1 00:00:00,663 --> 00:00:03,066 Hans Rosling: Sizga javob variantli 2 00:00:03,066 --> 00:00:04,391 uchta savol bermoqchiman. 3 00:00:04,391 --> 00:00:08,122 Javob berish uchun tarqatilgan mana bu qurilmani ishlating. Birinchi savol: 4 00:00:08,122 --> 00:00:10,677 yiliga tabiiy ofatdan [2014, iyun. Berlin, Germaniya] 5 00:00:10,677 --> 00:00:12,798 halok bo'luvchilar soni 6 00:00:12,798 --> 00:00:14,090 o'tgan asrda mobaynida 7 00:00:14,090 --> 00:00:16,691 qanchalik o'zgardi? 8 00:00:16,691 --> 00:00:18,070 Ikki baravarga ko'paydimi, 9 00:00:18,070 --> 00:00:20,852 butun dunyo miqyosida deyarli o'zgarishga uchramadimi 10 00:00:20,852 --> 00:00:23,226 yoki ikki baravar kamaydimi? 11 00:00:23,226 --> 00:00:25,630 Iltimos, A, B yoki C javobini tanlang. Juda ko'p 12 00:00:25,630 --> 00:00:29,730 javoblarni ko'ryapman. Universitetdagi talabalarimdan ko'ra tezroq javob 13 00:00:29,730 --> 00:00:32,887 beryapsiz. Ular shunchalik sekinki, o'ylayveradi, o'ylayveradi. 14 00:00:32,887 --> 00:00:34,909 Juda yaxshi, ajoyib. 15 00:00:34,909 --> 00:00:36,772 Keyingi savolga o'tamiz. 16 00:00:36,772 --> 00:00:39,431 Xo'sh, o'rtacha 30 yoshdagi ayollar 17 00:00:39,431 --> 00:00:41,527 qancha vaqt maktabga borgan: 18 00:00:41,527 --> 00:00:43,561 yetti yil, besh yil yoki uch yil? 19 00:00:43,561 --> 00:00:50,064 A, B yoki C? Iltimos, javob bering. 20 00:00:50,064 --> 00:00:52,102 Endi esa oxirgi savol. 21 00:00:52,102 --> 00:00:56,023 So'nggi 20 yil ichida dunyoda 22 00:00:56,023 --> 00:00:57,850 o'ta qashshoqlikda yashovchi kishilar 23 00:00:57,850 --> 00:01:00,067 foizi qaysi tomonga o'zgardi? O'ta qashshoqlik 24 00:01:00,067 --> 00:01:02,628 — kunlik iste'mol uchun oziq-ovqat yetishmasligi. 25 00:01:02,628 --> 00:01:04,689 Ularning soni ikki baravar ko'payganmi, 26 00:01:04,689 --> 00:01:06,238 o'zgarmay qolganmi 27 00:01:06,238 --> 00:01:07,751 yoki ikki baravar kamayganmi? 28 00:01:07,751 --> 00:01:11,771 A, B yoki C? 29 00:01:11,771 --> 00:01:14,927 Endi javoblarga to'xtalsak. 30 00:01:14,927 --> 00:01:16,021 Mana qarang, 31 00:01:16,021 --> 00:01:17,746 1900-yildan 2000-yilgacha 32 00:01:17,746 --> 00:01:19,668 tabiiy ofatlardan o'lganlar sonini 33 00:01:19,668 --> 00:01:22,448 mazkur grafikdan ko'rishingiz mumkin. 34 00:01:22,448 --> 00:01:25,703 1900-yilda yiliga yarim millionga yaqin kishi 35 00:01:25,703 --> 00:01:27,790 tabiiy ofatlardan halok bo'lgan: 36 00:01:27,790 --> 00:01:32,887 suv toshqini, zilzila, vulqon otilishi, qurg'oqchilik va boshqalar. 37 00:01:32,887 --> 00:01:35,607 Xo'sh, ularning soni qanchalik o'zgardi? 38 00:01:35,607 --> 00:01:39,093 Gapminder tashkiloti Shvetsiya aholisidan so'rov o'tkazdi. 39 00:01:39,093 --> 00:01:40,952 Mana ularning javoblari. 40 00:01:40,952 --> 00:01:42,881 Shved jamoatchiligi shunday javob berdi: 41 00:01:42,881 --> 00:01:44,353 ularning 50 foizi ikki baravar 42 00:01:44,353 --> 00:01:46,558 ko'paydi deb o'ylagan, 38 %i deyarli o'zgarmay 43 00:01:46,558 --> 00:01:48,656 qoldi, 12 %iga ko'ra, ikki marta qisqargan. 44 00:01:48,656 --> 00:01:51,308 Bu tadqiqotchilar tomonidan yig'ilgan eng ishonchli 45 00:01:51,308 --> 00:01:54,274 ma'lumotlardir, ularning soni goh ko'tariladi, goh tushadi, 46 00:01:54,274 --> 00:01:56,826 II Jahon urushida eng yuqori ko'rsatichni qayd etgach, 47 00:01:56,826 --> 00:02:00,226 u pasaya boshladi 48 00:02:00,226 --> 00:02:02,072 va hozirgacha ikki baravarga kamaydi. 49 00:02:02,072 --> 00:02:04,680 Bilasizmi, har o'n yillikda dunyo odamlarni 50 00:02:04,680 --> 00:02:06,294 falokatlardan yanada yaxshiroq 51 00:02:06,294 --> 00:02:08,685 himoya qilishga qodir bo'lib bormoqda. 52 00:02:08,685 --> 00:02:11,551 Shvedlarning atigi 12 foizigina bundan xabardor. Shunda 53 00:02:11,551 --> 00:02:14,042 hayvonot bog'iga borib, shimpanzelardan so'radim. 54 00:02:14,042 --> 00:02:23,888 (Kulgi) (Qarsak) 55 00:02:27,458 --> 00:02:31,257 Shimpanzelar kechki yangiliklarni tomosha qilmasligi aniq, ammo 56 00:02:31,257 --> 00:02:32,715 ular tavakkal javob berib ham 57 00:02:32,715 --> 00:02:36,147 shvedlarni dog'da qoldirdi. 58 00:02:36,147 --> 00:02:39,086 Siz qanday javob berdingiz? 59 00:02:39,086 --> 00:02:42,048 Mana bunday. 60 00:02:42,048 --> 00:02:44,273 Shimpanzelar sizni ham mag'lub qildi. 61 00:02:44,273 --> 00:02:46,063 (Kulgi) 62 00:02:46,063 --> 00:02:49,038 Ammo g'alabaga yaqin keldingiz. 63 00:02:49,038 --> 00:02:53,059 Siz shvedlardan uch baravar yaxshi javob berdingiz, 64 00:02:53,059 --> 00:02:54,302 ammo bu yetarli emas. 65 00:02:54,302 --> 00:02:56,884 O'zingizni ular bilan taqqoslamasligingiz kerak. 66 00:02:56,884 --> 00:03:00,415 Siz eng yuqori natijalarni ko'rsatishingiz kerak. Keyingi javobga 67 00:03:00,415 --> 00:03:03,823 e'tibor qaratsak: ayollarning maktabdagi ta'limi. Ko'rinib turibdiki, 68 00:03:03,823 --> 00:03:05,839 erkaklar o'rtacha 8 yil maktabga qatnagan. 69 00:03:05,839 --> 00:03:07,620 Ayollar necha yil maktabda o'qigan? 70 00:03:07,620 --> 00:03:10,369 Shvedlarga xuddi shu savolni berdik va ularning javobini 71 00:03:10,369 --> 00:03:12,586 tahmin qilishingiz mumkin, shunday emasmi? 72 00:03:12,586 --> 00:03:14,948 To'g'ri javob, ehtimol, 73 00:03:14,948 --> 00:03:17,683 eng kam shvedlar tanlagan variantdir? 74 00:03:17,683 --> 00:03:19,186 (Kulgi) 75 00:03:19,186 --> 00:03:21,624 Qani, ko'raylikchi. Mana natijalar. 76 00:03:21,624 --> 00:03:26,025 Ha, ha, ha. Ayollar erkaklarga deyarli yetib oldi. 77 00:03:26,025 --> 00:03:29,438 Bu AQSh jamoatchiligining javoblari. 78 00:03:29,438 --> 00:03:33,313 Bunisi esa sizniki. 79 00:03:33,313 --> 00:03:37,325 Ooo, nima ham derdim, tabriklayman, siz shvedlardan ikki baravar 80 00:03:37,325 --> 00:03:39,154 yaxshi natija ko'rsatdingiz, 81 00:03:39,154 --> 00:03:41,574 bunisi o'z-o'zidan ravshan. 82 00:03:41,574 --> 00:03:46,388 Xo'sh, nega bunday natijalar chiqyapti? Menimcha, bunga sabab shuki, 83 00:03:46,388 --> 00:03:49,110 hammamiz qizlar katta muammolarga 84 00:03:49,110 --> 00:03:50,214 duch kelayotgan joylar, 85 00:03:50,214 --> 00:03:52,352 davlatlar borligini bilamiz. 86 00:03:52,352 --> 00:03:54,260 Ularga maktabga borish taqiqlangan 87 00:03:54,260 --> 00:03:56,325 va bu jirkanch holat. Ammo dunyoning 88 00:03:56,325 --> 00:03:58,222 aksariyat aholisi yashaydigan ko'pchilik 89 00:03:58,222 --> 00:03:59,909 mamlakatlarda bugungi kunda 90 00:03:59,909 --> 00:04:02,891 qizlar o'g'il bolalar bilan 91 00:04:02,891 --> 00:04:05,430 deyarli birdek maktabga boradilar. 92 00:04:05,430 --> 00:04:07,489 Bu umuman gender tengligiga 93 00:04:07,489 --> 00:04:09,573 erishganimizni anglatmaydi. 94 00:04:09,573 --> 00:04:14,114 Ular hali ham ko'p narsadan mahrum, 95 00:04:14,114 --> 00:04:16,346 ammo maktab ta'limi izga tushdi. 96 00:04:16,346 --> 00:04:20,441 Bu yerda siz umumiy manzarani hisobga olmadingiz. Eng og'ir ahvoldagi muayyan 97 00:04:20,441 --> 00:04:23,764 hududlarga asoslanib javob berdingiz va bu holatda siz haqlisiz, 98 00:04:23,764 --> 00:04:26,620 lekin umumiy manzara butunlay boshqacha. Qashshoqlik 99 00:04:26,620 --> 00:04:28,096 masalasi qay ahvolda? 100 00:04:28,096 --> 00:04:30,999 Qashshoqlik ko'rsatkichi deyarli ikki baravar kamayganligi 101 00:04:30,999 --> 00:04:32,774 o'z-o'zidan ravshan. 102 00:04:32,774 --> 00:04:34,453 Amerikaliklarning atigi besh foizi 103 00:04:34,453 --> 00:04:38,437 to'g'ri javob berdi. 104 00:04:38,437 --> 00:04:41,306 Siz-chi? 105 00:04:41,306 --> 00:04:45,164 Eh-he, shimpanzelarga deyarli yetib olibsiz-ku. 106 00:04:45,164 --> 00:04:47,525 (Kulgi) (Qarsak) 107 00:04:47,525 --> 00:04:53,142 Yutishingizga ozgina yetmabdi-ya! 108 00:04:53,142 --> 00:04:56,821 Bilasizmi, atrofimizda to'qima fikrlar keng tarqalgan. Boy mamlakatlarda 109 00:04:56,821 --> 00:04:58,615 ko'pchilik hech qachon qashshoqlikni 110 00:04:58,615 --> 00:05:02,275 tugata olmasak kerak, deb o'ylashadi. 111 00:05:02,275 --> 00:05:03,928 Boshqa nima deb ham o'ylasin, 112 00:05:03,928 --> 00:05:06,892 axir ular aslida nimalar bo'layotganini bilishmaydi-ku. 113 00:05:06,892 --> 00:05:09,242 Kelajak haqida o'ylashdan avval hozirda 114 00:05:09,242 --> 00:05:11,263 nimalar bo'layotganini bilish kerak. 115 00:05:11,263 --> 00:05:14,315 Mazkur savollar Gapminder Tashkilotining bilimsizlik 116 00:05:14,315 --> 00:05:17,700 to'g'risidagi loyihasi doirasida bergan dastlabki 117 00:05:17,700 --> 00:05:20,720 savollarimizdan bir nechtasi edi. Loyiha o'tgan yili 118 00:05:20,720 --> 00:05:23,516 mening boshlig'im va shuningdek o'g'lim Ola Rosling 119 00:05:23,516 --> 00:05:27,922 tomonidan ishga tushirildi. (Kulgi) U tashkilotning hammuassisi 120 00:05:27,922 --> 00:05:29,504 hamda direktori hisoblanadi. 121 00:05:29,504 --> 00:05:31,048 Ola menga johillikka qarshi 122 00:05:31,048 --> 00:05:33,608 doimiy ravishda asosli 123 00:05:33,608 --> 00:05:35,481 kurashishimiz kerakligini aytdi. 124 00:05:35,481 --> 00:05:37,699 So'rovnomalarga ko'ra, jamoatchilik tasodifiy 125 00:05:37,699 --> 00:05:40,909 javoblardan ko'ra yomonroq natija ko'rsatmoqda. Demak, to'qima 126 00:05:40,909 --> 00:05:42,992 fikrlarga qarshi chora ko'rishimiz zarur. 127 00:05:42,992 --> 00:05:45,020 Eng keng tarqalgan yanglish fikr bu dunyo 128 00:05:45,020 --> 00:05:46,889 daromadlari taqsimoti bilan bog'liq. 129 00:05:46,889 --> 00:05:50,720 Mana qarang. 1975-yilda ko'rsatkichlar shunday edi. 130 00:05:50,720 --> 00:05:53,939 Bu kunlik daromadi bir dollardan 131 00:05:53,939 --> 00:05:56,830 boshlanib o'sib boruvchi kishilar soni. 132 00:05:56,830 --> 00:05:59,281 (Qarsak) Bu yerdagi bitta do'nglikni 133 00:05:59,281 --> 00:06:01,356 ko'ryapsizmi, bu - kunlik daromadi 134 00:06:01,356 --> 00:06:03,254 bir dollar atrofida bo'lganlar, bu esa 135 00:06:03,254 --> 00:06:04,710 daromadi 10-100 dollar bo'lgan 136 00:06:04,710 --> 00:06:06,725 kishilardan iborat boshqa bir do'nglik 137 00:06:06,725 --> 00:06:08,471 Dunyo ikki guruhga bo'lingan. 138 00:06:08,471 --> 00:06:12,081 Bu go'yo ikki o'rkachli tuya dunyosi edi: 139 00:06:12,081 --> 00:06:14,093 kambag'allar va boylar. 140 00:06:14,093 --> 00:06:15,657 O'rta sinf deyarli yo'q edi. 141 00:06:15,657 --> 00:06:17,826 Ammo bu qanday o'zgarganiga e'tibor qarating: 142 00:06:17,826 --> 00:06:19,652 vaqt o'tishi bilan 143 00:06:19,652 --> 00:06:21,308 dunyo aholisi ko'payib bordi, 144 00:06:21,308 --> 00:06:24,076 «o'rkachlar» esa birlasha boshladi. 145 00:06:24,076 --> 00:06:26,846 Pastki do'nglik yuqoridagisi bilan birlashdi 146 00:06:26,846 --> 00:06:29,973 va ikki o'rkachli tuyamiz 147 00:06:29,973 --> 00:06:32,228 bir o'rkachli tuyaga aylandi. 148 00:06:32,228 --> 00:06:34,152 Qashshoqlik ko'rsatkichi kamaydi. 149 00:06:34,152 --> 00:06:35,729 Shunga qaramay, ko'pchilik odamlar 150 00:06:35,729 --> 00:06:38,930 qashshoqlikda qolayotgani dahshatli. 151 00:06:38,930 --> 00:06:41,953 Haligacha bir milliardga yaqin kishi qashshoqlikda yashaydi, 152 00:06:41,953 --> 00:06:45,002 ammo endi buni tugatish mumkin. Bizning oldimizda 153 00:06:45,002 --> 00:06:47,305 turgan vazifa – to'qima fikrlardan uzoq turish, 154 00:06:47,305 --> 00:06:50,113 ko'pchilik aholi qayerda joylashganini tushunish. 155 00:06:50,113 --> 00:06:53,357 Bu savolning o'zida juda aniq ko'rsatilgan. 156 00:06:53,357 --> 00:06:55,590 Biz dunyo bo'yicha bir yoshli bolalarning 157 00:06:55,590 --> 00:06:57,244 necha foizi qizamiqqa va 158 00:06:57,244 --> 00:06:59,854 boshqa kasalliklarga qarshi 159 00:06:59,854 --> 00:07:01,347 vaksina oladi, deb so'radik: 160 00:07:01,347 --> 00:07:03,369 20, 50 yoki 80 foizmi? Bu amerikaliklar va 161 00:07:03,369 --> 00:07:07,442 shvedlar bergan javoblar. Shvedlar ko'rsatgan 162 00:07:07,442 --> 00:07:08,318 natijaga qarang: 163 00:07:08,318 --> 00:07:10,380 to'g'ri javob qaysiligini bilib olasiz. 164 00:07:10,380 --> 00:07:14,053 (Kulgi) 165 00:07:14,053 --> 00:07:17,556 Jin ursin, bu mamlakatdagi global sog'liqni saqlash professori kim o'zi? 166 00:07:17,556 --> 00:07:19,228 Ochig'i, o'sha professor menman. 167 00:07:19,228 --> 00:07:21,190 (Kulgi) 168 00:07:21,190 --> 00:07:23,672 Bu oson ish emas, ishoning menga. 169 00:07:23,672 --> 00:07:26,770 (Qarsak) 170 00:07:26,770 --> 00:07:30,484 Biz nimani bilishimizni aniq hisoblash uchun Ola qo'llagan 171 00:07:30,484 --> 00:07:33,642 uslub gazetalarda shov-shuvga sabab bo'ldi. CNN ushbu 172 00:07:33,642 --> 00:07:36,705 natijalarni o'z veb-saytida e'lon qildi va mushtariylarga 173 00:07:36,705 --> 00:07:38,852 savollar berdi. Millionlab kishilar javob 174 00:07:38,852 --> 00:07:42,334 berishdi va maqola ostida, menimcha, 2000 ga yaqin sharhlar qoldirildi. 175 00:07:42,334 --> 00:07:44,647 O'sha sharhlardan birida: "Garov bog'lashim 176 00:07:44,647 --> 00:07:48,191 mumkinki, OAV xodimlarining hech biri testdan o’tmagan", deyiladi. 177 00:07:48,191 --> 00:07:50,830 Shunda Ola menga: "Sizni taklif qilishgan matbuot 178 00:07:50,830 --> 00:07:52,535 konferensiyalariga borib, qurilma- 179 00:07:52,535 --> 00:07:54,812 larni tarqating. Test topshirishsin, OAV nimani 180 00:07:54,812 --> 00:07:56,736 bilishini ko'raylikchi", dedi. 181 00:07:56,736 --> 00:07:59,413 Marhamat, birinchi marta AQSh matbuot konferensiyada 182 00:07:59,413 --> 00:08:03,338 qo'lga kiritilgan norasmiy natijalar. 183 00:08:03,338 --> 00:08:08,224 Bu esa Yevropa Ittifoqi OAV laridagi ahvol. 184 00:08:08,224 --> 00:08:09,492 (Kulgi) Ko'rib turibsizki, 185 00:08:09,492 --> 00:08:11,697 muammo odamlarning ommaviy axborot vositalarini 186 00:08:11,697 --> 00:08:13,645 o'qimasliklari va tinglamasliklarida emas. 187 00:08:13,645 --> 00:08:17,864 Muammo shundaki, OAV larning o'zlari hech nimani bilmaydi. 188 00:08:17,864 --> 00:08:19,445 Endi nima qildik, Ola? 189 00:08:19,445 --> 00:08:20,943 Senda biror fikr bormi? 190 00:08:20,943 --> 00:08:32,037 (Qarsak) 191 00:08:32,037 --> 00:08:35,746 Ola Rosling: Ha, menda bir fikr bor. Ammo birinchi navbatda 192 00:08:35,746 --> 00:08:39,561 shimpanzelarga mag'lub bo'lganingizdan afsusdaligimni aytishga ijozat bersangiz. 193 00:08:39,561 --> 00:08:42,194 Yaxshiyamki, sizga tasalli bera olaman: 194 00:08:42,194 --> 00:08:46,753 nima uchun bu sizning aybingiz emasligini ko'rsataman. Keyin, 195 00:08:46,753 --> 00:08:48,775 kelajakda shimpanzelarni yutishingizda 196 00:08:48,775 --> 00:08:50,865 yordam beruvchi ba'zi maslahatlarni beraman. 197 00:08:50,865 --> 00:08:53,079 Odatda shunday qilaman. Keling, nega dunyo 198 00:08:53,079 --> 00:08:55,282 haqida bu qadar kam bilishimizni tushunib 199 00:08:55,282 --> 00:08:57,889 olaylik. Hammasi shundan boshlanadi. 200 00:08:57,889 --> 00:09:01,579 Bu Hudiksvall, Shvetsiya shimolidagi shahar. 201 00:09:01,579 --> 00:09:05,376 Bu men ulg'aygan shaharcha. 202 00:09:05,376 --> 00:09:08,977 Unda bir katta muammo bor, 203 00:09:08,977 --> 00:09:10,963 aslida, siz o'sib-ulg'aygan 204 00:09:10,963 --> 00:09:13,572 joylarda ham xuddi 205 00:09:13,572 --> 00:09:14,920 shunday muammo kuzatiladi. 206 00:09:14,920 --> 00:09:17,582 Shaharcha oddiy yashash joyi emas. U menga 207 00:09:17,582 --> 00:09:20,025 sayyorada hayot qanday kechayotgani haqida juda xato 208 00:09:20,025 --> 00:09:22,373 tasavvur bergan. Mana u, bilimsizlik piramidasiga 209 00:09:22,373 --> 00:09:25,365 qo'yilgan birinchi tosh. Biz xato shaxsiy tasavvurlarimiz bilan 210 00:09:25,365 --> 00:09:26,637 dunyoga boqamiz. Biz yashab 211 00:09:26,637 --> 00:09:28,750 katta bo'lgan joylardagi kishilar bilan 212 00:09:28,750 --> 00:09:30,390 muloqot bunga ta'sir ko'rsatadi. 213 00:09:30,390 --> 00:09:33,377 Keyin esa maktabga qatnay boshlaymiz 214 00:09:33,377 --> 00:09:35,298 va muammo yana bittaga ko'payadi. 215 00:09:35,298 --> 00:09:36,442 Menga maktablar yoqadi, 216 00:09:36,442 --> 00:09:41,529 lekin o'qituvchilar eskirgan dunyoqarashni o'rgatadi. 217 00:09:41,529 --> 00:09:44,130 Ular maktabga qatnagan paytida bilim oldi 218 00:09:44,130 --> 00:09:46,683 va endi dunyo haqidagi shu bilimlarini 219 00:09:46,683 --> 00:09:48,889 o'quvchilarga beg'araz o'rgatishadi. 220 00:09:48,889 --> 00:09:51,118 Nashr etilgan kitoblar, shubhasiz, eskirgan, 221 00:09:51,118 --> 00:09:54,049 axir dunyo doimiy o'zgarishda. 222 00:09:54,049 --> 00:09:55,296 O'quv materiallarini 223 00:09:55,296 --> 00:09:58,545 yangilab turish o'ta mushkul. 224 00:09:58,545 --> 00:10:00,529 Mana biz nimaga e'tibor qaratyapmiz. 225 00:10:00,529 --> 00:10:02,098 Eskirgan faktlar 226 00:10:02,098 --> 00:10:05,032 xato shaxsiy tasavvurlarimiz ustiga qo'shiladi. 227 00:10:05,032 --> 00:10:07,508 Bunga OAV ning ta'siri qanday? 228 00:10:07,508 --> 00:10:10,025 Yaxshi jurnalist qaysi voqeani yoritsa, 229 00:10:10,025 --> 00:10:12,431 «duv-duv gap» bo'lishini biladi. Odamlar shov-shuv 230 00:10:12,431 --> 00:10:15,030 yangilik yoritilgan shu gazetani sotib olib o'qiydi. 231 00:10:15,030 --> 00:10:18,995 G'ayrioddiy voqealar ko'proq qiziqish uyg'otadi, to'g'rimi? 232 00:10:18,995 --> 00:10:20,710 Ko'p narsalar bo'rttirib 233 00:10:20,710 --> 00:10:24,139 ko'rsatiladi, ayniqsa biz qo'rqadigan narsalar. 234 00:10:24,139 --> 00:10:26,567 Shvedga akula hujumi bir necha hafta davomida 235 00:10:26,567 --> 00:10:30,282 Shvetsiya gazetalari sarlavhalaridan tushmaydi. 236 00:10:30,282 --> 00:10:34,001 Mazkur uchta xato axborot manbalaridan 237 00:10:34,001 --> 00:10:37,276 qutilish juda qiyin. Ular bizga axborot 238 00:10:37,276 --> 00:10:38,907 hujumi uyushtirib, ongimizni 239 00:10:38,907 --> 00:10:42,713 g'alati fikrlar bilan to'ldiradi. 240 00:10:42,713 --> 00:10:45,450 Kamiga ichki sezgimiz ham 241 00:10:45,450 --> 00:10:50,716 xato fikrlashimizga xizmat qiladi. Intuitsiyamiz 242 00:10:50,716 --> 00:10:52,892 evolyutsiya jarayonida muhim rol o'ynagan. 243 00:10:52,892 --> 00:10:54,150 U bizga ma'lumotni umum 244 00:10:54,150 --> 00:10:56,408 -lashtirib, tez xulosa chiqarishga yordam 245 00:10:56,408 --> 00:11:00,376 bergan. U biz qo'rqqan narsalarni bo'rttirib ko'rsatadi 246 00:11:00,376 --> 00:11:03,660 va yo'q joydan falokat qidira boshlaymiz. 247 00:11:03,660 --> 00:11:08,597 O'zimizga nisbatan yolg'ondakam ishonch paydo bo'ladi. Masalan, 248 00:11:08,597 --> 00:11:11,603 o'zimizni eng zo'r haydovchimiz, hech bo'lmaganda o'rtachadan 249 00:11:11,603 --> 00:11:13,343 yaxshiroq haydovchimiz deb ishonamiz 250 00:11:13,343 --> 00:11:14,705 Bu savolga hamma "Ha, men 251 00:11:14,705 --> 00:11:15,974 mashinani yaxshi haydayman" 252 00:11:15,974 --> 00:11:18,271 deb javob beradi. Bu evolyutsiyaga yaxshi ta'sir 253 00:11:18,271 --> 00:11:20,104 ko'rsatdi, ammo hozir dunyoqarash 254 00:11:20,104 --> 00:11:22,966 haqida gap ketganda, so'rov natijalarining yomonligiga aynan 255 00:11:22,966 --> 00:11:25,889 mana shu sababchi. Sizning xayolingizda ko'tarilayotgan 256 00:11:25,889 --> 00:11:27,471 ko'rsatkichlar aslida pasaymoqda 257 00:11:27,471 --> 00:11:31,471 va aksincha. Bunday hollarda shimpanzelar ichki sezgimizni o'zimizga qarshi 258 00:11:31,471 --> 00:11:34,911 ishlatmoqda, chunki u kuchimiz bo'lish o'rniga kuchsizligimizga aylandi. 259 00:11:34,911 --> 00:11:37,394 Intuitsiyamiz bizning kuchli tarafimiz bo'lishi kerak 260 00:11:37,394 --> 00:11:39,766 emasmidi? Bu muammolarni qanday hal qilishimiz 261 00:11:39,766 --> 00:11:41,441 mumkin? Dastlab, biz uning ko'lamini 262 00:11:41,441 --> 00:11:42,843 aniqlashimiz, keyin munosib 263 00:11:42,843 --> 00:11:45,375 yechim topishimiz kerak. Muammo hajmini o'lchash bilan 264 00:11:45,375 --> 00:11:47,699 biz qanchalik bilimsiz ekanimizni tushunamiz. 265 00:11:47,699 --> 00:11:49,235 So'rovnomalarni o'tgan yili 266 00:11:49,235 --> 00:11:51,704 boshladik va endi butun dunyoda bilimsizlik 267 00:11:51,704 --> 00:11:55,285 odamlarni qanchalik zaharlayotganini bilib olyapmiz. 268 00:11:55,285 --> 00:11:58,898 Asosiy g'oyamiz – uning ko'lamini aniqlash va xalqaro bilim va global 269 00:11:58,898 --> 00:12:00,875 rivojlanishning asosan qaysi sohalarida 270 00:12:00,875 --> 00:12:03,423 uchratishimizni tushunish – xoh u iqlim o'zgarishi, 271 00:12:03,423 --> 00:12:07,505 yo'qolib ketayotgan turlar, inson huquqlari bo'lsin, 272 00:12:07,505 --> 00:12:10,715 xoh gender tengligi, energetika yoki moliya. 273 00:12:10,715 --> 00:12:13,448 Bu sohalarning barchasi faktlarga to'la 274 00:12:13,448 --> 00:12:15,044 va bu faktlardan kishilarni 275 00:12:15,044 --> 00:12:16,970 xabardor qiluvchi tashkilotlar mavjud. 276 00:12:16,970 --> 00:12:20,674 Men ularning bir nechtasi, jumladan, 277 00:12:20,674 --> 00:12:24,015 Butunjahon Yovvoyi Tabiat Fondi, Xalqaro Amnistiya va YUNISEF 278 00:12:24,015 --> 00:12:26,613 bilan bog'lanib, jamoatchilik bexabar bo'lgan eng 279 00:12:26,613 --> 00:12:28,506 ajoyib faktlari qaysiligini so'radim. 280 00:12:28,506 --> 00:12:30,084 O'sha faktlarni to'plab chiqdim. 281 00:12:30,084 --> 00:12:33,619 250 ta faktdan iborat uzun ro'yxatni tasavvur qiling. Keyin biz odamlarga 282 00:12:33,619 --> 00:12:34,918 ular to'g'risida savollar 283 00:12:34,918 --> 00:12:36,855 beramiz va qayerda bilimlari sustligini 284 00:12:36,855 --> 00:12:38,201 bilib olamiz. Faqat dahshatli 285 00:12:38,201 --> 00:12:39,257 natijalar ko'rsatilgan 286 00:12:39,257 --> 00:12:41,806 savollar qisqa ro'yxatda qoladi, Hans sizga bergan 287 00:12:41,806 --> 00:12:43,723 savollar singari. Bunday natijali 288 00:12:43,723 --> 00:12:44,938 so'rovlarni aniqlash katta 289 00:12:44,938 --> 00:12:47,783 qiyinchilik tug'dirmaydi. Xo'sh, bu qisqa faktlar ro'yxatini 290 00:12:47,783 --> 00:12:51,909 nima qilamiz? Biz buni bilimlar sertifikatiga, dunyo haqidagi 291 00:12:51,909 --> 00:12:53,771 bilimlar sertifikatiga aylantiramiz. 292 00:12:53,771 --> 00:12:57,530 Agar siz yirik tashkilot, maktab, universitet yoki 293 00:12:57,539 --> 00:13:00,429 axborot agentligi bo'lsangiz, undan global bilimlardan voqif 294 00:13:00,429 --> 00:13:04,057 ekanligingizni tasdiqlashda foydalanishingiz mumkin. Shu tariqa 295 00:13:04,057 --> 00:13:07,020 biz savollarga shimpanzega o'xshab javob beradigan xodimlarni 296 00:13:07,020 --> 00:13:09,290 yollamayotganimizga ishonch hosil qilamiz. 297 00:13:09,290 --> 00:13:11,650 Albatta, bunday qilmasligimiz kerak. 298 00:13:11,650 --> 00:13:13,921 Ehtimol 10 yildan keyin, agar ushbu 299 00:13:13,921 --> 00:13:15,913 loyiha muvaffaqiyatli yakunlansa, siz 300 00:13:15,913 --> 00:13:18,161 ish uchun intervyuda o'tirib, dunyo haqidagi 301 00:13:18,161 --> 00:13:22,367 global bilimlaringizni sinovdan o'tkazishingiz kerak bo'ladi. 302 00:13:22,367 --> 00:13:25,730 Endi amaliy qismga o'tsak. Qanday qilib shuncha 303 00:13:25,730 --> 00:13:27,634 ma'lumotni o'zlashtirish mumkin? 304 00:13:27,634 --> 00:13:31,213 Buning usullaridan biri, albatta, 305 00:13:31,213 --> 00:13:32,950 kechasi bilan 306 00:13:32,950 --> 00:13:35,105 barcha hisobotlarni o'qib, 307 00:13:35,105 --> 00:13:36,873 faktlarni yodlab chiqish. 308 00:13:36,873 --> 00:13:38,885 Bu hech qanaqasiga ish bermaydi. 309 00:13:38,885 --> 00:13:41,594 Hatto Hans ham buni imkonsiz deb o'ylaydi. Odamlarning 310 00:13:41,594 --> 00:13:42,967 bunga vaqti yetmaydi. 311 00:13:42,967 --> 00:13:46,350 Ularga qisqa yo'l yoqadi va mana u. Biz ichki sezgimizni 312 00:13:46,350 --> 00:13:49,124 yana o'z foydamizga ishlatishimiz, umumlashtirishni 313 00:13:49,124 --> 00:13:50,568 o'rganishimiz kerak. 314 00:13:50,568 --> 00:13:52,673 Men sizga empirik qonuniyatlar orqali 315 00:13:52,673 --> 00:13:55,223 yanglish tasavvurlarni fosh etishning 316 00:13:55,223 --> 00:13:58,431 bir qancha usullarini o'rgataman. 317 00:13:58,431 --> 00:14:00,445 Birinchi eng keng tarqalgan 318 00:14:00,445 --> 00:14:02,082 xato tushunchadan boshlasak: 319 00:14:02,082 --> 00:14:03,948 atrofdagi hamma narsa yomonlashmoqda. 320 00:14:03,948 --> 00:14:07,218 Bu haqda eshitgansiz, o'zingiz ham xuddi shunday o'ylagansiz. 321 00:14:07,218 --> 00:14:10,247 Boshqa o'ylash ham mumkin: ko'p narsalar yaxshilanmoqda. 322 00:14:10,247 --> 00:14:12,383 Oldingizdagi savolga nima deb javob berishni 323 00:14:12,383 --> 00:14:15,616 bilmaysiz. "Yaxshilanmoqda" degan javobni taxmin qilishingiz kerak. 324 00:14:15,616 --> 00:14:18,600 Ijobiy variantni tanglang. Pessimist bo'lmang, bu 325 00:14:18,600 --> 00:14:20,963 yaxshiroq natija ko'rsatishingizda yordam beradi. 326 00:14:20,963 --> 00:14:22,179 (Qarsak) 327 00:14:22,179 --> 00:14:26,405 Bu birinchisi. Endi boy va kambag'allar masalasi. 328 00:14:26,405 --> 00:14:28,164 Hamma ular o'rtasidagi tafovut 329 00:14:28,164 --> 00:14:29,630 o'sib boryapti deb o'ylaydi. 330 00:14:29,630 --> 00:14:31,285 Dahshatli tengsizlikda yashaymiz. 331 00:14:31,285 --> 00:14:33,486 Ha, dunyoda tengsizlik mavjud, lekin ma'lumot- 332 00:14:33,486 --> 00:14:35,811 -larga qarasangiz, birgina do'nglik mavjud. 333 00:14:35,811 --> 00:14:37,665 Agar ikkilansangiz, 334 00:14:37,665 --> 00:14:40,418 "ko'pchilik aholi o'rtamiyona" degan variantni tanglang. 335 00:14:40,418 --> 00:14:42,401 Bu to'g'ri javob berishingizga yordam 336 00:14:42,401 --> 00:14:46,108 beradi. Keyingi xato tushuncha quyidagicha: 337 00:14:46,108 --> 00:14:49,733 davlatlar va odamlar ijtimoiy taraqqiyotga erishishi, 338 00:14:49,733 --> 00:14:52,059 qizlarini maktabga yuborishi va tabiiy ofatlardan 339 00:14:52,059 --> 00:14:55,510 himoyalanishi uchun juda boy bo'lishlari kerak. 340 00:14:55,510 --> 00:14:57,196 Bu mutlaqo xato. 341 00:14:57,196 --> 00:14:59,316 O'rtadagi ulkan do'nglik qizlarning maktab 342 00:14:59,316 --> 00:15:01,759 ta'limi allaqachon ta'minlanganini ko'rsatadi. 343 00:15:01,759 --> 00:15:04,087 Agar ikkilansangiz, elektr quvvati va qizlar 344 00:15:04,087 --> 00:15:05,482 ta'limi kabi savollar uchun 345 00:15:05,482 --> 00:15:08,525 "ko'pchilikda allaqachon bor" variantini tanlang. 346 00:15:08,525 --> 00:15:10,741 Bular empirik qonuniyatlar xolos, shuning uchun 347 00:15:10,741 --> 00:15:13,131 ularni hamma narsaga tadbiq etib bo'lmaydi, ammo 348 00:15:13,131 --> 00:15:14,788 siz shu tariqa umumlashtirishingiz 349 00:15:14,788 --> 00:15:16,753 mumkin. So'nggi misolga to'xtalsak. 350 00:15:16,753 --> 00:15:20,054 Bu ajoyib misol: 351 00:15:20,054 --> 00:15:22,227 akulalar xavfli. 352 00:15:22,227 --> 00:15:26,626 Bu xato fikr, ya'ni ular xavfli, 353 00:15:26,626 --> 00:15:29,602 ammo xalqaro statistikada muhim ahamiyatga ega emas. 354 00:15:29,602 --> 00:15:32,133 Men ham akulalardan juda qo'rqaman. 355 00:15:32,133 --> 00:15:34,977 Sizga qo'rquv soladigan masalalar to'g'risida 356 00:15:34,977 --> 00:15:37,910 savollarga ko'zingiz tushishi bilan, 357 00:15:37,910 --> 00:15:40,948 xoh zilzila, boshqa dinlar bo'lsin, xoh terroristlar 358 00:15:40,948 --> 00:15:42,107 yoki akula, 359 00:15:42,107 --> 00:15:44,608 javobda ularni bo'rttirib yuborasiz. 360 00:15:44,608 --> 00:15:46,445 Bu Bosh barmoq qoidasi. 361 00:15:46,445 --> 00:15:48,604 Xavfli narsalar ajoyib bo'lishi mumkin. 362 00:15:48,604 --> 00:15:52,189 Akulalar juda oz sonli kishilarni o'ldiradi. Siz mana shunday o'ylashingiz 363 00:15:52,189 --> 00:15:55,927 kerak. Ushbu to'rt qoidaga tayanib, 364 00:15:55,927 --> 00:15:59,287 siz harqalay shimpanzelarga qaraganda yaxshiroq javob bersangiz kerak, 365 00:15:59,287 --> 00:16:01,241 chunki ular bunday qilolmaydi. 366 00:16:01,241 --> 00:16:03,844 Ular bunday qoidalarni umumlashtira olmaydi. 367 00:16:03,844 --> 00:16:07,856 Umid qilamanki, dunyo haqidagi bilimlaringizni yaxshilay 368 00:16:07,856 --> 00:16:10,691 olasiz va kun kelib shimpanzelarni ortda qoldirasiz. 369 00:16:10,691 --> 00:16:14,612 (Qarsak) 370 00:16:19,160 --> 00:16:21,248 Bu tizimli yondashuv. 371 00:16:21,248 --> 00:16:23,812 Bularning barchasi biz uchun qanchalar muhim? 372 00:16:23,812 --> 00:16:26,538 Ha, qashshoqlik, o'ta qashshoqlik nimaligini 373 00:16:26,538 --> 00:16:29,785 va unga qarshi qanday kurashishni tushunish muhim, qizlarga 374 00:16:29,785 --> 00:16:31,830 qanday ta'lim berishni tushunish muhim. 375 00:16:31,830 --> 00:16:36,170 Bu borada muvaffaqiyat qozonayotganimizni anglaganimizda, biz buni tushuib yetamiz. 376 00:16:36,170 --> 00:16:37,982 Ammo aholining boy qatlami haqida 377 00:16:37,982 --> 00:16:40,436 qayg'uruvchilar uchun bu muhimmi? 378 00:16:40,436 --> 00:16:42,480 Ishonamanki, o'ta muhim, 379 00:16:42,480 --> 00:16:43,989 ayni o'sha sababga ko'ra. 380 00:16:43,989 --> 00:16:47,054 Agar dunyoqarashingiz faktlarga asoslangan bo'lsa, 381 00:16:47,054 --> 00:16:48,672 kelajakda bizni nimalar 382 00:16:48,672 --> 00:16:50,426 kutishi mumkinligini tushuna olasiz. 383 00:16:50,426 --> 00:16:52,864 1975-yildagi ikkita do'nglikka qaytamiz. 384 00:16:52,864 --> 00:16:54,214 Shu yili men tug'ilganman, 385 00:16:54,214 --> 00:16:57,233 bu yerda G'arb 386 00:16:57,233 --> 00:17:01,416 Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Shimoliy Amerikani o'z ichiga oladi. 387 00:17:01,416 --> 00:17:04,799 Keling, boylik nuqtai nazaridan G'arb bilan 388 00:17:04,799 --> 00:17:06,880 qolgan dunyoni solishtirib ko'raylik. 389 00:17:06,880 --> 00:17:09,131 Bu dam olish uchun samolyotda 390 00:17:09,131 --> 00:17:12,709 chet elga uchishga qurbi yetadigan kishilar. 391 00:17:12,709 --> 00:17:16,017 1975-yilda ularning faqat 30 foizi 392 00:17:16,017 --> 00:17:18,984 Yevropa Ittifoqi va Shimoliy Amerikadan tashqarida yashagan. 393 00:17:18,984 --> 00:17:21,313 Ammo bu holat hozir o'zgargan. 394 00:17:21,313 --> 00:17:26,056 2014-yilgacha bo'lgan o'zgarishlarni ko'rib chiqsak. 395 00:17:26,056 --> 00:17:27,444 Bugungi ko'rsatkich 50/50. 396 00:17:27,444 --> 00:17:31,125 G'arb hukmronligi orqada qoldi. 397 00:17:31,125 --> 00:17:33,324 Bu juda yaxshi. Endi nima bo'ladi? 398 00:17:33,324 --> 00:17:36,567 Katta do'nglik va u qanday harakatlangani esingizdami? 399 00:17:36,567 --> 00:17:42,598 Men kichik tajriba o'tkazdim. Xalqaro valyuta jamg'armasi veb-saytiga kirdim. 400 00:17:42,598 --> 00:17:46,761 U yerda keyingi besh yilda YaIMning aholi jon boshiga qiymati prognozi joylangan. 401 00:17:46,761 --> 00:17:49,778 Uni grafikda aks ettirib, mamlakatlarda 402 00:17:49,778 --> 00:17:53,113 daromad tengsizligi o'zgarishsiz qolishini ko'rsatishim mumkin. 403 00:17:53,113 --> 00:17:55,040 Ammo bu bilan cheklanib qolmadim. 404 00:17:55,040 --> 00:17:58,218 Rivojlanish tezligini o'zgartirmagan holda o'sha besh yillik 405 00:17:58,218 --> 00:18:03,495 prognozni keyingi 20 yilga tadbiq qildim. Bu tajriba haqiqatga aylanishi mumkin. 406 00:18:03,495 --> 00:18:04,862 Kelajakka o'taylik. 407 00:18:04,862 --> 00:18:10,082 2020-yilda bunday kishilarning 57 foizi YI va Amerikadan tashqarida yashaydi. 408 00:18:10,082 --> 00:18:13,118 2025-yilda 63 foizi. 2030-yilda 68 foizi. 2035-yilga kelib 409 00:18:13,118 --> 00:18:17,312 esa boshqa mamlakatlar boy iste'mol bozori bo'yicha G'arbni ortda qoldiradi. 410 00:18:17,312 --> 00:18:21,506 Bu aholi jon boshiga YaIMning kelajakdagi prognozlari xolos. 411 00:18:21,506 --> 00:18:25,702 Boy iste'molchilarning 73 foizi 412 00:18:25,702 --> 00:18:28,057 Amerika va Yevropadan tashqarida yashaydi. 413 00:18:28,057 --> 00:18:31,675 Kelajakda faktlarga asoslangan qarorlar qabul qilayotganiga ishonch 414 00:18:31,675 --> 00:18:35,873 hosil qilishi uchun kompaniyalar mazkur sertifikatdan foydalansa, 415 00:18:35,873 --> 00:18:39,280 yomon bo'lmasdi deb o'ylayman. 416 00:18:39,280 --> 00:18:40,756 Katta rahmat. 417 00:18:40,756 --> 00:18:43,257 (Qarsaklar) 418 00:18:48,184 --> 00:18:50,236 Bruno Jussani: Hans va Ola Rosling