Hans Rosling: Sizga javob variantli
uchta savol bermoqchiman.
Javob berish uchun tarqatilgan mana bu
qurilmani ishlating. Birinchi savol:
yiliga tabiiy ofatdan
[2014, iyun. Berlin, Germaniya]
halok bo'luvchilar soni
o'tgan asrda mobaynida
qanchalik o'zgardi?
Ikki baravarga ko'paydimi,
butun dunyo miqyosida deyarli
o'zgarishga uchramadimi
yoki ikki baravar kamaydimi?
Iltimos, A, B yoki C javobini tanlang.
Juda ko'p
javoblarni ko'ryapman. Universitetdagi
talabalarimdan ko'ra tezroq javob
beryapsiz. Ular shunchalik sekinki,
o'ylayveradi, o'ylayveradi.
Juda yaxshi, ajoyib.
Keyingi savolga o'tamiz.
Xo'sh, o'rtacha 30 yoshdagi ayollar
qancha vaqt maktabga borgan:
yetti yil, besh yil yoki uch yil?
A, B yoki C? Iltimos, javob bering.
Endi esa oxirgi savol.
So'nggi 20 yil ichida dunyoda
o'ta qashshoqlikda yashovchi kishilar
foizi qaysi tomonga o'zgardi?
O'ta qashshoqlik
— kunlik iste'mol
uchun oziq-ovqat yetishmasligi.
Ularning soni ikki baravar ko'payganmi,
o'zgarmay qolganmi
yoki ikki baravar kamayganmi?
A, B yoki C?
Endi javoblarga to'xtalsak.
Mana qarang,
1900-yildan 2000-yilgacha
tabiiy ofatlardan o'lganlar sonini
mazkur grafikdan ko'rishingiz mumkin.
1900-yilda yiliga
yarim millionga yaqin kishi
tabiiy ofatlardan halok bo'lgan:
suv toshqini, zilzila, vulqon otilishi,
qurg'oqchilik va boshqalar.
Xo'sh, ularning soni qanchalik o'zgardi?
Gapminder tashkiloti
Shvetsiya aholisidan so'rov o'tkazdi.
Mana ularning javoblari.
Shved jamoatchiligi
shunday javob berdi:
ularning 50 foizi ikki baravar
ko'paydi deb o'ylagan, 38 %i
deyarli o'zgarmay
qoldi, 12 %iga ko'ra,
ikki marta qisqargan.
Bu tadqiqotchilar tomonidan
yig'ilgan eng ishonchli
ma'lumotlardir, ularning soni goh
ko'tariladi, goh tushadi,
II Jahon urushida
eng yuqori ko'rsatichni qayd etgach,
u pasaya boshladi
va hozirgacha ikki baravarga kamaydi.
Bilasizmi, har o'n yillikda dunyo
odamlarni
falokatlardan yanada yaxshiroq
himoya qilishga
qodir bo'lib bormoqda.
Shvedlarning atigi 12 foizigina
bundan xabardor. Shunda
hayvonot bog'iga borib,
shimpanzelardan so'radim.
(Kulgi)
(Qarsak)
Shimpanzelar kechki yangiliklarni
tomosha qilmasligi aniq, ammo
ular tavakkal javob berib ham
shvedlarni dog'da qoldirdi.
Siz qanday javob berdingiz?
Mana bunday.
Shimpanzelar sizni ham mag'lub qildi.
(Kulgi)
Ammo g'alabaga yaqin keldingiz.
Siz shvedlardan uch baravar
yaxshi javob berdingiz,
ammo bu yetarli emas.
O'zingizni ular bilan
taqqoslamasligingiz kerak.
Siz eng yuqori natijalarni
ko'rsatishingiz kerak. Keyingi javobga
e'tibor qaratsak: ayollarning
maktabdagi ta'limi. Ko'rinib turibdiki,
erkaklar o'rtacha 8 yil maktabga qatnagan.
Ayollar necha yil maktabda o'qigan?
Shvedlarga xuddi shu savolni berdik va
ularning javobini
tahmin qilishingiz mumkin,
shunday emasmi?
To'g'ri javob, ehtimol,
eng kam shvedlar tanlagan variantdir?
(Kulgi)
Qani, ko'raylikchi. Mana natijalar.
Ha, ha, ha. Ayollar erkaklarga
deyarli yetib oldi.
Bu AQSh jamoatchiligining javoblari.
Bunisi esa sizniki.
Ooo, nima ham derdim, tabriklayman,
siz shvedlardan ikki baravar
yaxshi natija ko'rsatdingiz,
bunisi o'z-o'zidan ravshan.
Xo'sh, nega bunday natijalar chiqyapti?
Menimcha, bunga sabab shuki,
hammamiz qizlar
katta muammolarga
duch kelayotgan joylar,
davlatlar borligini bilamiz.
Ularga maktabga borish taqiqlangan
va bu jirkanch holat.
Ammo dunyoning
aksariyat aholisi yashaydigan
ko'pchilik
mamlakatlarda bugungi kunda
qizlar o'g'il bolalar bilan
deyarli birdek maktabga boradilar.
Bu umuman gender tengligiga
erishganimizni anglatmaydi.
Ular hali ham ko'p narsadan mahrum,
ammo maktab ta'limi izga tushdi.
Bu yerda siz umumiy manzarani hisobga
olmadingiz. Eng og'ir ahvoldagi muayyan
hududlarga asoslanib javob
berdingiz va bu holatda siz haqlisiz,
lekin umumiy manzara butunlay boshqacha.
Qashshoqlik
masalasi qay ahvolda?
Qashshoqlik ko'rsatkichi
deyarli ikki baravar kamayganligi
o'z-o'zidan ravshan.
Amerikaliklarning atigi
besh foizi
to'g'ri javob berdi.
Siz-chi?
Eh-he, shimpanzelarga
deyarli yetib olibsiz-ku.
(Kulgi)
(Qarsak)
Yutishingizga ozgina yetmabdi-ya!
Bilasizmi, atrofimizda to'qima fikrlar
keng tarqalgan. Boy mamlakatlarda
ko'pchilik hech qachon qashshoqlikni
tugata olmasak kerak, deb o'ylashadi.
Boshqa nima deb ham o'ylasin,
axir ular aslida nimalar
bo'layotganini bilishmaydi-ku.
Kelajak haqida o'ylashdan avval hozirda
nimalar bo'layotganini bilish kerak.
Mazkur savollar Gapminder
Tashkilotining bilimsizlik
to'g'risidagi loyihasi doirasida
bergan dastlabki
savollarimizdan bir nechtasi edi.
Loyiha o'tgan yili
mening boshlig'im va shuningdek
o'g'lim Ola Rosling
tomonidan ishga tushirildi. (Kulgi)
U tashkilotning hammuassisi
hamda direktori hisoblanadi.
Ola menga johillikka qarshi
doimiy ravishda asosli
kurashishimiz kerakligini aytdi.
So'rovnomalarga ko'ra,
jamoatchilik tasodifiy
javoblardan ko'ra yomonroq natija
ko'rsatmoqda. Demak, to'qima
fikrlarga qarshi chora ko'rishimiz zarur.
Eng keng tarqalgan
yanglish fikr bu dunyo
daromadlari taqsimoti bilan bog'liq.
Mana qarang. 1975-yilda
ko'rsatkichlar shunday edi.
Bu kunlik daromadi bir dollardan
boshlanib o'sib boruvchi kishilar soni.
(Qarsak)
Bu yerdagi bitta do'nglikni
ko'ryapsizmi,
bu - kunlik daromadi
bir dollar atrofida bo'lganlar,
bu esa
daromadi 10-100 dollar bo'lgan
kishilardan iborat boshqa bir do'nglik
Dunyo ikki guruhga bo'lingan.
Bu go'yo ikki o'rkachli tuya dunyosi edi:
kambag'allar va boylar.
O'rta sinf deyarli yo'q edi.
Ammo bu qanday o'zgarganiga
e'tibor qarating:
vaqt o'tishi bilan
dunyo aholisi ko'payib bordi,
«o'rkachlar» esa birlasha boshladi.
Pastki do'nglik
yuqoridagisi bilan birlashdi
va ikki o'rkachli tuyamiz
bir o'rkachli tuyaga aylandi.
Qashshoqlik ko'rsatkichi kamaydi.
Shunga qaramay,
ko'pchilik odamlar
qashshoqlikda qolayotgani dahshatli.
Haligacha bir milliardga yaqin kishi
qashshoqlikda yashaydi,
ammo endi buni tugatish mumkin.
Bizning oldimizda
turgan vazifa –
to'qima fikrlardan uzoq turish,
ko'pchilik aholi
qayerda joylashganini tushunish.
Bu savolning o'zida juda
aniq ko'rsatilgan.
Biz dunyo bo'yicha
bir yoshli bolalarning
necha foizi qizamiqqa va
boshqa kasalliklarga qarshi
vaksina oladi, deb so'radik:
20, 50 yoki 80 foizmi?
Bu amerikaliklar va
shvedlar bergan javoblar.
Shvedlar ko'rsatgan
natijaga qarang:
to'g'ri javob qaysiligini bilib olasiz.
(Kulgi)
Jin ursin, bu mamlakatdagi global
sog'liqni saqlash professori kim o'zi?
Ochig'i, o'sha professor menman.
(Kulgi)
Bu oson ish emas, ishoning menga.
(Qarsak)
Biz nimani bilishimizni
aniq hisoblash uchun Ola qo'llagan
uslub gazetalarda shov-shuvga
sabab bo'ldi. CNN ushbu
natijalarni o'z veb-saytida
e'lon qildi va mushtariylarga
savollar berdi.
Millionlab kishilar javob
berishdi va maqola ostida, menimcha,
2000 ga yaqin sharhlar qoldirildi.
O'sha sharhlardan birida:
"Garov bog'lashim
mumkinki, OAV xodimlarining hech biri
testdan o’tmagan", deyiladi.
Shunda Ola menga: "Sizni taklif
qilishgan matbuot
konferensiyalariga borib, qurilma-
larni tarqating. Test topshirishsin,
OAV nimani
bilishini ko'raylikchi", dedi.
Marhamat, birinchi marta
AQSh matbuot konferensiyada
qo'lga kiritilgan norasmiy natijalar.
Bu esa Yevropa Ittifoqi
OAV laridagi ahvol.
(Kulgi)
Ko'rib turibsizki,
muammo odamlarning
ommaviy axborot vositalarini
o'qimasliklari va
tinglamasliklarida emas.
Muammo shundaki, OAV larning
o'zlari hech nimani bilmaydi.
Endi nima qildik, Ola?
Senda biror fikr bormi?
(Qarsak)
Ola Rosling: Ha, menda bir fikr bor.
Ammo birinchi navbatda
shimpanzelarga mag'lub bo'lganingizdan
afsusdaligimni aytishga ijozat bersangiz.
Yaxshiyamki, sizga tasalli bera olaman:
nima uchun bu sizning aybingiz emasligini
ko'rsataman. Keyin,
kelajakda shimpanzelarni
yutishingizda
yordam beruvchi ba'zi
maslahatlarni beraman.
Odatda shunday qilaman.
Keling, nega dunyo
haqida bu qadar kam bilishimizni tushunib
olaylik.
Hammasi shundan boshlanadi.
Bu Hudiksvall,
Shvetsiya shimolidagi shahar.
Bu men ulg'aygan shaharcha.
Unda bir katta muammo bor,
aslida, siz o'sib-ulg'aygan
joylarda ham xuddi
shunday muammo kuzatiladi.
Shaharcha oddiy yashash joyi emas.
U menga
sayyorada hayot qanday kechayotgani haqida
juda xato
tasavvur bergan. Mana u, bilimsizlik
piramidasiga
qo'yilgan birinchi tosh. Biz xato shaxsiy
tasavvurlarimiz bilan
dunyoga boqamiz.
Biz yashab
katta bo'lgan joylardagi kishilar bilan
muloqot bunga ta'sir ko'rsatadi.
Keyin esa maktabga
qatnay boshlaymiz
va muammo yana bittaga ko'payadi.
Menga maktablar yoqadi,
lekin o'qituvchilar
eskirgan dunyoqarashni o'rgatadi.
Ular maktabga qatnagan paytida bilim oldi
va endi dunyo haqidagi shu bilimlarini
o'quvchilarga beg'araz o'rgatishadi.
Nashr etilgan kitoblar,
shubhasiz, eskirgan,
axir dunyo doimiy o'zgarishda.
O'quv materiallarini
yangilab turish o'ta mushkul.
Mana biz nimaga e'tibor qaratyapmiz.
Eskirgan faktlar
xato shaxsiy tasavvurlarimiz
ustiga qo'shiladi.
Bunga OAV ning ta'siri qanday?
Yaxshi jurnalist qaysi voqeani yoritsa,
«duv-duv gap» bo'lishini biladi.
Odamlar shov-shuv
yangilik yoritilgan shu gazetani
sotib olib o'qiydi.
G'ayrioddiy voqealar
ko'proq qiziqish uyg'otadi, to'g'rimi?
Ko'p narsalar bo'rttirib
ko'rsatiladi, ayniqsa biz
qo'rqadigan narsalar.
Shvedga akula hujumi
bir necha hafta davomida
Shvetsiya gazetalari
sarlavhalaridan tushmaydi.
Mazkur uchta xato axborot manbalaridan
qutilish juda qiyin.
Ular bizga axborot
hujumi uyushtirib, ongimizni
g'alati fikrlar bilan to'ldiradi.
Kamiga ichki sezgimiz ham
xato fikrlashimizga xizmat qiladi.
Intuitsiyamiz
evolyutsiya jarayonida
muhim rol o'ynagan.
U bizga ma'lumotni umum
-lashtirib, tez xulosa chiqarishga
yordam
bergan. U biz qo'rqqan narsalarni
bo'rttirib ko'rsatadi
va yo'q joydan falokat qidira boshlaymiz.
O'zimizga nisbatan yolg'ondakam
ishonch paydo bo'ladi. Masalan,
o'zimizni eng zo'r haydovchimiz,
hech bo'lmaganda o'rtachadan
yaxshiroq haydovchimiz deb ishonamiz
Bu savolga hamma "Ha, men
mashinani yaxshi
haydayman"
deb javob beradi.
Bu evolyutsiyaga yaxshi ta'sir
ko'rsatdi, ammo hozir dunyoqarash
haqida gap ketganda, so'rov natijalarining
yomonligiga aynan
mana shu sababchi.
Sizning xayolingizda ko'tarilayotgan
ko'rsatkichlar aslida pasaymoqda
va aksincha. Bunday hollarda shimpanzelar
ichki sezgimizni o'zimizga qarshi
ishlatmoqda, chunki u kuchimiz bo'lish
o'rniga kuchsizligimizga aylandi.
Intuitsiyamiz bizning kuchli
tarafimiz bo'lishi kerak
emasmidi? Bu muammolarni
qanday hal qilishimiz
mumkin?
Dastlab, biz uning ko'lamini
aniqlashimiz, keyin munosib
yechim topishimiz kerak.
Muammo hajmini o'lchash bilan
biz qanchalik bilimsiz
ekanimizni tushunamiz.
So'rovnomalarni o'tgan yili
boshladik va endi butun dunyoda
bilimsizlik
odamlarni qanchalik zaharlayotganini
bilib olyapmiz.
Asosiy g'oyamiz – uning ko'lamini aniqlash
va xalqaro bilim va global
rivojlanishning asosan qaysi sohalarida
uchratishimizni tushunish –
xoh u iqlim o'zgarishi,
yo'qolib ketayotgan turlar,
inson huquqlari bo'lsin,
xoh gender tengligi,
energetika yoki moliya.
Bu sohalarning barchasi
faktlarga to'la
va bu faktlardan kishilarni
xabardor qiluvchi tashkilotlar mavjud.
Men ularning bir nechtasi, jumladan,
Butunjahon Yovvoyi Tabiat Fondi,
Xalqaro Amnistiya va YUNISEF
bilan bog'lanib,
jamoatchilik bexabar bo'lgan eng
ajoyib faktlari qaysiligini so'radim.
O'sha faktlarni to'plab chiqdim.
250 ta faktdan iborat uzun ro'yxatni
tasavvur qiling. Keyin biz odamlarga
ular to'g'risida savollar
beramiz va qayerda bilimlari sustligini
bilib olamiz.
Faqat dahshatli
natijalar ko'rsatilgan
savollar qisqa ro'yxatda qoladi,
Hans sizga bergan
savollar singari.
Bunday natijali
so'rovlarni aniqlash katta
qiyinchilik tug'dirmaydi. Xo'sh, bu qisqa
faktlar ro'yxatini
nima qilamiz? Biz buni
bilimlar sertifikatiga, dunyo haqidagi
bilimlar sertifikatiga aylantiramiz.
Agar siz yirik tashkilot,
maktab, universitet yoki
axborot agentligi bo'lsangiz,
undan global bilimlardan voqif
ekanligingizni tasdiqlashda
foydalanishingiz mumkin. Shu tariqa
biz savollarga shimpanzega o'xshab
javob beradigan xodimlarni
yollamayotganimizga ishonch hosil qilamiz.
Albatta, bunday qilmasligimiz kerak.
Ehtimol 10 yildan keyin, agar ushbu
loyiha muvaffaqiyatli yakunlansa, siz
ish uchun intervyuda o'tirib,
dunyo haqidagi
global bilimlaringizni
sinovdan o'tkazishingiz kerak bo'ladi.
Endi amaliy qismga o'tsak.
Qanday qilib shuncha
ma'lumotni o'zlashtirish mumkin?
Buning usullaridan biri, albatta,
kechasi bilan
barcha hisobotlarni o'qib,
faktlarni yodlab chiqish.
Bu hech qanaqasiga ish bermaydi.
Hatto Hans ham buni
imkonsiz deb o'ylaydi. Odamlarning
bunga vaqti yetmaydi.
Ularga qisqa yo'l yoqadi va mana u.
Biz ichki sezgimizni
yana o'z foydamizga ishlatishimiz,
umumlashtirishni
o'rganishimiz kerak.
Men sizga empirik qonuniyatlar orqali
yanglish tasavvurlarni fosh etishning
bir qancha usullarini o'rgataman.
Birinchi eng keng tarqalgan
xato tushunchadan boshlasak:
atrofdagi hamma narsa yomonlashmoqda.
Bu haqda eshitgansiz,
o'zingiz ham xuddi shunday o'ylagansiz.
Boshqa o'ylash ham mumkin:
ko'p narsalar yaxshilanmoqda.
Oldingizdagi savolga
nima deb javob berishni
bilmaysiz. "Yaxshilanmoqda" degan javobni
taxmin qilishingiz kerak.
Ijobiy variantni tanglang.
Pessimist bo'lmang, bu
yaxshiroq natija ko'rsatishingizda
yordam beradi.
(Qarsak)
Bu birinchisi.
Endi boy va kambag'allar masalasi.
Hamma ular o'rtasidagi tafovut
o'sib boryapti deb o'ylaydi.
Dahshatli tengsizlikda yashaymiz.
Ha, dunyoda tengsizlik mavjud,
lekin ma'lumot-
-larga qarasangiz,
birgina do'nglik mavjud.
Agar ikkilansangiz,
"ko'pchilik aholi o'rtamiyona"
degan variantni tanglang.
Bu to'g'ri javob berishingizga
yordam
beradi.
Keyingi xato tushuncha quyidagicha:
davlatlar va odamlar
ijtimoiy taraqqiyotga erishishi,
qizlarini maktabga yuborishi
va tabiiy ofatlardan
himoyalanishi uchun
juda boy bo'lishlari kerak.
Bu mutlaqo xato.
O'rtadagi ulkan do'nglik
qizlarning maktab
ta'limi allaqachon ta'minlanganini
ko'rsatadi.
Agar ikkilansangiz, elektr quvvati
va qizlar
ta'limi kabi savollar uchun
"ko'pchilikda allaqachon bor"
variantini tanlang.
Bular empirik qonuniyatlar xolos,
shuning uchun
ularni hamma narsaga tadbiq etib
bo'lmaydi, ammo
siz shu tariqa umumlashtirishingiz
mumkin.
So'nggi misolga to'xtalsak.
Bu ajoyib misol:
akulalar xavfli.
Bu xato fikr, ya'ni ular xavfli,
ammo xalqaro statistikada
muhim ahamiyatga ega emas.
Men ham akulalardan juda qo'rqaman.
Sizga qo'rquv soladigan
masalalar to'g'risida
savollarga ko'zingiz tushishi bilan,
xoh zilzila, boshqa dinlar bo'lsin,
xoh terroristlar
yoki akula,
javobda ularni bo'rttirib yuborasiz.
Bu Bosh barmoq qoidasi.
Xavfli narsalar ajoyib bo'lishi mumkin.
Akulalar juda oz sonli kishilarni
o'ldiradi. Siz mana shunday o'ylashingiz
kerak.
Ushbu to'rt qoidaga tayanib,
siz harqalay shimpanzelarga qaraganda
yaxshiroq javob bersangiz kerak,
chunki ular bunday qilolmaydi.
Ular bunday qoidalarni
umumlashtira olmaydi.
Umid qilamanki,
dunyo haqidagi bilimlaringizni yaxshilay
olasiz va kun kelib shimpanzelarni
ortda qoldirasiz.
(Qarsak)
Bu tizimli yondashuv.
Bularning barchasi biz uchun
qanchalar muhim?
Ha, qashshoqlik,
o'ta qashshoqlik nimaligini
va unga qarshi qanday kurashishni
tushunish muhim, qizlarga
qanday ta'lim berishni
tushunish muhim.
Bu borada muvaffaqiyat qozonayotganimizni
anglaganimizda, biz buni tushuib yetamiz.
Ammo aholining boy qatlami haqida
qayg'uruvchilar uchun bu muhimmi?
Ishonamanki, o'ta muhim,
ayni o'sha sababga ko'ra.
Agar dunyoqarashingiz
faktlarga asoslangan bo'lsa,
kelajakda bizni nimalar
kutishi mumkinligini tushuna olasiz.
1975-yildagi ikkita do'nglikka qaytamiz.
Shu yili men tug'ilganman,
bu yerda G'arb
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari
va Shimoliy Amerikani o'z ichiga oladi.
Keling, boylik nuqtai nazaridan
G'arb bilan
qolgan dunyoni solishtirib ko'raylik.
Bu dam olish uchun samolyotda
chet elga uchishga
qurbi yetadigan kishilar.
1975-yilda ularning faqat 30 foizi
Yevropa Ittifoqi va Shimoliy Amerikadan
tashqarida yashagan.
Ammo bu holat hozir o'zgargan.
2014-yilgacha bo'lgan
o'zgarishlarni ko'rib chiqsak.
Bugungi ko'rsatkich 50/50.
G'arb hukmronligi orqada qoldi.
Bu juda yaxshi. Endi nima bo'ladi?
Katta do'nglik va u qanday
harakatlangani esingizdami?
Men kichik tajriba o'tkazdim. Xalqaro
valyuta jamg'armasi veb-saytiga kirdim.
U yerda keyingi besh yilda YaIMning aholi
jon boshiga qiymati prognozi joylangan.
Uni grafikda aks ettirib, mamlakatlarda
daromad tengsizligi o'zgarishsiz
qolishini ko'rsatishim mumkin.
Ammo bu bilan cheklanib qolmadim.
Rivojlanish tezligini o'zgartirmagan
holda o'sha besh yillik
prognozni keyingi 20 yilga tadbiq qildim.
Bu tajriba haqiqatga aylanishi mumkin.
Kelajakka o'taylik.
2020-yilda bunday kishilarning 57 foizi
YI va Amerikadan tashqarida yashaydi.
2025-yilda 63 foizi. 2030-yilda 68 foizi.
2035-yilga kelib
esa boshqa mamlakatlar boy iste'mol
bozori bo'yicha G'arbni ortda qoldiradi.
Bu aholi jon boshiga YaIMning
kelajakdagi prognozlari xolos.
Boy iste'molchilarning 73 foizi
Amerika va Yevropadan tashqarida yashaydi.
Kelajakda faktlarga asoslangan qarorlar
qabul qilayotganiga ishonch
hosil qilishi uchun kompaniyalar mazkur
sertifikatdan foydalansa,
yomon bo'lmasdi deb o'ylayman.
Katta rahmat.
(Qarsaklar)
Bruno Jussani: Hans va Ola Rosling