Men juda bir mehribon
egizak akam bilan voyaga yetganman.
Egizak bo'lishning bir tomoni bor,
u sizni favoritizmni
aniqlashda ekspert qiladi.
Agar uning shirinligi menikidan
zig’ircha kattaroq bo’ldimi,
menda savollar tug’ilardi.
Rostini aytganda, qornim to’q edi.
(Kulgu)
Psixolog bo'lganimda esa
favoritizmning boshqa bir turiga
guvoh bo’la boshladim;
bu ham bo’lsa, ongimizdan ko’ra
tanamizni nechog'lik ko’proq qadrlashimiz.
Psixologiyada doktorlik himoyasi uchun
oliygohga umrimning sakkiz yili ketti.
Qanchadan qancha odamlar
tashrif qog’ozimga qarab,
“Iye, psixologmisiz, men sizni shifokor
debman,” deganlari menga qorong’u,
go'yo vizitkada shunday yozilsin.
[Dr Gay Uinch, shunchaki psixolog
(haqiqiy shifokor emas)]
(Kulgu)
Tanani ongdan ustun qo’yishdan
iborat bunday favoritizmga --
har yerda duch kelaman.
Yaqinda do’stimning xonadonida edim
ularning besh yosh farzandi
uyquga hozirlanayotgandi.
U rakovina oldidagi kursiga
chiqib olib, tishlarini yuvayotgandi,
yiqilib tushdi-yu, oyog’ini o’zi yiqilgan
kursida jarohatlab oldi.
Bir daqiqacha yig’ladi, biroq keyin
o’rnidan turib,
jarohati uchun malhamlar solingan
quttini olish ilinjida
kursiga yana chiqdi.
Qarang, bu bolakay poyabzal ipini
arang bog’lay olsa ham,
yallig’lanmasligi uchun jarohatni
bog’lab qo’yishingiz kerakligi va kuniga
ikki marta tishlaringiz ozodaligini
saqlashingiz lozimligini biladi.
Hammamiz qanday qilib tanamiz
sog’ligini saqlash va tishlar
gigiyenasiga amal qilishni bilamiz,
to'g'rimi?
Bularni besh yasharligimizdan
buyon bilamiz.
Ammo psixologik salomatligimizni
saqlash borasida nimalarni bilamiz?
Aytarli hech narsa.
Hissiy gigiyena haqida
farzandlarimizga nimani o’rgatamiz?
Hech narsa.
Qanday qilib ongimizdan ko’ra
tishlarimizga g’amxo’rlik qilish uchun
ko’proq vaqt sarflashimiz mumkin?
Nega tanamiz salomatligi
ruhiy salomatligimizdan
ko'ra o'ta muhimroq?
Mag’lubiyat yoki rad etilish, yolg’izlik
kabi jarohatlarga, ruhiy jarohatlarimizga
tana jarohatlarimizga
qaraganchalik qaramaymiz.
Agar e’tibor bermasak, ularning
ahvoli ham tanglashishi
va hayotimizni butkul o’zgartirib
yuborishi mumkin.
Buku mayli, bunday ruhiy
yaralarni davolashda foydalanishimiz
mumkin bo’lgan ilmiy isbotlagan usullar
bo’lishiga qaramay,
g'aflatdamiz.
Buning zarurligi xayolimizga
ham kelmaydi.
"Tushkunlikdamisiz? Qo'ying,
siqilmang; Bularning bari boshingizda,"
Oyog’i singan biror kimsaga
shunday deb ko'ringchi?:
"Shunchaki yurib keting; Buning
boisi oyog’ingizda."
(Kulgu)
Jismoniy va ruhiy salomatlik
o’rtasidagi bo’shliqqa yakun
yasashning vaqti yetdi.
Ularning mavqeyini xuddi egizaklarnikidek
tenglashtirish vaqti keldi.
Ha, aytgancha akam ham psixolog.
Shunday ekan, u ham shifokor emas.
(Kulgu)
Shunday bo’lsa-da, biz birga o’qimadik.
Aslida hayotimdagi eng og’ir
narsa psixologiya yo’nalishida
doktorlik unvoniga ega bo’lish
uchun Atlantika bo’ylab
Nyu Yorkka ko’chib kelish edi.
Ana shunda umrimizda ilk bor
bir-birimizdan yiroqda edik,
va ayriliqdan har ikkimiz ozor chekdik.
Ammo, u oila va do’stlar davrasida
qolgan,
men esa begona yurtda yolg’iz edim.
Bir-birimizni juda qumsadik, lekin
o’shanda xalqaro telefon
qo’ng’iroqlari nihoyatda qimmat edi.
va biz bor-yog'i haftada bir marta
5 daqiqa gaplashishga qurbimiz yetardi.
Tug’ilgan kunlarimiz yaqinlashdi
bu ilk bor bir-birimizdan
yiroqda nishonlashimiz edi.
Pulni ayamay ishlatishga,
va bu hafta 10 daqiqa
gaplashishga kelishdik.
(Kulgu)
Tongni uning qo’ng’irog'iga intiq
xonam bo'ylab yurish bilan o'tkazdim --
kutaverdim ...
kutaverdim.
Ammo telefon jiringlamadi.
Vaqt hisobidagi farqdan “Hoynahoy, u
do’stlari bilan, salroq qilar” degan
fikr keldi.
U paytda mobil telefonlar yo'q.
Lekin u qilmadi.
10 oydan oshiq vaqt uzoqda
bo’lganimdan so’ng, men uni
sog’inganchalik sog’inmay qo’yganini
anglay boshladim.
Tongda qo’ng’iroq qilishini bilardim,
ammo o’sha tun umrimdagi eng
qayg’uli va uzoq tunlardan biri bo’ldi.
Ertasi kuni uyg’ondim.
Telefonga qarab, go’shakni
kechagi tun o'zim bilan olib yurib
telefonga
ildirib qo’ymaganimni angladim.
Karovatimdan qoqilib tushib,
go’shakni telefonga qaytib
qo’ydim va sekund o'tib, u jiringladi.
U akam edi,
u mendan nihoyatda qizishgandi,
(Kulgu)
Bu ham uning hayotidagi eng
qayg’uli va uzoq tunlardan biri edi.
O’tgan voqealarni
tushuntirishga tushdim, u esa
"Tushunmayapman.
Agar senga qilmaganimni ko’rib tursang,
nega go’shakni olib, menga
qo’ng’iroq qilmading?
U haq edi.
Nega unga qo’ng’iroq qilmadim?
o'shanda savolga javobim yo’q edi
Biroq bugun bor,
u ham bo’lsa soddagina:
yolg’izlik.
Yolg’izlik idrokimizni yanglishtiruvchi
va fikrlarimiz
shaffofligiga barham beruvchi chuqur
ruhiy jarohatni yaratadi.
U atrofimizdagi insonlar aslida
unchalik qayg’urmasligiga ishontiradi.
U insonlarga qo’shilishdan
qattiq qo’rqitadi,
chunki qalbingiz allaqachon
chidamgizdan chandon og’rib turganda,
nega o'zingizni rad javobi va qalb
og’rig’iga tutqazasiz?
O’sha damlarda men chinakam
yolg’izlik og’ushida, ammo har kuni
odamlar orasida edim, shu sababdan
bu sira xayolimga kelmagan.
Ammo yolg’izlikni har kim o’zicha
talqin qiladi.
U siz atrofdagilardan hissiy yoki
jamoaviy ayro his etishingizgagina
bog’liq.
Men yolg’iz edim.
Yolg’izlik borasida ko’plab tadqiqotlar
mavjud va ularning bari daxshatli.
Yolg'izlik ayanchli ahvolgagina solmaydi.
U sizni o’ldiradi.
Bu hazil emas.
Surunkali yolg’izlik erta o’lim
xavfi ehtimolini
14 foizga ko’paytiradi.
O’n to’rt foiz!
Yolg’izlik qon bosimi va xolesterinning
oshishiga olib keladi.
U hatto immun tizimingiz
faoliyatini susaytirib,
barcha turdagi kasallik va
xastaliklarga chalinish xatarini oshiradi.
Darhaqiqat, olimlar surunkali
yolg’izlikning
inson salomatligi va umr ko’rish yoshiga
xuddi tamaki chekish kabi halokatli
ekanligini aniqlashgan.
Tamaki quttilarida ogohlantiruvchi yozuv
bor “Chekish insonni o’ldiradi.”
Ammo yolg’izlikda yo’q.
Va aynan shuning uchun ruhiy
salomatligimizni eng oldinga qo’yish,
hissiy-emotsional
gigiyenaga amal qilish shunchalik muhim.
Negaki agarda siz hatto
yaralanganligingizni bilmasangiz,
ruhiy jarohatingizni tuzata olmaysiz.
Idrokimizni yanglishtirib, bizni
chalg’itadigan
jarohat faqatgina yolg’izlik emas.
Bu mag’lubiyatning ham ishidir.
Bir kuni bolalar bog’chasiga borib,
bir xil plastik o’yinchoqlar bilan
o’ynayotgan uch go’dakka ko’zim tushdi.
Qizil tugmani sursangiz, undan
yoqimtoy kuchukcha chiqib kelardi.
Bir qizaloq siyoh rangli tugmani
tortishga, so’ngra itarishga urindi,
va undan so’ng qaytib o’tirdi
va quttiga pastki labi
titragancha qarab qoldi.
Uning yonida o’tirgan bolakay
bu jarayonga guvoh bo’lib,
quttisiga qayrilib qaradi va unga qo’lini
ham tekizmay, yig’lab yubordi.
Bu orada boshqa bir qizaloq qizil
tugmani surmagunicha xayoliga kelgan
hamma narsani qilib ko’rdi,
yoqimtoy kuchukcha chiqdi-yu,
u quvonchdan qiqirlab kuldi.
Xullas: uch go’dak sira farq
qilmaydigan plastik o’yinchoqlar bilan,
ammo mag’lubiyatga turlicha munosabatda.
Birinchi ikki go'dakda qizil tugmani
surish imkoniyatlari yetarlicha edi.
Ularni bu ishni uddalashdan
to'xtatgan yagona narsa,
ularning onggi bu ishni eplay
olmaslik aldoviga chuv tushirdi.
Kattalar ham bu aldovga chuv tushadilar.
Darhaqiqat, har gal xafagarchilik
va omadsizliklarga duch kelganimizda
eshik qoqmay bostirib keladigan
his va qarashlar hammamizda bor.
Ongingizning mag'lubiyatga
munosabatidan xabardormisiz?
Boxabar bo'lish kerak.
Chunki ongingiz sizni biror narsada
noqobilligingizga ishontirmoqchi bo'lsa
va siz bunga ishonsangiz,
u holda xuddi o'sha ikki go'dak
kabi o'zingizni ilojsiz his eta
boshlaysiz va osongina chekinasiz yoki
butkul qo'l urmaysiz.
Undan so'ng muvaffaqiyat qozona
olmasligingizga to'la ishonasiz.
Shu sabab ko'plab insonlar o'z
imkoniyatlaridan to'la foydalana olmaydi.
Yo'lning qaysidir bir manzilida ba'zida
birgina mag'lubiyat g'alaba
qozona olmasliklariga ishontirgan va
ular bunga chuv tushishgan.
Biror narsaga ishonsak, fikrlarimizni
o'zgartirish juda qiyin kechadi.
Akam bilan o'smirlik chog'imizda
bu saboqni kech angladim.
Militsiya mashinasi to'xtatganida,
tunda og'aynilar bilan mashinada
qorong'u yo'ldan borardik.
O'sha atrofda o'g'irlik bo'lgan va
ular gumondor shaxslarni izlayotgandi.
Militsiya xodimi mashinaga yaqiniga
kelib, fonarini haydovchiga tutdi,
so’ng mashina oldida o'tirgan akamga
va oxirida menga.
Ko'zlari katta ochildi-yu, shunday dedi,
"Yuzingizni oldin qayerda ko'rganman?"
(Kulgu)
Men
"Old o'rindiqda." dedim.
(Kulgu)
U zig’ircha tushunmadi, ana endi u meni
narkotik qabul qilgan deb o’yladi.
(Kulgu)
U meni mashinadan chiqarib olib,
tintuv qildi,
militsiya mashinasi oldiga yetaklab,
jinoyatchilik tarixim yo’qligini
tasdiqlagandan keyingina
old o’rindiqda egizak akam borligini
ko’rsata oldim.
Ammo ketar mahalimiz ham,
uning yuz ifodasidan men
nimadandir qochib ketayotganimga
aminligi yaqqol ko’rinardi.
(Kulgu)
Bir narsaga ishonganimizdan
so’ng ongizmizni o’zgartirish mushkul.
Shu sababli omadingiz chopmaganidan
so’ng tushkunlik
va mag’lubiyatni his qilish tabiiy.
Lekin omadingiz chopmasligiga o’zingizni
ishontirishga izn bera olmaysiz.
Nochorlik hislariga qarshi
kurashishingiz lozim.
Vaziyatni o’z qo’lingizga
olishingiz kerak.
Bunday salbiy hislar girdobiga
aslo tushib
qolmasligingiz darkor.
[Hissiy qon ketishini to’xtating]
Fikrlarimiz va hislarimiz –
ular biz o’ylaganimiz kabi sodiq
do’stlar emas.
Ular ko’proq kayfiyati
tez ayniydigan do’stlarga
o’xshaydilar, bir qarasangiz sizni
ko’klarga ko’taradi, so'ng o’ta sovuqqon.
Qachonlardir 20 yillik turmushidan
so’ng oilaviy munosabatlari achinarli
yakun topgan bir ayol bilan ishlagandim,
nihoyat ilk uchrashuvga
yuragi betlagandi.
o’sha inson bilan onlayn tanishgan,
u yaxshigina, muvaffaqiyatli ko’rindi,
va eng asosiysi, uning ayolda ko’ngli
borligi sezildi.
U juda hayajonda edi,
yangi liboslar sotib oldi,
shu tariqa ular Nyu York ichimliklar
barida uchrashdilar.
Uchrashuvga o’n daqiqa yetar-yetmas,
erkak o’rnidan turib, dedi
“Menga yoqmadingiz," va tark etdi.
Rad etilish nihoyatda og’riqli kechadi.
Ayol shunchalar iztirobda ediki,
qilt etmadi.
Qo’lidan kelgani do’stiga qo’ng’iroq
qilish bo’ldi, xolos. Do’sti esa
shunday dedi: "Xo’sh, nimani kutganding?
Beling beso’naqay, aytishga
arzirli aytarli hech narsang yo’q.
Nega endi uningdek
kelishgan, muvaffaqiyatli inson
senga o’xshash betayinga qaylig’ bo’lsin?"
Daxshat, to’g’rimi, do’st ham
shunchalar bag’ritosh bo’ladimi?
Ammo bu so’zlarni aytgan inson emasligini
aytganimda bunchalik
hayratga tushmasdingiz.
Bu so’zlarni ayol o’ziga aytgandi.
Va bu holat barchamizga tanish,
ayniqsa mag’lubiyatdan so’ng.
Barcha xatolarimiz va bor
kamchiliklarimiz, bo’lsam qani edi,
bo’lmasam qani edilarni
o’ylay boshlaymiz.
O’zimizga laqablar to’qiymiz
Unchalik darajada bo’lmasa-da,
hammamiz qo’l uramiz.
Shunday qilishimiz qiziq, chunki
o’z-o’zimizga beriladigan baho
allaqachon aziyat chekyapti.
Nega endi davom etib,
yanayam parchalash kerak?
Tanamizni ataylab jarohatlamaymiz-ku?
Qo’lingizni kesib, "To’xtab tur!
– Qo’limga pichoqni tiqib,
qanchalik ichkariroq kirishim
mumkinligiga qarab ko’raman." demasdingiz.
Ammo buni ruhiy jarohatlarimizga
har doim ravo ko’ramiz.
Nega? Zaif hissiy gigiyenamiz tufayli.
Negaki ruhiy salomatligimizni
eng oldinga qo’ymaymiz.
O’zingizga beriladigan baho pasayganda,
stress va bezovtalikka berilish
xatari kuchayishi, mag’lubiyat va
rad etilishlar yanada og’riqli
kechishi va ulardan o'nglanish uzoq vaqt
talab qilishini o’nlab tadqiqotlardan
bilamiz.
Shu bois rad etilganingizda,
birinchi qilishingiz kerak bo’lgan ish
Jang klubiga qo’shilish va kimgadir musht
tushurish emas, o’zingizga beriladigan
bahoni tiklashdir.
Hissiy iztirob chekkaningizda,
chinakam sodiq do’stdan kutiladigan
mehr bilan o’zingizni siylang.
[O’zingizga bo'lgan bahoni himoyalang]
Nosog’lom psixologik odatlarimizni
payqab, ularni o’zgartirishimiz lozim.
Va bularning ichida eng nosog’lomi
shilqim fikrlar deb nomlanadi.
Shilqim fikrlar tin olmay o’ylayverishdir.
Rahbaringiz sizga o’shqirib berdi
yoki auditoriyada professor sizni
ahmoqqa chiqardi,
yo do’stingiz bilan qattiq urushdingiz
va bu manzara xayolingizdan
bir necha kunlab o’chmasligi,
ba’zida haftalab davom etishidir.
Ko’ngilsiz voqealar to’g’risida bu
yo’sinda o’ylayverish osongina odatga
aylanishi mumkin va bu sizga
qimmatga tushadi, chunki noxush va
salbiy hislarga uzoq vaqt berilish
natijasida o’zingizni klinik
depressiya, alkogolizm, ovqat
buzulishlari va hatto yurak va
qon-tomir kasalliklari
vujudga kelish xatarini
birmuncha oshirasiz.
Muammo shundaki,
shilqim firlarga berilish ehtiyojdek va
o’ta zarurdek tuyilishi mumkin,
shu bois bu odatdan voz kechish mushkul.
Ishonch bilan aytishimga sabab
bir yilcha avval bu odatni
o’zimda rivojlantirdim.
Egizak akamga 3-darajali
Xodginning limfomasi tashxisi qo’yildi.
Undagi saraton nihoyatda shafqatsiz edi.
O’simtalar uning butun tanasi
bo’ylab tarqalgandi.
Va u og’ir kimyoterapiyani boshlashi
kerak edi.
Uning kechinmalari haqida
o’ylashdan o’zimni tiyolmasdim.
U ahvolidan sira nolimagan,
atigi bir martayam, ammo uning
nechog’lik azob tortayotgani
haqidagi fikr meni tinch qo'ymasdi.
Unda g’aroyib ijobiy munosabat bor edi.
Uning ruhiy sog'ligi havas qilarli edi.
Men jismonan sog’lom, ammo ruhiy
jihatdan yaroqsiz holda edim.
Lek nima qilishni bilardim
Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, bor-yog’i
ikki daqiqaga o’zingizni chalg’tish o'sha
daqiqadayoq shilqim fikrlardan qutulish
chun yetarli
Va har gal menda tashvishlanarli,
dilni xufton qiluvchi salbiy fikrlar paydo
bo’lsa, boshqa narsaga diqqat
qaratishga tirishdim.
Bir haftadayoq, mening barcha
qarashlarim o’zgardi
va yanada ijobiy, umidga to'la inson
bo'la boshladim.
[Salbiy fikrlarga qarshi kurashing]
Kimyoterapiyadan to’qqiz hafta o’tib,
akam kompyuter tomografiyasidan o’tdi,
natijalarini qo’liga olganda, uning
oldida edim.
Barcha o’simtalar g’oyib bo’lgan.
U yana uch kimyoterapiyani bardosh
berishi kerak edi,
ammo tuzalishini bilardi.
Bu sur’at uch hafta oldin olingan.
Yolg’izligingizda biror chora ko’rish,
mag’lubiyatga bo’lgan
munosabatingizni o’zgartirish,
o’zingizga bo’lgan bahoni avaylash,
salbiy fikrlashga qarshi kurashish orqali
ruhiy jarohatingizni tuzatibgina
qolmaysiz,
balki ruhiy chidamlilikni yaratasiz,
o’sa boshlaysiz.
Bundan yuz yil muqaddam, odamlar
shaxsiy gigiyenaga amal qila boshlaganlar
va umr ko’rish yoshi bor-yog’I bir asr
ichida
50 foizdan ortiq o’sgan.
Agar barchamiz hissiy gigiyenaga
amal qilsak, turmushimiz
sifati ham xuddi shunday
o’sishiga aminman.
Hamma ruhiy sog’lomroq bo’lgan
sayyora
ko'rinishini tasavvur qila olasizmi?
Yolg’izlik va depressiya kamroq
bo’lganida? Odamlar
qanday qilib mag’lubiyatni
yengishni bilganlarida?
O’zi tog’risida iliqroq hislarni tuyganda
va yengilmas his etganda?
Baxtliroq va qanoatliroq bo’lganlarida?
Men tasavvur qila olaman, chunki
bu men yashashni istaydigan dunyo.
Akam ham shunday dunyoda
umrguzaronlik qilishni istaydi.
Kerakli ma'lumotlarga ega bo'lib bir ikki
oddiy odatlarni o’zgartirsangiz, xo'sh --
bunday sayyorada hammamiz yashay olamiz.
Katta rahmat.
(Qarsaklar)