> 00:10:21,269 aminligi yaqqol ko’rinardi. 198 00:10:21,293 --> 00:10:22,955 (Kulgu) 199 00:10:23,293 --> 00:10:26,645 Bir narsaga ishonganimizdan so’ng ongizmizni o’zgartirish mushkul. 200 00:10:26,669 --> 00:10:30,109 Shu sababli omadingiz chopmaganidan so’ng tushkunlik 201 00:10:30,133 --> 00:10:31,820 va mag’lubiyatni his qilish tabiiy. 202 00:10:31,844 --> 00:10:36,218 Lekin omadingiz chopmasligiga o’zingizni ishontirishga izn bera olmaysiz. 203 00:10:36,242 --> 00:10:39,090 Nochorlik hislariga qarshi kurashishingiz lozim. 204 00:10:39,114 --> 00:10:42,369 Vaziyatni o’z qo’lingizga olishingiz kerak. 205 00:10:42,393 --> 00:10:44,985 Bunday salbiy hislar girdobiga aslo tushib 206 00:10:45,009 --> 00:10:46,228 qolmasligingiz darkor. 207 00:10:46,252 --> 00:10:48,167 [Hissiy qon ketishini to’xtating] 208 00:10:48,191 --> 00:10:50,602 Fikrlarimiz va hislarimiz – 209 00:10:50,626 --> 00:10:53,967 ular biz o’ylaganimiz kabi sodiq do’stlar emas. 210 00:10:53,991 --> 00:10:56,833 Ular ko’proq kayfiyati tez ayniydigan do’stlarga 211 00:10:56,857 --> 00:11:01,540 o’xshaydilar, bir qarasangiz sizni ko’klarga ko’taradi, so'ng o’ta sovuqqon. 212 00:11:02,175 --> 00:11:05,858 Qachonlardir 20 yillik turmushidan so’ng oilaviy munosabatlari achinarli 213 00:11:05,882 --> 00:11:08,287 yakun topgan bir ayol bilan ishlagandim, 214 00:11:08,311 --> 00:11:10,548 nihoyat ilk uchrashuvga yuragi betlagandi. 215 00:11:10,572 --> 00:11:12,595 o’sha inson bilan onlayn tanishgan, 216 00:11:12,619 --> 00:11:15,049 u yaxshigina, muvaffaqiyatli ko’rindi, 217 00:11:15,073 --> 00:11:18,605 va eng asosiysi, uning ayolda ko’ngli borligi sezildi. 218 00:11:18,629 --> 00:11:21,387 U juda hayajonda edi, yangi liboslar sotib oldi, 219 00:11:21,411 --> 00:11:25,002 shu tariqa ular Nyu York ichimliklar barida uchrashdilar. 220 00:11:25,667 --> 00:11:29,447 Uchrashuvga o’n daqiqa yetar-yetmas, erkak o’rnidan turib, dedi 221 00:11:29,471 --> 00:11:31,330 “Menga yoqmadingiz," va tark etdi. 222 00:11:33,798 --> 00:11:36,913 Rad etilish nihoyatda og’riqli kechadi. 223 00:11:37,500 --> 00:11:39,646 Ayol shunchalar iztirobda ediki, qilt etmadi. 224 00:11:40,037 --> 00:11:41,801 Qo’lidan kelgani do’stiga qo’ng’iroq 225 00:11:42,198 --> 00:11:46,388 qilish bo’ldi, xolos. Do’sti esa shunday dedi: "Xo’sh, nimani kutganding? 226 00:11:46,816 --> 00:11:50,088 Beling beso’naqay, aytishga arzirli aytarli hech narsang yo’q. 227 00:11:50,493 --> 00:11:53,027 Nega endi uningdek kelishgan, muvaffaqiyatli inson 228 00:11:53,051 --> 00:11:55,259 senga o’xshash betayinga qaylig’ bo’lsin?" 229 00:11:57,092 --> 00:12:00,103 Daxshat, to’g’rimi, do’st ham shunchalar bag’ritosh bo’ladimi? 230 00:12:00,531 --> 00:12:03,133 Ammo bu so’zlarni aytgan inson emasligini 231 00:12:03,157 --> 00:12:05,623 aytganimda bunchalik hayratga tushmasdingiz. 232 00:12:05,957 --> 00:12:07,976 Bu so’zlarni ayol o’ziga aytgandi. 233 00:12:08,893 --> 00:12:10,714 Va bu holat barchamizga tanish, 234 00:12:11,334 --> 00:12:13,227 ayniqsa mag’lubiyatdan so’ng. 235 00:12:13,251 --> 00:12:16,696 Barcha xatolarimiz va bor kamchiliklarimiz, bo’lsam qani edi, 236 00:12:16,720 --> 00:12:18,886 bo’lmasam qani edilarni o’ylay boshlaymiz. 237 00:12:18,910 --> 00:12:20,265 O’zimizga laqablar to’qiymiz 238 00:12:20,289 --> 00:12:22,775 Unchalik darajada bo’lmasa-da, hammamiz qo’l uramiz. 239 00:12:23,274 --> 00:12:24,896 Shunday qilishimiz qiziq, chunki 240 00:12:24,920 --> 00:12:27,783 o’z-o’zimizga beriladigan baho allaqachon aziyat chekyapti. 241 00:12:28,189 --> 00:12:30,761 Nega endi davom etib, yanayam parchalash kerak? 242 00:12:31,236 --> 00:12:33,858 Tanamizni ataylab jarohatlamaymiz-ku? 243 00:12:33,882 --> 00:12:36,784 Qo’lingizni kesib, "To’xtab tur! – Qo’limga pichoqni tiqib, 244 00:12:36,808 --> 00:12:40,344 qanchalik ichkariroq kirishim mumkinligiga qarab ko’raman." demasdingiz. 245 00:12:40,368 --> 00:12:43,949 Ammo buni ruhiy jarohatlarimizga har doim ravo ko’ramiz. 246 00:12:43,973 --> 00:12:47,068 Nega? Zaif hissiy gigiyenamiz tufayli. 247 00:12:47,442 --> 00:12:50,140 Negaki ruhiy salomatligimizni eng oldinga qo’ymaymiz. 248 00:12:50,862 --> 00:12:54,422 O’zingizga beriladigan baho pasayganda, stress va bezovtalikka berilish 249 00:12:54,446 --> 00:12:57,907 xatari kuchayishi, mag’lubiyat va rad etilishlar yanada og’riqli 250 00:12:57,931 --> 00:13:00,605 kechishi va ulardan o'nglanish uzoq vaqt 251 00:13:00,629 --> 00:13:02,912 talab qilishini o’nlab tadqiqotlardan bilamiz. 252 00:13:03,507 --> 00:13:06,759 Shu bois rad etilganingizda, birinchi qilishingiz kerak bo’lgan ish 253 00:13:06,783 --> 00:13:08,844 Jang klubiga qo’shilish va kimgadir musht 254 00:13:08,868 --> 00:13:11,827 tushurish emas, o’zingizga beriladigan bahoni tiklashdir. 255 00:13:13,180 --> 00:13:14,936 Hissiy iztirob chekkaningizda, 256 00:13:15,459 --> 00:13:18,497 chinakam sodiq do’stdan kutiladigan 257 00:13:18,521 --> 00:13:21,154 mehr bilan o’zingizni siylang. 258 00:13:21,361 --> 00:13:23,249 [O’zingizga bo'lgan bahoni himoyalang] 259 00:13:23,273 --> 00:13:27,574 Nosog’lom psixologik odatlarimizni payqab, ularni o’zgartirishimiz lozim. 260 00:13:27,598 --> 00:13:31,816 Va bularning ichida eng nosog’lomi shilqim fikrlar deb nomlanadi. 261 00:13:32,228 --> 00:13:34,728 Shilqim fikrlar tin olmay o’ylayverishdir. 262 00:13:34,752 --> 00:13:36,941 Rahbaringiz sizga o’shqirib berdi 263 00:13:36,965 --> 00:13:39,586 yoki auditoriyada professor sizni ahmoqqa chiqardi, 264 00:13:39,610 --> 00:13:41,859 yo do’stingiz bilan qattiq urushdingiz 265 00:13:41,883 --> 00:13:45,944 va bu manzara xayolingizdan bir necha kunlab o’chmasligi, 266 00:13:45,968 --> 00:13:48,357 ba’zida haftalab davom etishidir. 267 00:13:48,494 --> 00:13:53,493 Ko’ngilsiz voqealar to’g’risida bu yo’sinda o’ylayverish osongina odatga 268 00:13:53,517 --> 00:13:54,966 aylanishi mumkin va bu sizga 269 00:13:55,431 --> 00:14:00,151 qimmatga tushadi, chunki noxush va salbiy hislarga uzoq vaqt berilish 270 00:14:00,175 --> 00:14:03,124 natijasida o’zingizni klinik depressiya, alkogolizm, ovqat 271 00:14:03,148 --> 00:14:04,885 buzulishlari va hatto yurak va 272 00:14:05,370 --> 00:14:06,636 qon-tomir kasalliklari 273 00:14:06,660 --> 00:14:07,822 vujudga kelish xatarini 274 00:14:07,846 --> 00:14:09,952 birmuncha oshirasiz. 275 00:14:10,682 --> 00:14:11,874 Muammo shundaki, 276 00:14:11,898 --> 00:14:15,839 shilqim firlarga berilish ehtiyojdek va o’ta zarurdek tuyilishi mumkin, 277 00:14:15,863 --> 00:14:17,946 shu bois bu odatdan voz kechish mushkul. 278 00:14:18,804 --> 00:14:20,427 Ishonch bilan aytishimga sabab 279 00:14:20,451 --> 00:14:23,987 bir yilcha avval bu odatni o’zimda rivojlantirdim. 280 00:14:24,540 --> 00:14:30,101 Egizak akamga 3-darajali Xodginning limfomasi tashxisi qo’yildi. 281 00:14:30,965 --> 00:14:33,109 Undagi saraton nihoyatda shafqatsiz edi. 282 00:14:33,133 --> 00:14:36,199 O’simtalar uning butun tanasi bo’ylab tarqalgandi. 283 00:14:36,904 --> 00:14:40,260 Va u og’ir kimyoterapiyani boshlashi kerak edi. 284 00:14:41,627 --> 00:14:45,677 Uning kechinmalari haqida o’ylashdan o’zimni tiyolmasdim. 285 00:14:46,586 --> 00:14:49,306 U ahvolidan sira nolimagan, atigi bir martayam, ammo uning 286 00:14:50,322 --> 00:14:53,591 nechog’lik azob tortayotgani haqidagi fikr meni tinch qo'ymasdi. 287 00:14:54,070 --> 00:14:56,997 Unda g’aroyib ijobiy munosabat bor edi. 288 00:14:57,021 --> 00:14:59,508 Uning ruhiy sog'ligi havas qilarli edi. 289 00:15:00,212 --> 00:15:04,327 Men jismonan sog’lom, ammo ruhiy jihatdan yaroqsiz holda edim. 290 00:15:05,303 --> 00:15:06,544 Lek nima qilishni bilardim 291 00:15:06,568 --> 00:15:11,219 Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, bor-yog’i ikki daqiqaga o’zingizni chalg’tish o'sha 292 00:15:11,243 --> 00:15:13,697 daqiqadayoq shilqim fikrlardan qutulish chun yetarli 293 00:15:14,110 --> 00:15:17,758 Va har gal menda tashvishlanarli, dilni xufton qiluvchi salbiy fikrlar paydo 294 00:15:17,782 --> 00:15:22,137 bo’lsa, boshqa narsaga diqqat qaratishga tirishdim. 295 00:15:22,161 --> 00:15:26,626 Bir haftadayoq, mening barcha qarashlarim o’zgardi 296 00:15:26,650 --> 00:15:29,378 va yanada ijobiy, umidga to'la inson bo'la boshladim. 297 00:15:29,509 --> 00:15:31,243 [Salbiy fikrlarga qarshi kurashing] 298 00:15:31,267 --> 00:15:35,710 Kimyoterapiyadan to’qqiz hafta o’tib, akam kompyuter tomografiyasidan o’tdi, 299 00:15:36,167 --> 00:15:38,524 natijalarini qo’liga olganda, uning oldida edim. 300 00:15:39,125 --> 00:15:40,964 Barcha o’simtalar g’oyib bo’lgan. 301 00:15:42,297 --> 00:15:45,271 U yana uch kimyoterapiyani bardosh berishi kerak edi, 302 00:15:45,295 --> 00:15:46,875 ammo tuzalishini bilardi. 303 00:15:47,659 --> 00:15:50,518 Bu sur’at uch hafta oldin olingan. 304 00:15:53,807 --> 00:15:56,312 Yolg’izligingizda biror chora ko’rish, 305 00:15:56,978 --> 00:15:59,698 mag’lubiyatga bo’lgan munosabatingizni o’zgartirish, 306 00:16:00,225 --> 00:16:02,621 o’zingizga bo’lgan bahoni avaylash, 307 00:16:02,645 --> 00:16:04,927 salbiy fikrlashga qarshi kurashish orqali 308 00:16:04,951 --> 00:16:08,180 ruhiy jarohatingizni tuzatibgina qolmaysiz, 309 00:16:08,204 --> 00:16:10,763 balki ruhiy chidamlilikni yaratasiz, 310 00:16:10,787 --> 00:16:12,015 o’sa boshlaysiz. 311 00:16:12,664 --> 00:16:16,700 Bundan yuz yil muqaddam, odamlar shaxsiy gigiyenaga amal qila boshlaganlar 312 00:16:17,267 --> 00:16:21,518 va umr ko’rish yoshi bor-yog’I bir asr ichida 313 00:16:21,542 --> 00:16:23,260 50 foizdan ortiq o’sgan. 314 00:16:23,947 --> 00:16:28,036 Agar barchamiz hissiy gigiyenaga amal qilsak, turmushimiz 315 00:16:28,060 --> 00:16:31,369 sifati ham xuddi shunday o’sishiga aminman. 316 00:16:32,194 --> 00:16:34,257 Hamma ruhiy sog’lomroq bo’lgan sayyora 317 00:16:34,281 --> 00:16:36,817 ko'rinishini tasavvur qila olasizmi? 318 00:16:36,841 --> 00:16:39,762 Yolg’izlik va depressiya kamroq bo’lganida? Odamlar 319 00:16:40,240 --> 00:16:42,807 qanday qilib mag’lubiyatni yengishni bilganlarida? 320 00:16:43,224 --> 00:16:46,489 O’zi tog’risida iliqroq hislarni tuyganda va yengilmas his etganda? 321 00:16:46,513 --> 00:16:48,914 Baxtliroq va qanoatliroq bo’lganlarida? 322 00:16:49,760 --> 00:16:53,037 Men tasavvur qila olaman, chunki bu men yashashni istaydigan dunyo. 323 00:16:54,021 --> 00:16:57,707 Akam ham shunday dunyoda umrguzaronlik qilishni istaydi. 324 00:16:58,371 --> 00:17:03,271 Kerakli ma'lumotlarga ega bo'lib bir ikki oddiy odatlarni o’zgartirsangiz, xo'sh -- 325 00:17:04,001 --> 00:17:06,358 bunday sayyorada hammamiz yashay olamiz. 326 00:17:07,373 --> 00:17:08,539 Katta rahmat. 327 00:17:08,563 --> 00:17:11,167 (Qarsaklar)