Qaylardadir aktyor Idris Elbaga biroz o’xshab ketuvchi bir inson bor yoki 20 yil ilgari shunday qiyofada bo'lgandir. U o'z hayotini xatarga qo'yib, hayotimni asrab qolganidan boshqa u haqida hech narsa bilmayman. Mudhish avtohalokatdan so'ng bu inson meni xavfsiz joyga eltish uchun to’rt tirband trassa yo’l yoqasidan yugurdi. Bularning bari meni chuqur sarosimaga soldi, biroq o'sha daqiqada uning harakatlari mazmunini anglash istagi uyg’ondi, hayotim bilan qarzdor bo’lgan, o’z hayotini xatarga qo’yib o'zga kishining hayotin qutqardi undagi qanday ichki kuch bu tanlovni berdi. Boshqacha aytganda, u yoki har kimning altruistik xulqni namoyon etishiga nima turtki bo’ladi? Ammo undan oldin nima bo'lganini aytib berishga ijozat bering. 19 yoshda edim, Takomadagi uyimizga mashinada qaytayotgan edim. To’satdan mashinam qarshisidan kuchukcha chiqib qoldi va men qilmasligimiz kerak bo’lgan bir ishni qildim ya’ni undan qochish uchun rulni burdim. Va bu noto'g'riligini angladim. Itni baribir urib yubordim. bu mashinani sirpanib, trassa bo’ylab aylanishiga va oqibatda tirband mashinalar shiddat bilan qatnaydigan yo’l yoqasiga og’darib tushirdi va motor ishdan chiqdi. O’shanda hayotim ham yakunlanganiga amin edim, ammo ag’darilgan mashinamni ko’riboq undan chiqarish, hayotimni asrab qolish uchun zulmatda tirband trassa yo’l yoqasi bo’ylab yugurishga bir ondayoq jasorat topgan insonning sa’y-harakatlari tufayli bu voqea yuz bermadi. So’ngra mashinamni qayta ishga tushirib, o'zimni xavfsiz joyga eltdi va sog’ayib ketishimga ko’zi yetib mashinasida tark etdi. U menga hatto o’z ismini aytishga ulgurmadi va unga rahmat aytish yodimdan ko’tarilgani aniq. Shu bois so’zlashda davom etishdan oldin, sizlardan bir daqiqa olishni va shu notanish insonga rahmat aytishni juda istardim. (Qarsaklar) Bularni so'zlab berdim chunki o’sha tungi voqealar hayotimni o’zgartirib yubordi. Tadqiqotchi psixolog faoliyatimni g'amxo'rlik qilish qobiliyatini o'rganishga bag’ishladim. Uning negizi va hayratli jihati nimada? Bu savollar shaxs ijtimoiy tabiatining tub mohiyatini anglashga ko’maklashuvchi savollardir. Ko’pchilik bularga filosof, iqtisodchilardan to oddiy aholi shaxs tabiatining egoistligiga, ya'ni o’z manfaatimizdan ortmaymiz, deydi Agar bu rost bo’lsa, meni qutqargan inson o'xshash ba'zi insonlar xavfga qaramay yordami uchun jabrlansa ham yordam beradi? Bu savolga javob berish altruizmning g’ayrioddiy xulqi ildizlarini va bunday insonlarning farqli hislatlarini tahlil qilishni talab etadi. Biroq bu ishlarning salmog'i yetarlimas. Meni qutqargan shaxsning harakatlari altruizm tushunchasini yaxshi izohlaydi, ya’ni asosida hech qanday manfaatsiz, jabr ko'rsa ham o'zgalarga yordamga oshiqish. O'zgalar manfaatini ko'zlovchi fidokorona harakat. Bunday xulqni qanday izohlash mumkin? Bulardan biri, shubhasiz, odamiylikdir. u altruizmning asosi. Biroq shunda savol o’zgaradi, bu xislat nega ba’zilarda ko’proq? Sababi altruist insonning miyasi boshqalarnikidan tubdan farqlanishida deyish mumkin. Bunga oydinlik kiritish maqsadida, aslida ishni teskari, psixopatlarni o'rganishdan boshladim. Birovlarga yordam berish xislatini tushunishda qo’l keluvchi sodda yondashuv bunday istakdan mahrum shaxslarni o'rganish psixopatlar ayni shu toifa shaxslaridir. Psixopatiya nasldan-naslga o’tuvchi, rivojlanishdagi nuqson bo’lib, sovuqqon va bag'ritosh shaxsiyat, ba'zida o'ta tajovuzkorlikka moyillikdir. Ruhiy salomatlik institutida hamkasblarim bilan psixopat o’smirlarda miya skanerlari tadqiqotini olib bordik va bizning xulosalarimiz va bu boradagi boshqa tadqiqotlar xulosasi psixopatlarda ayni uch xususiyatning mavjudligiga ishora qilmoqda. Ular o'zgalarning tuyg'ulariga loqaydmas, balki iztirobli holatiga sovuqqonlik bilan qarashadi Va ayniqsa, ular yuzdagi bunday qo’rquv ifodalarini ajratishda qiynalishadi qo’rquv ifodalari esa hissiy iztirobni yetkazadi hamda buni ko’rgan kishilarda odamiylik va ko'mak istagini uyg’otadi, odamiyligi zaif kishilarning bunday alomatga beparvo bo'lish moyilligi ham bor Yuzdagi qo’rquvni tanishda muhim vazifa o'tovchi miya sohasi amigdala deb ataladi. Amigdaladan butkul mahrum bemorlar juda oz ular qo'rquvni butkul aniqlay olishmaydi. Sog’lom bolalar va katta yoshlilar qo’rquv aks etgan yuzga boqqanlarida ularning amigdalasi yuqori darajada faol psixopatlar amigdalasining faolligi zaif Ba’zida bu faoliyat umuman yo'q ehtimol shu sabab bu alomatlarni ilg'amas. psixopatlarning amigdalasi 18-20 foiz o’rtacha amigdaladan kichikroq. Bu topilmalarning bari ishonchli va ular juda qiziqarli. Asosiy maqsadim kishilar nega boshqalar haqida qayg’urmasligini emas buning aksi qayg'urishini tushunish edi Muhim savol esa shunday, psixopatiyadan tubdan farq qiluvchi, odamiylik va birovlarga yordam qo’lini cho’zishni ko’zlovchi altruizm psixopatiyadan o'zgacha miya ta’sirida yuz berishi mumkinmi? Psixopatiyaga qaysidir jihatdan teskari miya, yuz ifodasiga ta’sirchan amigdala va ehtimol o’rtacha miyadan yirikroq miya o'zgalar qo’rquvini yaxshiroq ilg'ashi mumkinmi? Tadqiqotlarim natijasi bularning barchasi haqiqat ekanligini ko’rsatdi. Biz bu natijaga chinakam altruist insonlarni sinovdan o'tkazib erishdik. Ular o’z buyraklaridan birini butkul notanishga berishgan. Buyraklaridan birining jarrohlik bilan olinib, ehtimol qachon ko'rishmaydigan notanish xasta bir kishiga o’tkazilishiga o'z ixtiyori bilan rozilik bildirgan. “Nega bunday qilishadi?” degan savol tabiiy. Javob g'ayritabiiy altruistlarning tafakkurlari noodatiy xislatga egaligida bo’lishi mumkin. O'zgalarning qo’rquvini yaxshiroq ilg'aydi o'zgalar iztrobini yaxshiroq ilg’ashadi. Bu qisman bunday yuz ifodasiga amigdala ta’sirchanligi bilan izohlanadi. Miyaning shu sohasi passivligi psixopatlarda kuzatilgan edi. va ularning amigdalasi hajmi o’rtachadan sakkiz foiz yirikroq. Ushbu ma’lumotlardan ko'rinadiki, dunyoda bir uchi psixopatlar va boshqasida odamiylik va altruizmga oshiqqan insonlarni o’lchovchi g’amxo’rlik shkalasi borligiga ishora qilmoqda. Yana shuni ham aytishim kerakki, odamiylik fidokor altruistni boshqalardan ajratuvchi yakka xislat emas. yanada hayratlanarli jihati shundaki, ulardagi odamiylik va altruistik xislat do’st va birodarlari doirasidagi yaqinlari bilangina cheklanmaydi. Chunki siz sevgan va sizga dilbandlarga odamiylik ko'rsatish noodatiy hol emas. Chin altruistning odamiylik chegarasi bu doiradan chetga, hatto tanishlari doirasi qolib, ijtimoiy guruhdan chetdagi butkul notanish kishilargacha, meni asrab qolgan inson bunga misol. Endilikda o’z buyragini bergan ko’plab altruistlardan o’zgalarga shu darajadagi odamiylik ko'rsatish sababini bila olaman. Ularning javob qaytarishi mushkulligiga amin bo'ldim." Hech kim buni xayoliga ham keltirmaganda, siz qanday oshiqasiz? Siz notanish kishiga buyrak bergan 2000 amerikalikdan birisiz. Sizni farqlovchi jihat nimada? " Va ular nima deydilar? Ular shunday deydi “hech qanday Boshqalardan farq qilmayman. Hamma qanday bo’lsa, shundayman." O’ylashimcha, savolga javob aynan shunda, chunki altruistlarning doirasi bunday emas aksincha bundayligiga ishora qilyapti. Ularda umuman markaz yo’q. Bunday altruistlar tom ma’noda o’zlarini biror nimaning markazi, o'zgalardan yaxshi va ahamiyatliroq deb bilishmaydi. Bir altruistdan buyragini berish sababini so'radim. U esa “Gap men haqimda emas.” Boshqa biri esa, “Boshqalardan farqim yo'q. Noyob emasman" Izlanishingiz siz bilan o'xshashligimizni isbotlaydi. O’zgalar manfaatini o’zinikidan ustun qo'yish xislatiga eng yaxshi ta'rif avliyo Avgustin so’zi bilan aytganda insonni farishta qiluvchi fazilat, bu kamtarlik. Nega deysizmi? Negaki doirada hech qanday markaz bo'lmasa uning ichki yoki tashqi xalqasi yo’q, boshqalardan ko’proq yo kamroq mehrga arziydigan hech kim bo’lmaydi. Bu g’ayritabiiy altruistni oddiy insondan ajratib turadi. Bu ko’pchilik, balki aksariyat insonlar erishsa bo'ladigan dunyo manzarasidir. Chunki altruizm va odamiylik xislati jamiyat doirasida allaqchon har yerda yuz bermoqda. Psixolog Stiven Pinker va boshqalar fikricha sayyoramiz aholisi o’zlarining hamisha kengayuvchi doirasidagi insonlarning aziyat chekishlga yo’l qo’ymayapti, bu hayvon tahqirlanishidan tortib oilaviy tahqirlanish, o'lim jazosidek barcha turdagi qabohat, yovuzliklarning kamayishiga olib kelgan. Bu altruizmning o’sishiga sharoit yaratdi. O'tgan asr insonlar hozirgi odamlarning qon berishi, suyak iligi transplantatsiyasi odatiy hol ekanligini ahmoqlik deb o’ylagan bo’lardi. Insonlar bundan yuz yil keyin notanish kishiga buyrak berish xuddi hozir qon berish kabi normal va odatiy hol deb o’ylashlari mumkinmi? Ehtimol. Bu ajoyib o’zgarishlarning mohiyati nima? Bu qisman farovonlik va yashash sharoitining yaxshilanishidan. Jumhuriyatlar farovonlashib borgani sayin, odamlar ham voqelikka befarq emasdek. va natijada xayriya va buyrak berish kabi altruizmning turli ko’rinishlari ortmoqda. Biroq, bu o’zgarishlarning bari paradoksli xulosaga ham sabab bo'ladi. ya’ni dunyo yanada insonparvarlashyapti va bu ayni haqiqat biroq u yanada qabohatlashyapti degan noto'gri tushuncha ham yo’q emas. Buning boisini aniq bilmayman, ammo fikrimcha, hozir biz yiroqdagilarning aziyatlari haqida juda ko’p narsa bilamiz, va shu sababli o'zgalarning g'am-tashvishlariga chuqurroq qayg'uramiz. Guvohi bo’layotgan o’zgarishlardan aniqki, inson tabiatida qancha yovuzlik bo'lmasin, ehtimol undan ham ko’proq odamiylik va altruizm ildizlari mujassam Ba’zilar o'zgalar iztiroblariga ko’proq qayg'uruvchi tabiiy qobiliyati bo'lsa-da, Markazidan o'z "men"ini chetlatish va hatto begonalarni kiritgan odamiylik doirasini kengaytirishga hammaning qurbi yetishiga ishonaman. Rahmat. (Qarsaklar)