Insoniyat tarixidagi eng yirik
genotsidni amalga oshirgan zolim Adolf
Gitler qanday qilib demokratik mamlakatda
hokimiyatni o'z qo'liga oldi?
Uning hokimiyat
tepasiga kelishi I Jahon urushi
oxiridagi voqealar bilan bog'liq.
1918-yil Antanta ittifoqining
muvaffaqiyatli hujumidan so'ng
Germaniya urushda g'alaba
qozona olmasligini tushunib yetdi va
urushga chek qo'ygan sulhga imzo chekdi.
Kayzer hukumati qulagach,
mamlakatda g'alayonlar va
ish tashlashlar kuchaydi.
Kommunistik inqilobdan qo'rqqan asosiy
partiyalar qo'zg'alonlarni bostirish
maqsadida birlashdilar va
parlamentar hukumat -
Veymar respublikasini tashkil etdilar.
Yangi hukumatning
birlamchi vazifalaridan
biri Antantaning sulh shartlarini
bajarish edi.
Hududining 1/10 qismini yo'qotish va
qo'shinni qurolsizlantirishdan tashqari,
Germaniya urush uchun to'liq javobgarlikni
o'z zimmasiga olishi va kuchsiz
iqtisodiyotini yanada zaiflashtiruvchi
tovonni to'lashi kerak edi.
Ko'plab millatchilar va urush qatnash-
chilari buni haqorat deb qabul qildilar.
Ular, agar siyosatchilar va oppozitsiya
armiyaga xiyonat
qilmaganida, urushda yutib chiqish
mumkin edi, deb yanglishgandilar.
Xuddi shunday yanglish
qarashlarga berilgan Gitler
mutaasibligi va paranoid xomxayollari
bilan bor aybni yahudiylarga to'nkadi.
Uning so'zlari ko'plab antisemitlardan
iborat jamoatchilik orasida yoyildi.
Bu vaqtga kelib, yuz minglab yahudiylar
Germaniya jamiyatining bir qismiga
aylanib ulgurgandi,
ammo aksariyat nemislar
yahudiylarni begona deb bilishgan.
I Jahon urushidan keyin yahudiylar
muvaffaqiyati ular tuzumni ag'darib,
urushdan foyda ko'rishgan
degan asossiz ayblovlarga asos bo'ldi.
Alohida ta'kidlash joizki,
bu fitna sabablari
dalillarga emas, balki qo'rquv,
g'azab
va mutaasiblikka
asoslangan edi.
Biroq Gitler ulardan
o'rinli foydalana oldi.
U natsistlarning
kichik siyosiy partiyasi a'zosi bo'ladi,
kuchli ta'sirga ega nutqi yordamida
partiyada yetakchilikka erishadi va
ulkan olomon e'tiborini qozonadi.
Antisemitizm va populistik xurujlarni
o'zida jamlagan natsizm
kommunizm va kapitalizmga
Germaniyani yo'q qilishni ko'zlagan
yahudiylar fitnasi sifatida
qarshi chiqadi.
Avvaliga Milliy Sotsialistlar partiyasi
yaxshi tanilmaydi.
Hukumatni ag'darishga urinish
muvaffaqiyatsiz tugagach,
uning faoliyati taqiqlanadi va
Gitler xoinlikda ayblanib
qamoqqa olinadi.
Ammo bir yildan so'ng
ozodlikka chiqqach,
u darhol siyosiy harakatni
qayta tiklashga kirishadi.
1929-yil AQShda Buyuk Depressiya
yuz beradi.
Amerika banklari Germaniyaga
bergan qarzlarini bekor qiladi.
Natijada, Germaniya iqtisodiyoti
bir kechadayoq inqirozga yuz tutadi.
Gitler xalq noroziligidan foydalanib,
aybsiz abydorlarni
o'ylab topadi va
Germaniyaning oldingi ulug'vorligini
qayta tiklashga va'da beradi.
Asosiy partiyalar inqirozni
bartaraf etolmasligini isbotladi,
ichki ziddiyatlarga to'lgan chap qanot
muxolifatda esa birlik yo'qolgandi.
Umidsizlangan xalqning bir qismi
natsistlar tomoniga o'tadi va shu bois
ularning parlamentdagi ulushi
2 yil ichida 3% dan 18% ga ko'tariladi.
1932-yil Gitler prezidentlikka
o'z nomzodini qo'yadi,
ammo saylovni urush qahramoni
general fon Gindenburgga boy beradi.
Biroq 36% ovoz to'plagan Gitler
tarafdorlari soni oshganini isbot etadi.
Gitlerning shuhratidan manfaatdor
bo'lishga umid bog'lagan
davlat maslahatchilar va
ishbilarmonlar doirasi vakillari
kelasi yil Gindenburgni uni
kansler etib tayinlashga ko'ndirishadi.
Garchi kansler parlamentning
ma'muriy rahbari bo'lsa-da,
Gitler asta-sekin
o'z vakolatlarini kengaytirib boradi.
Uning tarafdorlari
harbiy guruhlarni tuzib,
ko'chalarda namoshiychilarga
qarshi kurashadi.
Kommunistik inqilobdan
cho'chigan Gitler esa
faqat u mamlakatdagi tartibni
tiklay olishiga ishontirmoqchi bo'ladi.
1933-yil yosh ishchi
parlament binosiga
o't qo'yishda ayblanadi.
Vaziyatdan foydalangan Gitler
hukumatdan
favqulodda vakolatlar olishga
muvaffaq bo'ladi.
Bir necha oy ichida
matbuot erkinligi yo'q qilinadi,
boshqa partiyalar tarqatib yuboriladi
va yahudiylarga qarshi
qonunlar qabul qilinadi.
Gitlerning avvalgi radikal tarafdorlari,
shu jumladan ehtimolli raqiblari
hibsga olinadi va qatl etiladi.
1934-yil avgustida Prezident Gindenburg
vafot etgach,
yangi saylov o'tkazilmasligiga
hech qanday shubha qolmaydi.
Ajablanarlisi, Gitlerning ilk faoliyati
ommaviy qatag'onni taqozo etmaydi.
U nutqlarida xalqdagi qo'rquv va
norozilik kayfiyatidan ustalik
bilan foydalanib, odamlarni natsizm
atrofida to'play boshlaydi.
Ishbilarmon va ziyolilar doirasi esa
jamoatchilik ishonchini
qozonish maqsadida
Gitlerni qo'llab-quvvatlaydi.
Ular o'zlari va atrofdagilarni Gitler-
-ning keskin nutqlari bor-yo'g'i
tomosha ekaniga ishontirishadi.
Yillar o'tib, Gitlerning hokimiyatni
egallashi demokratik institutlar
olomonning g'azab va qo'rquvidan
foydalanishga qodir siyosiy rahbar hamda
uning xalqi qarshisida qanchalik zaif
bo'lishi mumkinligi haqida ogoh etadi.