Salom. Mening ismim Kameron Rassel
va oxirgi paytlarda
men model bo’lib ishlayapman.
Aslida, oxirgi 10 yil davomida.
Bu yerda hamma
sal siqilib turibdi shekilli, ehtimol,
shu libos deb, uni bekor
kiyibman shekilli.
(Kulgi)
Yaxshiyamki, qo’shimcha
kiyim olib kelibman.
Bu TED sahnasida tarixdagi
birinchi kiyim almashtirishdir,
va siz buning baxtli guvohisizlar,
menimcha.
Agar ba’zi ayollar meni ko’rib,
daxshatlangan bo’lishsa,
menga buni aytmang,
men keyin buni Twitterdan bilib olaman.
(Kulgi)
Yana shuni etmoqchimanki,
men 10 soniya ichida, sizning
men haqimdagi fikringizni,
o’zgartirishga ega bo’ldim.
Buni har kim ham qila olmaydi.
Shu baland poshnalar noqulayki…
Yaxshiyamki, ularda yurish niyatim yo’q.
Eng qiyin qismi – bu sviterni kiyishdir,
chunki siz mening ustimdan kulasizlar…
Iltimos, uni kiyayotganimda kulmang.
Ana bo'ldi.
Nima uchun men bunday qildim?
Juda noqulay bo’ldi.
(Kulgi)
Demak...
(Kulgi)
Umid qilamanki, bu
rasmdagidek noqulay bo’lmagandir.
Tashqi ko’rinish ko’p narsani anglatadi,
lekin u aldamchi ham bo’lishi mumkin.
Men atigi 6 soniya ichida, sizning men
haqimdagi fikringizni o’zgartira oldim.
Bu rasmni sur’atga olishgan paytda,
mening yigitim yo’q edi, aslida.
Men juda uyalgan edim,
sur’atchi menga orqaga engashib
va qo’limni yigitning
boshiga qo’yish kerakligini aytdi.
Albatta, jarrohlik yoki badanni
qoraytirishdan tashqari, bir necha
kun oldin menga zarur bo’lgan edi,
tashqi qiyofamizni tubdan o’zgartirish
uchun, bizda ko’p imkoniyatlar yo’q.
Bizning tashqi ko’rinishimiz,
qanchalik yolg’on bo’lmasin,
bizning hayotimizga katta ta’sir qiladi.
Shuning uchun ham, men uchun
dovyuraklik bu to’g’ri so’z bo’lishdir.
Men shu sahnadaman, chunki men modelman.
Men shu sahnadaman, chunki
men jozibador oq ayolman
va bizning ishda bu juda
go’zal ko’rinish hisoblanadi.
Menga berishadigan savollarga
javob bermoqchiman,
lekin to'liq vijdonan.
Birinchi savol:
“Siz qanday qilib model bo’ldingiz?”
Men har doim “meni topishdi” deyman, lekin
bu hech narsa emas.
Chunki aslida, men model
bo'lganimning asosiy sababi,
men genetikada va meroslikda yutganman.
Qanday meros, deb so’rasangiz?
Ho'sh, so’ngi asrlar davomida,
biz go’zallikni baholashda
nafaqat sog’lomlik, yoshlik
va simmetriyaga, ularga o'zi
har doim boshidanoq qaraymiz,
lekin yana bo’y, ozg’inlik, nazokat
va oqlikni ham baholaymiz.
Va bu mening merosim,
va bu meros bilan men pul topaman.
Tomashabinlar ichida shubha
qilyotganlar ham borligini bilaman,
taniqli bo'lgan modellarni ham
eslaydiganlar bordir:
"Veyit, Naomi, Tayra, Jo’an Smols
va Lyu Venlarni".
Modellar haqidagi bilimlaringiz
juda ta’sirli, qoyilman!
(Kulgi)
Lekin, afsuski, sizga xabar
qilishim kerakki, 2007 yilda,
Nyu-York Universitetining
ilhomlangan aspiranti,
ishga olingan barcha
modellarni sanab chiqdi
va 677 ishga olingan modellardan,
faqatgina 27 tasi, bu 4% dan ham kam,
oq tanali qizlar emas edilar.
Menga berishadigan keyingi savol:
“Men ham model bo’la olamanmi?”.
Men odatda: “Men buni hal qilmayman”
deb javob beraman.
Lekin aslida esa,
men shu kichkina qizchalardan:
"Nimaga? Bilasizmi?
Siz hohlagan kasbni tanlashingiz mumkin.
Siz AQSH presidenti bo’lishingiz mumkin,
yoki yana bitta internet ihtirochisi,
yoki ninzya-shoir-yurak-jarrohi,
bu juda ajoyib bo’lardi,
chunki bu siz birinchi bo’lasiz.
(Kulgi)
Xatto bu ro’yhatdan keyin ham menga ular:
“Yo’q, yo’q Kameron, men model bo’laman”
men: “Mening boshlig'im bo'laqol"
Chunki, men hech narsani boshqarmayman,
siz esa AQSHning “Vogue”
jurnalining bosh muharriri,
yoki H&M ning, yoki keyingi Stiven Meyzel.
Katta bo’lsam model
bo’laman deb da’vo qilish,
katta bo’lib superloto
yutaman so’zlariga o’xshaydi.
Bu sizning nazoratingizdan tashqari,
va bu ajoyib,
lekin bu ish sohasi emas.
Men sizga 10 yil davomida ishlab,
to'plagan bilimlarimni ko’rsatmoqchiman.
Yurak jarrohlaridan farqli o’laroq,
men ularni hozir,
shu yerda ko’rsata olaman.
Demak, masalan, sur’atchi hozir bu yerda,
lampalar esa u yerda va mijoz menga:
“Bizga, ko’chada
ketyatgan sur'at kerak” desa,
shunda bu oyoq cho’zilgan holda
oldinga yuradi, bu qo’l orqaga,
buni esa oldinga,
boshing sal chetga va ketdi,
oldinga-orqaga, orqadigi
hayolingdagi do’stlaringa qarab…
300, 400, 500 marta.
(Kulgi)
Va bu shunday ko’rinishi mumkin.
(Kulgi)
Umid qilamanki, o’rtadagi
rasmdan yaxshiroq,
u yerda nima bo’lgani, umuman noma’lum.
Afsuski, universitetni tugatib,
rezyume yozib va
ish qidirishni boshlaganimizda,
katta tanlovga ega bo’lmaymiz.
Shuning uchun, agar siz
prezident bo’lmoqchi bo’lsangiz, lekin
rezyumeda
“ichki kiyimlar modeli: 10 yosh” deyilgan
bo'lsa, odamlar kulishadi.
Keyingi savol:
“Barcha sur’atlar qayta ishlaniladimi?”
Ha, barcha sur’atlarga
o’zgartirishlar kiritiladi,
lekin bu sodir bo’ladigan
ishlarning kichik bir qismi.
Bu mening eng birinchi tushgan sur'atim,
va bikinini birinchi marta kiyishim edi,
va hatto balog’at yoshidan oldin edi.
Bilaman, bu shaxsiy, lekin
rostdan ham hali yosh edim.
Mana men, u sur’atdan bir
necha oy oldin, buvim bilan.
Bu esa o’sha kuni,
sur’atga olishdan oldin.
Do’stim men bilan kelgandi.
Bu esa, Vogue jurnaliga sur’atga
tushishdan oldin, do’stimning uyida.
Bu men va mening futbol jamoam,
bu esa men V jurnalida.
Bu esa men bugun.
Endi men umid qilamanki,
bu sur’atlar meniki emasligini ko’rdingiz.
Ular katta ishdir,
va buni o'z ishlarida katta
professional bo'lgan,
sartaroshlar, kosmetologlar,
sur’atchilar, stilistlar
va barcha yordamchi jamoalarning ishidir,
bu ularning mehnati.
Meniki emas.
Ho'sh, menga berishadigan keyingi savol:
"Kiyimlarni bepul olasizmi?
(Kulgi)
Albatta, menda hech qachon kiymaydigan,
bu yerdan tashqari,
baland poshnali oyoq kiyimlar bor
Rostdan ham bepul oladigan narsam,
biz bu haqida gapirishni yoqtirmaymiz,
bu hayotda ro’y beradigan narsalar.
Men Kembrijda o’sganman,
bir kuni do’konga borib,
hamyonni unutibman,
ular esa ko’ylakni menga bepul berishdi.
Yoshligimda, bir kuni do’stim
bilan mashinada yurib,
u juda yomon haydar edi
va qizil chiroqdan o’tib ketdi,
va bizni to’xtatishdi,
men “Kechirasiz” deyishim yetarli edi
va politsiya bizni qo’yib yubordi.
Bu hodisalarning barchasi
mening shaxsiyatim deb emas,
balki ko’rinishim deb,
dunyoda shaxsiyati deb emas, balki
tashqi ko’rinishi deb
baholangan insonlar ko’p.
Men Nyu-Yorkda yashayman
va o’tgan yil mobaynida politsiya
hibsga olgan 140.000 yoshlardan,
86% yoki qora tanli, yoki lotinamerikalik
va ko’pchiligi erkak kishilar.
Umuman, Nyu-Yorkda faqatgina 177.000 qora
tanli va lotinamerikalik yoshlar yashaydi,
ular uchun ularni to’xtashishadimi
yo’qmi savol emas.
Qachon va necha marta
meni to'tatishadi - shu savoldir.
Bu nutqga tayyorlanishdan oldin,
AQShning 13 yoshli
qizlarning 53%, o’zlarining
tanasini yomon ko’rishlarini bildim.
Ular 17 yoshga kirganlarida,
bu raqamlar 78% ko’tariladi.
Mendan so’rashadigan so’nggi savol:
“Qanday u - model bo'lish?”
Menimcha, ular kutyatgan javob:
"Agar, siz nozik va
sochlaringiz yorqin bo’lsa,
sizda albatta hammasi yaxshi bo’ladi".
Va ba’zan sahna ortida
beradigan javoblarimiz
hatto rostligiga ishonamiz.
Biz: “Ish juda yaxshi,
biz ko'p sayohat qilamiz,
qiziq ijodiy insonlar bilan ishlaymiz”.
Va buning barchasi rost,
lekin bu hali hammasi emas,
chunki, biz kameraga eta
olmaydigan narsamiz,
buni kameraga hech qachon aytmaganman,
men o’zimga ishonmayman.
Chunki, men har kuni usti ko'rinishim
haqida o’ylashim kerak.
Va agarda sizga qiziq bo'lsa:
"Nozikroq bo’lsam va sochlarim
yorqinroq bo’lsa, baxtli bo’lamanmi?"
buni bir guruh modellardan so’rang.
Ular noziklar, sochlari yorqin va
juda yaxshi kiyim-kechaklari bor,
va ular, ehtimol, dunyodagi
eng o’zlariga ishonmaydigan ayollardir.
Men nutqimni yozgan paytimda,
men har xil qiyinchiliklarga duch keldim,
chunki, bir tarafdan,
bu noto’g’ri bo’lardi,
agar men bu yerga kelib:
“Men bu barcha imtiyozlarga,
omad tufayli ega bo’ldim” – deyish,
yoki noto’g’ri bo’lardi,
agarda undan keyin men:
“bu meni baxtli qilmadi” – deb aytsam.
Lekin eng qiyini, jinsiy va
irqiy ta’qib to’g’risida gapirib,
bu merosdan foyda
olyotganim haqida gapirish.
Lekin, bu yerda bo’lish, men uchun sharaf,
va o'ylaymanki, bugun shu yerga kelganim,
10, 20 yoki 30 yildan so'ng kelib,
ko'proq tajribaga ega bo'lib,
balki, sizga men qanday qilib hayotimdagi
birinchi ishimni oldim,
yoki ta’lim olish uchun pul
topganimni aytib bermas edim,
balki ular muhim bo'lmas edi.
Mening so’zlarimdan keyin,
tashqi ko’rinishimizning hayotdagi
g’alabalar va mag’lubiyatlarga ahamiyatini
tushunasiz deb umid qilaman.
Rahmat.
(Qarsaklar)