1 00:00:00,840 --> 00:00:03,416 Hozir men gapirayotgan til, 2 00:00:03,440 --> 00:00:07,776 baxtgami yoki aksincha, vaqt sayin 3 00:00:07,800 --> 00:00:10,136 asosiy dunyo tiliga aylanmoqda. 4 00:00:10,160 --> 00:00:11,376 Keling buni tan olamiz: 5 00:00:11,400 --> 00:00:13,256 butun internet bu tilda, 6 00:00:13,280 --> 00:00:15,256 bu tilda moliyachilar gaplashishadi, 7 00:00:15,280 --> 00:00:17,616 aviadispetcherlar, 8 00:00:17,640 --> 00:00:18,348 unda mashhur qo'shiqlar kuylashadi, 9 00:00:19,056 --> 00:00:20,256 diplomatlar muloqot qiladi... 10 00:00:20,280 --> 00:00:21,720 Ingliz tili hamma joyda. 11 00:00:21,830 --> 00:00:26,296 Hozirda ko'plab insonlar shimoliy xitoychada gapirishadi. 12 00:00:26,440 --> 00:00:28,936 Lekin shunda ham xitoyliklar ingliz tilini 13 00:00:28,960 --> 00:00:31,656 ingliz tilida gapiruvchilar xitoychani o'rgangandan-da ko'proq o'rganishadi. 14 00:00:31,680 --> 00:00:33,416 Bilishimcha, 15 00:00:33,440 --> 00:00:36,896 hozir Xitoyda ta'lim faqat ingliz tilida olib boriladigan 16 00:00:36,920 --> 00:00:39,656 o'nlab universitetlar bor. 17 00:00:39,680 --> 00:00:41,380 Ingliz tili dunyoni egallamoqda. 18 00:00:41,680 --> 00:00:43,376 Qo'shimcha qilib aytganda, 19 00:00:43,400 --> 00:00:45,456 tahmin qilinishicha, asr so'ngigacha 20 00:00:46,200 --> 00:00:49,018 hozirda mavjud deyarli barcha tillar — 21 00:00:49,040 --> 00:00:50,296 ular hozirda 6 000 ta — 22 00:00:50,320 --> 00:00:52,216 foydalanilmay qo'yiladi, 23 00:00:52,240 --> 00:00:54,840 shulardan bir necha yuztasi qoladi. 24 00:00:55,360 --> 00:00:56,976 So'ngida, 25 00:00:57,000 --> 00:01:01,576 biz hozir tezkor nutq tarjimasini nafaqat amalga oshirsa bo'ladigan, 26 00:01:01,600 --> 00:01:04,720 balki, yildan-yilga yaxshilanib borayotgan davrda yashayapmiz. 27 00:01:05,360 --> 00:01:08,096 Men sizga sabablarni keltirib o'taman. 28 00:01:08,120 --> 00:01:11,256 Biz yashayotgan paytda borgan sari 29 00:01:11,280 --> 00:01:13,496 "biz nega boshqa tillarni o'rganishimiz kerak? 30 00:01:13,520 --> 00:01:17,056 Agar ular qaysidir xalqniki bo'lsa, ingliz tilidan boshqasi bizga kerakmi?" 31 00:01:17,080 --> 00:01:21,056 kabi savollar beriladigan vaqtga yaqinlashmoqdamiz. 32 00:01:21,080 --> 00:01:24,096 Borgan sari hamma bir tilda gaplasha boshlayotgan bir vaqtda, 33 00:01:24,120 --> 00:01:29,600 nega kuch sarflab boshqa tilni o'rganishimiz kerak? 34 00:01:30,560 --> 00:01:32,376 O'ylashimcha, bunga sabab ko'p. 35 00:01:32,400 --> 00:01:34,736 Lekin oldin bir narsaga e'tiborimizni qarataylik, 36 00:01:34,760 --> 00:01:37,616 menimcha siz buni bilsangiz ham kerak, 37 00:01:37,640 --> 00:01:41,976 lekin bu ma'lumotda ham bir hiyla bor: 38 00:01:42,000 --> 00:01:43,736 bu har xil tillarning leksikoni va 39 00:01:43,760 --> 00:01:46,536 grammatikasi insonning fikrlash shaklini va yo'nalishini 40 00:01:46,560 --> 00:01:50,936 o'zgartira olishga qodirligi, va hattoki, o'ziga xos bir 41 00:01:50,960 --> 00:01:54,776 astral holatidan chiqishga yordam bera olishi 42 00:01:54,800 --> 00:01:56,016 haqidagi ma'lumot. 43 00:01:56,040 --> 00:02:00,256 Bu quvonarli ma'lumot, 44 00:02:00,280 --> 00:02:01,576 lekin unda bir muammo bor. 45 00:02:01,600 --> 00:02:05,056 Bu ma'lumotni inkor etolmaymiz. 46 00:02:05,080 --> 00:02:08,895 Masalan, fransuz va ispan tillarida 47 00:02:08,919 --> 00:02:13,176 "stol" so'zi negadir jenskoy rodda: 48 00:02:13,200 --> 00:02:17,136 "la table", "la mesa". Buni faqat qabul qilish kerak. 49 00:02:17,160 --> 00:02:18,656 Aniqlanishicha, 50 00:02:18,680 --> 00:02:21,076 agar bu tillarda gapiruvchilardan 51 00:02:21,100 --> 00:02:23,776 ularning fikricha, stol gapira olganida, qanday ovozda 52 00:02:23,800 --> 00:02:27,856 gapirishi mumkinligi borasidagi savolga ko'pchilikning 53 00:02:27,880 --> 00:02:31,776 javoblariga ko'ra, fransuzlar va ispanlar aytadiki, 54 00:02:31,800 --> 00:02:33,496 stol ayol ovozida, baland tonda 55 00:02:33,520 --> 00:02:38,376 gapirgan bo'lar edi. Shu sabab, 56 00:02:38,400 --> 00:02:42,400 agar siz fransuz yoki ispan bo'lsangiz, qaysidir ma'noda stol siz uchun — 57 00:02:42,400 --> 00:02:45,896 stol siz uchun —qiz bola, ingliz bo'lganingizda esa aksincha bo'lar edi. 58 00:02:45,896 --> 00:02:47,796 Kimga bu kabi ma'lumotlar yoqmaydi? 59 00:02:47,796 --> 00:02:50,046 Shunday xulosa hosil bo'ladiki, agar siz 60 00:02:50,046 --> 00:02:54,576 bu tillardan birida muloqot qilsangiz, siz dunyoni boshqacha ko'rasiz. 61 00:02:54,600 --> 00:02:55,896 Lekin ehtiyot bo'lish kerak, 62 00:02:55,920 --> 00:03:00,376 chunki, o'ylab ko'ring, agar kimdir bizni o'rganishni boshlasa, 63 00:03:00,400 --> 00:03:02,856 ingliz tilida go'daklikdan gapiruvchilarni: 64 00:03:02,880 --> 00:03:06,736 inglizlar dunyoni qanday ko'radi? 65 00:03:06,760 --> 00:03:09,496 Keling, misol uchun ingliz tili ona tilisi bo'lgan insonni olsak. 66 00:03:09,520 --> 00:03:12,816 Hozir siz Bononi ko'ryapsiz. 67 00:03:12,840 --> 00:03:14,456 U inglizcha gapiradi. 68 00:03:14,480 --> 00:03:17,416 Uning qandaydir o'z dunyoqarashi bor. 69 00:03:17,440 --> 00:03:21,096 Ekranda Donald Tramp. 70 00:03:21,120 --> 00:03:22,336 Unda ham o'ziga yarasha. 71 00:03:22,360 --> 00:03:23,776 U ham inglizcha gapiradi. 72 00:03:23,800 --> 00:03:25,320 (Kulgu) 73 00:03:27,520 --> 00:03:30,856 Mana miss Kardashyan, 74 00:03:30,880 --> 00:03:32,856 u ham shu tilda gapiradi. 75 00:03:32,880 --> 00:03:35,656 Xo'sh, bu yerda uchta ingliz tilida muloqot qiluvchi inson. 76 00:03:35,680 --> 00:03:39,256 Ular dunyoni qanday ko'radi? Bu ularni qanday farqlaydi? 77 00:03:39,280 --> 00:03:44,376 Ingliz tilidagi qanday dunyoqarash ularni birlashtiradi? 78 00:03:44,400 --> 00:03:46,216 Bu o'ziga xos muammoli g'oya. 79 00:03:46,240 --> 00:03:51,096 Ko'pchilik shunday xulosaga kelmoqdaki, til fikrlarni shakllantiradi, 80 00:03:51,120 --> 00:03:57,576 lekin bu nozik va tushunarsiz psixologik aspektlarda namoyon bo'ladi. 81 00:03:57,600 --> 00:04:02,200 Bu chet tili sizga boshqacha dunyoqarash taqdim etadi degani emas. 82 00:04:02,680 --> 00:04:05,016 Shunday ekan, 83 00:04:05,040 --> 00:04:06,976 o'zi nega tillarni o'rganishimiz kerak? 84 00:04:07,000 --> 00:04:09,536 Agar bu sizning fikrlashingizni o'zgartirmasa, 85 00:04:09,560 --> 00:04:11,540 unda bunga qanday sabablar bor? 86 00:04:11,720 --> 00:04:13,280 Ular bir nechta. 87 00:04:13,600 --> 00:04:18,976 Birinchidan, siz qandaydir madaniyatni o'rganmoqchi, 88 00:04:19,000 --> 00:04:22,136 o'zlashtirmoqchi bo'lsangiz, uning bir qismi bo'lishni istasangiz, 89 00:04:22,160 --> 00:04:26,056 til bunda rol o'ynaydimi yo'qmi, 90 00:04:26,080 --> 00:04:28,016 jamiyatni o'rganish uchun, 91 00:04:28,040 --> 00:04:29,856 siz qaysidir bir darajada 92 00:04:29,880 --> 00:04:32,336 o'sha tildan foydalanishingizga, 93 00:04:32,360 --> 00:04:35,696 unda muloqot qilishingizga to'g'ri keladi. 94 00:04:35,720 --> 00:04:37,416 Boshqa yo'li yo'q. 95 00:04:37,440 --> 00:04:39,936 Qiziq bir misol bor. 96 00:04:39,960 --> 00:04:43,656 Men hozir sal tushunarsiz gapiraman, lekin siz mazmunini tushunishingiz kerak. 97 00:04:43,680 --> 00:04:48,016 Kanadalik rejissyor Deni Arkan tomonidan suratga olingan bitta film bor. 98 00:04:48,040 --> 00:04:50,630 Ingliz tilida uning ismi "Dennis Arcand" deb yoziladi, 99 00:04:50,630 --> 00:04:52,096 agar qidirishni xohlasangiz. 100 00:04:52,120 --> 00:04:55,176 U "Monreallik Iso" deb nomlanadigan film suratga olgan. 101 00:04:55,200 --> 00:04:57,336 Undagi ko'pchilik qahramonlar — 102 00:04:57,360 --> 00:05:02,416 chaqqon, tez, kulgili, qizg'in, fransuzcha gapiruvchi, qiziqarli 103 00:05:02,440 --> 00:05:03,776 franko-kanadaliklar edi. 104 00:05:03,800 --> 00:05:06,256 Yakuniga oz qolganda, bitta sahna bor, unda ular 105 00:05:06,280 --> 00:05:09,736 do'stini hamma inglizcha gapiradigan shifoxonaga oborishlari kerak bo'ladi. 106 00:05:09,760 --> 00:05:11,856 U yerda ular shu tilde gapirishlari kerak bo'ladi. 107 00:05:11,880 --> 00:05:14,736 Ular shunday qilishadi ham, lekin bu ularning ona tili emas. 108 00:05:14,760 --> 00:05:16,776 Odatda ular unda gapirmaslikni ma'qul ko'rishadi. 109 00:05:16,776 --> 00:05:18,416 Va ular sekin gapirishadi, 110 00:05:18,440 --> 00:05:20,416 aksent bilan, oddiy so'zlar orqali. 111 00:05:20,440 --> 00:05:23,136 Hamma yoqtiradigan qahramonlar endi birdan 112 00:05:23,160 --> 00:05:27,110 o'zlarining oddiy, kulrang soyalariga aylanishadi. 113 00:05:27,280 --> 00:05:28,976 Jamiyatga sho'ng'ish va 114 00:05:29,000 --> 00:05:33,016 insonlarni bunday xira oyna orqali tushunishga harakat qilish — 115 00:05:33,040 --> 00:05:35,936 ularni chindan tushuna olmaslikka olib keladi. 116 00:05:35,960 --> 00:05:38,736 Agar bor-yo'g'i bir necha yuzta til qoladigan bo'lsa, 117 00:05:38,760 --> 00:05:40,266 ularni o'rganish uchun birinchi sabab: 118 00:05:40,266 --> 00:05:43,736 ularning har biri — alohida chipta, 119 00:05:43,760 --> 00:05:46,016 u sizga biror bir tilda gapiruvchi jamiyatning bir qismi 120 00:05:46,040 --> 00:05:49,216 bo'lishga yo'l ochadi, chunki u chinakam kod vazifasini bajaradi. 121 00:05:49,240 --> 00:05:50,960 Bu birinchi sabab. 122 00:05:51,440 --> 00:05:52,736 Ikkinchi sabab: 123 00:05:52,760 --> 00:05:56,226 isbotlanganki, agar siz ikki xil tilda gapirsangiz, 124 00:05:56,226 --> 00:05:59,136 demensiya kasalligiga chalinish ehtimoli sizda ancha kam, 125 00:05:59,160 --> 00:06:02,496 va menimcha, siz bir vaqtning o'zida nechta vazifani uddalay olasiz. 126 00:06:02,520 --> 00:06:05,936 Bu bolalikdan aniq bo'la boshlaydi, 127 00:06:05,960 --> 00:06:07,896 va siz endi tushunasiz, 128 00:06:07,920 --> 00:06:12,456 farzandlaringizni qachonda til o'rganishga yuborishingizni. 129 00:06:12,480 --> 00:06:14,896 Bilingvizm sog'liq uchun foydali. 130 00:06:14,920 --> 00:06:16,816 Uchinchi sabab: 131 00:06:16,840 --> 00:06:20,160 chet tillari — judayam qiziq. 132 00:06:20,160 --> 00:06:22,536 Bizga tushintirishlaridan ko'p marta qiziqarliroq. 133 00:06:22,560 --> 00:06:25,856 Masalan, arab tilida "kataba" — "u yozdi", 134 00:06:25,880 --> 00:06:29,096 "yaktubu" — "u yozayapti". 135 00:06:29,120 --> 00:06:32,136 "Uktub" — "yozing", buyruq so'z. 136 00:06:32,160 --> 00:06:34,056 Bu soz'larda qanday umumiylik bor? 137 00:06:34,080 --> 00:06:36,176 Hammasida bir xil undoshlar, 138 00:06:36,200 --> 00:06:39,736 va ular so'zning markazida, xuddi ustundek. 139 00:06:39,760 --> 00:06:41,216 Ular joyida qoladi, 140 00:06:41,240 --> 00:06:44,376 unlilar esa ular atrofida raqsga tushmoqda. 141 00:06:44,400 --> 00:06:47,576 Kimga bu so'zlar orqali til o'rganish yoqmaydi? 142 00:06:47,600 --> 00:06:49,016 Ivritda ham shunday, 143 00:06:49,040 --> 00:06:52,696 Efiopiya davlat tili — amxarchada ham. 144 00:06:52,720 --> 00:06:54,136 Bu juda qiziqarli. 145 00:06:54,160 --> 00:06:57,576 Yana har tilda har xil so'z joylashuvi bor. 146 00:06:57,600 --> 00:06:59,816 So'zlarni boshqa tartibda qo'yib gapirishni 147 00:06:59,840 --> 00:07:03,840 o'rganish, bu xuddi chap tarafga harakatlanadigan mamlakatda mashina 148 00:07:03,840 --> 00:07:04,840 haydashdek gap, 149 00:07:04,840 --> 00:07:09,336 yoki ko'zga gamamelis ekstraktli suyuqlikni tomizgandan keyin paydo 150 00:07:09,360 --> 00:07:11,016 bo'ladigan hissiyotga o'xshaydi. 151 00:07:11,016 --> 00:07:11,921 Chet tili sizni shunday bir boshqacha tuyg'ularni his 152 00:07:12,826 --> 00:07:13,826 qilishga majbur qila oladi. 153 00:07:13,826 --> 00:07:14,536 Masalan, 154 00:07:14,560 --> 00:07:16,576 "Shlyapa kiygan mushukning qaytishi" — 155 00:07:16,600 --> 00:07:19,096 ko'pchiligimiz sevib o'qigan, va yana takror o'qiydigan kitob, 156 00:07:19,120 --> 00:07:20,376 xuddi "Mobi Dik" kabi. 157 00:07:20,400 --> 00:07:25,496 U yerda shunday so'zlar bor: "Bilasanmi, uni qayerdan topib oldim? 158 00:07:25,520 --> 00:07:28,176 U nimagadir yuvinishga kirib ketdi. Vannada o'tirib pirog yerdi. 159 00:07:28,200 --> 00:07:29,416 Xa. U qila oldi." 160 00:07:29,440 --> 00:07:31,776 Agar siz buni xitoycha variantini o'qisangiz, 161 00:07:31,800 --> 00:07:33,206 quyidagini eslab qoling: 162 00:07:33,206 --> 00:07:35,336 "Uni qayerdan topganimni topa olasanmi? 163 00:07:35,360 --> 00:07:37,176 U chala yeyilgan tortda yuvinayotgan edi. 164 00:07:37,200 --> 00:07:39,016 Shubhasiz, tortni u ishtaha bilan yeyayotgandi!" 165 00:07:39,040 --> 00:07:40,256 Bu menga yoqadi. 166 00:07:40,280 --> 00:07:44,576 Tasavvur qiling, til o'rganish bilan yillab shug'ullana olasiz. 167 00:07:44,600 --> 00:07:48,936 Siz qachondir kxmer tilini o'rganganmisiz? 168 00:07:48,960 --> 00:07:51,976 Men ham yo'q. Lekin agar o'rganganimda edi, 169 00:07:52,000 --> 00:07:56,616 men og'zimda 13 ta undosh harfni emas, 170 00:07:56,640 --> 00:07:57,896 ingliz tilida bo'lganidek, 171 00:07:57,920 --> 00:08:00,936 balki kambodjaliklar tilida jaranglaydigan 172 00:08:00,960 --> 00:08:04,856 30 ta undosh harfni his qilgan bo'lardim, 173 00:08:04,880 --> 00:08:07,216 xuddi arilarga o'xshab. 174 00:08:07,240 --> 00:08:10,220 Mana sizga nima bera oladi chet tillari. 175 00:08:10,440 --> 00:08:11,696 Undan tashqari, 176 00:08:11,720 --> 00:08:15,656 hozirda chet tillarini o'rganish har qachongidan-da oson. 177 00:08:15,680 --> 00:08:18,006 Oldinlari darslarga borish kerak bo'lardi, 178 00:08:18,006 --> 00:08:20,156 u yerda qandaydir bir o'qituvchi o'tirardi, 179 00:08:20,156 --> 00:08:21,896 zo'r o'qituvchi, — lekin u yerda 180 00:08:21,896 --> 00:08:24,016 u ma'lum bir paytda bo'lardi va uning oldiga 181 00:08:24,040 --> 00:08:25,546 aynan shu payt borish kerak bo'lardi. 182 00:08:25,546 --> 00:08:27,266 Darslar esa unchalik tez bo'lavermasdi. 183 00:08:27,266 --> 00:08:28,884 Siz darslarga qatnashishga majbur edingiz. 184 00:08:28,884 --> 00:08:31,736 Agar bunday imkoniyat bo'lmasa, sizga plastinka asqotardi. 185 00:08:31,760 --> 00:08:33,456 Men buning ustasi edim. 186 00:08:33,480 --> 00:08:36,176 Plastinkalar, kassetalar, xattoki CD-disc deb ataluvchi 187 00:08:36,200 --> 00:08:37,456 eskicha bir uskuna, 188 00:08:37,480 --> 00:08:39,816 unda ma'lumotlar chegaralangan edi. 189 00:08:39,840 --> 00:08:42,456 Ulardan tashqari, kitoblar bor edi — foydasiz kitoblar. 190 00:08:42,480 --> 00:08:43,856 Hammasi shunday edi. 191 00:08:43,880 --> 00:08:46,776 Bugun esa bir joyga o'rnashib olib, 192 00:08:46,800 --> 00:08:49,256 masalan, mehmonxona polida, 193 00:08:49,280 --> 00:08:50,496 burbon ichgan holda, 194 00:08:50,520 --> 00:08:53,296 mustaqil ravishda xohlagan bir tilni o'rganish mumkin, 195 00:08:53,320 --> 00:08:55,790 Rosetta Stone kabi ajoyib dasturlar yordamida. 196 00:08:55,790 --> 00:08:59,136 Yana men Glossika deb nomlanadigan bitta kursni maslahat beraman. 197 00:08:59,136 --> 00:09:00,546 Istalgan bir vaqtda, 198 00:09:00,546 --> 00:09:03,400 xohlaganingizcha o'rganishingiz mumkin. Siz ertalablari chet 199 00:09:03,480 --> 00:09:06,320 tillariga bog'liq bo'lgan nimadir bilan o'zingizni hursand 200 00:09:06,320 --> 00:09:07,320 qilishingiz mumkin, 201 00:09:07,320 --> 00:09:09,070 bu sizga qobiliyatingizni yanada oshirishga yordam beradi. 202 00:09:09,070 --> 00:09:11,080 Men har kuni ertalab "Dilbert" komikslarini o'qiyman, 203 00:09:11,080 --> 00:09:12,736 har xil tillarda. 204 00:09:12,760 --> 00:09:14,616 20 yil oldin buning iloji yo'q edi. 205 00:09:14,640 --> 00:09:18,176 Til o'rganish materiallarining 206 00:09:18,200 --> 00:09:19,776 hammasi cho'ntagimizga sig'ishi, 207 00:09:19,800 --> 00:09:21,296 ya'ni telefonimizga, 208 00:09:21,320 --> 00:09:25,390 xattoki rivojlangan insonlar uchun ham fantastikadek ko'rinardi. 209 00:09:25,800 --> 00:09:28,336 Shuning uchun ham men sizlarga 210 00:09:28,360 --> 00:09:32,336 tillarni o'rganishingizni maslahat beraman, chunki buning uchun 211 00:09:32,360 --> 00:09:35,536 hozirgidek imkoniyatlar hech qachon bo'lmagan. 212 00:09:35,560 --> 00:09:37,056 Bu judayam qiziqarli. 213 00:09:37,080 --> 00:09:38,896 Bu balki fikrlashingizni o'rgartirmas, 214 00:09:38,920 --> 00:09:42,096 lekin bu sizni hayratlantirishi aniq. 215 00:09:42,120 --> 00:09:43,336 Katta rahmat. 216 00:09:43,360 --> 00:09:45,430 (Qarsaklar)