"Kechirasiz, telefonimni quvvati tugadi". "Jiddiy narsa yo'q. Hammasi yaxshi". "Qo'yilgan ayblovlar mutlaqo asossiz". "Kompaniya boshliqlari bu qonunbuzarliklardan bexabar edi". "Men seni sevaman". Biz yolg'on bilan har kuni 10 dan 200 martagacha yuzlanamiz, va yolg'onni aniqlash yo'llarini topish uchun ancha vaqt ketkazamiz: O'rta asr tergov va qiynash qurollaridan tortib, poligraflar ovoz va nafas olishni analiz qiladigan mashinalar, 200 kg dan iborat miya biotoklarini yozuvchi uskunalargacha. Shunga qaramay, bunday uskunalar ma'lum bir sharoyitda ishlaydi va ko'pchiliklarini hattoki aldash ham mumkin, va ularni sud jarayoni uchun ishlatishni ishonchli deb bilishmaydi. Agar muammo bu usullarda emas, aldoqchilarning fiziologik belgilarining o'zgarishi borasidagi g'oyada bo'lsa-chi? Agar bunga to'g'ri qarasak, muloqotga oid bilimlarni yolg'onni analiz qilish uchun qo'llasak-chi? Biz ko'pincha o'zimizni yanada yaxshiroq ta'riflash uchun aldasak kerak. Aslida qanday bo'lishni xoxlasak shunday ta'riflaymiz. Asli holimizda qanaqa ekanligimizni emas. Lekin miyamiz orzu qilish bilan band bo'lganda, u juda ko'p signallar beradi. Bizning ongimiz emotsional informatsiya- ning bor-yo'g'i 5%ini boshqaradi, muloqot ham shu jumladan. Qolgan 95%i esa ongimiz doirasidan tashqarida. Reallikni his qilish haqidagi ayrim adabiyotlarga ko'ra, tasavvurga asoslangan voqealar haqiqatga asoslanganlariga qaraganda katta farq qiladi. Bu shuni anglatadiki, ma'lum bir mavzuda yolg'onni o'ylab topish kuch talab etadi, va buning oqibatida boshqacha til modeli ishlatiladi. "Lingvistik matn analizi" deb nom olgan texnologiya yolg'onning ong osti tilining to'rtta umumiy modelini aniqlashga yordam berdi. Birinchi model: aldayotganda yolg'onchilar o'zi haqida juda kam axborot beradi. Ular o'z yolg'onidan uzoqroq bo'lish maqsadida o'zlari haqida uchinchi shaxsda gapirishadi yoki yozishadi. Nima soxta eshitiladi: "Uyda hech qanday bazm uyushtirilmadi" yoki "Men bu uyda bazm uyushtirmadim"? Ikkinchi tomondan, yolg'onchilarda odatda o'z yolg'oni sabab aybdorlik hissi uyg'onib, oqibatda negativ kayfiyatda bo'lishadi. Masalan yolg'onchi shunday deydi: "Kechirasiz, telefonim o'chib qolgandi. O'lgudek yomon ko'raman shunday qilishini" Uchinchidan, yolg'onchilar odatda hammasini juda oddiy izohlashadi. Bunga sabab, miyaning murakkab yolg'on o'ylab topishdan bosh tortishi. Hukm yoki baho? Bu narsalarni miyada hisob-kitob qilish qiyin. AQSH prezidentining gaplarini eslaymiz: "Menda bu ayol bilan hech qanday jinsiy aloqa bo'lgani yo'q". Va, nihoyat, oddiy izohlashlarga qaramasdan, yolg'onchilar murakkab va oddiy bo'lmagan gap tuzilishlarini qo'llashadi. Keraksiz so'zlarni ishlatib, ahamiyatsiz, lekin rost bo'lib ko'rinuvchi detallarni keltirishadi. Boshqa prezident shov-shuvdan keyin shunday degan: "Haqiqiy qidiruv-tergov ishlaridan keyin shuni ishontirib aytamanki, Oq uy ishchilaridan hech kim, hozirgi administratiyadan hech kimning bu g'alati hodisada qo'li yo'q". Keling lingvistik analizni mashhur misollar bilan ko'rib chiqamiz. 7 karra "Tur de Frans" g'olibi Lens Armstrongni olaylik. 2005-yilgi doping moddalarini iste'mol qilganini inkor qilgan intervyusi bilan 2013-yilgi buni tan olgan intervyusini solishtiramiz. Ikkinchi intervyuda u ishlatgan shaxsiy olmoshlar soni 3/4 ga ortgan. Quyidagi ikkita gaplarni bir solishtirib ko'ring. Birinchisi: "Xa, bilasizmi, Parij laboratoriyasidagi yigit, kim edi, qandaydir Jan-Fransis, sinov uchun namunalar oladi. Keyin esa sizga gazetadan qo'ng'iroq qilib aytishadi: "Biz EPO bo'yicha 6 marta ijobiy analiz oldik". Ikkinchisi: "Men adashib ketdim. Men aminman, bu qo'lidan keladigan odamlar topiladi, lekin bu aniq meni qo'limdan kelmaydi. Men hayotimda hamma narsani boshqarishga odatlanganman. Va men hayotimdagi har bir natijani boshqarganman." Armstrong inkor qilayotib tahminiy bir holatni tasvirlaydi, uyam bo'lsa boshqa bir shaxsga qaratilgan, o'zini to'liq chetda qoldirgan holda. Tan olayotib esa u o'zi haqda gapiradi va shaxsiy hissiyotlari va motivatsiyasiga berilib ketadi. Lekin shaxs olmoshlari ishlatilish tartibi ham yolg'on ko'rsatuvchi indikatordir. AQSH prezidentligiga da'vogar sobiq senator Jon Edvardsning ham nutqini ko'rib chiqamiz: "Menga faqat bolaning otasi deyilayotgan inson go'dakning otasi u ekanini tan olgani ma'lum. Men shuningdek, ayolga yoki go'dakning otasiga qo'yilgan talab yoki to'lov bilan bog'liq bo'lgan, shu kabi hech qanday biror harakatlarda qatnashmadim". Bu yerda nafaqat "Bola meniki emas" gapi- ning chalkash bir ko'rinishini ko'ryapmiz, bunda Edvards boshqalarni biror marta ham ismlari bilan aytmasdan, "go'dak", "ayol", "taxminiy ota" so'zlarini ishlatdi. Endi esa oxiri qanday holatda tan olganini ko'ramiz: "Men Quinning otasiman. Men unga u loyiq bo'lgan mehrni va yordamni berish uchun kelgan hamma ishni qilaman. Gaplar qisqa va aniq. Go'dak ismi bilan aytilyapti, uning hayotidagi roli nazarda tutilgan. Xo'sh, bu metodlarni hayotda qanday qo'llasa bo'ladi? Birinchidan, hayotda biz eshitadigan yolg'onlar misollarda keltirilgan yolg'onlarga nisbatan ancha zararsiz va jiddiy emas. Qaysi belgilar yolg'onni fosh etib qo'yadi: o'zi haqida kam gapirish, nutqdagi negativ ton, oddiy ta'riflar va murakkab iboralar. Bu sizni katta narxlarda arzon aksiyalarni sotib olmaslikdan, sifatsiz mahsulot sotib olishdan, yomon munosabatlardan saqlaydi.