WEBVTT 00:00:06.776 --> 00:00:08.337 Insoniyat tarixidagi eng yirik 00:00:08.337 --> 00:00:12.747 genotsidni amalga oshirgan zolim Adolf Gitler qanday qilib demokratik mamlakatda 00:00:12.747 --> 00:00:16.506 hokimiyatni o'z qo'liga oldi? Uning hokimiyat 00:00:16.506 --> 00:00:19.738 tepasiga kelishi I Jahon urushi oxiridagi voqealar bilan bog'liq. 00:00:19.738 --> 00:00:22.798 1918-yil Antanta ittifoqining muvaffaqiyatli hujumidan so'ng 00:00:22.798 --> 00:00:26.256 Germaniya urushda g'alaba qozona olmasligini tushunib yetdi va 00:00:26.256 --> 00:00:29.566 urushga chek qo'ygan sulhga imzo chekdi. 00:00:29.566 --> 00:00:31.698 Kayzer hukumati qulagach, 00:00:31.698 --> 00:00:36.006 mamlakatda g'alayonlar va ish tashlashlar kuchaydi. 00:00:36.006 --> 00:00:37.896 Kommunistik inqilobdan qo'rqqan asosiy 00:00:37.896 --> 00:00:41.557 partiyalar qo'zg'alonlarni bostirish maqsadida birlashdilar va 00:00:41.557 --> 00:00:45.348 parlamentar hukumat - Veymar respublikasini tashkil etdilar. 00:00:45.348 --> 00:00:47.477 Yangi hukumatning birlamchi vazifalaridan 00:00:47.477 --> 00:00:51.617 biri Antantaning sulh shartlarini bajarish edi. 00:00:51.617 --> 00:00:56.298 Hududining 1/10 qismini yo'qotish va qo'shinni qurolsizlantirishdan tashqari, 00:00:56.298 --> 00:01:02.258 Germaniya urush uchun to'liq javobgarlikni o'z zimmasiga olishi va kuchsiz 00:01:02.258 --> 00:01:06.017 iqtisodiyotini yanada zaiflashtiruvchi tovonni to'lashi kerak edi. 00:01:06.017 --> 00:01:10.928 Ko'plab millatchilar va urush qatnash- chilari buni haqorat deb qabul qildilar. 00:01:10.928 --> 00:01:13.719 Ular, agar siyosatchilar va oppozitsiya armiyaga xiyonat 00:01:13.719 --> 00:01:19.407 qilmaganida, urushda yutib chiqish mumkin edi, deb yanglishgandilar. 00:01:19.407 --> 00:01:22.470 Xuddi shunday yanglish qarashlarga berilgan Gitler 00:01:22.470 --> 00:01:28.370 mutaasibligi va paranoid xomxayollari bilan bor aybni yahudiylarga to'nkadi. 00:01:28.370 --> 00:01:32.500 Uning so'zlari ko'plab antisemitlardan iborat jamoatchilik orasida yoyildi. 00:01:32.500 --> 00:01:35.310 Bu vaqtga kelib, yuz minglab yahudiylar 00:01:35.310 --> 00:01:37.947 Germaniya jamiyatining bir qismiga aylanib ulgurgandi, 00:01:37.947 --> 00:01:42.620 ammo aksariyat nemislar yahudiylarni begona deb bilishgan. 00:01:42.620 --> 00:01:47.582 I Jahon urushidan keyin yahudiylar muvaffaqiyati ular tuzumni ag'darib, 00:01:47.582 --> 00:01:51.029 urushdan foyda ko'rishgan degan asossiz ayblovlarga asos bo'ldi. 00:01:51.029 --> 00:01:54.399 Alohida ta'kidlash joizki, bu fitna sabablari 00:01:54.399 --> 00:01:56.191 dalillarga emas, balki qo'rquv, 00:01:56.191 --> 00:01:57.099 g'azab 00:01:57.099 --> 00:01:58.351 va mutaasiblikka 00:01:58.351 --> 00:01:59.960 asoslangan edi. 00:01:59.960 --> 00:02:02.527 Biroq Gitler ulardan o'rinli foydalana oldi. 00:02:02.527 --> 00:02:05.970 U natsistlarning kichik siyosiy partiyasi a'zosi bo'ladi, 00:02:05.970 --> 00:02:09.839 kuchli ta'sirga ega nutqi yordamida partiyada yetakchilikka erishadi va 00:02:09.839 --> 00:02:12.880 ulkan olomon e'tiborini qozonadi. 00:02:12.880 --> 00:02:16.149 Antisemitizm va populistik xurujlarni o'zida jamlagan natsizm 00:02:16.149 --> 00:02:19.749 kommunizm va kapitalizmga Germaniyani yo'q qilishni ko'zlagan 00:02:19.749 --> 00:02:24.820 yahudiylar fitnasi sifatida qarshi chiqadi. 00:02:24.820 --> 00:02:27.851 Avvaliga Milliy Sotsialistlar partiyasi yaxshi tanilmaydi. 00:02:27.851 --> 00:02:31.340 Hukumatni ag'darishga urinish muvaffaqiyatsiz tugagach, 00:02:31.340 --> 00:02:33.160 uning faoliyati taqiqlanadi va 00:02:33.160 --> 00:02:35.680 Gitler xoinlikda ayblanib qamoqqa olinadi. 00:02:35.680 --> 00:02:37.931 Ammo bir yildan so'ng ozodlikka chiqqach, 00:02:37.931 --> 00:02:41.201 u darhol siyosiy harakatni qayta tiklashga kirishadi. 00:02:41.201 --> 00:02:45.380 1929-yil AQShda Buyuk Depressiya yuz beradi. 00:02:45.380 --> 00:02:49.061 Amerika banklari Germaniyaga bergan qarzlarini bekor qiladi. 00:02:49.061 --> 00:02:54.010 Natijada, Germaniya iqtisodiyoti bir kechadayoq inqirozga yuz tutadi. 00:02:54.010 --> 00:02:56.442 Gitler xalq noroziligidan foydalanib, 00:02:56.442 --> 00:02:58.343 aybsiz abydorlarni o'ylab topadi va 00:02:58.343 --> 00:03:02.221 Germaniyaning oldingi ulug'vorligini qayta tiklashga va'da beradi. 00:03:02.221 --> 00:03:06.042 Asosiy partiyalar inqirozni bartaraf etolmasligini isbotladi, 00:03:06.042 --> 00:03:11.131 ichki ziddiyatlarga to'lgan chap qanot muxolifatda esa birlik yo'qolgandi. 00:03:11.131 --> 00:03:15.431 Umidsizlangan xalqning bir qismi natsistlar tomoniga o'tadi va shu bois 00:03:15.431 --> 00:03:22.652 ularning parlamentdagi ulushi 2 yil ichida 3% dan 18% ga ko'tariladi. 00:03:22.652 --> 00:03:25.485 1932-yil Gitler prezidentlikka o'z nomzodini qo'yadi, 00:03:25.485 --> 00:03:30.273 ammo saylovni urush qahramoni general fon Gindenburgga boy beradi. 00:03:30.273 --> 00:03:35.855 Biroq 36% ovoz to'plagan Gitler tarafdorlari soni oshganini isbot etadi. 00:03:35.855 --> 00:03:38.856 Gitlerning shuhratidan manfaatdor bo'lishga umid bog'lagan 00:03:38.856 --> 00:03:42.882 davlat maslahatchilar va ishbilarmonlar doirasi vakillari 00:03:42.882 --> 00:03:46.783 kelasi yil Gindenburgni uni kansler etib tayinlashga ko'ndirishadi. 00:03:46.783 --> 00:03:50.132 Garchi kansler parlamentning ma'muriy rahbari bo'lsa-da, 00:03:50.132 --> 00:03:54.082 Gitler asta-sekin o'z vakolatlarini kengaytirib boradi. 00:03:54.082 --> 00:03:56.932 Uning tarafdorlari harbiy guruhlarni tuzib, 00:03:56.932 --> 00:03:59.323 ko'chalarda namoshiychilarga qarshi kurashadi. 00:03:59.323 --> 00:04:02.943 Kommunistik inqilobdan cho'chigan Gitler esa 00:04:02.943 --> 00:04:06.873 faqat u mamlakatdagi tartibni tiklay olishiga ishontirmoqchi bo'ladi. 00:04:06.873 --> 00:04:08.824 1933-yil yosh ishchi 00:04:08.824 --> 00:04:13.843 parlament binosiga o't qo'yishda ayblanadi. 00:04:13.843 --> 00:04:16.663 Vaziyatdan foydalangan Gitler hukumatdan 00:04:16.663 --> 00:04:19.383 favqulodda vakolatlar olishga muvaffaq bo'ladi. 00:04:19.383 --> 00:04:23.384 Bir necha oy ichida matbuot erkinligi yo'q qilinadi, 00:04:23.384 --> 00:04:25.245 boshqa partiyalar tarqatib yuboriladi 00:04:25.245 --> 00:04:28.775 va yahudiylarga qarshi qonunlar qabul qilinadi. 00:04:28.775 --> 00:04:33.424 Gitlerning avvalgi radikal tarafdorlari, shu jumladan ehtimolli raqiblari 00:04:33.424 --> 00:04:35.483 hibsga olinadi va qatl etiladi. 00:04:35.483 --> 00:04:38.975 1934-yil avgustida Prezident Gindenburg vafot etgach, 00:04:38.975 --> 00:04:42.304 yangi saylov o'tkazilmasligiga hech qanday shubha qolmaydi. 00:04:42.304 --> 00:04:47.564 Ajablanarlisi, Gitlerning ilk faoliyati ommaviy qatag'onni taqozo etmaydi. 00:04:47.564 --> 00:04:50.613 U nutqlarida xalqdagi qo'rquv va norozilik kayfiyatidan ustalik 00:04:50.613 --> 00:04:54.574 bilan foydalanib, odamlarni natsizm atrofida to'play boshlaydi. 00:04:54.574 --> 00:04:57.104 Ishbilarmon va ziyolilar doirasi esa 00:04:57.104 --> 00:04:59.745 jamoatchilik ishonchini qozonish maqsadida 00:04:59.745 --> 00:05:01.394 Gitlerni qo'llab-quvvatlaydi. 00:05:01.394 --> 00:05:03.244 Ular o'zlari va atrofdagilarni Gitler- 00:05:03.244 --> 00:05:06.294 -ning keskin nutqlari bor-yo'g'i tomosha ekaniga ishontirishadi. 00:05:06.294 --> 00:05:09.976 Yillar o'tib, Gitlerning hokimiyatni egallashi demokratik institutlar 00:05:09.976 --> 00:05:15.096 olomonning g'azab va qo'rquvidan foydalanishga qodir siyosiy rahbar hamda 00:05:15.096 --> 00:05:19.167 uning xalqi qarshisida qanchalik zaif bo'lishi mumkinligi haqida ogoh etadi.